06.05.2019 yildagi 2492-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qoʻshma qarori, 06.05.2019 yildagi 2492-III-son
Date of entry into force
06.05.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining vaOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2018-yildagi faoliyati va 2019-yildagi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi shuni taʼkidlaydiki, Parlament komissiyasi tomonidan 2018-yilda nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jumladan, 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan (bundan buyon matnda Jamoat fondi deb yuritiladi) nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 290 dai ortiq dastur va loyihalarini moliyalashtirish uchun davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 18,3 mlrd. soʻm miqdorida pul mablagʻi ajratildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu mablagʻlar doirasida 95 ta ustuvor yoʻnalish boʻyicha davlat grantining 8 ta tanlovi oʻtkazildi va 276 ta ijtimoiy ahamiyatli dastur hamda loyihalar umumiy qiymati 7 mlrd. 800 mln. soʻmga qoʻllab-quvvatlandi. Mazkur dastur va loyihalarni amalga oshirish jarayonida 461 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini ijro etish, sogʻliqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, jamoatchilik nazorati, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda ishtirok etildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yil davomida 4 ta xalqaro, 10 ming dan ortiq respublika va hududiy tadbirlar tashkil etilib, ularda 810 ming dan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Mamlakatimizdagi keng koʻlamli demokratik islohotlar jarayonlari 16,9 ming marotaba OAVda yoritildi. Oʻzbekiston elektron OAV milliy assotsiatsiyasining “Oʼzbekiston online”, “Hudud” va “Zamon” axborot dasturlari (3814 marta), Xalqaro Press-klub sessiyalari (200 soat) tayyorlandi va efirga uzatildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Germaniya, Fransiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, AQSH, XXR, Rossiya, Qozogiston, Qirgʻiziston, Hindiston, Bahrayn, Italiya, Turkiya, Koreya, Yaponiya kabi davlatlarda 33 ta taqdimotlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari 1 084 dona zamonaviy AKT hamda oʻquv ishlab chiqarish inventarlari bilan taʼminlandi. Xorazm viloyatining Urganch shahrida “Doʻstlik va NNT uyi” ochildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilgan ishlar barobarida, Parlament komissiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etish, ularga zarur uslubiy koʻmak berishda kamchiliklar mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasining hamda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining hududiy boʻlinmalari uchun davlat subsidiyasi shaklida yetarlicha mablagʻlar ajratilganligiga qaramasdan, ularning faoliyati talab darajasida yoʻlga qoʻyilishi taʼminlanmagan. Davlat organlari bilan samarali ijtimoiy sheriklik tashkil etilmaganligi sababli hududlarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining faolligini oshirish borasida ishlar sust olib borilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bugungi kunda Jamoat fondida yetarlicha shtat birligi va mutaxassislarning mavjud emasligi faoliyatga yuqori axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, elektron imzolardan foydalangan holda elektron shaklda loyihalarni hamda hisobotlarni qabul qilish, hujjatlarning elektron aylanmasini taʼminlash boʻyicha maxsus dasturiy mahsulotlarni joriy etish imkoniyatini bermayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parlament komissiyasi tomonidan 2019-yilda NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun bir qator ustuvor vazifalar belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish hamda loyihalar va dasturlarning samaradorligi va natijadorligini oshirish, aholining ijtimoiy-maʼnaviy, ekologik, tibbiy madaniyatini oshirishda, ijtimoiy tadbirkorlik, turizmning innovatsion turlarini joriy etishda, jamiyatda dinlararo bagrikenglik, millatlararo totuvlik va doʻstlik muhitini mustahkamlashda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash ustuvor vazifalar etib belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda Parlament komissiyasi va Jamoat fondi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab- quvvatlash boʻyicha ishlarni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2018-yilda amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Parlament komissiyasi quyidagilar yuzasidan takliflar tayyorlab borish choralarini koʻrsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi yuzasidan fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari faoliyatiga uslubiy koʻmak koʻrsatishni kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy sheriklik asosida aholining dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish va sotsial ijtimoiy ahamiyatga ega ijtimoiy buyurtmalarni berish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish orqali ijtimoiy buyurtmalarni joylashtirishning koʻlamini kengaytirish hamda NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillarining huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy bilimlarini oshirishga yoʻnaltirilgan ishlarni tizimli tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatlarni elektron tarzda taqdim etish, NNTlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish, oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarini elektron tarzda tatbiq etishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion gʻoyalarni va ishlanmalarni qoʻllab quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash ishlari samaradorligini yanada oshirish, ularning natijadorligini taʼminlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklda loyihalarni hamda hisobotlarni qabul qilish maqsadida Jamoat fondi tashkiliy-shtatlar tuzilmasini optimallashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2019-yilga moʻljallangan amaliy harakatlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-fevraldagi 478-V/KQ-66-V-sonli Qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari N. Umarov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S. Artikova zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 6-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2492-III-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOSHEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 6-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KQ-536-III-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 6-mayda qabul qilingan 2492-III/KQ-536-III-sonli Qoʻshma qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2019-yilga moʻljallangan amaliy harakatlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Ustuvor vazifalar va tadbirlarning nomi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Fuqarolik jamiyati institutlari tashabbuslarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish

1.1.

“NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat subsidiyalari ajratishning tartibi va shartlari toʻgʻrisida”gi Nizomga va “Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisida”gi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish.

may

B. Matmuratov, J. Shirinov, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

1.2.

Parlament komissiyasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha komissiya aʼzolaridan iborat boʻlgan Ishchi guruh aʼzolarining tarkibini qayta koʻrib chiqish va ularning faoliyati boʻyicha axborotini Parlament komissiyasi yigʻilishlarida eshitib borish.

Parlament komissiyasi qaroriga asosan

I. Xodjiyev, Ishchi guruh rahbarlari

1.3

“Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq davlat organlari huzurida faoliyat koʻrsatadigan jamoatchilik kengashlarining tashkiliy-huquqiy tuzilmasi, aniq maqsad va vazifalarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

iyul-avgust

B. Matmuratov, J. Shirinov, Adliya vazirligi, FJSHMQMI, OʻzNNTMA

II. “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish

2.1.

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda Parlament komissiyasi, Jamoat fondi va hududlardagi Jamoat komissiyalari masʼuliyatini oshirishga qaratilgan seminarlar va davra suhbatlari hamda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni qoʻllab quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

Parlament komissiyasi qaroriga asosan

I. Xodjiyev, hududlarga biriktirilgan masʼullar

2.2.

Parlament komissiyasi, Jamoat fondi va joylardagi Jamoat komissiyalari faoliyati toʻgʻrisida hamda NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlardan aholini xabardor qilish, eʼlon qilingan tanlovlar toʻgʻrisida ularning xabardorligini oshirish maqsadida seminar-treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, mahorat darslari tashkil etish.

Parlament komissiyasi qaroriga asosan

I. Xodjiyev, hududlarga biriktirilgan masʼullar

2.3.

Samarqand viloyatida NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish borasidagi ishlarni ommalashtirish maqsadida Parlament komissiyasining sayyor yigʻilishini oʻtkazish;

Parlament komissiyasi qaroriga asosan

I. Xodjiyev, hududlarga biriktirilgan masʼullar

NNT va fuqarolik jamiyati institutlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobotlar topshirish, ularga davlat xizmatlari koʻrsatish, dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etishda ijtimoiy sheriklik munosabatlari, jamoatchilik nazoratining shakllanishi yuzasidan Xalq deputatlari viloyat kengashlari huzuridagi Ijtimoiy sheriklik komissiyasining axborotlarini eshitish.

iyun-iyul

2.4.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida NNT va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati, mahalliy davlat vakillik hamda ijro organlari bilan ularning ijtimoiy sheriklik munosabatlari, jamoatchilik nazoratining shakllanishini joylarga chiqib oʻrganish va mavjud muammolarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Parlament komissiyasi qaroriga asosan

I. Xodjiyev

2.5.

Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalarining hududiy NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi hamda “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonunlarda belgilangan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash vazifalarini amalga oshirish natijalari va muammolarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari sessiyalarida muhokama qilish.

avgust

I. Xodjiyev, hududlarga biriktirilgan masʼullar

III. NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini ularga davlat subsidiyalari, grantlar hamda ijtimoiy buyurtmalar berish orqali qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish

3.1.

NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 2019-yilda davlat subsidiyasini olishga doir buyurtmalarini koʻrib chiqish, subsidiyalashning maqsadga muvofiqligi, ajratilayotgan davlat subsidiyalarining hajmlari toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish.

may

I. Xodjiyev, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

3.2.

“Oliy Majlis huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining 2019-yilgi faoliyati va uni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

may

I. Xodjiyev hududlarga biriktirilgan masʼullar

3.3.

NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini ijtimoiy buyurtmalar orqali qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini davlat organlarining buyurtmalari asosida aniqlash.

Ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini berish yuzasidan 2019-yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;

NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining oʻtkazilgan tanlov yakunlari boʻyicha kelib tushgan loyihaviy takliflarini koʻrib chiqish. Ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berishning maqsadga muvofiqligi va ularning hajmlari toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish.

may

I. Xodjiyev, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

3.4.

Ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarga davlat grantlari ajratish yuzasidan 2019-yilda NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida tanlovlar oʻtkazishga doir qarorlar qabul qilish.

Harakatlar strategiyasini, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda NNTning innovatsion loyihalarini qoʻllab- quvvatlash.

Oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnan yetuk, jismonan sogʻlom etib tarbiyalashga, ularda tadbirkorlik, ilmiy-ijodiy va intellektual salohiyatni shakllantirishga koʻmaklashish.

Xorijiy va mahalliy OAVda yuksak huquqiy tafakkurni, inson huquqlari madaniyatini, jamoatchilik nazoratining innovatsion shakl va mexanizmlarini keng targʻib etish.

Aholining ijtimoiy-maʼnaviy, ekologik, tibbiy madaniyatini oshirishda, ijtimoiy tadbirkorlik, turizmning innovatsion turlarini joriy etishda NNT faolligini kuchaytirish.

may

I. Xodjiyev, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

Jamiyatda dinlararo bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik, oʻzaro mehr-oqibat va doʻstlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni rabatlantirish.

Tanlovlarga kelib tushgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarning belgilangan shartlar va talablarga muvofiqligini baholash, tanlov gʻoliblarini aniqlash boʻyicha qarorlar qabul qilish.

tanlovlar oʻtkazilganidan keyin bir oy ichida

3.5.

Utgan yillarda tejab qolingan va Jamoat fondiga qaytarilgan moliyaviy mablagʻlardan 2019-yilda foydalanishga doir qarorlarni ishlab chiqish hamda qabul qilish.

iyul-avgust

I. Xodjiyev, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

3.6.

NNT, OAV fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda davlat organlarining 2020-yilga moʻljallangan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dastur va loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash turlari hamda hajmlariga doir takliflarini oʻrganish va taxlil qilish.

may-iyun

I. Xodjiyev, Parlament komissiyasi barcha aʼzolari

IV. Jamoat fondi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini monitoring qilish, amalga oshirilayotgan loyihalar va dasturlarning samaradorligi va natijadorligini oshirish chora-tadbirlari

4.1.

Parlament komissiyasi va Jamoat fondining 2018-yilgi faoliyati va 2019-yildagi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi axborotni tayyorlash hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining va Senatining Kengashlarida koʻrib chiqish uchun kiritish.

may

I. Xodjiyev

4.2.

Parlament komissiyasi qaroriga asosan 2018-yilda NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat subsidiyasi va ijtimoiy buyurtma tarzida ajratilgan mablagʻlardan loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlarni eshitish.

