18.02.1995 yildagi 59-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.02.1995 yildagi 59-son
Date of entry into force
18.02.1995
Hujjat 25.10.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAʼLIM MUASSASALARI HAQIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1992-yil 2-iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-oktabrdagi 225-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 43-son, 431-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabdan tashqari muassasa toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehribonlik uyi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tasarrufida maktabgacha tarbiya va maktabdan tashqari muassasalar, mehribonlik uylari boʻlgan vazirliklar va idoralar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan nizomlarni amalga oshirish boʻyicha zarur tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qarorning bajarilishini nazorat qilish Taʼlim va fan boʻlimiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 18-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 25-oktabrdagi 225-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 43-son, 431-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 18-fevraldagi 59-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabdan tashqari muassasa toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maktabdan tashqari muassasalar xalq taʼlimi tizimining tarkibiy qismi hisoblanadilar va ular taʼlim-tarbiya berishga moʻljallangandir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maktabdan tashqari muassasalar oʻz faoliyatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Taʼlim toʻgʻrisida” gi Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizom asosida mahalliy xususiyatlarni, oʻzining yoʻnalishini, rivojlanish istiqbollarini, jamoa normalari, qoidalari va anʼanalarini, moddiy-texnika ahvolini, moliyaviy taʼminotini, faoliyat dasturini hisobga olgan holda har bir maktabdan tashqari muassasada oʻz ustavi ishlab chiqiladi. Ustav xalq taʼlimining yuqori organi tomonidan tasdiqlanadi. Ustavda maktabdan tashqari muassasalarning maqsadi va asosiy vazifalari oʻzgartirilishi, oʻquvchilar va pedagog xodimlarning huquqlari chegaralanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Maktabdan tashqari muassasaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar maktabdan tashqari muassasaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har tomonlama rivojlangan ijodiy shaxsni shakllantirish maqsadida maktabdan tashqari taʼlim-tarbiya sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar va aholining turli yoshdagi guruhlarining ehtiyojlariga javob beruvchi maktabdan tashqari taʼlim-tarbiyaning mazmunini muntazam ravishda yangilab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha taʼlim va tarbiya berish hamda hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitdagi faoliyatga tayyorlash uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarni umuminsoniy va xalq qadriyatlarini aks ettiruvchi madaniyat bilan tanishtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha bilimlar, malakalar egallashga boʻlgan ehtiyojlarni shakllantirish va ularni yanada boyitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir oʻsmirning tabiiy bilimdonlik darajasi va ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayotning oliy qadriyati boʻlgan mehnatga munosabatni tarbiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning har qanday shakliga ijodiy yondoshish ehtiyojini tarbiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq taʼlimining boshqa muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik munosabatlari mexanizmni takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻgarak aʼzolarini oʻqitish va tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida oʻquv-tarbiya va uslubiy ishlarni takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maktabdan tashqari muassasalar oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan barcha oʻquvchilarga ularning har tomonlama kamol topishlari va boʻsh vaqtlarini oʻzlari belgilashlari uchun imkoniyat yaratadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar shaxsining rivojlanishiga, ularning qiziqishlariga, iqtidoriga, mustaqil bilim olishlariga va ijodiy mehnat qilishlariga shart-sharoitlar yaratadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda maktabdan tashqari muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ehtiyojlarni oʻrganish va shunga muvofiq bolalarning qiziqishlariga koʻra shaxsning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan toʻgaraklar ochadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan asoslari boʻyicha qoʻshimcha taʼlim beradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarga sanʼat va hunarmandchilikning anʼanaviy milliy turlarini oʻrgatadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar oʻrtasida qobiliyatli, iqtidorli yoshlarni aniqlash, shaxsni rivojlantirishga qaratilgan musobaqalarni, sayyohlik slyotlarini, texnika va badiiy ijodkorlik hamda boshqa tadbirlarni uyushtiradilar va oʻtkazadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ish faoliyatini tashkil etish va uning asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bolalar va oʻsmirlarning shaxsiy ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish, ularning boʻsh vaqtlari dam olishlarini toʻgʻri tashkil etish maqsadida davlat organlari, mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar, jamoatchilik birlashmalari va fuqarolar madaniy-estetik, tabiiy-ilmiy, texnik, tajriba-naturalistik, sayyohlik-oʻlkashunoslik va boshqa yoʻnalishlardagi maktabdan tashqari muassasalar ochishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq barcha hudud (shaharchalar, tuman, shahar, viloyatlar va respublika)larda maktabdan tashqari muassasalar tegishli hokimlikning qaroriga muvofiq ochiladi. Maktabdan tashqari muassasalar mustaqil ravishda yoki ilmiy-ishlab chiqarish, oʻquv-tarbiya kompleksi (markazi) tarkibida faoliyat koʻrsatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maktabdan tashqari muassasa jamoasi oʻz faoliyati dasturini mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻziga xosligini, mavjud maktabdan tashqari muassasalar tarmogʻini hisobga olgan holda ishlab chiqadi. Mehnatga haq toʻlashning yagona fondi doirasida tuzilmani va shtat jadvalini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maktabdan tashqari muassasalarda oʻquvchilarning asosiy faoliyati bir xil yoshdagi va turli yoshdagi bolalar guruhlarida ularning qiziqishlariga koʻra (toʻgarak, seksiya, studiya, klub, ansambl, teatr) amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mashgʻulotlar bir yoki ikki yoʻnalishli dasturlar boʻyicha, shuningdek, kompleks, toʻgʻridan-toʻgʻri estetika, teatr, sanʼat, musiqa, sport yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkazilishi mumkin. Nogiron bolalar bilan yakka tartibda ishlar turar joylarda olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Birlashmaning maqsadi, vazifalari va mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan, pedagogik jihatdan asoslangan holda rahbarlarni, oʻquv rejalari va dasturlari, ish uslublari, shakllari, vositalarini tanlashga tayangan holda tuziladi. Pedagogik xodimlar Respublika oʻquv-metodika markazining oʻquv-metodika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan mualliflik dasturlarini ishlab chiqishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maʼmuriyatning ruxsati bilan birlashmalar ishda oʻquvchilar bilan birga (asosiy tarkibdan tashqari) boʻsh joy boʻlgan taqdirda va toʻgarak rahbarining roziligi bilan ota-onalar ham qatnashishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Toʻgaraklar, dasturlar talablariga koʻra, butun oʻquv yili uchun ham, qisqaroq muddatlarga ham tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻgaraklarni toʻldirish may oyida boshlanadi va asosan mazkur yilning 10-sentabrida tamomlanadi. Toʻgaraklarning mashgʻulotlari mazkur yilning 15-sentabridan kechikmay boshlanadi va odatda keyingi yilning 25-mayida tugallanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birlashmalar mashgʻulotlarining jadvali oʻquvchilarning mehnat qilishlari va dam olishlari uchun qulayroq kun tartibida, ular yoshining oʻziga xosligini, sanitariya-gigiyena normalarini hisobga olgan holda pedagogik xodimlarning taqdimnomasiga koʻra maʼmuriyat tomonidan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻgarak mashgʻulotlari uchun hamma ixtisosliklarni oʻqitishning birinchi yilida haftada 4 akademik soat, ikkinchi va keyingi yillarida haftada 6 akademik soat ajratiladi. 