Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 3-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1291-10]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2022-yil 22-avgustdagi 19/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3389, 28.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-son “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 22-sentabrdagi 23/3-son qarori (roʻyxat raqami 1291, 2003-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 23-son) bilan tasdiqlangan Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank Raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-sentabr,
22/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 81-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. 9-banddagi “hududiy boshqarmasining” degan soʻzlar “hududiy bosh boshqarmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 13-banddagi “30 kalendar” degan soʻzlar “15 ish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/1291-10/3851-son)