Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining huquqiy maqomi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi) davlat tashqi auditi va moliyaviy nazoratining oliy organidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Hisob palatasining asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) loyihasi shakllantirilishining va uning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklariga muvofiqligining tizimli tahlilini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligi auditini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarga mablagʻlar tushumlarining toʻliqligini oʻrganish hamda nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali aniqlash hamda safarbar qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan oʻtkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tizimi budjetlari mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligi hamda asosliligini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq, bojxona va budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda oʻrganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari oʻrtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar boʻyicha majburiyatlari chegaralanishining toʻgʻriligini baholash, ularning oʻzini oʻzi moliyaviy jihatdan yetarlicha taʼminlashiga doir takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga va chet davlatlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflari (bundan buyon matnda oliy darajadagi tashriflar deb yuritiladi) davomida imzolangan hujjatlarning hamda strategik ahamiyatga molik xoʻjalik jamiyatlari va korxonalar (bundan buyon matnda strategik korxonalar deb yuritiladi) ishtirokidagi investitsiya loyihalarining toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, Oʻzbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Hisob palatasi faoliyatining asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, xolislik, ochiqlik va shaffoflikdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Qonuniylik prinsipi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga soʻzsiz rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun talablarini aniq bajarishdan va ularga rioya etishdan har qanday tarzda chekinish, buning sabablari qanday boʻlishidan qatʼi nazar, qonuniylikning buzilishidir va u belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Mustaqillik prinsipi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi oʻz vakolatlarini har qanday davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan va ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda, faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi faoliyatiga davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining aralashuvi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi faoliyatini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Xolislik prinsipi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi oʻz faoliyatini ishlarning haqiqiy holatini aniqlash orqali, Hisob palatasining mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga subyektiv fikrlarning taʼsir qilishiga yoʻl qoʻymagan holda amalga oshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi oʻz faoliyatini ochiq va shaffof tarzda, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etiladi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining, soliq hamda budjet siyosati asosiy yoʻnalishlarining loyihalari, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot yuzasidan Hisob palatasining xulosalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonuni 325-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonuni 334-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Hisob palatasining boʻysunuvi va hisobdorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi, Prezidentga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobdordir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Hisob palatasining tuzilmasi va tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Hisob palatasining tuzilmasi va tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining tuzilmasi va shtatlarining cheklangan soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi Hisob palatasining raisi, raisning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlaridan, shuningdek Hisob palatasining shuʼba mudirlari, bosh inspektorlari, yetakchi inspektorlari, inspektorlari hamda yordamchi xodimlaridan iborat tarkibda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini va xodimlarini lavozimga tayinlash hamda lavozimidan ozod qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan Hisob palatasining raisi rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Hisob palatasi raisini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi farmonlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining shuʼba mudirlari, bosh inspektorlari, yetakchi inspektorlari va inspektorlari Hisob palatasi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining yordamchi xodimlari Hisob palatasi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Hisob palatasi raisining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi ishini tashkil etadi va uning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga Hisob palatasining faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni taqdim etadi;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Hisob palatasining faoliyati toʻgʻrisidagi, shu jumladan Davlat budjetiga tushumlarning toʻliqligi taʼminlanishiga doir axborotni tizimli asosda taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha nazoratni tashkil etish toʻgʻrisida farmoyish qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning qoʻmitalari, komissiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalari majlislarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida Hisob palatasi faoliyatiga taalluqli masalalarning koʻrib chiqilishida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi, koʻrib chiqish uchun masalalar kiritishi va koʻrilayotgan masala yuzasidan fikr bildirishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlatlarning tegishli tashqi audit va moliyaviy nazorat organlari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning vakolatxonalari