Parlamentkomissiyasiqarorigaasosan

I. Xodjiyev

4.3.

NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining Taftish komissiyasiga Jamoat fondining 2018-yildagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshiruvdan oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va koʻmaklashish.

may

A. Tuxtaboyev, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

4.4.

2017-2018-yillarda NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining grant loyihalarini amalga oshirish natijalarining monitoringini yuritish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish.

may-iyun

A. Tuxtaboyev, T. Karimov,
R. Komilov, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

4.5.

NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga Jamoat fondining davlat subsidiyasi va ijtimoiy buyurtma tarzida ajratilgan mablagʻlaridan 2018-yilda maqsadli va samarali foydalanilgani ustidan monitoring oʻtkazish, Parlament komissiyasining majlislarida hisobotlar eshituvini tashkil etish.

iyun

I. Xodjiyev, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

4.6.

2018-yilda NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining grant loyihalarini amalga oshirish natijalarini oʻrganish va taxlil qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish.

Parlament komissiyasi qaroriga asosan

I. Xodjiyev, hududlarga biriktirilgan masʼullar

V. Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish hamda mustahkamlashga huquqiy, uslubiy, maslahat va boshqacha tarzda koʻmaklashish

5.1.

Jamoat fondi va joylardagi jamoat komissiyalarining 2018-yildagi faoliyatini tahlil qilish va Parlament komissiyasining majlisida koʻrib chiqish hamda ular ishining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Parlament komissiyasi qaroriga asosan

I. Xodjiyev, hududlarga biriktirilgan masʼullar

5.2.

Hududlarga biriktirilgan Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Jamoat komissiyalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida ular uchun yaratilgan zarur shart-sharoitlarni oʻrganish, monitoring qilish va Parlament komissiyasi yigʻilishiga takliflar tayyorlash.

Parlament komissiyasi qaroriga asosan

I. Xodjiyev hududlarga biriktirilgan masʼullar

5.3.

Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Jamoat komissiyalari bilan hamkorlikda NNTni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy sherikchilikni yaxshilashga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.

may

I. Xodjiyev, hududlarga biriktirilgan masʼullar

5.4.

Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan hududlarda NNT vakillari va davlat boshqaruvi organlarining vakillari ishtirokida NNTning mavjud muammolarini oʻrganish va bartaraf etishga qaratilgan oʻquv-seminarlari tashkil etish.

Parlament komissiyasi qaroriga asosan

I. Xodjiyev, hududlarga biriktirilgan masʼullar

5.5.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyasi yiilishlarini tashkil etish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotlarini eshitish.

Parlament komissiyasi qaroriga asosan

I. Xodjiyev, hududlarga biriktirilgan masʼullar

5.6.

Jamoatchilik komissiyalarining 2018-yildagi faoliyati yakunlarini sarhisob qilishga va 2019-yilga moʻljallangan ish rejalarini tasdiqlashga bagʻishlangan majlislarini oʻtkazishda amaliy koʻmaklashish.

Parlament komissiyasi qaroriga asosan

I. Xodjiyev, hududlarga biriktirilgan masʼullar

VI. Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni OAVda keng yoritish

6.1.

Parlament komissiyasi, Jamoat fondi va joylardagi jamoat komissiyalari faoliyatining ahamiyatini ochishga bagʻishlangan mavzudagi maxsus telekoʻrsatuvlarni namoyish etish, tahliliy maqolalar berib borish.

yil davomida

F. Abduxoliqov, S. Yusupov, Komissiya aʼzolari

6.2.

Parlament komissiyasi, Jamoat fondi va joylardagi jamoat komissiyalari faoliyatini yoritish, shu jumladan matbuot konferensiyalari, brifinglar oʻtkazish, maqolalar, intervyular eʼlon qilishni tashkil etish va boshqalar boʻyicha media- rejani ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

yil davomida

S. Yusupov, F. Abduxoliqov

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-fevraldagi 478-V/KQ-66-V-sonli Qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 04/19/2492-III/KQ-536-III/3358-son)