O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
qarori
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 24-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2541-3]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi, 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2019-yil 8-fevraldagi PQ-4168-son “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2013-yil 28-noyabrdagi 62-mh, 52, 109-son qarori (ro‘yxat raqami 2541, 2013-yil 26-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 52-son, 701-modda) bilan tasdiqlangan Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. SADIKOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-sentabr,
203-mh-son
Iqtisodiyot va sanoat vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-sentabr,
16-son
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-sentabr,
96-son
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 4-sentabrdagi 203-mx, 16 va 96-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarining milliy reyestri to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Muqaddimadagi “2015-yil 10-apreldagi 87-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi” degan so‘zlar “2018-yil 1-maydagi 318-son “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 16-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 19-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“barcha turdagi soliqlar;”.
4. 1-ilovada:
“O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“M.O‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
5. 2 va 3-ilovalardan “M.O‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
6. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy banki bilan kelishilgan.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M. AZIMOV
2019-yil 4-sentabr
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. MUSAYEV
2019-yil 4-sentabr
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2019-yil 4-sentabr
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 10/19/2541-3/3801-son)