bilan hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzadi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Hisob palatasi raisi birinchi oʻrinbosarining va oʻrinbosarlarining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari oʻz vakolatlarini qonun hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentiga muvofiq amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Hisob palatasi mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslari xizmat majburiyatlarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, ularning qoʻmitalari, komissiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida, ijro etuvchi hokimiyat organlari hayʼatlarining va boshqa davlat organlarining majlislarida Hisob palatasi faoliyatiga taalluqli masalalar koʻrib chiqilayotganda hozir boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat obyektlarining hududlari va binolariga moneliksiz kirish, ularning hujjatlari hamda materiallaridan foydalanish, har qanday ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni koʻzdan kechirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qalbakilashtirish, soxtalashtirish, talon-toroj qilish hollari aniqlangan taqdirda hamda mazkur gʻayriqonuniy harakatlarga chek qoʻyish uchun zarur hujjatlar va materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda olib qoʻyish, hujjatlarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish dalolatnomalarini va olib qoʻyilgan hujjatlarning roʻyxatini tuzish hamda zarurat boʻlganda kassani, kassa xonalarini va xizmat xonalarini, omborlarni hamda arxivlarni muhrlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarining mansabdor shaxslariga soʻrovlar yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat obyektlarining mansabdor shaxslaridan nazoratni oʻtkazish chogʻida aniqlangan qoidabuzarliklar faktlari yuzasidan yozma tushuntirishlar, shuningdek hujjatlarning zarur boʻlgan tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini talab qilish va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat obyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatiga taalluqli barcha zarur hujjatlar, shu jumladan davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan hujjatlar bilan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat natijalarini qayd etish uchun texnik vositalardan, shu jumladan audio-, foto- va video qayd etish vositalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron maʼlumotlar bazalariga oid texnik hujjatlar bilan tanishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat natijalari boʻyicha dalolatnomalar, maʼlumotnomalar va xulosalarni rasmiylashtirish, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat obyektlarining rahbarlari Hisob palatasining mansabdor shaxslariga ishlash uchun zarur sharoitlar yaratishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslari nazorat obyektlarining xoʻjalik faoliyatiga aralashishga, shuningdek olingan axborotni Hisob palatasi raisi tomonidan tegishli qaror qabul qilinguniga qadar oshkor etishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslari nazoratni oʻtkazish chogʻida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni saqlashi, nazoratni xolisona oʻtkazishi hamda uning natijalarini haqqoniy aks ettirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslari lavozim majburiyatlarini bajarish chogʻida manfaatlar toʻqnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan shaxsiy manfaatdorlik yuzaga kelganligi toʻgʻrisida Hisob palatasi raisiga maʼlum qilishi, shuningdek bunday toʻqnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish choralarini koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslari oʻzi oʻtkazgan nazorat natijalarining xolisligi va haqqoniyligi uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Hisob palatasi mansabdor shaxslarining faoliyatidagi cheklovlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida hamda oʻzga tashkilotlarda boshqa lavozimlarni egallashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlarini amalga oshirish davrida siyosiy partiyaga aʼzo boʻlishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslari oʻz vakolatlari davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni, bunday aʼzolik mavjud boʻlgan taqdirda, toʻxtatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Hisob palatasining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Hisob palatasining davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi hamda axborot almashishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda axborot, shu jumladan elektron shakldagi axborot almashishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan tartibda budjet hamda smeta-shtat intizomini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar yuzasidan axborot almashishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar Hisob palatasining zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishida unga oʻz vakolatlari doirasida yordam koʻrsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Hisob palatasi qonuniy talablarining bajarilishi majburiyligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining qonuniy talablari, shu jumladan qonun hujjatlariga rioya etish, hujjatlarni, nazorat materiallarini va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish, mutaxassislar ajratish, qonun hujjatlarini buzganlik faktlari boʻyicha hozir boʻlish va tushuntirishlar berish toʻgʻrisidagi talablari barcha davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlar tekin taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Hisob palatasi qarorlarining bajarilishi majburiyligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining oʻziga berilgan vakolatlar doirasida qabul qilingan qarorlari davlat organlari hamda mulkchilik shaklidan va boʻysunuvidan qatʼi nazar boshqa tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Hisob palatasining funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Hisob palatasining Davlat budjeti loyihasi shakllantirilishining va uning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklariga muvofiqligining tizimli tahlilini amalga oshirish sohasidagi funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi Davlat budjeti