16.10.2019 yildagi 878-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.10.2019 yildagi 878-son
Date of entry into force
17.10.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalari faoliyatini faollashtirish, boʻsh turgan yer maydonlaridan unumli foydalanish, yangi raqobatbardosh sanoat ishlab chiqarishlari va kichik korxonalarni rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, shu asosda Toshkent shahrida yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida investitsiya iqlimini yaxshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 15-avgustdagi PF-5511-son Farmoniga muvofiq hamda topshirish va qabul-qilish dalolatnomalari asosida Toshkent shahri, Sergeli tumani, Rayxon koʻchasida joylashgan “SAR” aviakompaniyasining binolari, inshootlari va boshqa infratuzilma obyektlari keyinchalik ularning negizida “Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasini tashkil etish uchun Toshkent shahar hokimligiga bepul berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Toshkent shahar hokimligi xamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining “Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasi hududida davlat unitar korxonasi shaklida alohida Direksiya tashkil etish orqali boshqaruvning maxsus tartibini joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin, Direksiyaga quyidagi vazifalar yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachining funksiyalarini bajarish, “Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasi hududidagi obyektlar qurilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shu jumladan, kichik sanoat zonasi hududini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash, kirish yoʻllari, avtomobil toʻxtash joylari qurilishi bilan bogʻliq masalalarni hal etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetakchi mahalliy va xorijiy loyihalash tashkilotlarini jalb qilgan holda “Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasining bosh rejasi ishlab chiqilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan va importning oʻrnini bosadigan yuqori qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga moʻljallangan zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-avgustdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasi hududida obyektlar kurilishini loyihalashtirishda loyihalash tashkilotlari tomonidan zamonaviy energiyani tejaydigan texnologiyalar, shuningdek, yuqori texnologik materiallar va buyumlardan samarali foydalanilishini taʼminlash ustidan nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasi hududida umumiy foydalanish joylari, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasidan foydalanish va xizmat koʻrsatishni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, Direksiya quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlar tomonidan oʻz zimmasiga olingan investitsion va ijtimoiy majburiyatlar zarur tarzda bajarilishini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasi ishtirokchilari tomonidan bitimlar va shartnoma shartlari buzilgan, shuningdek, ular tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, ishlab chiqarish maydonlari ijarasining bitimlari va shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish va toʻxtatish masalalarini Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashiga (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) koʻrib chiqish uchun kiritish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda investorlar, ishlar (xizmatlar)ni bajaruvchilar, binolar, inshootlar va obyektlar egalari va foydalanuvchilari tomonidan yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalari, qurilish-montaj ishlari hamda obyektlardan foydalanishda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan texnik nazoratni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasi hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlash investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini oʻz ichiga olgan investorlarning buyurtmalari asosida Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasining loyiha-reja hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan, yer uchastkalarini tanlash va ajratish boʻyicha materiallar tayyorlash Direksiya tomonidan Toshkent shahar hokimligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga taʼminlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiyaning kichik sanoat zonasi hududlarini tozalash, yer ishlarini amalga oshirish, muhandislik-kommunikatsiya obyektlarining (elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va texnik suv, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari) ichki maydonlarini qurish, umumiy foydalaniladigan hududlarni obodonlashtirish, reklama kampaniyalari va taqdimot tadbirlari hamda Direksiyaning samarali faoliyati uchun zarur boʻlgan maʼmuriy bino, konferens-zal va boshqa inshootlarning qurilishiga xarajatlar “Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasida belgilangan tartibda doimiy foydalanish uchun yer ajratish evaziga olingan mablagʻlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga teng ulushlarda qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiyani saqlash Toshkent shahar hokimligi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Direksiya tomonidan shartnoma asosida ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish)dan olingan mablagʻlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Maʼmuriy kengashga ijaraga beriladigan yer uchastkasining har bir gektari uchun toʻlov miqdorini belgilash huquqi berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Transport vazirligi 2020-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda “Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasi chegarasigacha mavjud tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlarini qurish va modernizatsiya qilishni “Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasi hududida tadbirkorlik subyektlarini ularning uzluksiz ishlashini hisobga olgan xolda joylashtirishning ishlab chikilgan loyihalariga muvofiq kichik sanoat zonasi hududida belgilangan tartibda doimiy foydalanish uchun yer uchastkalarini ajratishdan tushgan mablagʻlar hisobiga taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Direksiya Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasi bosh rejasi qurilishning qisqa va oʻrta muddatli istiqbollarini hamda obyektlarni maqbul joylashtirishni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasining samarali faoliyat koʻrsatishi boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan nazorat va monitoring oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sergeli Industrial Park” kichik sanoat zonasining faoliyati samaradorligi va natijadorligi toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 16-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
878-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 09/19/878/3929-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son)