Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2020 12.08.2019 yildagi 664-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.08.2019 yildagi 664-son
Date of entry into force
13.08.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-fevraldagi 98-sonli “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplab berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4246-son qarori ijrosini taʼminlash, meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda 2019-yil uchun 1-sentabrga qadar va 2020-yildan boshlab har yili 1-mayga qadar meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha aniq roʻyxatini shakllantirib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi meva mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarini joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yildan Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan mablagʻ ajratilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bunga qoʻshimcha ravishda budjet parametrlarida tegishli mablagʻlarini koʻzda tutib borilishini taʼminlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yilda yangi tashkil etilgan bogʻ va issiqxonalarda tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish asosidagi suv tejovchi texnologiyalarini joriy etish tajribasi yakunlarini oʻrganib chiqib, zaruratga koʻra, 2020-yil 1-aprelga qadar meva mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish tartibini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.T. Xodjayev, suv xoʻjaligi vaziri Sh.R.Xamrayev va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 12-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
664-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-avgustdagi 664-son qaroriga

ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini
qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning (keyingi oʻrinlarda — loyiha tashabbuskorlari deb ataladi) yangi tashkil etilgan bogʻ va issiqxona xoʻjaliklarida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish asosida suv tejovchi texnologiyalarini (keyingi oʻrinlarda — sugʻorish texnologiyasi deb ataladi) joriy qilishga ketgan xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom mavjud bogʻ va issiqxonalardagi yaroqsiz holga kelgan sugʻorish texnologiyasini taʼmirlash va qayta tiklash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplab berishga nisbatan tadbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning 2019-yil va undan keyingi yillarda joriy qilingan sugʻorish texnologiyalari uchun xarajatlarini qoplab berish boʻyicha quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan bir gektar maydon uchun bir martalik 6 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maydoni 35 gektardan ziyod bogʻlarda suv chiqarish uchun burgʻulangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishga 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Subsidiya mablagʻlari 2019-yilda Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik deb ataladi) huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan, 2020-yildan boshlab jamgʻarma hamda Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan teng ulushlarda ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yangi tashkil etilgan bogʻ va issiqxona xoʻjaliklarida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish asosida sugʻorish texnologiyasini joriy qilishga ketgan xarajatlarining bir qismini qoplash istagini bildirgan loyiha tashabbuskorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalariga oʻrnatilgan tartibda tegishli hujjatlar bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda har yil 1-mayga qadar kelgusi yilda sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha loyiha tashabbuskorlarining yakuniy roʻyxatini shakllantirib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi har yil 1-iyulga qadar loyiha tashabbuskorlarining kelgusi yilda sugʻorish texnologiyasini joriy qilish parametrlarini tasdiqlaydi hamda Agentlik, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ijro uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi kalendar yilning 1-iyuligacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari takliflari asosida sugʻorish texnologiyasini joriy etishning amaldagi holatdan kelib chiqib, ajratilgan mablagʻlar doirasida loyiha tashabbuskorlari roʻyxatiga tegishli oʻzgartirish kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yil budjet parametrlarini shakllantirishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatdagi loyiha tashabbuskorlarining sugʻorish texnologiyasini joriy qilishga ketgan xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun mablagʻlar ajratishni koʻzda tutib boradi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Loyiha tashabbuskorlarining sugʻorish texnologiyasini joriy qilishga ketgan xarajatlarini Davlat budjetidan qoplab berish mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Yangi tashkil etiladigan bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarida sugʻorish texnologiyasini joriy qilishga ketgan xarajatlarni qoplab berish uchun subsidiya oluvchi loyiha tashabbuskorlarining roʻyxatini shakllantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Loyiha tashabbuskorlari sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi yoki viloyat Qishloq xoʻjaligi boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha vakolatli loyiha institutining loyihasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha tijorat banki bilan tuzilgan kredit shartnomasi hamda kredit ajratilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (agar mavjud boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha tashabbuskorlaridan ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni soʻrab olishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha tashabbuskori tomonidan ushbu bandda belgilangan hujjatlar toʻliq taqdim qilinmaganda ularni uch kun muddatda loyiha tashabbuskoriga toʻliq holda taqdim qilish uchun qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi yoki viloyat Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi loyiha tashabbuskorlarining yangidan tashkil etiladigan bogʻ va issiqxona xoʻjaliklarida qurilgan sugʻorish texnologiyasini uch kun muddatda loyiha boʻyicha tashkil etilgan sugʻorish texnologiyalarini joyiga chiqib oʻrganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrganish natijasi boʻyicha oʻn kun muddatda sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha yakunlangan ishlarni foydalanishga qabul qilish komissiyasi mazkur Nizomga 2-ilovada belgilangan shaklda xulosa tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qabul komissiyasi tomonidan zarur hollarda xulosa tayyorlashda boshqa ekspertlar jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosa belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining hamda viloyat hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi yoki viloyat Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi sugʻorish texnologiyasini joriy etish ishlari yakuni boʻyicha ijobiy xulosani olgan loyiha tashabbuskorlarining roʻyxatini tegishli hujjatlar bilan birgalikda har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5 sanasiga qadar Agentlikka taqdim etadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agentlik tomonidan hududlar kesimidagi roʻyxat umumlashtirib, taqdim etilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida subsidiya ajratish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Loyiha tashabbuskorlarining sugʻorish texnologiyasini joriy qilishga ketgan xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Agentlik tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida uch ish kuni davomida loyiha tashabbuskorlarining sugʻorish texnologiyasini joriy qilishga ketgan xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya mablagʻlarini Agentlikning maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda moliya yili yakuni boʻyicha mazkur shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agentlik maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarni hamda xarajatlarni qoplab berishning Jamgʻarmaga tegishli qismini ikki ish kuni davomida loyiha tashabbuskorlarining tijorat banklaridagi hisob raqamlariga oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Loyiha tashabbuskorlarining tijorat banklaridagi hisob raqamiga kelib tushgan subsidiya mablagʻlariga mavjud kreditor qarzlarni qoplash uchun inkasso topshiriqnomalari qoʻyilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Loyiha tashabbuskorlari tomonidan loyihada koʻrsatilgan maydonlardan ortiq boʻlgan maydonga joriy qilingan xarajatlar loyiha tashabbuskorlarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishga ketgan xarajatlarini qoplab berish jarayonida yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishmovchiliklarni muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilishning iloji boʻlmaganda, ular sud tartibida hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Agentlik tomonidan loyiha tashabbuskorlariga subsidiya mablagʻlarini ajratilishining nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning sugʻorish texnologiyalarni joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

1. Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning kelgusi yilda tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha aniq roʻyxatni belgilangan tartibda shakllantiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Aniq roʻyxatni har yili 1-mayga qadar Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kelgusi yilda tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish parametrlarini tasdiqlaydi hamda Agentlik, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ijro uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari sugʻorish texnologiyasini toʻliq qurib, belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinganidan soʻng tegishli hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalariga taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalariga uch kun muddatda meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning hujjatlarini sugʻorish texnologiyasini joriy qilish parametrlariga mutanosibligini hamda foydalanishga topshirilgan sugʻorish texnologiyasini joyida oʻrganadi va oʻn kun muddatda xulosalarni tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining hamda viloyat hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi yoki viloyat Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi Subsidiya olishga talabgorlar roʻyxatlarini har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5 sanasiga qadar, Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agentlik subsidiyalar ajratish boʻyicha buyurtmanomalarni hududlar kesimida har oy yakuni boʻyicha umumlashtirib besh ish kuni ichida subsidiya ajratish boʻyicha Moliya vazirligiga taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Subsidiyalar ajratish buyurtmanomalarni oʻrganib uch kun muddatda Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kelib tushgan subsidiyani uch ish kuni ichida meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning tijorat bankidagi hisob raqamiga oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“Tasdiqlayman”
____________________ viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari) —‎ komissiya raisi

__________________

____________________________‎‎

‎‎(imzo, muhr)

(F.I.O.)

20___ y “___” ______________________‎‎

‎‎
_________________________ viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)da Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha yakunlangan ishlarni qabul qilish komissiyasi
‎XULOSASI

‎‎ _________________________ viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)da Meva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha yakunlangan ishlarni qabul qilish komissiyasi ____________ tumanidagi yangi tashkil etilgan bogʻda (yoki issiqxona) meva mahsulotlarini ishlab chiqarishda tomchilatib (yoki yomgʻirlatib) sugʻorish texnologiyasini qurganligi boʻyicha __________________ (fermer xoʻjaligi, boshqa qishloq xoʻjaligi korxona nomi)ning 20___ yil _________________dagi murojaatini joyida oʻrganib chiqdi va quyidagilarni aniqladi:

yangi tashkil etilgan bogʻda (yoki issiqxona) meva mahsulotlarini ishlab chiqarishda tomchilatib (yoki yomgʻirlatib) sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan __________________ (fermer xoʻjaligi, boshqa qishloq xoʻjaligi korxona nomi)ning 20___ yilda __________________ga maydonda meva mahsulotlarini yetishtirish uchun jami qiymati _________ soʻm boʻlgan Ishchi loyiha asosida _________________pudrat tashkiloti bilan tomchilatib (yoki yomgʻirlatib) sugʻorish texnologiyasini qurish uchun jami qiymati __________________ soʻm boʻlgan shartnoma tuzgan;

_______________ tijorat banki bilan sugʻorish texnologiyasini qurish uchun ‎_____________ soʻmga ______ foizli kredit shartnomasini tuzgan hamda amalda _______________ soʻm kredit olgan;

20 ___ yilda ______________ ga yangi tashkil etilgan bogʻda (yoki issiqxona) suv tejovchi texnologiyani joriy etish maqsadida _____ m3/sek va suv chiqarish chuqurligi ________ metr boʻlgan nasos agregati oʻrnatilgan.

‎‎XULOSA:

_____________________ meva mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi ______________ (fermer xoʻjaligi, klaster nomi)ga jami ______ soʻm miqdorida subsidiya toʻlash maqsadga muvofiq (muvofiq emas).

Komissiya aʼzolari:

T/r‎

‎‎Ismi-sharifi

‎‎Imzo

‎‎Lavozimi

1.‎

‎‎

tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — komissiya raisi;

2.‎

‎‎ ‎‎

tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi;‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎‎

tuman Irrigatsiya boʻlimi boshligʻi;‎‎

4.‎

‎‎‎ ‎‎‎

tuman Elektr tarmoqlari boʻlimi boshligʻi;‎‎

5.‎

‎‎ ‎‎‎

tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi;‎‎

6.‎

‎‎

Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining tuman uchastkasi boshligʻi;‎‎

7.‎

‎‎ ‎‎

tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimining (sektor) bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassisi;‎‎

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 09/19/664/3539-son)