loyihasi shakllantirilishining va uning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklariga muvofiqligining tizimli tahlilini amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning va Davlat budjeti loyihasining olib borilayotgan siyosatning ustuvorliklariga, shuningdek mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qabul qilingan maqsadli kompleks dasturlariga muvofiqligini baholashni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar loyihalari shakllantirilishining tarmoqlar va hududlar kesimlaridagi tahlilini oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti daromadlari koʻrsatkichlari prognozining xolisligi va asosliligini hududlarning oʻziga xos xususiyatlarini hamda soliq salohiyatini hisobga olgan holda baholashni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining, shuningdek navbatdagi yil uchun soliq va budjet siyosati asosiy yoʻnalishlarining loyihalari boʻyicha xulosalar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Hisob palatasining qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligi auditini amalga oshirish sohasidagi funksiyalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi qabul qilinayotgan davlat dasturlarining va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligi auditini amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilinayotgan davlat dasturlari va hududiy dasturlar moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligining auditini oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat dasturlari va hududiy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar oʻz vaqtida ajratilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat dasturlari va hududiy dasturlar amalga oshirilishining toʻliqligi hamda samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarga mablagʻlar tushumlarining toʻliqligini oʻrganish hamda nazorat qilish sohasidagi funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi budjet tizimi budjetlariga va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarga mablagʻlar tushumlarining toʻliqligini oʻrganish hamda nazorat qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq va bojxona toʻlovlari yigʻilishi darajasining soliq turlari hamda hududlar kesimidagi tizimli tahlilini oʻtkazadi, uning tarmoqlar va hududlar kesimlarida pasayishiga taʼsir koʻrsatgan sabab-oqibat omillarini aniqlaydi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjetining, davlat maqsadli jamgʻarmalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar budjetlarining shakllantirilishini nazorat qiladi hamda uning monitoringini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq solish obyektlari va soliq solinadigan baza qamrab olinishining toʻliqligi, manzilli yoʻnalishlar hamda nazorat dasturlarining shakllantirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan soliq va boshqa davlat organlarining maʼlumotlar bazasini tahlil etish hamda monitoring qilish asosida nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mol-mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish hamda ijaraga berishdan olinadigan mablagʻlarning budjet tizimi budjetlariga tushumlari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan tahlil oʻtkazadi va nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini dividendlarning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi nuqtai nazaridan nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarang: “Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma” (30.03.2016-y., roʻyxat raqami 2771), “Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining gʻazna ijrosi qoidalari” (22.12.2016-y., roʻyxat raqami 2850).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali aniqlash hamda safarbar qilish sohasidagi funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali aniqlash hamda safarbar qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari hamda oʻzga tashkilotlar soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash uchun foydalanadigan maʼlumotlar bazasining ishonchliligini baholaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari faoliyatining budjet tizimi budjetlariga qoʻshimcha tushumlar zaxiralarini aniqlashga yoʻnaltirilgan tahlilini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq solish tizimini, soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini tahlil qilish hamda baholash asosida budjet tizimi budjetlari daromadlarini koʻpaytirish zaxiralarini aniqlash hamda ularning safarbar etilishini taʼminlash choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromadlar prognozini sifatli shakllantirish va bajarish, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning toʻliq yigʻilishini hamda soliq toʻlovchilar toʻliq hisobga olinishini taʼminlashda moliya va davlat soliq organlarining masʼuliyatini oshirish hamda ularga har tomonlama koʻmaklashish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan oʻtkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash sohasidagi funksiyalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi budjet tizimi budjetlarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning amalga oshirilayotgan xarajatlari samaradorligi hamda qonuniyligini auditdan oʻtkazish, bu xarajatlarni barcha darajalarda qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjetining, davlat maqsadli jamgʻarmalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar budjetlarining xarajatlar qismi ijro etilishi yuzasidan monitoring yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet mablagʻlaridan, davlat maqsadli jamgʻarmalarining va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mablagʻlaridan maqsadli, oqilona hamda samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan chet el valyutasidagi mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qiladi;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjetining ijro etilishi va budjet tizimi budjetlarining barcha darajalarida davlat mablagʻlarining sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda davlat xarajatlarini qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya organlari, shu jumladan gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilishga doir vazifalarning bajarilishi samaradorligini tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlar shakllantirilishining qonuniyligi, ularning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan va baholashdan oʻtkazadi, ular yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosalar taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Hisob palatasining budjet tizimi budjetlari mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligi hamda asosliligini baholash sohasidagi funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi budjet tizimi budjetlari mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining maqsadga muvofiqligi hamda asosliligini baholash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining shakllantirilishi yuzasidan monitoring oʻtkazadi hamda nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish hisobidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining toʻliq hamda samarali bajarilishi ustidan nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Hisob palatasining soliq, bojxona va budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda oʻrganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish sohasidagi funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi soliq, bojxona va budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek xalqaro tajribani umumlashtirish hamda oʻrganish orqali budjetni rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonida aniqlanadigan budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishining turlarini hisobga oladi va tasniflaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat tadbirlari natijalarini, shuningdek budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini, bunga olib kelayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tahlil qiladi, budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq va bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini, bunga olib kelayotgan sabablar hamda shart-sharoitlarni tahlil qiladi, mazkur qonun hujjatlarini takomillashtirish, soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish, shuningdek soliq stavkalarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari amalga oshirilishining monitoringini oʻtkazadi va budjet jarayonidagi chetga chiqishlarni aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet jarayonining va budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining xalqaro normalar hamda standartlarga muvofiqligini oʻrganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Hisob palatasining Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari oʻrtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar boʻyicha majburiyatlari chegaralanishining toʻgʻriligini baholash, ularning oʻzini oʻzi moliyaviy jihatdan yetarlicha taʼminlashiga doir takliflar ishlab chiqish sohasidagi funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari oʻrtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromadlarga oid vakolatlari hamda xarajatlar boʻyicha majburiyatlari chegaralanishining toʻgʻriligini baholash, ularning oʻzini oʻzi moliyaviy jihatdan yetarlicha taʼminlashiga doir takliflar ishlab chiqish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining shakllantirilishi va ijro etilishini, ularning mutanosibligini tahlil qiladi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori turuvchi va quyi turuvchi budjetlar oʻrtasidagi belgilangan umumdavlat soliqlari ajratmalari normativlarining, budjetlararo ajratiladigan transfertlarning asosliligini oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori turuvchi va quyi turuvchi budjetlar oʻrtasidagi xarajatlar boʻyicha majburiyatlarning chegaralanishi toʻgʻriligini baholaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni hal etishdan kelib chiqqan holda barcha darajadagi budjetlar oʻrtasidagi moliyaviy resurslar nisbatini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Hisob palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarning hamda strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarning hamda strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolash uchun hujjatlarning asosliligini hamda ularni kelgusida amalga oshirish imkoniyatini tahlil qilgan holda bu hujjatlarni tayyorlashda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining, shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining maʼlumotlar bazalarini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashadi, tegishli tadbirlarning oʻz vaqtida hamda samarali ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni yakuniy natijalarga erishish uchun ularni hal etish boʻyicha tezkor choralar koʻrgan holda, shu jumladan joylarga chiqib tezkor choralar koʻrgan holda tizimli tahlil qiladi va aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va topshiriqlarining, shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar, strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishi ustidan monitoringni va doimiy nazoratni amalga oshiradi hamda ularning natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni va strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi axboroti asosliligini birlamchi maʼlumotlar asosida oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarning roʻyobga chiqarilishini chet ellik sheriklar va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan “telekoʻprik” tashkil etish orqali muntazam ravishda muhokama qilib boradi, ularning asoslantirilgan hisob-kitoblarga ega boʻlgan, aniq tashabbusli investitsiya loyihalarini taqdim etish borasidagi faoliyati samaradorligini baholaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Hisob palatasining Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, Oʻzbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan oʻtkazish sohasidagi funksiyalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.03.00 Hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari (shuningdek, 03.11.17.00, 07.21.04.00 larga qarang);
