19.09.2019 yildagi 939-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori, 19.09.2019 yildagi 939-son
Date of entry into force
19.09.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim meʼyoriy hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais M. ABDUSALOMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 19-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
939-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 939-son qaroriga
1-ILOVA

Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga (bundan buyon matnda mahaliy Kengash deb yuritiladi) saylovlar va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bob. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hujjatlarni saqlash va davlat arxivga topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

1. Quyidagi hujjatlar Markaziy saylov komissiyasining idoraviy arxivida oʻn besh yil mobaynida saqlanib, keyinchalik Oʻzbekiston Milliy arxiviga topshiriladi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1081-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarorlari, majlis bayonnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) saylov hamda referendumga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) siyosiy partiyalar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalari ilovalari bilan birga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga roʻyxatga olingan nomzodlar roʻyxatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Senat aʼzoligiga nomzodlarni koʻrsatishga doir Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar, viloyatlar va tuman (shahar) Kengashlari qoʻshma majlislari bayonnomalari, Markaziy saylov komissiyasining saylov va referendum natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Qonunchilik palatasi deputatlarining, Senat aʼzolarining roʻyxatlari va hisob kartochkalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) saylov va referendum natijalari boʻyicha moliyaviy hujjatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etilgan hududiy saylov komissiyalarining saylov va referendum natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga.
(1-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaziy saylov komissiyasiga siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari Markaziy saylov komissiyasida ular kelib tushganidan soʻng olti oy mobaynida saqlanadi va mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Saylov va referendum toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga doir Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan shikoyat va arizalar, ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar uch yil mobaynida saqlanadi va mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. Hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan hujjatlarni davlat arxiviga topshirish
(II bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagi hujjatlar hududiy saylov komissiyalarining idoraviy arxivlarida besh yil mobaynida saqlanib, keyinchalik viloyatlar davlat arxivlari va Toshkent shahar markaziy davlat arxiviga saqlash uchun topshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) hududiy saylov komissiyalarining qarorlari, majlis bayonnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) siyosiy partiyalar rahbarlarining xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalari ilovalari bilan birga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi deputatligiga roʻyxatga olingan nomzodlar roʻyxatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) saylangan viloyat va Toshkent shahar Kengashi deputatlarining roʻyxatlari va hisob kartochkalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) saylov va referendum natijalari boʻyicha moliyaviy hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) saylov va referendum toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishiga doir shikoyat va arizalar, ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) hududiy saylov komissiyasining referendum natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomasining ikkinchi nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) hududiy saylov komissiyasiga taqdim etilgan referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarining ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) hududiy saylov komissiyasiga taqdim etilgan uchastka saylov komissiyalarining saylov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) hududiy saylov komissiyasiga taqdim etilgan xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining (bundan buyon matnda okrug saylov komissiyalari deb yuritiladi) saylov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan quyidagi hujjatlar saylov yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng uch kunlik muddatda tuman va shahar davlat arxivlariga saqlash uchun topshiriladi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tuman va shahar saylov komissiyalarining qarorlari, majlis bayonnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) siyosiy partiyalar rahbarlarining xalq deputatlari tuman va shahar Kengashi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizalari ilovalari bilan birga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) roʻyxatga olingan tuman va shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar roʻyxatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) saylangan tuman va shahar Kengashi deputatlarining roʻyxatlari va hisob kartochkalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) saylov natijalari boʻyicha moliyaviy hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga doir shikoyat va arizalar, ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) tuman va shahar saylov komissiyasiga taqdim etilgan uchastka saylov komissiyalarining saylov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga.
(5-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1081-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. Okrug va uchastka saylov komissiyalari hamda referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari tomonidan hujjatlarni Davlat arxiviga topshirish
(III bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Okrug saylov komissiyalari tomonidan quyidagi hujjatlar saylov yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng uch kunlik muddatda viloyatlar davlat arxivlari va Toshkent shahar markaziy davlat arxiviga saqlash uchun topshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) okrug saylov komissiyalarining qarorlari va majlis bayonnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) okrug saylov komissiyalarining saylov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining ikkinchi nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) uchastka komissiyalarining ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining birinchi nusxalari ilovalari bilan birga.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Uchastka saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari tomonidan quyidagi hujjatlar saylov va referendum yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng uch kunlik muddatda tegishli shahar va tuman davlat arxivlariga saqlash uchun topshiriladi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) uchastka komissiyalarining qarorlari, majlis bayonnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ovoz berish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarining ikkinchi nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) komissiya aʼzolarining alohida fikrlari hamda boshqa hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV bob. Saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari tomonidan hujjatlarni hokimliklar idoraviy arxivlariga topshirish
(IV bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Saylovchilar roʻyxatlari (saylovchilar roʻyxatlarining elektron versiyasi), shuningdek referendumda ovoz beruvchilar roʻyxatlari saylov va referendum yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng tegishliligi boʻyicha shahar va tuman hokimliklariga topshirilib, ularning idoraviy arxivlarida navbatdagi saylov yoki referendumga qadar foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qoʻyiladigan hujjatlashtirilgan axborot sifatida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Saylov byulletenlari, shuningdek referendumda ovoz berish byulletenlari hamda ularni topshirish va qabul qilish dalolatnomalari saylov yoki referendum yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng uch kunlik muddatda tegishliligi boʻyicha shahar va tuman hokimliklariga topshirilib, ularning idoraviy arxivlarida bir yil davomida saqlanadi va mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Okrug va uchastka saylov komissiyalari va referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarining moliyaviy hisobotlari saylov yoki referendum yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng oʻn kunlik muddatda tegishliligi boʻyicha shahar va tuman hokimliklariga topshirilib, ularning idoraviy arxivlarida besh yil davomida saqlanadi va mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Hududiy, tuman va shahar saylov komissiyalarining moliyaviy hisobotlari saylov yoki referendum yakunlari rasman eʼlon qilinganidan soʻng yigirma kunlik muddatda tegishliligi boʻyicha viloyat, tuman va shahar hokimliklariga topshirilib, ularning idoraviy arxivlarida besh yil davomida saqlanadi va mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shahar Kengashlari deputatlari qoʻshma majlisining Senat aʼzolari saylovi yakunlari toʻgʻrisidagi bayonnomasining ikkinchi nusxasi va Senat aʼzolari saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa hujjatlar tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar kengashlari idoraviy arxivlarida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Milliy arxiviga, viloyat, shahar va tuman arxivlariga hujjatlarni topshirish Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 101-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1081-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V bob. Hujjatlarni yoʻq qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur Yoʻriqnomada belgilangan saqlash muddati tugagan quyidagi hujjatlar yoʻq qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imzo varaqalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov byulletenlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
referendumda ovoz berish byulletenlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylovchilar roʻyxatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saylov byulletenlarini topshirish va qabul qilish dalolatnomalari;
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga doir hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Amaliy ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlarni yoʻq qilish boʻyicha Markaziy saylov komissiyasi, viloyatlar, tuman va shahar hokimliklari huzurida ekspert komissiyalari tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Imzo varaqalari va Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar Markaziy saylov komissiyasi raisi farmoyishi bilan tuzilgan Markaziy saylov komissiyasi huzuridagi ekspert komissiyasi tomonidan yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov byulletenlari va referendumda ovoz berish byulletenlari boshqa saylov komissiyalariga kelib tushgan murojaatlar bilan bogʻliq hujjatlar tegishli viloyat, tuman va shahar hokimliklari huzurida ekspert komissiyalari tomonidan yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yoʻq qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar dastlabki saralash va ekspertizani oʻtkazgan shaxslar tomonidan tegishli viloyat, tuman, shahar hokimi tasdiqlagan mazkur Yoʻriqnomaning ilovasiga muvofiq shaklda tuzilgan dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov byulletenlari va referendumda ovoz berish byulletenlarini yoʻq qilingani haqidagi dalolatnomaning bir nusxasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Saylov byulletenlari, referendumda ovoz berish byulletenlari hamda boshqa hujjatlar koʻpi bilan 2-3 kv.sm. boʻlaklarga maydalash yoʻli bilan yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maydalash uchun tegishli uskuna boʻlmagan taqdirda hujjatlar yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni tiklash mumkin boʻlgan darajada yoʻq qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni va siyosiy partiyaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha toʻplangan imzo varaqalari yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Begona shaxslarning yoʻq qilinayotgan hujjatlar bilan tanishishi taʼqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎“Tasdiqlayman”
‎Qibray tuman hokimi ____________________F.I.Sh.
‎(imzo)
“____” __________20____ yil