6 yoshdagi bolalar uchun toʻgarak mashgʻulotlari 35 minut davomida oʻtkaziladi va u haftada 2 akademik soatdan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sayyohlik-oʻlkashunoslik toʻgaraklari dasturining oʻziga xosligi sababli, oʻquvning birinchi, ikkinchi yilida va keyingi yillarida haftada 6 akademik soat koʻzda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvning birinchi yilida har bir toʻgarakdagi tarkib 10 nafar oʻquvchidan kam boʻlmasligi lozim, oʻquvning ikkinchi va keyingi yillarida esa oʻquvchilar 8 nafardan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guruhdagi oʻquvchilarning ushbu koʻrsatilgan soni minimal hisoblanadi. Maktabdan tashqari muassasalar toʻgarak ixtisosining oʻziga xosligiga koʻra (vokal-cholgʻu ansambli, xor, raqs va boshqalar) toʻgarak aʼzolari sonini koʻpaytirish, shuningdek, chuqurlashtirilgan mualliflik dasturlari mavjud boʻlganda, alohida isteʼdodga ega boʻlgan bolalar yakka tartibda mashgʻulotlar olib borishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Taʼtil paytlarida maktabdan tashqari muassasalar oʻquvchilar va ularning ota-onalari bilan ularning boʻsh paytlarini mazmunli oʻtkazish, dam olishlarini toʻlaqonli amalga oshirish imkoniyatini tugʻdirgan holda bolalar va oʻsmirlarning turar joylarida, konsert safarlari, poxodlar, ekskursiyalar, sayohatlar, musobaqalar (shu jumladan, oʻquvchilarning Yangi oʻzgaruvchan guruhlari bilan toʻgaraklar, seksiyalar va studiyalarda, shahardan tashqaridagi oromgohlarga kunlik borgan holda), turli-tuman ommaviy ishlarni tashkil qiladilar. Yozgi taʼtil paytida maktabdan tashqari muassasalar oʻquvchilar uchun yoʻnalishli (profilli) bolalar oromgohlari hamda turistik bazalar ochishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Maktabdan tashqari muassasalar boshqa oʻquv-tarbiya muassasalari negizida, korxonalar, tashkilotlarda, bolalar turar joylarida oʻz shoxobchalarini ochishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻquvchilarning qatʼiy qiziqishlarini, iqtidorini, boʻlajak kasblarini oʻzlari belgilashlarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish uchun maktabdan tashqari muassasalar ilmiy, tadqiqot, ijodiy tashkilotlar bilan birgalikda ish olib boradi. Buning uchun tajriba, sinov, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish maqsadida oʻzlarida va ularning negizlarida laboratoriyalar ochadilar, oʻquvchilarning ilmiy birlashmalarini tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Moddiy-texnika va kadrlar bilan taʼminlangan maktabdan tashqari muassasalar xalq taʼlimi organlari bilan kelishgan holda shu muassasada oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini amalga oshirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xalq taʼlimi muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq maktabdan tashqari muassasa sertifikat olgandan keyin oʻquvchilarga qoʻshimcha taʼlim yoki kasb darajasi berilganligi haqida hujjat berish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Maktabdan tashqari muassasa mintaqa, shahar, tuman va qishloqlarda bevosita yoki sirtqi ommaviy tadbirlar: bayramlar, musobaqalar va olimpiadalarni tashkil qiladi. Ishlashning zamonaviy shakllarini izlaydi; ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tashabbus va harakatlarni qoʻllab-quvvatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Respublika, viloyat, shahar (tumanlarga boʻlingan) maktabdan tashqari muassasalari maktabdan tashqari muassasalarning barcha toifadagi xodimlariga metodik yordam beradilar, oʻqituvchilar malakasini oshirish instituti bilan birgalikda ular xodimlarining malakasini oshirish instituti bilan birgalikda ular xodimlarining malakasini oshirishni taʼminlaydilar, ilgʻor tajriba asosida maktablar va maktabdan tashqari muassasalarning toʻgaraklari va klublarining dasturlarini tuzish va takomillashtirishga oid ishlarni olib boradilar, uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Maktabdan tashqari muassasalarning tarbiyalanuvchilari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maktabdan tashqari muassasalarning tarbiyalanuvchilari shu jamoaning aʼzolari hisoblanadilar va oʻquv-tarbiyaviy vazifalarni hal etishda, oʻz boʻsh vaqtlarini va dam olishlarini toʻgʻri tashkil etishda ishtirok etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabdan tashqari muassasalarning tarbiyalanuvchilari quyidagi huquqlarga egadirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir necha toʻgaraklarda (birlashmalarda) qatnashish, yil davomida boshqa toʻgaraklarga oʻtish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabdan tashqari muassasaning oʻquv-ishlab chiqarish va madaniy-sport bazalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabdan tashqari muassasaning jamoatchilik-boshqaruv organlariga saylash va saylanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat birlashmalarining, shu jumladan, xoʻjalik hisobi asosida ishlovchi, xoʻjalik yuritishning kooperativ shakllaridagi guruhlar ishida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabdan tashqari muassasaning ish faoliyatini yaxshilashga oid takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maktabdan tashqari muassasa oʻquvchilarining burchlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabdan tashqari muassasada oʻrnatilgan intizom va tartibga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimlarni mustaqil egallash koʻnikmasini hosil qilish va uni amalda qoʻllash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning huquq va burchlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar quyidagi huquqlarga egadirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlarining voyaga yetmagan bolalari uchun maktabdan tashqari muassasalarning turini va qaysi tilda oʻqitilishini tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabdan tashqari muassasa maʼmuriyatidan maktabdan tashqari muassasa Ustaviga muvofiq keluvchi shart-sharoitlar yaratishni, bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabdan tashqari muassasani boshqarishda qatnashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning burchlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning jismoniy va ruhiy sogʻlom boʻlishlari haqida gʻamxoʻrlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning shaxsiga hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shafqat kabi fazilatlarni, Vatanga, oʻzidan kattalarga va ona tiliga, oilaga, milliy, tarixiy va madaniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda boʻlishni tarbiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunlarga, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabdan tashqari muassasalarda bolalarning mashgʻulot oʻtkazishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ota-onalarga oʻz farzandlarining tarbiyasi va barkamol rivojlanishlarida maktabdan tashqari muassasa maʼmuriyati bilan teng darajada javobgarlik yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Maktabdan tashqari muassasalarning pedagogik xodimlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maktabdan tashqari muassasalar xodimlarining faoliyatlari oʻquvchilar shaxsini, ularning umumiy madaniy saviyasini, faolligini, mustaqilligini, masʼuliyatliligini, ongli, intizomli, uyushqoq va tartibli boʻlishini rivojlantirishga yoʻnaltirilgandir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maktabdan tashqari muassasalarda lavozimlarni egallash Mehnat vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining 1994-yil 6-yanvardagi 1/1 (30-22)-son qaroriga muvofiq yozma holda mehnat shartnomasi tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq toʻgarak rahbarlarini davriy attestatsiyadan oʻtkazib turadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabdan tashqari muassasalarning pedagogik xodimlari quyidagi huquqlarga egadirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabdan tashqari muassasalar faoliyatining muhim masalalari muhokamasida va qarorlar qabul qilishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashgʻulotlarni oʻtkazish shakllarini, oʻquvchilarni oʻqitish va tarbiyalashning vositalari va usullarini mustaqil belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻgarak mashgʻulotlarining oʻziga xos, ijodiy dasturlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-tarbiyaviy va uslubiy ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabdan tashqari muassasani boshqarish organlariga saylash va saylanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabdan tashqari muassasalar pedagogik xodimlarining burchlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-tarbiyaviy ishlarni yuqori malakada olib borish, taʼlim mazmunini takomillashtirish, oʻqitish vositalarini yaratishda faol qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar bilan oʻzaro munosabat oʻrnatish, ularni davlatga sadoqat ruhida tarbiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining nazariy bilim darajasini, pedagogik mahorati va kasb malakasini uzluksiz ravishda oshirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarning ota-onalari va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan muntazam ravishda ish olib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Maktabdan tashqari muassasalarni boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maktabdan tashqari muassasaga xalq taʼlimining yuqori organi tomonidan tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat maktabdan tashqari muassasalarini boshqarish oʻquvchilar, pedagogik jamoalar, xodimlar, ota-onalar va jamoatchilikning boshqa vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maktabdan tashqari muassasada oʻzini oʻzi boshqarishning yuqori organi jamoa yigʻilishi (konferensiyasi) hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hal qiluvchi ovozga ega boʻlgan delegatlar pedagogik xodimlarning, oʻrta va yuqori yoshdagi oʻquvchilarning, shuningdek, ota-onalarning yigʻilishlarida saylanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamoaning umumiy yigʻilishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻgʻridan-toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan maktabdan tashqari muassasa Kengashini, uning raisini saylaydi, ularning vakolatlari muddatini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabdan tashqari muassasaning Ustavini qabul qiladi va unga zarur oʻzgartirishlar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabdan tashqari muassasani takomillashtirish va rivojlantirishning, uning faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lozim boʻlgan taqdirda maktabdan tashqari muassasa ishining turli yoʻnalishlari boʻyicha vaqtinchalik yoki doimiy komissiyalarni, kengashlarni tuzadi va ularning vakolatlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoa umumiy yigʻilishi yiliga kamida bir marta oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻquv-tarbiya jarayonini rivojlantirish va