23.09.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3185
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 23.09.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3185
Date of entry into force
24.12.2019
Hujjat 24.12.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3185]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq I. ERGASHEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 30-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻining 2019-yil 30-avgustdagi 5-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori fitosanitar xavfga ega mahsulot — ekish, payvandlash, koʻpaytirish uchun moʻljallangan qayta ishlanmagan ekish materiallari, xususan koʻchatlar, ildizlar, barglar, qalamchalar, urugʻlar, tugunaklar, piyozboshlar, ildizpoyalar va boshqa ekish uchun moʻljallangan oʻsimliklar yoki ularning qismlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta fitosanitar xavfga ega mahsulot — isteʼmol yoki qayta ishlash uchun moʻljallangan qayta ishlanmagan mahsulot, xususan isteʼmolga moʻljallangan hoʻl meva va sabzavotlar, shuningdek kesilgan gul poyalari va boshqalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassis — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) oʻsimliklar karantini boʻyicha mutaxassislari yoki u tomonidan jalb etilgan mazkur soha ekspertlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaatchi — xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish maqsadida oʻsimliklar karantini boʻyicha mutaxassis yuborishni soʻrab Inspeksiyaga murojaat qilgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy mamlakat hududidan yuqori yoki oʻrta fitosanitar xavfga ega karantin ostidagi mahsulot olib kirilishi maʼlum boʻlganda, yangi savdo yoʻnalishlari ochilganda yoki xorijiy mamlakat hududida karantin ostidagi mahsulot bilan xavfli zararli organizmlar kirib kelishi xavfi mavjud boʻlganda yohud yuqori va oʻrta fitosanitar holat mavjud hududda ishlab chiqarilgan mahsulotlar olib kirilayotganda, mazkur xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish uchun mutaxassislarni yuborish zarurati vujudga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Karantin ostidagi mahsulotni xorijiy mamlakat hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish maqsadida xarid qilish chogʻida, zarur boʻlgan taqdirda, bu mamlakatlardagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish uchun oʻsimliklar karantini boʻyicha mutaxassislar yuborilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish Inspeksiya mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Karantin ostidagi mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Olib kirilishi rejalashtirilgan yuqori yoki oʻrta fitosanitar xavfga ega karantin ostidagi mahlusotlarning fitosanitar holatini oʻrganish maqsadida quyidagi mezonlar mavjud boʻlganda, mutaxassislar xorijiy mamlakatga yuboriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakat hududidan olib kirilishi rejalashtirilgan karantin ostidagi mahsulotda oʻsimliklar karantini obyektlari keng tarqalganligi haqida maʼlumotlar xorijiy mamlakatlar karantin xizmati tomonidan maʼlum qilinganda yoki oʻsimliklar karantini sohasidagi xalqaro tashkilotlar rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori yoki oʻrta fitosanitar xavfga ega karantin ostidagi mahlusotni baholash natijasida mahsulotning fitosanitar xavf darajasi yuqori yoki oʻrta deb topilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Karantin ostidagi mahsulotlar fitosanitar holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Murojaatchi Inspeksiyaga xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish maqsadida mutaxassis yuborilishini soʻrab mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda toʻldirilgan ariza topshiradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotning oldi-sotdi (yetkazib berish) shartnomasi nusxalari (agar mavjud boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish rejasi (agar mavjud boʻlsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza yozma yoki elektron tarzda berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma tarzda berilgan arizaga ilovalar mavjud boʻlsa, ilovalarning har bir beti tikilgan holda birinchi beti murojaatchining imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agar xorijiy mamlakat hududidagi oʻsimliklar karantini boʻyicha vakolatli organ mazkur hududdagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish yuzasidan murojaat qilsa, uning murojaati ushbu Nizomning ilovasida koʻrsatilgan shaklda boʻlishi talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Murojaatchi taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Inspeksiya ariza kelib tushgan sanadan boshlab yetti ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlarga asosan xorijiy mamlakat hududida mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni yuborish zarurati mavjudligini qonun hujjatlariga muvofiq oʻrganib chiqadi hamda ushbu muddat ichida murojaatchini xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Inspeksiya arizani koʻrib chiqish jarayonida xorijiy mamlakatning oʻsimliklar karantini boʻyicha vakolatli organidan zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmagan hamda xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish uchun mutaxassislarni yuborish zarurati mavjudligi aniqlanganda, Inspeksiya murojaatchini yoki xorijiy mamlakatning vakolatli organini xabardor qiladi va xorijiy mamlakat hududidagi fitosanitar holatni oʻrganish muddatini kelishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagi hollarda Inspeksiya tomonidan murojaatchining arizasi rad etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlar qayd etilgani yoki toʻliq taqdim etilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib kelinishi rejalashtirilgan mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun cheklov (taqiq) oʻrnatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakat hududida oʻsimliklar karantini obyektlari, oʻsimliklarning xavfli zararli organizmlari (hasharotlar, kasallik qoʻzgʻatuvchilari va begona oʻtlar), kelib chiqish sabablari nomaʼlum boʻlgan oʻsimliklarning yalpi kasalliklari va ilgari qayd etilmagan tez tarqaluvchi kasalliklari mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot olib kelinishi rejalashtirilgan xorijiy mamlakat hududida ushbu mahsulotda tarqalgan oʻsimliklar karantini obyektlari