12.07.2019 yildagi 577-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.07.2019 yildagi 577-son
Date of entry into force
13.07.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

O‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) o‘quvchilarini psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini samarali va sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida to‘g‘ri kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli yosh davrlarida o‘quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy taraqqiyotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy og‘ishlarning oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilar ta’lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;

pedagogik jamoalarda sog‘lom psixologik muhitni yaratish va qo‘llab-quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;

iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o‘rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;

axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmog‘ining salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;

pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlash.

3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ta’lim muassasalari psixolog kadrlarining lavozim majburiyatlari hamda ularga qo‘yiladigan malaka talablarini qayta ko‘rib chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasalaridagi psixologik xizmat xonalarini jihozlash me’yorlarini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun zarur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Ta’lim” sohasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida ajratilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 12-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
577-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Psixologik xizmatning faoliyati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi (keyingi o‘rinlarda Respublika tashxis markazi deb ataladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda hududiy xalq ta’limi boshqarmalari deb ataladi) hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda xalq ta’limi bo‘limlari deb ataladi) tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylarda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda idoraviy mansubligiga ko‘ra tegishli oliy ta’lim muassasasi (keyingi o‘rinlarda oliy ta’lim muassasasi deb ataladi) tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunar ta’limi muassasalarida — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Psixologik xizmat o‘z faoliyatini ta’lim muassasalarida pedagog va tibbiyot xodimlari, o‘quvchilarning ota-onalari va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb ataladi), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Psixologik xizmatning maqsad va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Psixologik xizmatning maqsadi o‘quvchilarning ma’naviy va aqliy rivojlanishi, barkamol shaxs sifatida shakllanishi, faol ijtimoiy moslashuvi va ularning yosh davrlari bo‘yicha rivojlanishida salomatligini muhofaza qilish, uzluksiz ta’lim jarayonida o‘zligini anglashi, individual psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun psixologik-pedagogik shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar psixologik xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish ishlarini sifatli tashkil etish, shu jumladan, ish faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga moyilliklari asosida kasb-hunarni to‘g‘ri tanlashlariga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli yosh davrlarida o‘quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy rivojlanishida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy og‘ishlarning oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilar ta’lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagogik jamoalarda sog‘lom psixologik muhitni yaratish va qo‘llab-quvvatlash, jamoa a’zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning individual-psixologik, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o‘rganish, qobiliyatlarini namoyon etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-psixologik xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmog‘ining salbiy ta’siri, yoshlar tarbiyasiga xavf solayotgan “ommaviy madaniyat”ning kirib kelishi holatlarining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog xodimlar, o‘quvchilar hamda ota-onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko‘maklashish, pedagog xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta’minlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Psixologik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar psixologik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixologik ma’rifat va tashviqot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixologik-pedagogik tashxis;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixologik profilaktika;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixologik korreksiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixologik maslahat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb-hunarga yo‘naltirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Psixologik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) psixologik ma’rifat va tashviqot yo‘nalishida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagogik jamoa, sinf rahbarlari va ota-onalarning psixologik savodxonligi va kompetentligini oshirishda dastlabki psixologik-pedagogik bilim va tushunchalar, har bir o‘quvchiga individual yondashuv orqali oilaviy munosabatlar, shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush bo‘yicha tavsiyalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilar, pedagog xodimlar, ota-onalar bilan yakka va jamoaviy shakldagi suhbatlar, maslahatlar, seminar-treninglar tashkil etish, turli xil yig‘ilishlarda ma’ruzalar bilan chiqishlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali psixologik bilimlarni berib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) psixologik-pedagogik