takomillashtirish, pedagogik xodimlarning kasb mahoratlarini va ijodiy oʻsishlarini kuchaytirish maqsadida maktabdan tashqari muassasada pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi kollegial organ — uslubiy Kengash tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uslubiy Kengash faoliyat mazmunining turli namunalari (oʻquv rejalari, dasturlari, oʻquv qoʻllanmalari) ni, uning shakl va usullarini, amalga oshirish yoʻllarini muhokama qiladi, pedagogik xodimlarning malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi, pedagogik xodimlar kasb faoliyatlarining barcha boshqa masalalarini hal etish yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uslubiy Kengash huzurida ish yoʻnalishlari boʻyicha shuʼbalar, guruhlar tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uslubiy Kengash raisi pedagogik xodimlar jamoasi tomonidan saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Moliya va xoʻjalik faoliyati, moddiy-texnika bazasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Maktabdan tashqari muassasalarni mablagʻ bilan taʼminlash respublika va mahalliy budjetlar, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, ayrim shaxslar va qoʻshimcha manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabdan tashqari muassasalar aholiga, korxonalarga va tashkilotlarga pulli xizmatlar koʻrsatishga, shuningdek, amaldagi qonunlar bilan taqiqlanmagan tijoratchilik faoliyatining boshqa turlari bilan shugʻullanishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar maktabdan tashqari muassasalar mablagʻlarining qoʻshimcha manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilar va pedagogik xodimlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar, buyumlarni sotishdan tushgan tushum;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy mashgʻulotlardan tashqari paytda boʻsh binolar, inshootlar, asbob-uskunalarni ijaraga berishdan tushgan tushum;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ortiqcha, eskirgan va yaroqsiz holga kelgan uskunalarni sotishdan tushgan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabdan tashqari muassasalar va boshqa idoralar pedagogik xodimlarining malakasini oshirishga oid xizmatlar uchun vazirliklar, korxonalar, muassasalardan, jamoat tashkilotlaridan tushgan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat, kooperativ va boshqa jamoatchilik korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, shuningdek, alohida fuqarolar tomonidan berilgan ixtiyoriy badallar, qimmatbaho ashyolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa tushumlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turli manbalardan tushgan barcha mablagʻlar, mehnat shartnomasiga binoan maʼlum ijrochilarga moʻljallangan pul mablagʻlari bundan mustasno, maktabdan tashqari muassasa daromadlarini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoʻshimcha ishlar sirasi (pulli xizmatlar)ga maktabdan tashqari muassasa faoliyatining asosiy dasturlaridan tashqari koʻrsatilgan xizmatlar va ishlar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma ishlari (puli xizmatlar) asosan muayyan maktabdan tashqari muassasaning yoʻnalishi (profili) boʻyicha bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pulli xizmatlar bolalar, oʻsmirlar va yoshlar bilan davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan asosiy bepul faoliyati oʻrniga amalga oshirilishi mumkin emas (bu bepul xizmat koʻrsatish darajasini pasaytirish hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin emas). Bunda, agar asosiy faoliyatning koʻrsatkichlari pasayib ketsa, pulli xizmatlarni amalga oshirish mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bepul xizmat koʻrsatish darajasini nazorat qilish tegishli xalq taʼlimi organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabdan tashqari muassasa, imkoniyatiga, boʻsh turgan binolar, ish oʻrinlari, uskunalar va boshqalar mavjudligiga qarab, yoʻnalishi (profili) boʻyicha pulli xizmatlarni amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquvchilar bilan asosiy faoliyatdan boʻsh vaqtlarda shartnomaviy ishlar (pulli xizmatlar koʻrsatish, mahsulotlarni sotish, binolar, inshootlar, uskunalarni ijaraga berish) ni bajarish belgilangan tartibda preyskurant bilan tasdiqlangan tariflar va narxlar boʻyicha, ular boʻlmagan taqdirda shartnoma tariflari va narxlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori tashkilotlar tomonidan ishlar (qishloq xoʻjaligi mahsulotlari) ga va pulli xizmatlarga rejalangan topshiriqlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabdan tashqari muassasaga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar muassasa tomonidan qoʻshimcha ishlar (pulli xizmatlar) amalga oshirilgan taqdirda ham kamaytirilmaydi, turli manbalardan tushayotgan mablagʻlar esa muassasaning umumiy daromadiga qoʻshiladi va uning mablagʻlari fondini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maktabdan tashqari muassasa bank kreditidan foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qisqa muddatli kredit maktabdan tashqari muassasaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga va mustahkamlashga beriladi. Uzoq muddatli kredit esa keyinchalik ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirish fondi mablagʻlari hisobidan qoplangan holda ishlab chiqarish (ilmiy-texnika) va ijtimoiy rivojlantirish maqsadlari uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Maktabdan tashqari muassasaga mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlashda quyidagi masalalarni hal qilish huquqi beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga birlashmalarda oʻquvchilarning asosiy tarkibini saqlab qolganligi, ijodiy yutuqlarga erishganligi, oʻtkaziladigan tadbirlarning yuqori saviyada boʻlganligi, alohida muhim ishlarni bajarganligi uchun qoʻshimcha haqlar belgilash. Qoʻshimcha ish haqlarining miqdori har bir xodimning oʻtkaziladigan tadbirlarning, bajariladigan ishlar (xizmatlar) ning yuqori saviyada boʻlishiga, daromadning koʻpayishiga qoʻshgan shaxsiy hissasi hisobga olingan holda belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatib oʻtilgan ustamalar ish sifati pasayganda, birlashmalardagi oʻquvchilar soni kamayib ketganda, oʻquv rejalari va dasturlar bajarilmagan taqdirda kamaytiriladi yoki butunlay bekor qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga oʻrindoshlik vazifasini bajarganliklari, xizmat koʻrsatish sohasini kengaytirganliklari yoki bajariladigan ish hajmini koʻpaytirganliklari, shuningdek, oʻzlarining asosiy vazifalari bilan birga vaqtincha ishlamayotgan xodimning ham vazifasini bajarganliklari uchun oʻrindoshlik kasblari (lavozimlari) roʻyxatiga muvofiq qoʻshimcha haq toʻlashni chegaralamay ish haqi fondi (mehnatga haq toʻlashning yagona fondi) doirasida va shu fond hisobidan qoʻshimcha haq belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boʻlinmalarning xoʻjalik faoliyatida mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlashning brigada, oila, ijara pudrati, jamoa, shartnoma va boshqa shakllarini, shuningdek, moslanuvchi ish tartiblarini qoʻllash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagogik va boshqa xodimlarni mukofotlash shartlari va tartibi uyushmasi tashkiloti bilan kelishilgan holda mehnat jamoasi Kengashi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabdan tashqari muassasa rahbarining mehnatdagi yuqori ijodiy va ishlab chiqarish muvaffaqiyatlariga erishganligi uchun ustama haq toʻlash va mukofotlarning miqdorlari yuqori boshqaruv organining qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muassasa xodimlarini mukofotlashga, shuningdek, ularga turli qoʻshimcha (ustama) lar belgilashga oʻquvchilar mehnatiga toʻlash uchun hisobotlarini yuritish tartibi amaldagi qonunchilikka binoan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Maktabdan tashqari muassasada buxgalterlik va statistika hisobotlarini yuritish tartibi amaldagi qonunchilikka binoan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buxgalterlik hisobi maktabdan tashqari muassasa kengashining xohishiga koʻra mustaqil ravishda yoki boshqa maktabdan tashqari muassasalar, oʻquv yurtlari, tashkilotlar va korxonalar bilan birgalikda, shuningdek, markazlashtirilgan buxgalteriya orqali yuritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maktabdan tashqari muassasaning hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy yoʻriqnomaga muvofiq yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maktabdan tashqari muassasaning moddiy-texnika bazasi yerlarni, binolarni, laboratoriyalarni, kutubxonalarni, sport inshootlarini, kommunikatsiya, mashina va uskunalarni, transport vositalarini hamda taʼlim va tarbiyada foydalaniladigan boshqa anjomlarni oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabdan tashqari muassasalarning moddiy-texnika bazasi respublika va mahalliy budjetlar, shuningdek, mablagʻlar bilan taʼminlashning qoʻshimcha manbalari hisobiga rivojlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Xalqaro hamkorlikda qatnashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabdan tashqari muassasalar, qonunchilik bilan belgilangan tartibda, maktabdan tashqari tarbiya va taʼlim muammolari boʻyicha xalqaro hamkorlik ishlarida ishtirok etadilar, xalq taʼlimining yuqori organlari bilan kelishgan holda chet mamlakatlarning oʻquv yurtlari va ilmiy muassasalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabdan tashqari muassasalar, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan doirada, xalqaro tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashishlari mumkin va valyuta mablagʻlariga ega boʻlishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 18-fevraldagi 59-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehribonlik uyi toʻgʻrisida