mavjudligi haqida aniq maʼlumotlarning mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Inspeksiya murojaatchini uning arizasi rad etilganligi toʻgʻrisida rad etish asoslarini koʻrsatgan holda maʼlum qilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2730, 2015-yil 19-noyabr) muvofiq tomonlarning oʻzaro kelishuviga (shartnomaga) asosan murojaatchi va/yoki xorijiy mamlakatning vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish Inspeksiya tomonidan xorijiy mamlakatning vakolatli organi bilan kelishilgan holda va hamkorlikda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy mamlakatning vakolatli organi hamkorlikda karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganishda ishtirok etmagan holatda, Inspeksiya Xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini mustaqil oʻrganishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Inspeksiya mutaxassislari tomonidan xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish jarayonida quyidagi fitosanitar tadbirlar amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakat hududida oʻsimliklar karantini xizmatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari, boshqaruv tizimi va vakolatlari, karantin ostidagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi va ularni isteʼmolga yaroqliligi boʻyicha xulosalar berish jarayonini audit qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakat hududida monitoring oʻtkazish va tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus savolnoma asosida oʻrganilayotgan oʻsimlikning rivojlanish bosqichlari, bioekologik xususiyatlari, hududning tuproq iqlim sharoiti, oʻsimliklar karantini obyektlari, boshqa xavfli zararli organizmlar (zararkunanda hasharotlar, kasallik qoʻzgʻatuvchilari va begona oʻtlar) rivojlanishining bioekologik xususiyatlari kabi maʼlumotlarni oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini boʻyicha xalqaro fitosanitariya standartlariga muvofiq tekshiruv va tahlillar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot ishlab chiqarish tizimining Oʻzbekiston Respublikasining fitosanitariya talablariga muvofiqligini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklarni himoya qilish va oʻsimliklar karantini boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlarning (biologik, kimyoviy himoya qilish usullari, ishlov berish turlari) amalga oshirilishi va ularning samaradorligini kuzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dala nazorati tadbirlari va nazorat tariqasida oʻtkazilgan laboratoriya tahlillari natijalari va ularning rasmiylashtirilgan hisobotlari mavjudligini koʻrib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fitosanitar sertifikatlashtirish tizimini oʻrganish, zarur hollarda, mahsulotlardan namunalarni tanlab olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish natijasida mutaxassis tomonidan hisobot tayyorlanadi va Inspeksiyaga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holati oʻrganilgandan soʻng, Inspeksiya mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hisobot asosida quyidagi xulosalardan birini qabul qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini obyektlari topilgan yoki oʻrganish natijasida respublikaga karantin obyekti kirib kelish xavfi mavjud deb xulosa qilinganda — mahsulotni olib kirishni taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklar karantini obyektlaridan holi ekanligi aniqlangan holda va oʻrganish natijasida respublikaga karantin obyekti kirib kelish xavfi mavjud emas deb xulosa qilinganda — mahsulotni olib kirish uchun karantin ruxsatnomasini belgilangan tartibda rasmiylashtirib berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Karantin ostidagi mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga ruxsat berish yoki olib kirishni taqiqlash toʻgʻrisidagi xulosa murojaatchiga uch ish kunida yuboriladi hamda mazkur maʼlumotlar Inspeksiyaning rasmiy veb saytida joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Xorijiy mamlakat hududidagi fitosanitar holati oʻrganilgan karantin ostidagi mahsulotlar oʻsimliklar karantini chegara punktlari, tashqi iqtisodiy faoliyat chegaralarida oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari tomonidan qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda laboratoriya ekspertizasidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Xorijiy mamlakat hududida oʻtkazilgan oʻrganish yakunlariga koʻra hamda mahsulotni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosa asosida ushbu xorijiy mamlakat hududi va undagi obyektlar (koʻchatxona nomi) boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasiga fitosanitar xavfi yuqori boʻlgan karantin ostidagi mahsulotlar olib kirish mumkin boʻlgan xorijiy mamlakat korxonalari roʻyxati” shakllantirilib, Inspeksiya tomonidan tasdiqlanadi va uch ish kuni davomida Inspeksiyaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy mamlakatlardan olib kelingan yuqori fitosanitar xavfga ega ekish materiallari ekilgan maydonlarda oʻsimlikning va u bilan yashirin tarzda kirib kelishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar karantini obyekti biologiyasidan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari tomonidan dala nazorati monitoringi amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Mahsulotni yetishtirish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar xorijiy mamlakatlardan keltirilgan urugʻlik va ekish materiallari ekilgan maydonlarda oʻsimliklar karantini obyektlarini oʻz vaqtida aniqlash maqsadida masʼul xodim ajratishi va bu haqda yozma ravishda tegishli oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasini xabardor etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masʼul xodim ekinlar va daraxtlarni tizimli ravishda kuzatib borishi, oʻsimliklarda oʻsimliklar karantini obyektlari, va boshqa nomaʼlum hasharot, kasallik belgilari hamda begona oʻtlar aniqlangan taqdirda esa bu haqda tegishli oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini bir kun ichida xabardor qilishi, shuningdek aniqlangan zararli organizmlarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Mazkur Nizom talablarining buzilishi natijasida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 30-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Xorijiy mamlakat hududidagi karantin ostidagi mahsulotning fitosanitar holatini oʻrganish maqsadida mutaxassis yuborilishini yuzasidan

