Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5630-son, 2019-yil 11-sentabrdagi “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5817-son farmonlari va 2019-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4126-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-noyabr,
PF-5870-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5285-son Farmoniga 3-ilovaning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Sharipov N.Sh. — Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 4-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5505-son Farmoniga 2-ilovaning rus tilidagi matni 14-pozitsiyasi “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Goskomkonkurensii” soʻzi “Antimonopolniy komitet” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5564-son Farmoni 1-bandi “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning 1-bandi, 2-bandi toʻrtinchi xatboshisi, 3-bandi, 7-bandi “v” kichik bandining ikkinchi va yettinchi xatboshilari va “g” kichik bandi birinchi xatboshisi, 12-band “v” kichik bandidagi tegishli kelishikdagi “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 1-avgustdagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-1591-son qarori 2-bandidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1843-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
|
41. |
Antimonopolniy komitet Respubliki Uzbekistan |
Informatsiya o faktax vidachi litsenziy, a takje informatsiya ob ix annulirovanii, priostanovlenii ili prekrashenii deystviya na pravo osushestvleniya deyatelnosti tovarno-siryevix birj |
”. |
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2164-son qarorida:
5-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tadbirkorlik subyektlarining ularni Mahalliylashtirish dasturiga kiritishga doir talabnomalarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga taqdim etish”;
3-ilovaning rus tilidagi matni 10-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
10. |
Deyatelnost tovarno-siryevix birj |
Antimonopolniy komitet |
Besplatno |
”. |
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2647-son qarorida:
a) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy boʻlimlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalarining isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning rus tilidagi matni sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xaitmetov E.S. — direktor Agentstva po zashite prav potrebiteley pri Antimonopolnom komitete Respubliki Uzbekistan”;
v) 3-ilovaning rus tilidagi matni 6-bandi oltinchi xatboshisidagi va 16-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po sodeystviyu privatizirovannim predpriyatiyam i razvitiyu konkurensii” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Agentstvo po zashite prav potrebiteley pri Antimonopolnom komitete Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning rus tilidagi matnida:
10-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sostav Rabochey gruppi utverjdayetsya predsedatelem Komissii iz chisla predstaviteley Ministerstva investitsiy i vneshney torgovli, Ministerstva ekonomiki i promishlennosti, Ministerstva finansov, Ministerstva zdravooxraneniya, Sentralnogo banka, Agentstva po zashite prav potrebiteley pri Antimonopolnom komitete Respubliki Uzbekistan”;
23-bandning birinchi xatboshisidagi “Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po sodeystviyu privatizirovannim predpriyatiyam i razvitiyu konkurensii” soʻzlari “Agentstvo po zashite prav potrebiteley pri Antimonopolnom komitete Respubliki Uzbekistan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2692-son qarorining 13-bandidagi “Iqtisodiyot vazirligi” va “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” va “Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2750-son qaroriga 3-ilovaning 60-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
60. |
11. |
Tovar-xom ashyo birjalarining birja faoliyati |
2019-y. |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
”. |
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi “Dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2773-son qarorining 4-bandidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi “2017 — 2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2922-son qaroriga 6-ilovaning rus tilidagi matni toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sharipov N.Sh. — predsedatel Antimonopolnogo komiteta”.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2935-son qaroriga 6-ilovaning rus tilidagi matni oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Karabayev F.E. — zamestitel predsedatelya Antimonopolnogo komiteta”.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-3012-son qaroriga 7-ilovaning rus tilidagi matni oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sharipov N.Sh. — predsedatel Antimonopolnogo komiteta Respubliki Uzbekistan”.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli taʼminlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3082-son qarorining 16-bandidagi “Xususiy korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi “Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3532-son qaroriga 3-ilovaning rus tilidagi matni oʻn uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xaitmetov E.S. — direktor Agentstva po zashite prav potrebiteley pri Antimonopolnom komitete Respubliki Uzbekistan”.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3724-son qaroriga ilovaning rus tilidagi matni 5-pozitsiyasi “Otvetstvennie ispolniteli” ustunidagi “Goskomkonkurensii” soʻzi “Antimonopolniy komitet” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qarori 6-bandidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3947-son qarorida:
6-band quyidagi mazmundagi “v1” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
“v1) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosariga — tovar-xom ashyo birjalari xavflari boʻyicha”;
1-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
“181. Ummatov B.X. — zamestitel predsedatelya Antimonopolnogo komiteta Respubliki Uzbekistan”.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-dekabrdagi “Yuqumli boʻlmagan kasalliklarning profilaktikasini, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4063-son qaroriga 2-ilova 1-bandining “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4126-son qarorida:
a) 4-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 6-bandda:
“taqdimnomalarini” soʻzi “koʻrsatmalarini” soʻzi bilan almashtirilsin.
quyidagi mazmundagi beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, narxlari tartibga solinishi belgilangan tovarlarning narxlarini (ustama va tariflar) oshirganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar summasining 100 foizi;
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, shuningdek, Agentlik taqdim etgan koʻrsatmalarni bajarmaganlik uchun Agentlik yoki Agentlik kiritgan daʼvolar boʻyicha sud tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan va ularning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarima mablagʻlarining 100 foizi;
tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun tushadigan oylik yigʻim mablagʻlarining 45 foizi;
“E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida yer uchastkalari va davlat mulki boʻlgan obyektlarda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish natijasida tushadigan yigʻim summasining 40 foizi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga tushadigan davlat aktivlarini sotish summasining 4 foizi”;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 7-bandda:
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishli kelishikdagi “qoʻmitasi” soʻzidan keyin “va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshidagi “xodimlarni” soʻzlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining xodimlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining
tashkiliy tuzilmasi
”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5204-son Farmoniga ilovaning 47-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2895-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2897-son qarorining 2 va 6-bandlari hamda 1 — 3a-ilovalari.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)