Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020 29.05.2006 yildagi 97-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.05.2006 yildagi 97-son
Date of entry into force
29.05.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DAVLAT VA JAMOAT EHTIYOJLARI UChUN YER UChASTKALARINING OLIB QO‘YILIShI MUNOSABATI BILAN FUQAROLARGA VA YuRIDIK ShAXSLARGA YETKAZILGAN ZARARLARNI QOPLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib qo‘yish va kompensatsiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 29-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
29-maydagi 97-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Tartib yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qo‘yish tartibini, shuningdek yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan buzilayotgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlar va ko‘chirib tashlangan dov-daraxtlar uchun fuqarolarga va yuridik shaxslarga to‘lov miqdorini hisoblab chiqish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yer uchastkasi yoki uning bir qismini (keyingi o‘rinlarda yer uchastkasi deb ataladi) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijaraga oluvchi bilan kelishuv bo‘yicha — tegishli ravishda tuman, shahar hokimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori bo‘yicha yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi va ijaraga oluvchi yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risida tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda ushbu qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yer uchastkasini olib qo‘yish va uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlarni buzish va dov-daraxtlarni ko‘chirib tashlash (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) to‘g‘risidagi qaror bosh rejalarga, shuningdek shaharlar va posyolkalarning turar joy tumanlari va mikrotumanlarini mufassal rejalashtirish va imorat qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olib qo‘yilayotgan yer uchastkalarida uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlarning asossiz buzilishiga va dov-daraxtlarning ko‘chirib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Yer uchastkasini olib qo‘yish va uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlarni buzish va dov-daraxtlarni ko‘chirish (keyingi o‘rinlarda obyektlar deb ataladi) to‘g‘risidagi qarorlar faqat quyidagi maqsadlarda qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mudofaa va davlat xavfsizligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning faoliyat yuritishi uchun yerlarni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar konlarini aniqlash va qazib chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil va temir yo‘llari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti obyektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimi obyektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obyektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish (rekonstruksiya qilish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktlari bosh rejalarini O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan obyektlarni qurish bo‘yicha bajarish, shuningdek, qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarini olib qo‘yishda obyektlarni buzishga ko‘chmas mulkning bozor qiymati va olib qo‘yish sababli mulkdorga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganidan keyin ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslarga noqonuniy qaror chiqarilishi oqibatida yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda, tegishli davlat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi va keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 963-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/963/2234-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori asosida tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari yer uchastkasini olib qo‘yish hamda uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlarni buzish va dov-daraxtlarni ko‘chirib tashlash to‘g‘risida o‘z qarorini chiqaradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer uchastkasini olib qo‘yish, yer uchastkasida joylashgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlarni, inshootlarni buzish va dov-daraxtlarni ko‘chirib tashlash to‘g‘risidagi tegishli qarorlari nusxalarini bildirishnomaga ilova qilgan holda, buzish boshlangungacha 6 oydan kechikmay, imzo qo‘ydirib uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar mulkdorlarini qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan yer uchastkasi olib qo‘yilishi va yer uchastkasida joylashgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlarni buzish va dov-daraxtlarni ko‘chirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan keyin yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlarining uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar, inshootlarni buzish va dov-daraxtlarni ko‘chirish hamda ularning qiymatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, shuningdek sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zboshimchalik bilan barpo etilgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar va inshootlar qiymati to‘lanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Olib qo‘yilayotgan yer uchastkalari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ajratib berilgan taqdirda uy-joy qiymatini to‘lash, uylar (kvartiralar) berish va vaqtinchalik turar joy berish, shuningdek yangi joyga ko‘chish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplash tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari qaroriga ko‘ra ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yer uchastkalarini olib qo‘yish kompensatsiyaning quyidagi turlari berilishi sharti bilan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan boshqa teng qiymatli obod turar joyni mulk qilib berish va dov-daraxtlar qiymatini to‘lash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buzilayotgan uylar, boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar qiymatini fuqarolarga to‘lash, shuningdek, yer uchastkasini olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasini o‘zlashtirish davrida ikki yilgacha muddatga ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berib, buzilayotgan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning bozor qiymati to‘liq to‘langan hamda yer uchastkasini olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan boshqa zararlarni qoplagan holda, fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida yer uchastkasi berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qo‘yilishi oqibatida yuridik shaxslarga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk berish yoki ko‘chmas mulkning bozor qiymatini va yetkazilgan zararlarni qoplash;
(8-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 963-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/963/2234-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi oqibatida yetkazilgan zararlarni to‘laligicha qoplash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga va yuridik shaxslarga tegishli buzilishi kerak bo‘lgan uylar, imoratlar va inshootlarni ko‘chirish va yangi joyda tiklash, shuningdek, yer uchastkasini olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi joyda uylar, imoratlar qurish hamda ularni fuqarolar va yuridik shaxslarga mulk qilib berish, shuningdek, yer uchastkasini olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash.