tashxis yo‘nalishida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtiroki, ularning har bir holat, voqea va hodisaga munosabatini psixologik-pedagogik tashxisga oid yangi metodikalar asosida o‘rganish, tahlil etish va zarur ko‘rsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarning qiziqishlari, moyilliklari, iste’dodi va iqtidoridagi asosiy yo‘nalishlarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasasiga qabul qilingan o‘quvchilarning psixologik moslashuvi va rivojlanish dinamikasini, o‘quvchilarning o‘qishga tayyorgarlik holatlari, o‘zlashtirishi va rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, o‘rganish, tahlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasasining keyingi bosqichlariga o‘tgan o‘quvchilarning yangi ijtimoiy muhitga moslashuvi, o‘quv faoliyati, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasi, shaxs sifatlari, shaxslararo munosabatlar shakllanishini kuzatib borish, tahlil etish, korreksion mashg‘ulotlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixologik-pedagogik tashxislar, so‘rovnomalar, suhbatlar orqali o‘quvchilarning kasbiy qobiliyatlari, qiziqishlari va fanni o‘zlashtirishga bo‘lgan moyilliklarini aniqlash, ularning ongli ravishda kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashish, ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish uchun o‘quvchilar va ota-onalarga tavsiyalar berish va yo‘naltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy-psixologik muammolari mavjud hamda fanlarni o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar bilan psixologik-pedagogik tashxislar, so‘rovnomalar, suhbatlar o‘tkazish orqali muammo turini aniqlash, guruhlash va ular bilan korreksion ishlarni olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) psixologik profilaktika yo‘nalishida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilardagi barcha salbiy holatlar va moyilliklarning oldini olish bo‘yicha pedagog xodimlar va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarning tengdoshlari va kattalar bilan o‘zaro munosabatlarida psixologik shikast yetkazuvchi omillarni bartaraf etishda yordam ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilar o‘rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib boriladigan profilaktika ishlarida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilar xulq-atvoridagi salbiy holatlarning oldini olish, ruhiy zarba, nizo, salbiy emotsional kechinmalar holatlari yuzaga kelishining oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
salomatligi jihatidan imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni psixologik qo‘llab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlari, sog‘liqni saqlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, ota-onalar bilan uchrashuvlar, suhbatlar, seminar-treninglar, munozaralar va ochiq muloqotlar tashkil etish, taqdimotlar va videofilmlar namoyishlarini o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) psixologik korreksiya yo‘nalishida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim olish va kasb-hunar tanlashda qiynalayotgan o‘quvchilar, shaxsning motivatsion doirasi bilan bog‘liq muammolarni hal etish borasida individual va jamoaviy korreksiya ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning psixologik reabilitatsiyasini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassis sifatida o‘quvchining psixologik holatiga oid ma’lumotlarga munosabat bildirish, tarbiyasida salbiy holatlar mavjud bo‘lgan o‘quvchilar bilan korreksion ishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim olish jarayonida o‘quvchilarning bilish faolligi hamda qiziqishlarini rivojlantirish, ularning intellektual passivligini korreksiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
individual yoki jamoaviy tartibda ota-onalar va pedagog xodimlarni jalb etgan holda o‘yin, muloqot, suhbat, trening, mashq va mashg‘ulotlar shaklida tadbirlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) psixologik maslahat yo‘nalishida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarning individual rivojlanishidagi muammolarni hal etish bo‘yicha barcha ta’lim jarayoni qatnashchilariga maslahatlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarga ta’lim olish, kelajagini aniqlash, tengdoshlari va yoshi kattalar bilan munosabatlaridagi muammoli holatlar yuzasidan maslahatlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarning psixik rivojlanish xususiyatlari, shaxs sifatida shakllanishi, shaxslararo munosabat maqomi, ularning yosh, jins, individual-tipologik xususiyatlari muammosi bo‘yicha amaliy maslahatlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) kasb-hunarga yo‘naltirish yo‘nalishida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarga turli kasblar, ixtisosliklar, mansab lavozimlari, tanlangan kasbni, ixtisoslikni egallash mumkin bo‘lgan ta’lim muassasalari hamda kasbning insonga, uning jismoniy, psixologik va shaxsiy sifatlariga, salomatligiga qo‘yadigan talablari haqida ma’lumotlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarning bilish (o‘quv predmetlariga, fanga) va kasbiy (kasblarga, mutaxassisliklarga) qiziqishlarini, kasb tanlash motivlari va kasbiy rejalarini aniqlash hamda baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarga ularning individual xususiyatlari va mehnat bozori talablarini, ta’lim olish hamda kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini hisobga olgan holda kasb va ta’lim muassasasini tanlashga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalarini, kasblarga qiziqish, mehnatsevarlik, ishchanlik va mas’uliyatni shakllantirish hamda rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ta’lim muassasasida psixologik xizmat muassasa rahbarining buyrug‘iga muvofiq o‘quvchilar sonidan kelib chiqib 1 — 3 ta shtat birligidan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixologik xizmatning psixolog kadrlari (keyingi o‘rinlarda psixolog kadrlar deb ataladi) soni bir nafardan ortiq