1. Mehribonlik uylari yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun davlat internat taʼlim muassasasidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mehribonlik uylari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ hujjatlarga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mehribonlik uyining asosiy vazifasi oilaviy muhitdan mahrum boʻlgan bolalar va oʻsmirlarni toʻliq ruhiy sogʻlomlashtirishga, ijtimoiy-mehnat moslashuviga va ijtimoiy-huquqiy himoya qilishga koʻmaklashuvchi, uy sharoitiga eng koʻp darajada yaqinlashtirilgan muhitni yaratishdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mehribonlik uylari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari tasarrufida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mehribonlik uyidagi bolalar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan sanitariya va gigiyena normalariga rioya qilgan holda belgilanadi, lekin tarbiyalanuvchilarning soni 240 nafardan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari har xil yoki bir xil yoshdagi tarbiyalanuvchilar guruhlariga birlashtiriladi. 7 yoshgacha boʻlgan turli yoshdagi bolalar guruhlarida tarbiyalanuvchilar soni 12 nafar qilib belgilanadi, bir xil yoshdagi tarbiyalanuvchilar guruhlarida esa: 4 yoshgacha bolalar — 10 nafar, 4 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar guruhida esa — 16 nafar bola boʻladi; guruh va sinflardagi oʻquvchilar soni I—IX. sinflarda — 25 kishi, X—XI sinflarda—20 kishi boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mehribonlik uylarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehribonlik uylari qulay ekologik sharoitlar mavjud boʻlgan joylarda tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mehribonlik uyi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan, oʻz nomi yozilgan muhrga, burchakli shtampga, blank va belgilangan namunadagi lavhaga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mehribonlik uylarida mehnatkashlarning xat, ariza, murojaat va shikoyatlarini koʻrib chiqish ishlari hamda fuqarolarni qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Oʻquv-tarbiya jarayoni tuzilmasi va uni tashkil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasida yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun davlat internat taʼlim muassasalarining quyidagi turlari faoliyat koʻrsatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Maktabgacha tarbiya mehribonlik uyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Mehribonlik uyi (maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun yoki faqat maktab yoshidagi bolalar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Maxsus korreksion mehribonlik uyi (jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tarbiyalanuvchilarni oʻqitish mehribonlik uylariga yaqin boʻlgan boshlangʻich (I—IV sinf); tayanch (V—IX sinf); oʻrta (X—XI (XII sinf) maktablarda yoki boshqa oʻrta oʻquv muassasalari (litsey, gimnaziya va boshqalar) da, shuningdek, mehribonlik uyining oʻzida belgilangan tartibda tashkil qilingan tayanch (yoki faqat boshlangʻich) maktabda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlimning har bir bosqichidagi oʻquvchilarning yoshi va oʻqish muddati mehribonlik uyi yoki tarbiyalanuvchilar oʻqiyotgan oʻquv muassasasining Ustaviga binoan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar bilim olayotgan oʻrta oʻquv muassasalarining oʻquv-tarbiyaviy va boshqa masalalari mehribonlik uyi pedagogik jamoasi bilan yaqin hamkorlikda hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mehribonlik uylaridagi oʻquv ishlari yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarning ruhiy-fiziologik xususiyatlarini hisobga olib, insonparvarlik, demokratik va dunyoviy prinsiplar asosida, oʻquv dasturlarini, maʼnaviy, jismoniy va mehnat tarbiyasini tanlashga tabaqalashtirilgan tarzda yondashgan holda quriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Muassasa tarbiyalanuvchilarning ilmiy bilimlar asoslarini, tadbirkorlik, mehnat va boshlangʻich kasb malakasini davlat standartiga muvofiq holda oʻzlashtirishni, shuningdek, bolalarning shaxsiy ijodiy qobiliyatlarini va axloqiy fazilatlarini oʻstirishni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mehribonlik uylari bolalar va oʻsmirlar umumiy taʼlimini, tarbiyalanuvchilarning salomatligini muhofaza qilish, ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish talablariga muvofiq ularning hayoti va turmushini tashkil etish va usullarini tanlashda mustaqildirlar va buning uchun belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mehribonlik uylaridagi taʼlim va tarbiya ishlarida tillardan foydalanish “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Maktabgacha tarbiya mehribonlik uylari oʻz faoliyatini maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiya Dasturiga muvofiq tashkil qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tarbiyalanuvchilarning individual ehtiyojlarini yanada toʻliq qondirish, ularning boʻsh vaqtlarini va dam olishini tashkil qilish maqsadida mehribonlik uylarida ham muassasaning, ham boshqa davlat, jamoat va xususiy tashkilotlarning mablagʻlari hisobiga turli klublar, seksiyalar, toʻgaraklar, studiyalar tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, madaniy-estetik, tabiiy-ilmiy, texnik, sport va boshqa yoʻnalishlardagi maktabdan tashqari muassasalar ishlarida qatnashishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tarbiyalanuvchilarning madaniy-ommaviy, sport va mehnat faoliyatining turli shakllarida qatnashishi tashabbuskorlik, mustaqillik va vijdoniylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mehribonlik uylarida amaldagi qonunchilikka muvofiq oʻz ustav va nizomlari asosida faoliyat koʻrsatadigan bolalar, yoshlar jamoatchilik tashkilotlari va birlashmalari tashkil qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Taʼtil vaqtida bolalarning dam olishi shahar tashqarisidagi oromgohlarda, dala hovlilarda, shuningdek, turistik, sport, sogʻlomlashtirish oromgohlarida, dam olish uylarida, sanatoriylarda, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan ajratiladigan bepul yoʻllanmalar boʻyicha tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Taʼlim, mehnat, dam olish va turli tadbirkorlarning tibbiy-pedagogik jihatdan oʻzaro bogʻliqligini taʼminlaydigan kun tartibi tarbiyalanuvchilarning mehribonlik uyida kecha-kunduz boʻlishlarini hisobga olgan holda tuziladi va muassasa Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Tarbiyalanuvchilar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Mehribonlik uylariga yil davomida quyidagilar qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yetim bolalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sud qarori bilan ota-onasidan ajratib olingan bolalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) hukm qilingan, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, uzoq muddatli davolanishda boʻlgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibda huquqiy muomalaga layoqatsiz deb topilgan, shuningdek, turar joyi aniqlanmagan ota-onalarning bolalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mehribonlik uylariga koʻp bolali, kam taʼminlangan oilalarning bolalari ham ushbu oilalarni ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida vaqtincha qabul qilinadilar. Shuningdek, mehribonlik uylariga yolgʻiz onalarning farzandlari yoki faqat ota-onasidan bittasi (otasi) boʻlgan bolalar ham vaqtincha qabul qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mehribonlik uylariga yoʻllanma balogʻatga yetmagan bola yashaydigan joydagi