Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TRANSPORT VA ALOQA SOHASIDA FAOLIYAT KOʻRSATISh HUQUQI UChUN DAVLAT POShLINASI MIQDORLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-sonli “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Raqobat muhitini shakllantirish hamda transport va aloqa sohasidagi faoliyatni tartibga solishning bozor mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yil 1-martdan boshlab yuqori rentabelli transport va aloqa xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat poshlinasi miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, transport va aloqa xizmatlari koʻrsatishga oid faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat poshlinasi Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi, “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasining maxsus hisob-kitob schyotlariga oʻtkaziladi hamda quyidagicha taqsimlanadi:
50 foiz shahar yoʻlovchi tashuvchilarini, qishloq joylarida aloqa xizmatlarini rivojlantirishga, aeroportlar va temir yoʻl vokzallarida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishga;
20 foizgacha litsenziyalangan faoliyat shartlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi organlar xarajatlariga ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning aniq miqdorini har yili tegishli ravishda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi, “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi;
qolgan mablagʻlar davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
(2-bandning birichni va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 109-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 24-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalar (tashkilotlar) ga faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 5-bandining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshlari, yuqori rentabelli transport va aloqa xizmati sohasidagi korxonalar (tashkilotlar)dan olinadigan davlat poshlinasi miqdorlari hamda ularni oʻtkazish tartibiga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari K.R. Rahimov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 19-fevral,
89-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Transport va aloqa xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat poshlinasi
MIQDORLARI
Oldingi tahrirga qarang.
|
Xizmat turlari |
Poshlinalar miqdori (milliy valyutadagi ekvivalenti) |
|
1. Avtomobil trasportida tashuvchilar: | |
| shahar atrofi va shaharlararo yoʻlovchi tashish | — 400 AQSh dollari* |
| xalqaro yoʻlovchilar tashish | — 800 AQSh dollari* |
| shahar atrofi va shaharlararo yuk tashish | — 200 AQSh dollari* |
| xalqaro yuk tashish | — 200 AQSh dollari* |
|
2. Havo trasportida tashuvchilar: | |
| xalqaro yuk tashish | — 35 000 AQSh dollari* |
| xalqaro yoʻlovchi tashish | — 7500 AQSh dollari* |
|
3. Temir yoʻl trasportida tashuvchilar: | |
| xalqaro yuk tashish | — 1250 AQSh dollari* |
|
4. Xalqaro transport-ekspeditorlik faoliyati – 50 000 AQSh dollari | |
(ilovaning 5-boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-oktabrdagi 421-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — 2001-y., 20-son, 141-modda)
ESLATMA:
Davlat poshlinasi mulkining kamida 26 foizi davlat ulushi boʻlgan korxonalar va tashkilotlardan undirilmaydi.
Davlat poshlinalari miqdori tegishli transport turi, kommutatsiya nuqtasi, port, uzatgich quvvatining bir birligi hisobidan milliy valyutada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha bir marta toʻlanadi va keyinchalik ularning soni koʻpayganda Davlat poshlinasi miqdori qayta koʻrib chiqilmaydi.
* — tegishli transport turining har bittasi uchun
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-yil, 2-son, 6-modda; 1999-y., 7-son, 43-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 9-10-son, 146-modda; 2001-y., 5-son, 24-modda; 20-son, 141-modda; 2003-y., 15-16-son, 131-modda)