ARIZA

__________________________________

(murojaat etilayotgan tashkilot nomi)

__________________________________
__________________________________

(murojaatchining F.I.O. yashash joyi;
‎yuridik shaxsning nomi va joylashgan yeri)

Koʻchatxonaning toʻliq nomi, pochta manzili (ishlab chiqarish, joʻnatish joylari)

______________________________________________________________________

Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahsulotni qabul qilib oluvchining nomi, telefon raqami va manzili

______________________________________________________________________

Karantin ostidagi mahsulotni ekish/koʻpaytirishni amalga oshiradigan yuridik shaxs, YTT, fermer xoʻjaligining nomi va manzili

______________________________________________________________________
Mahsulot turi, navi va miqdori
______________________________________________________________________
Koʻzda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtish chegara posti
______________________________________________________________________
Bojxona rasmiylashtirish joyi (1*)________________________________________________________
Karantin ostidagi mahsulotni yetkazib berish shartnomasi/ xalqaro savdo kontrakti (mavjud boʻlsa ilova qilinadi) _____________________________________________________________________________
Karantin ostidagi mahsulotni olib kirish rejasi (maqsadi) (2*) (mavjud boʻlsa ilova qilinadi/yoki maqsad koʻrsatiladi)
______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
(toʻldirilgan sanasi va vaqti)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1*. Karantin ostidagi mahsulotning erkin muomalaga chiqarishdan oldingi bojxona rasmiylashtiruvi joyi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2*. Mahsulot olib kirilishi rejalashtirilayotgan hajmi, muddati va yetkazib berish joyi, horij mamlakatdan mahsulot yuklash va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish davri, mahsulotni respublikaga ekish joyi (manzillar aniq boʻlgan hollarda koʻrsatiladi)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2019-y., 10/19/3185/3786-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 16.03.2022-y., 10/22/3185-1/0219-son; 11.09.2024-y., 10/24/3185-2/0702-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)