hokimliklarning qaroriga asosan, shu muassasa tasarrufida boʻlgan davlat taʼlimni boshqarish organlari tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Mehribonlik uylariga 3 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanish jihatidan nuqsonlari boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar maxsus korreksion umumtaʼlim maktab-internatlariga yoki maxsus korreksion mehribonlik uylariga yuboriladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Mehribonlik uyiga yuboriladigan har bir bola uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat muassasasiga yoʻllanma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) hokimlikning bolani mehribonlik uyiga joylashtirish haqidagi qarori (qarorda balogʻatga yetmagan bola, uning oilasi va ishning hamma tomonlari haqida asoslangan, toʻliq maʼlumotlar boʻlishi shart);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, guvohnoma boʻlmagan taqdirda bolaning yoshini tasdiqlovchi tibbiy ekspertiza xulosasi taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) bolaning sogʻligʻi haqida tibbiy hujjatlar (tibbiy tekshirishlar natijalari ilova qilingan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) maʼlumoti haqida hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) ota-onasi yoki bolani asrab olgan kishilar haqidagi maʼlumotlar (ota-onasining vafoti haqidagi guvohnoma nusxasi, sudning hukmi yoki qarori, ota-onasining surunkali kasalligi yoki qidiruvda ekanligi haqidagi, ota-onasining yoʻqligi yoki ularning oʻz farzandlarini tarbiyalay olmasligi haqidagi boshqa hujjatlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) bolaning turmush sharoiti va tarbiyasi haqidagi tekshiruv dalolatnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) bolaning aka-ukalari, opa-singillari va boshqa yaqin qarindoshlari mavjudligi va ularning yashash joylari haqida maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) bolaning ota-onasidan qolgan mol-mulki (agar bor boʻlsa) roʻyxati, bu mulkning qayerda joylashganligi, uni saqlash uchun qanday choralar koʻrilganligi va ularni saqlash uchun javobgar shaxslar haqidagi maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) bolaga turar joy biriktirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) pensiya oluvchi bolalarning pensiya daftarchasi, bola foydasiga aliment undirish haqidagi sud qarori, omonat daftarchasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolani mazkur Nizomning 24-bandiga muvofiq mehribonlik uyiga joylashtirishda yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga ota-onaning arizasi, turar joyi va oila aʼzolari haqida ijtimoiy taʼminot organlaridan maʼlumotnomalar taqdim etiladi. Bu holda “e”, “z”, “i”, “k”, “l” kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Bir oilaning aʼzolari boʻlgan bolalar va oʻsmirlar yoki qarindoshlar bir muassasaga yuboriladilar. Tibbiy yoki boshqa sabablarga koʻra ushbu bolalarni alohida tarbiyalash kerak boʻlgan hollar bundan mustasnodir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tarbiyalanuvchilarni maktabgacha tarbiya mehribonlik uylaridan mehribonlik uylariga oʻtkazish 1-iyundan 25-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash tizimi muassasalaridan bolalarni maktabgacha tarbiya mehribonlik uylariga qabul qilish bola 3 yoshga toʻlgandan soʻng ushbu Nizomning 27-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Bitirib chiqayotgan yoki mehribonlik uyidan boshqa joyga oʻtkazilayotgan tarbiyalanuvchilarga quyidagi hujjatlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, 16 yoshga toʻlganlarga esa pasport ham;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat muassasasida boʻlgani haqida maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) sogʻligʻi haqida maʼlumotnoma (tibbiy hujjatlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) maʼlumoti toʻgʻrisida hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ota-onasi yoki yaqin qarindoshlari haqida maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) bolaning mol-mulkka, pul mablagʻlariga, turar joyga (oʻzi yoki ota-onasiga qarashli boʻlgan) egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, pensiya va omonat daftarchalari, alimentlar undirib olish toʻgʻrisidagi ijro varaqasi va shaxsiy hujjatlar yigʻma jildidagi boshqa hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) muassasani bitirib ketayotganda bola moddiy va pul nafaqasi olganligini tasdiqlovchi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tarbiyalanuvchilarning mehribonlik uylarini bitirib chiqayotganligi haqidagi qaror muassasa Kengashi tomonidan qabul qilinadi va mehribonlik uyi bevosita boʻysunadigan davlat taʼlimni boshqarish organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Tarbiyalanuvchilarning oʻz ota-onalari yoki yaqin qarindoshlari yoniga qaytib borishlari munosabati bilan ularni mehribonlik uyidan chiqarish Nizomning 31-bandiga muvofiq va bolaning yoshi, yilning qaysi davri va qaytishining sababidan qatʼi nazar, bolaning turar joyidagi davlat taʼlimni boshqarish organining tegishli xulosasi mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Mehribonlik uyi direktori bolalarni qabul qilish va ularni muassasadan chiqarish uchun ushbu Nizom talablariga muvofiq shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining bilim olishi va tarbiyasi toʻliq davlat taʼminoti asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq oziq-ovqat, kiyim, poyabzal, yumshoq koʻrpa-toʻshak bilan taʼminlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari kinoteatrlar, koʻrgazmalar, muzeylar, sport inshootlariga bepul kirish hamda shahar jamoat (shahar atrofi) transport vositalarida (taksidan tashqari), shu jumladan, metroda bepul yurish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Mehribonlik uyining maʼmuriyati bitiruvchilarning ishga joylashishlariga, oʻquv muassasalarining navbatdagi bosqichiga kirib oʻqishiga zarur yordam koʻrsatadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Mehribonlik uyining tarbiyalanuvchilariga hunar-texnika oʻquv muassasalariga, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga oʻqishga kirayotganda va ishga joylashayotganda 3-ilovaga muvofiq bir sidra yangi kiyim-kechak, poyabzal, asbob-anjomlar, shuningdek, belgilangan norma boʻyicha dastlabki xarajatlar uchun bir yoʻla pul nafaqasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Mehribonlik uylarining bitiruvchilari hunar oʻquv yurtini (hunar bilim yurtini, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtini) tugatgunga qadar, agar mazkur oʻquv yurtida yotoqxona boʻlmasa hamda mazkur oʻquv yurti va mehribonlik uyi bitta aholi punktida joylashgan boʻlsa, mehribonlik uylarida toʻliq davlat taʼminotida yashash huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchilari — hunar, oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining oʻquvchilari, oliy oʻquv yurtlarining talabalari dam olish yoki bayram kunlarida, taʼtil vaqtida mehribonlik uyiga kelganlarida, u yerda bepul ovqat va turar joy bilan taʼminlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Bitirib chiqqandan soʻng bir yil mobaynida sobiq tarbiyalanuvchining bir korxonadan (muassasadan) boshqasiga oʻtishi zarurati tugʻilganda, u bir oydan koʻp boʻlmagan vaqt davomida mehribonlik uyi hisobidan bepul ovqatlanishi mumkin va unga qayta ishga joylashishda yordam koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Tarbiyalanuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, axloqiy va odob-axloq normalariga; mehribonlik uyining ichki tartib-qoidalariga rioya qilishga; bilimlarni, amaliy