Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2024 24.08.2019 yildagi 930-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qarori, 24.08.2019 yildagi 930-son
Date of entry into force
24.08.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash tOʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1339-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov oʻtkazish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 11-sentabrdagi 618-son qarorining 1-bandi oʻn ikkinchi hatboshisi va 11-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi Raisi M. ABDUSALOMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 24-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
930-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 24-avgustdagi 930-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga (bundan buyon matnda mahaliy Kengash deb yuritiladi) saylov oʻtkazishda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkasini tuzish, uchastka saylov komissiyalarini shakllantirish va ovoz berishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushlab turilgan — jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ozodlikdan mahrum etish joyi hisoblanmagan xizmat binolarida yoki vaqtincha saqlash hibsxonasi kamerasida ushlab turilgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qamoqqa olingan — Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qamoqda saqlash — jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni yoxud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslarni tergov hibsxonalarida saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar — qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar — qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogʻir jinoyatlar — qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin oʻn yildan koʻp boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻta ogʻir jinoyatlar — qasddan sodir etilib, qonunda oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manzil-koloniyasi — jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar soqchisiz, ammo nazorat ostida saqlanadigan jazoni ijro etish muassasasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Saylov kuni 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qamoqda saqlash joylarida ushlab turilgan hamda qamoqqa olingan shuningdek, jinoyat sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar ovoz berish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga koʻra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Saylov uchastkalarini tuzish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida yigirma nafar va koʻpi bilan uch ming nafar saylovchidan oshmagan holda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalari saylovga kamida oltmish kun qolganida, ayrim hollarda esa istisno tariqasida, saylovga kamida yetti kun qolganida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari rahbarlarining taqdimnomasiga asosan saylov uchastkalari okrug saylov komissiyasi qarori bilan tuziladi. Bu saylov uchastkalari ular joylashgan hududagi saylov okruglariga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim hollarda, manzil-koloniyasi maʼmuriyatining tegishli okrug saylov komissiyasiga bergan taklifiga asosan mazkur muassasalarda saqlanayotgan saylovchilar koʻchma saylov qutisi orqali saylovchilarning turgan joyida ovoz berishi uchun u joylashgan hududagi saylov uchastkasiga biriktirish toʻgʻrisida okrug saylov komissiyasining qarori qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Uchastka saylov komissiyalarini tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Uchastka saylov komissiyasi saylovga kamida qirq kun qolganida besh — oʻn toʻqqiz nafar aʼzodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va kotibdan iborat tarkibda okrug saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar komissiya yetti nafargacha aʼzodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur boʻlgan hollarda, uchastka saylov komissiyasining son tarkibi oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining rahbari tomonidan uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar mazkur muassasa xodimlari orasidan okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1078-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat tugʻilganida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining rahbari tomonidan Saylov kodeksining 25-moddasiga muvofiq boshqa shaxslar va jamoatchilik vakillari ham uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzod sifatida tavsiya etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkasi saylovga kamida yetti kun qolganda tuzilsa, okrug saylov komissiyasiga saylov uchastkasini tuzish toʻgʻrisida taqdimnoma bilan birga uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar ham tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1078-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchastka saylov komissiyasining shaxsiy tarkibi tegishli okrug saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylaridagi maxsus ajratilgan binolarda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar yoki xonalar tayyorlangan boʻlishi, saylov byulletenlari berish uchun joy ajratilgan va saylov qutilari oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylov qutilari ularning yoniga ovoz beruvchilar albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalaridan oʻtib boradigan qilib joylashtiriladi. Binoni jihozlash va unda zarur tartibni saqlab turish masʼuliyati muassasa maʼmuriyati va uchastka saylov komissiyasi zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan fuqarolarni saylovchilar roʻyxatiga kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qamoqda saqlash joylarida ushlab turilgan hamda qamoqqa olingan shuningdek, jinoyat sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar roʻyxatiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga koʻra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 13-maydagi 1254-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalari boʻyicha saylovchilarning roʻyxatlari mazkur muassasalar rahbarlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Saylovchilar roʻyxatiga har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markazlashgan tartibda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar haqidagi maʼlumotlarni saylovga kamida bir oy qolgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilar yagona elektron roʻyxatiga tuzatishlar kiritish uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda mazkur muassasalarda tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar roʻyxatida oʻzgarishlar amalga oshirilsa, saylovga kamida besh kun qolgunga qadar ushbu maʼlumotlar ham Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga yetkazib berish choralari koʻriladi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1078-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Manzil-koloniyalarida saylov uchastkalari tuzilmagan holatlarda, ular biriktirilgan uchastka saylov komissiyalariga muassasadagi saylovchilar haqidagi maʼlumotlar ushbu muassasa rahbari tomonidan saylovga kamida yetti kun qolganda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ushbu muassasalarning ichki tartib qoidalari va rejimini inobatga olgan holda, saylovga uch kun qolganida fuqarolarga saylovchilar roʻyxati bilan tanishish imkoniyati taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining maʼmuriyati mazkur maʼlumotlarning haqqoniyligi va toʻliqligi uchun masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar roʻyxati bilan tanishish joyi va vaqti toʻgʻrisida saylovchilarni xabardor etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Har bir fuqaro saylovchilar roʻyxatidagi xato yoki noaniqlik toʻgʻrisida uchastka saylov komissiyasiga shikoyat qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi 24 soat ichida murojaatni tekshirishi va xatoni yoki noaniqlikni bartaraf etishi yoxud murojaat qiluvchiga uning murojaati rad etilganligi toʻgʻrisida asoslantirilgan javob berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kuzatuvchilar, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari va akkreditatsiyadan oʻtgan ommaviy axborot vositalari vakillari qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalariga borishi haqida kamida uch kun oldin uchastka saylov komissiyasini xabardor qilishi kerak.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1078-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Uchastka saylov komissiyasi, oʻz navbatida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining maʼmuriyatiga mazkur Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni (ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, saylovda kim sifatida ishtirok etishi) ushbu muassasaga toʻsiqsiz kirib-chiqishlari uchun taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining maʼmuriyati ularning kirib chiqishi va xavfsizligini taʼminlash, ichki tartib-qoidalariga rioya etishi uchun masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov kampaniyasining borishi haqida xabardor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari mazkur muassasalarning maʼmuriyati bilan birgalikda saylovchilarni saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonlari, saylov oʻtkazish vaqti va tartibi hamda nomzodlar haqida xabardor qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining maʼmuriyati tomonidan nomzodlarga, ularning ishonchli vakillariga, siyosiy partiyalarga fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazish orqali saylovoldi tashviqoti uchun teng sharoitlar yaratib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ovoz berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ovoz berish ushbu muassasalarning ichki tartib-qoidalari, rejimi va ularning boshqa oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda Saylov kodeksiga va tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son va 2021-yil 14-apreldagi 1066-son qarorlari bilan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq tashkil etiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1078-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining ichki-tartib qoidalari va rejimidan kelib chiqib, saylovchilar ovoz berish binosiga kichik guruhlarga boʻlingan holda olib kelinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Saylov uchastkasi tuzilmagan manzil-koloniyalarida biriktirilgan uchastka saylov komissiyasi tomonidan saylovchilarga turgan joyida ovoz berish tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biriktirilgan uchastka saylov komissiyasi mazkur saylovchilarni saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ovoz berish binosiga kelgach saylovchilar roʻyxatga imzo qoʻyadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Saylov byulleteni saylovchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida toʻldiriladi. Saylov byulletenini toʻldirish vaqtida saylovchidan boshqa shaxslarning hozir boʻlishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Saylovchi oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qoʻyadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchi toʻldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasi, agar roʻyxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib boʻlgan boʻlsa, istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini eʼlon qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida saylov qutilarini soat 20:00 dan oldin ochish va ovozlarni sanab chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlarini chiqarilgandan soʻng, tegishli saylov okruglaridan saylangan Qonunchilik palatasi deputatlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.