(8-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 963-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/963/2234-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Yer uchastkalarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan buziladigan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar, ko‘chiriladigan daraxtlar uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga to‘lov miqdorini hisoblash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Buziladigan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar, ko‘chiriladigan daraxtlar uchun to‘lov miqdori masalasini ko‘rib chiqish uchun tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari boshchiligida hokimliklarning moliya va boshqa boshqarmalari (bo‘limlari) vakillaridan, yerlardan foydalanish va qo‘riqlashni nazorat qilish bo‘yicha davlat inspektori, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, yer uchastkasi olib qo‘yilayotgan yer egasi (yerdan foydalanuvchi, ijarachi), o‘ziga yer uchastkasi ajratib berilayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot vakilidan hamda hokimliklar xohishiga ko‘ra boshqa vakolatli organlar vakillaridan iborat tarkibda to‘lov miqdorini va kompensatsiya turini belgilash bo‘yicha komissiyalar tashkil qiladilar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 20-21-son, 205-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Uylar (kvartiralar), imoratlar va inshootlarni, shuningdek olib qo‘yilayotgan yer uchastkalaridagi ko‘p yillik dov-daraxtlarni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan ariza beruvchining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash to‘g‘risidagi hisobot komissiyaga beriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 20-21-son, 205-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Fuqarolar tomonidan umrbod egalik qilish uchun meros qilib qoldirish huquqi bilan foydalaniladigan, kimoshdi savdosi asosida sotib olingan yer uchastkalari olib qo‘yilgan taqdirda ularga umrbod egalik qilish uchun meros qilib qoldirish huquqi bilan teng qiymatli yangi yer uchastkasi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 20-21-son, 205-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Buzilayotgan uylar (kvartiralar)ni, olib qo‘yilayotgan uchastkadagi boshqa imoratlar va inshootlarni (o‘zboshimchalik bilan qurilganlardan tashqari) buzishdan olingan barcha materiallar quruvchining yoki to‘lovni mulkdorga to‘liq to‘layotgan boshqa yer egasi (yerdan foydalanuvchi, ijarachi) ixtiyorida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim hollarda, buzilayotgan uy (kvartira), imoratlar, inshootlar va ko‘chirilayotgan dov-daraxtlar egasining xohishiga ko‘ra, uy-joyni buzishdan olingan materiallar tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari qaroriga binoan mulkdorga berilishi mumkin. Bu holda komissiya mulkdorga beriladigan buzishdan olingan materiallar qiymatini buzish vaqtida amalda bo‘lgan bozor narxlari bo‘yicha ularning eskirganligini hisobga olgan holda belgilashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Pul kompensatsiyalarini to‘lashning aniq muddatlari va tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarori bilan, buzish boshlangungacha pul kompensatsiyasini to‘lagan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Buzilayotgan uylar egalariga turar joylar berish tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yer uchastkalarining davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarning mulki bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashaydigan fuqarolarga ularning tanlashiga ko‘ra hamda tomonlarning kelishuvi bo‘yicha ijtimoiy normadan kam bo‘lmagan maydonga ega bo‘lgan teng qiymatli boshqa qulay uy-joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning qiymati to‘lanadi yoxud buzilayotgan uylar (kvartiralar), boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar qiymati to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Berilayotgan turar joyning teng qiymatga egaligi mulkdorning buzilayotgan uy-joyi (kvartirasi) narxiga teng miqdorda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buzilayotgan uy (kvartira) qiymati berilayotgan turar joy qiymatidan ortiq bo‘lgan taqdirda mulkdorga tafovut to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Buzilayotgan uylar (kvartiralar) egasiga turar joy berish va (yoki) kompensatsiyaning boshqa turlarini to‘lash tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan, chorak yakuni