bo‘lganda ulardan biriga psixologik xizmat rahbarligi yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Psixolog kadrlar lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatining nazorati bevosita ta’lim muassasasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Psixolog kadrlar o‘z faoliyati doirasida bevosita ta’lim muassasasi rahbariga bo‘ysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixolog kadrlar ta’lim muassasasining pedagog xodimlari bilan birgalikda o‘quvchilarning psixologik holati, muassasaning psixologik muhiti, korreksion-rivojlantiruvchi va profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi, kasb-hunarga yo‘naltirish va tashxis qo‘yish faoliyati uchun mas’ul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Psixolog kadrlar o‘z faoliyatini ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga hamda o‘quv dasturi va o‘quv rejasida belgilangan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilishini inobatga olgan holda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ta’lim muassasalarida psixolog kadrlar uchun haftasiga 36 soatli ish tartibi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan psixolog kadrlarning faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Psixolog kadrlar malakasini oshirish muvofiqligi bo‘yicha tegishli muassasalarda har uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Psixolog kadrlarning vazifalari va funksiyalari ta’lim muassasasi ustavida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ta’lim muassasalarida psixologik xizmatning faoliyati tegishliligi bo‘yicha Respublika tashxis markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy ish reja asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Psixolog kadrlarning ish rejasi ta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori asosida namunaviy ish rejaga muvofiq tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Psixologik xizmatning tashkiliy, ilmiy-metodik va dasturiy ta’minoti tegishli ravishda Respublika tashxis markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Psixolog kadrlarning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Psixolog kadrlar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasasini boshqarishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasasi pedagog xodimlari uchun belgilangan barcha kafolatlar va imtiyozlardan foydalanish, jamoat birlashmalariga saylash va saylanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilar, ularning ota-onalari, shuningdek, ta’lim muassasasi pedagoglari bilan olib boriladigan ishlarning muayyan yo‘nalishlarini mustaqil shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasasi rahbariyatidan o‘zining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasasi rahbariyati bilan kelishgan holda sinfdagi va sinfdan tashqaridagi mashg‘ulotlarda hamda boshqa tadbirlarda o‘quvchilarning xulq-atvori hamda individual xususiyatlarini, ularning o‘qishga va pedagog xodimlarga bo‘lgan munosabatlarini o‘rganish maqsadida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dars mashg‘ulotlari, ma’naviy-tarbiyaviy tadbirlar va sport musobaqalarini kuzatish, tahlil qilish, o‘quvchilarning shaxsiy hujjatlari bilan tanishish, zarur taklif va maslahatlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasasining pedagogik va metodik kengashlarida ishtirok etish, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha takliflar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olib psixologik-pedagogik tashxisga oid yangi metodik dasturlarni ishlab chiqish, tajriba-sinovdan o‘tkazishda qatnashish, ularni amaliyotga joriy etishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasasi rahbariyatining qonunchilik hujjatlariga zid ravishda berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarini bajarmaslik;
(19-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchilarning hayoti va faoliyatiga doir turli ishchi guruhlar va komissiyalar ishida o‘z ixtiyoriga ko‘ra qatnashish, fikrlar bildirish, ularda qabul qilingan qarorlar ustidan yuqori turuvchi tashkilotlarga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘quvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan iltimosnomalar berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixolog kadrlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(19-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Psixolog kadrlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya qilish va o‘quvchilarni psixologik ta’sirlardan himoya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zining kasbiy ko‘nikmalari va mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixologik-pedagogik tashxis natijalarini to‘g‘ri rasmiylashtirish, tashxis natijalari bo‘yicha asoslangan tavsiyalar berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatini ish rejasi asosida tashkil etishga, amalga oshirishga, ish rejasining ijrosi bo‘yicha hisobotlar tayyorlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixologik ma’rifat, tashxis, psixologik profilaktika, korreksion-rivojlantiruvchi, maslahat tadbirlarini sifatli tashkil etish va muddatlariga rioya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim jarayoni ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlari hamda tashxis natijalariga oid ma’lumotlarini oshkor etmaslikka majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Psixolog kadrlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
(20-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Psixolog kadrlarga ish haqi miqdorlari (lavozim maoshlari) qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ta’lim muassasasi rahbari psixolog kadrlarni rag‘batlantirish maqsadida ustamalar, qo‘shimcha haq belgilashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Psixologik xizmatning samarali tashkil etilishi va faoliyat yuritishi bo‘yicha javobgarlik ta’lim muassasasi rahbariga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/577/3416-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)