koʻnikmalarni, kasb mahoratini muntazam va puxta egallashga, oʻzlarining umumiy madaniy saviyasini oshirib borishga burchlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarbiyalanuvchilarning boshqa huquq va burchlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, mehribonlik uyi Ustavi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Kadrlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Mehribonlik uyiga pedagog xodimlar belgilangan tartibda kontrakt asosida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Tibbiy xizmat koʻrsatish muassasaning tibbiyot xodimlari tomonidan (sogʻliqni saqlash muassasalaridan tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda) amalga oshiriladi, ular (maʼmuriyat bilan bir qatorda) bolalarning salomatligi va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlarini oʻtkazish, sanitariya-gigiyena normativlariga amal qilish, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish tartibi va sifati uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehribonlik uylarida davolash-maslahat yordami va oʻtkazilgan davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari tahlili mahalliy sogʻliqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Mehribonlik uylarida taʼlim jarayonini psixologik taʼminlashni psixolog amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Mehribonlik uyini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Mehribonlik uyining davlat-jamoatchilik boshqaruvi demokratiya, oshkoralik prinsiplari asosida va muassasa jamoasi bilan jamoatchilikning oʻzaro hamkorligida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muassasaga umumiy rahbarlikni uning belgilangan tartibda tuzilgan va ish yuritadigan Kengashi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Muassasada oʻzini-oʻzi boshqarish jamoatchilik organlari: jamoaning umumiy yigʻilishi (konferensiya), mehribonlik uyi Kengashi faoliyat koʻrsatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Mehribonlik uyiga bevosita rahbarlikni tegishli davlat taʼlimni boshqarish organi belgilangan tartibda tayinlagan direktor amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehribonlik uyi oʻquv-tarbiya jarayonining ahvoliga va faoliyatiga direktor toʻliq javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Mehribonlik uyi mazkur Nizom va unga muvofiq ishlab chiqilgan, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan roʻyxatga olingan Ustav asosida faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoa hayotining norma va qoidalari (uning oʻziga xos xususiyatlarini va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda), xodimlar va tarbiyalanuvchilarning huquqlari, burchlari va masʼuliyati, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmagan va muassasa faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa masalalar Ustav bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Har bir mehribonlik uyida homiylik Kengashi tuziladi. U jamoatchilik organi hisoblanadi va oʻz oldiga tarbiyalanuvchilarning moddiy taʼminotini yaxshilashga, mehribonlik uyining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va xoʻjalik faoliyatini rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib qoʻyadi. Homiylik Kengashi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tasdiqlagan Nizom asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Moliyaviy-xoʻjalik faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Mehribonlik uylarining moddiy-texnika bazasi zarur imoratlar, sport inshootlari, yer, kommunikatsiyalar, asbob-anjomlar, transport vositalari va oʻqitish, tarbiyalashda hamda taʼlim-tarbiya sohasidagi boshqa vazifalarni hal etishda foydalaniladigan (muassasaning oʻziga xos xususiyati bilan bogʻliq boʻlgan) boshqa mol-mulkdan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muassasaning binosi texnika xavfsizligi qoidalari hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga muvofiq jihozlanadi va foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Mehribonlik uylarini mablagʻ bilan taʼminlash va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish davlat normativlari asosida, respublika hamda mahalliy budjetlar (muassasa kimning tasarrufida ekanligiga qarab) va qoʻshimcha manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moddiy-texnikaviy bazani rivojlantirish, shu jumladan, loyihalash va qurish jahon amaliyotini hisobga olgan holda ustuvor tartibda normativ asosda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Quyidagilar mablagʻ bilan taʼminlashning qoʻshimcha manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha taʼlim xizmatlari koʻrsatishdan, amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa tijorat faoliyati turlaridan tushgan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassasaning oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari, korxonalari, sexlari va xoʻjaliklari mahsulotlarini sotishdan, binolar, inshootlar, asbob-anjomlar va transportni ijaraga berishdan tushgan daromad sifatidagi mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining dotatsiya tarzida bergan mablagʻlari, banklarning kredit va ssudalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, alohida shaxslar qilgan xayr-ehson pullari va qimmatbaho ashyolar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Mehribonlik uyi Kengashi qoʻshimcha manbalar orqali olingan mablagʻlardan mustaqil foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Muassasalarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari olib qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yil oxirida toʻplanib qoladigan pul mablagʻlari qoldigʻi, olingan manbalaridan qatʼi nazar, olib qoʻyilmaydi va taʼlim muassasasi Kengashining xohishiga binoan sarflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Mehribonlik uylari mavjud ish haqi mablagʻlari doirasida stavkalarga, lavozim maoshlariga tabaqallashtirilgan qoʻshimchalar belgilash hamda mehnatga haq toʻlash va uni ragʻbatlantirishni tashkil etishning turli shakllarini mustaqil ravishda qoʻllash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Muassasada buxgalteriya va statistika hisobini yuritish tartibi belgilangan tartibda boshqarib boriladi. Hisob-kitob operatsiyalari toʻlov topshiriqnomalari va chek daftarchalari boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Muassasaning hujjatlarni yuritish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi belgilagan tartibda olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Mehribonlik uylari huzurida belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Nizom asosida yordamchi xoʻjaliklar tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari ushbu xoʻjaliklarni rivojlantirishga, ularga zarur qishloq xoʻjaligi yerlari, yem-xashak, urugʻlik, yonilgʻi-moylash materiallari va shu kabilarni ajratishga yordam beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Xalqaro hamkorlikda qatnashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Mehribonlik uylari, qonunchilikda belgilangan tartibda, hozirgi davridagi yetimlik, yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar taʼlimi muammolari boʻyicha xalqaro hamkorlikda qatnashadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehribonlik uylari xorijiy mamlakatlarning oʻquv yurtlari ilmiy muassasalari bilan toʻgʻridan-toʻri aloqa oʻrnatish, ular bilan qoʻshma oʻquv yurtlari tashkil etish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehribonlik uyi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ovqatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(bir kunga gramm hisobida)‎‎