bo‘yicha prognozdan ortiqcha tushgan mahalliy budjetlarning daromad qismi mablag‘lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari va (yoki) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli hisob raqamlariga davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushadigan taqsimlanadigan mablag‘larning bir qismi hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Turar joy olish uchun buzilayotgan uy (kvartira) egasi bo‘lajak buzish to‘g‘risida bildirishnoma olingandan keyin bir oy muddatda oila a’zolari yoki boshqa birgalikda yashaydigan (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslar bilan kelishgan holda tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklariga o‘ziga buzilgan uy-joy o‘rniga turar joy ajratish to‘g‘risida ariza berishi kerak, arizada oila tarkibi, doimiy yashaydiganlar soni, turar joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qo‘shimcha uy-joy maydoni olish uchun imtiyozlar ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Komissiyaning kompensatsiya miqdori va turi, buzilayotgan uy (kvartira) o‘rniga mulkdorga turar joy berish yoki mulkdorning xohishiga ko‘ra pul shaklida kompensatsiya berilishini ta’minlash haqidagi qarori tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan tasdiqlangandan so‘ng mulkdor hokimlikka buzilishi kerak bo‘lgan uy (kvartira)ni bo‘shatish to‘g‘risida kafolat xati taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Uyni (kvartirani) buzish faqat ko‘chmas mulkning bozor qiymati o‘rni to‘liq qoplanganidan va tomonlarning kelishuvi bo‘yicha mulkdorga buzilayotgan uy (kvartira) o‘rniga turar joy berilgandan keyin amalga oshirilishi mumkin. Bunda yer uchastkasini olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorlarga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanadi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 963-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/963/2234-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim hollarda, buzilayotgan uy (kvartira) egasining roziligiga ko‘ra tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tegishli qarorda uylarni topshirishning aniq muddatini ko‘rsatgan holda qurilayotgan uylardan turar joy beradilar. Qurilayotgan uylarda belgilangan muddatlarda turar joy bilan ta’minlanmagan taqdirda tuman (shahar) hokimligi mazkur Nizomning 14-bandi talablariga muvofiq bir oy muddatda turar joy berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Buzilayotgan uy (kvartira) egasining mol-mulkini yangi kvartiraga tashish imorat quruvchining yoki olib qo‘yilayotgan yer uchastkasi o‘ziga ajratib berilgan boshqa yer egasi (yerdan foydalanuvchi, ijarachi)ning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni buzilayotgan uy-joyning mulkdoriga kompensatsiya qilish tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan ushbu Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Fuqarolarga buziladigan uy (kvartira) o‘rniga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarning mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilganda mazkur fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning xohishiga ko‘ra yakka tartibda uy-joy qurish uchun belgilangan norma doirasida yer uchastkasi beriladi. Bunda yer uchastkasini o‘zlashtirish davriga ikki yilgacha muddat bilan ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berilib, buzilayotgan uylar (kvartiralar), imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning qiymati to‘laligicha qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasi berish va buzilayotgan uylar (kvartiralar) mulkdoriga tovon to‘lash tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olib qo‘yilayotgan yer uchastkalari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berilgan taqdirda yakka tartibda uy-joy qurish uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasi berish va buzilayotgan uylar (kvartiralar) mulkdoriga tovon to‘lash ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Buzilayotgan uy (kvartira) mulkdori yer uchastkasi olish uchun bo‘lajak buzish to‘g‘risida bildirishnoma olingandan keyin bir oy muddatda tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklariga yakka tartibda uy-joy qurish uchun unga yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida ariza berishi kerak. Arizada oilaning tarkibi, doimiy yashayotganlar soni va ijara shartnomasi asosida vaqtincha turar joyga bo‘lgan ehtiyoj ko‘rsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Komissiyaning