‎‎
‎DALOLATNOMA №

‎‎20__ yil “___” ___________

‎‎___________ tumani

‎‎Komissiya quyidagi tarkibda ___________________________________________________________________
______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga asosan ilmiy-tarixiy qiymatga ega boʻlmagan, amaliy ahamiyatini yoʻqotgan va belgilangan saqlanish muddatlari tugagan quyidagi hujjatlar yoʻq qilinishi uchun ajratib olingan:

‎‎_______________________________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________
‎(tashkilot nomi)

T/r‎

Ishlarning nomi (sarlavhasi)‎‎

Ishlarning (hujjatlarning) soʻnggi sanalari ‎‎

Ishlar soni‎‎

Saqlanish muddatlari‎‎

Izohlar‎‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Jami: ____________ yillarda _______________________________ ish, tomdan iborat hujjatlar boʻlaklarga
‎ maydalash yoki yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qilindi.
‎‎Komissiya aʼzolari: ‎‎ ‎‎1.______________________
‎2‎‎.______________________
‎‎‎3.______________________‎‎
‎‎“Maʼqullayman”
‎Tuman (shahar) hokimligi EK
‎20___ yil “___” ___________№
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 939-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oʻz kuchini yoʻqotadigan ayrim meʼyoriy hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2000-yil 7-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oliy Majlis deputatlari saylovlari bilan bogʻliq hujjatlarni saqlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom toʻgʻrisida”gi 103-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq Markaziy saylov komissiyasining nizom va yoʻriqnomalari toʻgʻrisida” 2004-yil 18-sentabrdagi 198-son qarori 2-bandi va 2-ilovasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2007-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyatining ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi yangi tahrirdagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 368-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2010-yil 16-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2007-yil 28-dekabrdagi 368-son qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 496-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2014-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiing 2007-yil 28-dekabrdagi 368-son qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 605-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 939-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oʻzgartirish kiritilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 97-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“97. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar Markaziy saylov komissiyasining Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga muvofiq saqlash uchun tayyorlanadi hamda topshiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 120-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“120. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar Markaziy saylov komissiyasining Saylov va referendumga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga muvofiq saqlash uchun tayyorlanadi hamda topshiriladi”.