Mahsulotning nomi‎‏

Bir nafar tarbiyalanuvchiga ‎‎

maktabgacha tarbiya yoshidagiga ‎

maktab yoshidagiga‎

Javdar noni‎ 90‎ 250‎
Bugʻdoy noni, bulka mahsulotlari‎ 150‎ 150‎
Bugʻdoy uni‎ 35‎ 40‎
Kartoshka uni‎ 3‎ 3‎
Yorma, dukkakli don, makaron mahsulotlari ‎ 55‎ 95‎
Kartoshka‎ 300‎ 400‎
Sabzavotlar va boshqa koʻkatlar‎ 400‎ 470‎
Hoʻl meva, rezavorlar‎ 360‎ 350‎
Sharbatlar‎ 200‎ 200‎
Quruq mevalar‎ 10‎ 15‎
Qand-shakar, sharq shirinliklari‎ 70‎ 90‎
Qandolatchilik mahsulotlari‎ 25‎ 25‎
Kofe (kofe ichimligi)‎ 2‎ 4‎
Kakao‎ 1‎ 2‎
Choy‎ 1‎ 1‎
Goʻsht‎ 100‎ 100‎
Parranda goʻshti‎ 25‎ 30‎
Kolbasa mahsulotlari‎ 10‎ 25‎
Baliq va seld‎ 60‎ 110‎
Sut, qatiq‎ 550‎ 550‎
Suzma‎ 50‎ 70‎
Qaymoq‎ 20‎ 20‎
Pishloq‎ 10‎ 12‎
Sariyogʻ‎ 30‎ 35‎
Oʻsimlik moyi‎ 15‎ 20‎
Tuxum (dona)‎ 1‎ 1‎
Ziravorlar‎ 2‎ 2‎
Tuz‎ 8‎ 8‎
Xamirturush‎ 1‎ 1‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yozgi sogʻlomlashtirish davrida (90 kungacha), yakshanba, bayram va taʼtil kunlarida ovqatlanish xarajatlarining amalda qaror topgap pul hisobidagi normasi har bir kishiga kuniga 10 foizga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Baʼzi oziq-ovqat mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan asosiy oziqli moddalar boʻyicha mahsulotlarni almashtirish jadvaliga muvofiq almashtirishga ruxsat etiladi. Ovqatlantirish ushbu maqsadlar uchun belgilangan mablagʻlar doirasida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mehribonlik uylari direktorlariga tarbiyalanuvchilarga taʼtil, yakshanba va bayram kunlarida qarindoshlari yoki alohida fuqarolarning oilasida boʻlgan vaqt uchun, shuningdek kasal boʻlgan davr uchun ovqatlantirish normalariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari yoki ovqatlantirishga qilinadigan pul xarajatlari doirasida naqd pul berish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehribonlik uyi toʻgʻrisidagi
Nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini kiyim-kechak,
poyabzal, koʻrpa-toʻshaklar bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NORMALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Kiyim-kechak, poyabzal va koʻrpa-toʻshaklar nomi‎‎‏

Oʻlchov birligi‎‎‎‎‏

Maktab yoshidagi bir nafar tarbiyalanuvchiga‎‎‎‎‎

Maktabgacha yoshidagi bir nafar tarbiyalanuvchiga‎‎‎‎‎

soni‎

foydalanish muddati‎

soni‎

foydalanish muddati‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

Kiyim-kechaklar‎
Qishki palto‎ dona‎ 1‎ 2‎ —‎ —‎‎
Qishki palto, shuba‎ ”‎ ‎—‎ ‎—‎ 1‎ 2‎
Mavsumbop palto, kurtka ‎ ”‎ 1‎ 2‎ 1‎ 2‎
Maktab kiyimi‎ toʻplam‎ 1‎ 1‎ ‎—‎ ‎—‎
Oʻgʻil bolalar kostumi‎ ”‎ 1‎ 2‎ 3‎ 1‎
Jun kostum (bayram uchun) ‎ ”‎‎ 1‎ 1‎ 1‎ 1‎
Oʻgʻil bolalarning oq ip gazlamadan tayyorlangan maktab koʻylagi ‎ dona‎ 2‎ 1‎ —‎‎ —‎‎
Oʻgʻil bolalarning ip gazlamadan tayyorlangan koʻylaklari‎ ”‎‎‎ 3‎ 1‎ 3‎ 1‎
Qizlarning formali koʻylagi uchun fartuklar:‎‎
qora‎ ”‎‎‎‎ 1‎ 1‎ —‎‎ —‎‎
oq‎ ”‎‎‎‎ 1‎ 1‎‎ —‎‎ —‎‎
Qizlar koʻylagi‎ (yubkalar, bluzkalar)‎ dona‎‎ 3‎ 2‎ 3‎ 1‎
Qizlar uchun uy xalati ”‎‎‎‎ 3‎ 2‎ 2‎ 2‎
Jun koʻylaklar (bayram uchun) ‎‎ ”‎‎‎‎‎ 2‎ 1‎ 2‎ 2‎
Jun sviterlar (jemperlar) ‎ ”‎‎‎‎ 1‎ 2‎ 2‎ 2‎
Yozgi koʻylak (bayram uchun) ‎ dona‎ 2‎ 1‎ 2‎ 1‎
Yozgi bosh kiyim ‎ ”‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎ 1‎ 1‎
Qishki bosh kiyim ‎ ”‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎ 1‎ 1‎
Qizlar uchun reytuzalar, trikolar ‎ ”‎‎‎‎‎ 7‎ 1‎ 7‎ 1‎
Qizlar uchun yoqalar, manjetlar ‎ toʻplam‎‎ 3‎ 1‎ —‎ —‎
Roʻmolchalar ‎ dona‎‎ 4‎ 1‎ 4‎ 1‎
Oʻgʻil bolalar uchun shim kamari ‎ ”‎‎‎‎‎‎ 1‎ 2‎ —‎ —‎
Yarim jun sharf ‎ ”‎‎‎‎‎‎ 1‎ 2‎ 1‎ 2‎
Qoʻlqoplar ‎ juft‎ 2‎ 1‎ 2‎ 1‎
Ichki kiyim ‎ toʻplam‎‎‎ 4‎ 2‎ 5‎ 2‎
Sport kiyimi, keta ‎ ”‎‎‎‎‎‎‎ 2‎ 2‎ —‎ —‎‎
Qizlar belbogʻi ‎ dona‎‎‎ 1‎ 1‎ —‎ —‎‎
Siynabandlar ‎ ”‎‎‎‎‎‎‎‎ 3‎ 1‎ —‎ —‎‎
Satin sport trusigi ‎ ”‎‎‎‎‎‎‎‎ 2‎ 1‎ 3‎ 1‎
Maykalar ‎ ”‎‎‎‎‎‎‎‎ 3‎ 1‎ 3‎ 1‎
Paxta ipli paypoq, noski, golflar ‎ juft‎‎ 5‎ 1‎ 6‎ 1‎
Jun paypoqlar, noskilar, golflar ‎ ”‎‎‎‎‎‎‎‎‎ 2‎ 1‎ 2‎ 1‎
Botinka, tufli (yengil tuflilar), krosovkalar ‎ ”‎‎‎‎‎‎‎‎‎ 3‎ 1‎ 3‎ 1‎
Shippak ‎ ”‎‎‎‎‎‎‎‎‎ 2‎ 1‎ 2‎ 1‎
Etiklar, qishki botinkalar ‎ ”‎‎‎‎‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎ 1‎ 1‎
Kalish ‎ ”‎‎‎‎‎‎‎‎‎ 1‎ 2‎ 1‎ 2‎
Sport kostumi (yarim jundan) ‎ dona‎‎‎‎ 1‎ 2‎ 1‎ 2‎
Sport qalpogʻi ‎ ”‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎ 1‎ 2‎ 1‎ 2‎
Tungi koʻylaklar,‎ pijamalar ‎ ”‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎ 2‎ 1‎ 2‎ 1‎
Kolgotkalar ‎ ”‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎ 5‎ 1‎ 6‎ 1‎
Fartuklar (maktab oʻquvchilari uchun koʻkrak fartuklari) ‎ ”‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎ —‎ —‎ 2‎ 1‎
Choʻmilish kiyimlari ‎ ”‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎ 1‎ 1‎
Rezina qalpoq ‎ ”‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎ 1‎ 2‎ 1‎ 1‎
Ish kiyimi ‎ toʻplam‎‎‎‎ 1‎ 2‎ 1‎ 1‎
Maxsus kiyim ‎ ”‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎ 1‎ 2‎ —‎ —‎
Portfel, sumka ‎ dona‎‎‎‎‎ 2‎ 2‎ ‎— —‎
Chamadon‎ ”‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎ 1‎ 5‎ 1‎ 5‎
Koʻrpa-toʻshaklar‎
Choyshab‎ dona‎‎‎‎‎ 3‎ 2‎ 5‎ 3‎
Koʻrpa jildi‎ ”‎ 2‎ 3‎ 3‎ 3‎
Yostiq ichki jildlari‎ ‎”‎ 1‎ 4‎ 1‎ 4‎
Yostiq tashqi jildlari‎ ”‎ 3‎ 2‎ 3‎ 2‎
Sochiq‎ ‎”‎ 3‎ 2‎ 3‎ 2‎
Momiq sochiq‎ ”‎ 3‎ 3‎ 3‎ 2‎
Jun yoki paxtali koʻrpa‎ ”‎ 1‎ 6‎ 1‎ 6‎
Paxmoq adyol‎ ”‎ 1‎ 4‎ 1‎ 4‎
Toʻshak‎ ”‎ 1‎ 4‎ 1‎ 3‎
Par yostiq‎ ”‎ 1‎ 8‎ 1‎ 8‎
Oʻrin yopingʻichi‎ ”‎ 1‎ 6‎ 1‎ 6‎
Karovat yoniga toʻshaladigan gilamcha‎ ”‎ 1‎ 4‎ 1‎ 4‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehribonlik uylari direktorlariga, yangi nusxadagi kiyim-kechaklarni va tarbiyalanuvchilarning istaklarini hisobga olgan holda, yuqorida koʻrsatilgan normalarga ushbu maqsadlar uchun muassasaga ajratiladigan mablagʻlar doirasida ayrim oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehribonlik uyi toʻgʻrisidagi
Nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehribonlik uyidagi yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz
qolgan bolalarga hunar-texnika oʻquv yurtlariga, oliy va oʻrta
maxsus oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishda hamda ishga
joylashishda beriladigan kiyim-kechaklar, poyabzallar
yumshoq inventar va asbob-anjomlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Kiyim-kechaklar, poyabzallar, koʻrpa-toʻshaklar va asbob-anjomlarning nomi‎‎‏