kompensatsiya miqdori va turi haqidagi qarori tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan tasdiqlangandan keyin mulkdor hokimlikka buzilishi lozim bo‘lgan uyni (kvartirani) tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan belgilangan muddatda bo‘shatib qo‘yish to‘g‘risida kafolat xati taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Uy (kvartira) yakka tartibda uy-joy qurish uchun mulkdorga ko‘chmas mulkning bozor qiymati va olib qo‘yish sababli mulkdorga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganidan va yer uchastkasi ajratilgandan, shuningdek, yer uchastkasini o‘zlashtirish davrida ikki yilgacha muddatga ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy berilgandan keyin buzilishi mumkin.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 963-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/963/2234-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan yetkazilgan zararni yuridik shaxslarga qoplash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yuridik shaxsga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan uy, ishlab chiqarish imoratlari, boshqa imoratlar, inshootlar, dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasi olib qo‘yilgan holda unga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk beriladi va yer uchastkasi davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi oqibatida yetkazilgan zarar to‘laligicha qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar, yer uchastkalari mulkdorlariga zararlarni hamda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi ko‘rgan zararni qoplash O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Yer uchastkasi olib qo‘yilishi oqibatida yuridik shaxslar ko‘rgan zarar uchun kompensatsiya to‘lash tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olib qo‘yilayotgan yer uchastkalari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berilgan taqdirda tovon to‘lash, turar joy berish, vaqtincha turar joy berish va mol-mulkni yangi joyga tashish tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlariga ko‘ra korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan ko‘rilgan zarar kompensatsiyasini olish uchun yuridik shaxs bo‘lajak buzish to‘g‘risida bildirishnoma olingandan keyin bir oy muddatda tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kompensatsiyaning tanlangan turini ko‘rsatgan holda ariza berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Komissiyaning qarori tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan tasdiqlangandan keyin yuridik shaxs hokimlikka buzilishi lozim bo‘lgan uyni, boshqa imoratlar va inshootlarni tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan belgilangan muddatda bo‘shatib qo‘yish to‘g‘risida kafolat xati taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 963-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/963/2234-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Buzilishi lozim bo‘lgan uylar, imoratlar va inshootlar ko‘chirilgan va yangi joyda tiklangan holda hisob-kitob qilish tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Fuqarolar va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan buzilishi lozim bo‘lgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari, boshqa imoratlar va inshootlar ularning xohishiga ko‘ra ko‘chirilishi va yangi joyda tiklanishi mumkin. Bunda uylar, imoratlar va inshootlarning qiymati pul bilan qoplanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Fuqarolar va yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan, buzilishi lozim bo‘lgan uylar, ishlab chiqarish imoratlari, imoratlar va inshootlarni ko‘chirish va yangi joyda tiklash tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklarining qaroriga ko‘ra mahalliy budjetlarning yil choragi yakunlari bo‘yicha prognozdan ortiqcha tushadigan daromad qismi mablag‘lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining zaxira fondi mablag‘lari, va (yoki) davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan olinadigan taqsimlanadigan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining, olib qo‘yiladigan yer uchastkalari ajratiladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tegishli hisob raqamlariga tushadigan mablag‘larning bir qismi hisobiga amalga oshiriladi. Bunda turar joy mulkdorlari bo‘lgan fuqarolar va yuridik shaxslarga turar joyni ko‘chirish va tiklash davriga hokimliklar tomonidan ikki yilgacha muddat bilan yer uchastkasini o‘zlashtirish davriga ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ko‘chirish va tiklash mazkur joy (aholi punkti) doirasida belgilangan normalar bo‘yicha ajratiladigan yer uchastkalarida va faqat uylar, imoratlar va inshootlarning texnik holati ularni ko‘chirish imkonini berishi shartlarida amalga oshirilishi kerak, ya’ni konstruksiyalar va elementlarning holati qismlarga ajratish, tashish va yangi joyda yig‘ish imkonini berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Uylar, imoratlar va inshootlarni ko‘chirish imkoniyati olib qo‘yilayotgan yer uchastkasi ajratilgan imorat quruvchining mablag‘lari hisobiga ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan tegishli texnik-iqtisodiy asoslash va loyiha-smeta hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda komissiyalar tomonidan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Uylar, imoratlar va inshootlarni ko‘chirish va yangi joyda tiklash tegishli tumanlar (shaharlar)ning hokimliklari tomonidan belgilanadigan muddatlarda, biroq bir yildan kech bo‘lmagan muddatda amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Uylar, ishlab chiqarish imoratlari, boshqa imoratlar va inshootlarni ko‘chirish va yangi joyda tiklash, uy-joyni vaqtincha ijaraga olish, fuqarolar yoki yuridik shaxslarning mol-mulkini vaqtincha ijaraga olingan uy-joyga, shuningdek vaqtincha ijaraga olingan uy-joydan yangi joyda tiklangan uyga, imoratga va inshootga tashish bo‘yicha barcha xarajatlar tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklarining qarori bo‘yicha imorat quruvchi yoki olib qo‘yilayotgan yer uchastkasi ajratilgan boshqa yer egasi (yerdan foydalanuvchi, ijarachi) hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Yuridik shaxsga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan avvalgisiga teng qiymatli uylar, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa imoratlar va inshootlar yangi joyga faqat kompensatsiya turi, to‘lov miqdori va muddati yuridik shaxs bilan kelishilgandan keyin ko‘chiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun yangi joyda uylar, imoratlar barpo etilganda hisob-kitob qilish tartibi va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun ularning xohishiga ko‘ra yangi joyda uylar, imoratlar barpo etiladi hamda ularga mulk qilib beriladi. Bunda buzilayotgan uylar (kvartiralar), imoratlarning qiymati pul bilan qoplanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun yangi joyda uylar, imoratlar qurish hamda ularga mulk qilib berish tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan mazkur Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalari korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarga berilgan taqdirda uylari (kvartiralari) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolar va yuridik shaxslarga yangi joyda uylar, imoratlar qurish va ularga mulk qilib berish ushbu korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolar va yuridik shaxslar uchun yangi joyda uy qurish mazkur joy (aholi punkti) doirasida amalga oshiriladi. Bunda uylari (kvartiralari) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolar va yuridik shaxslarga yangi joyda uy, imorat qurish davriga tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan ijara shartnomasi asosida vaqtincha uy-joy beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Turar joyni vaqtincha ijaraga olish, fuqarolar va yuridik shaxslarning mol-mulkini vaqtincha berilgan turar joyga va vaqtincha berilgan turar joydan yangi joyda qurilgan uyga tashish bo‘yicha barcha xarajatlar tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklarining qaroriga ko‘ra imorat quruvchi yoki yer uchastkasi ajratilgan boshqa yer egasi (yerdan foydalanuvchi, ijaraga oluvchi)ning hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Uylari (kvartiralari) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolar va yuridik shaxslar buziladigan uylar (kvartiralar) o‘rniga yangi joyda qurilgan uyni, imoratni olish uchun buzish to‘g‘risidagi bildirishnoma olingandan keyin bir oy muddatda tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklariga ariza berishlari kerak. Arizada oilaning tarkibi, doimiy yashovchilar soni hamda turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha ulardagi mavjud imtiyozlar ko‘rsatilishi kerak.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22-son, 193-modda; 2010-y., 44-45-son, 385-modda; 2011-y., 20-21-son, 205-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2018-y., 09/18/963/2234-son)