Oʻlchov birligi‎‏

Bir nafar tarbiyalanuvchi normasi‎‎

oʻsmir uchun‎

qizlar uchun‎

1‎

2‎

3‎

4‎

Kiyim-kechaklar‎

Qishki palto‎ dona‎ 1‎ 1‎
Mavsumbop palto, kurtka‎ ”‎‎ 1‎ 1‎
Bosh kiyim:‎
qishki‎ ”‎‎ 1‎ 1‎
kuzgi‎ ”‎‎ 1‎ 1‎
Issiq sharf‎ ”‎‎ 1‎ 1‎
Koʻlqop‎ juft‎‎ 1‎ 1‎
Poyabzal:‎
kuzgi‎ juft‎‎‎ 1‎ 1‎
yozgi‎ ”‎‎‎ 1‎ 1‎
qishki‎ ”‎‎‎ ‎1 ‎1
shippaklar‎ ”‎‎‎ 1‎ 1‎
Ichki kiyim‎ toʻplam‎ 2‎ —‎
Kombinatsiya (ichki kiyim) ‎ dona‎‎ —‎ 2‎
Tungi koʻylak‎ ”‎‎‎‎ —‎‎ 1‎
Siynaband‎ ”‎‎‎‎ —‎‎ 2‎
Kolgotka‎ ”‎‎‎‎ —‎‎ 2‎
Triko‎ ”‎‎‎‎ —‎‎ 2‎
Bayram kostumi yoki koʻylagi ‎ ”‎‎‎‎ 1‎ 1‎
Sport kostumi (yarim jun) ‎ ”‎‎‎‎ 1‎ 1‎
Shoyi bluzka‎ ”‎‎‎‎ —‎‎ 1‎
Erkaklarning bayram koʻylagi ‎ ”‎‎‎‎ 1‎ ‎—
Jun sarafan yoki yubka‎ ”‎‎‎‎‎ —‎‎‎ 1‎
Jun shim‎ ”‎‎‎‎‎ 1‎ —‎‎‎
Ip gazlama koʻylak (bluza)‎ ”‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎
Ip gazlama koʻylak yoki kostum ‎ ”‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎
Jaket yoki jemper‎ ”‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎
Roʻmolchalar‎ ”‎‎‎‎‎ 2‎ 2‎
Paypoq, golf‎ juft‎ 2‎ 2‎
Portfel, sumka‎ dona‎ 1‎ 1‎
Chamadon‎ ”‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎
Yumshoq anjomlar‎
Sochiq (vafelli yoki zigʻir tolasidan toʻqilgan)‎ dona‎ 1‎ 1‎
Momiq sochiq‎ ”‎‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎
Yostiqning ichki jildi‎ ”‎‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎
Yostiqning tashqi jildi‎ ”‎‎‎‎‎‎ 2‎ 2‎
Jun adyol‎ dona‎‎ 1‎ 1‎
Choyshab‎ ”‎‎‎‎‎‎‎ 2‎ 2‎
Koʻrpa jildi‎ ”‎‎‎‎‎‎‎ 2‎ 2‎
Oʻrin yopingʻichi‎ ”‎‎‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎
Asbob-anjomlar‎
Paxtali toʻshak‎ ”‎‎‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎
Yostiq‎ ”‎‎‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎
Karavot‎ ”‎‎‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎
Tumbochka‎ ”‎‎‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎
Stol‎ ”‎‎‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎
Stul‎ ”‎‎‎‎‎‎‎ 2‎ 2‎
Darparda‎ ”‎‎‎‎‎‎‎ 2‎ 2‎
Idish-tovoqlar:‎ ‎‎‎‎‎‎‎
kuxnya uchun‎ ”‎‎‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎
oshxona uchun‎ ”‎‎‎‎‎‎‎ 1‎ 1‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mehribonlik uylaridagi yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarga hunar-texnika oʻquv yurtlariga, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga oʻqishga kirayotganda yangi kiyim-kechak, poyabzal toʻplami (eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdori doirasida), shuningdek, eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida pul nafaqasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mehribonlik uylaridagi va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarga ular ishga joylashayotganda har kishiga eng kam oylik ish haqining oʻn baravari hisobidan kiyim-kechak, poyabzal, yumshoq inventar va asbob-anjomlar, shuningdek, dastlabki xarajatlar uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida pul nafaqasi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mehribonlik uylari rahbarlariga yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarga, ularning xohishiga koʻra, ular haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilganda, shuningdek, nikohdan oʻtayotganda eng kam oylik ish-haqiniig 10 baravari miqdorida pul kompensatsiyasi berish yoki ushbu summani kiyim-kechak, poyabzal, yumshoq anjomlar oʻrniga bitiruvchining nomiga bank muassasasiga omonat sifatida qoʻyish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Taʼlim muassasalari rahbarlariga mazkur roʻyxatga uning qiymati doirasida baʼzi oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi. Tarbiyalanuvchilarning xohishiga koʻra asbob-anjomlar oʻrniga ularni mustaqil ravishda sotib olishlari uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida naqd pul berishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tarbiyalanuvchilar oʻquv yurtlariga yoki ishga yuborilayotganda (ularning xohishiga koʻra) muassasada boʻlgan davrda ular foydalangan va kiyish muddati oʻtgan kiyim-kechaklar hamda poyabzalni ularda qoldirishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi yetim bolalar va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar hunar-texnika oʻquv yurtlariga hamda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish uchun yuborilganda ularga, mehribonlik uylari taʼminoti uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan, xizmat safarlari normalari boʻyicha yoʻlkira va kundalik xarajatlar toʻlanadi. Bunda ushbu tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishi uchun belgilangan xarajatlar qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 2-son, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 43-son, 431-modda; 2008-y., 43-son, 435-modda; 2011-y., 19-son, 190-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son)