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosatini, Oʻzbekiston Respublikasining aktivlari hamda majburiyatlari holatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan oʻtkazish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy valyutani mustahkamlash, uning xarid qobiliyatini oshirish, pul massasini va pul agregatlarini maqbullashtirish hamda bankdan tashqari pul aylanmasini qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlarni tahlil qiladi va baholaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank tizimining moliyaviy barqarorligini oʻrganadi va tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining va toʻlov balansining holatini tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki valyuta bozorida valyutaga boʻlgan talab va taklifni oʻrganadi, milliy valyutaning ayirboshlanishi holati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan xorijdan mablagʻ jalb qilish hajmlarini va maqsadga muvofiqligini baholashni, chet el kreditlari hamda grantlari mablagʻlaridan samarali va oqilona foydalanilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida olingan tashqi kreditlarga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltin-valyuta zaxiralarining qayta tiklanishi va ularga doir operatsiyalar ustidan nazoratni amalga oshiradi, tashqi aktivlarni boshqarish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qiladi, ularni xorijiy banklarga samarali joylashtirish va qayta joylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, oltin-valyuta zaxiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalar ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u tomonidan vakolat berilgan organlar taraflarning biri sifatida qatnashayotgan oltin-valyuta zaxiralari bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha barcha qarorlarni kelishib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
valyuta, eksport va import operatsiyalari oʻtkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat qarzini samarali boshqarish boʻyicha monitoring oʻtkazadi, ularga oʻz vaqtida xizmat koʻrsatilishi ustidan nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Hisob palatasining vakolatlari, nazorat shakllari va turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Hisob palatasining vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.01 Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 05.01.08.00, 06.03.03.00 larga qarang);
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa davlat organlaridan hamda oʻzga tashkilotlardan oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha materiallar, maʼlumotlar va tushuntirishlarni soʻrab oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun real vaqt rejimida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shu jumladan banklarning maʼlumotlar bazasidan foydalanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan davlat mablagʻlarining bank hisobvaraqlaridagi hamda yagona gʻazna hisobvaragʻidagi harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrab oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarini va ularning vakillarini, nodavlat auditorlik xizmatlarini va ayrim mutaxassislarni nazorat oʻtkazish uchun oʻz vakolatlari doirasida jalb etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti daromadlari prognozining toʻgʻriligini baholash, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning toʻliq yigʻilishini va soliq solish obyektlarining toʻliq hisobga olinishini taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan nazoratga moliya, soliq organlarining hamda boshqa davlat organlarining xodimlarini jalb etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan dastlabki va yakuniy nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablagʻlarning kelib tushishi hamda bu mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining, shuningdek soliq va budjet siyosati asosiy yoʻnalishlarining loyihalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosalar taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning tashqi auditini va uni baholashni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning qonuniy shakllantirilganligi, maqsadli hamda samarali sarflanganligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil qilingan boshqa jamgʻarmalar mablagʻlarining shakllantirilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalarining moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat natijalari boʻyicha koʻrsatmalar, taqdimnomalar, tahliliy maʼlumotlar va xulosalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat oʻtkazish davrida jinoyat alomatlarini koʻrsatuvchi maʼlumotlar, shu jumladan korrupsiyaga doir huquqbuzarliklar alomatlari aniqlangan taqdirda, tegishli materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat natijalari boʻyicha davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar hamda strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida ijro etilmaganligi uchun, shu jumladan ularning ijrosi jarayoni toʻgʻrisidagi axborot “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali toʻliq, haqqoniy tarzda va oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi, rasmiyatchilikka hamda masalalarni hal etish muddatlari buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi uchun vazirliklarning, davlat qoʻmitalarining, idoralarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan hamkorlikni, shu jumladan budjet tashkilotlari, budjetdan mablagʻ oluvchilar, boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarni birgalikda nazorat qilishni rejalashtirish va amalga oshirish masalalari boʻyicha hamkorlikni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi bilan oldindan kelishib olinishi lozim boʻlgan barcha masalalar boʻyicha xulosa beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet va smeta-shtat intizomini buzganlikda, shuningdek Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlikda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazoratning shakllari va turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va vakolatlar doirasida dastlabki hamda yakuniy nazorat tarzida taftish, tekshirish (shu jumladan budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibida tekshirish) va oʻrganish shaklida nazoratni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida koʻrsatmalar va taqdimnomalar qabul qiladi, shuningdek tahliliy maʼlumotlar hamda xulosalar tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Koʻrsatma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy nazorat jarayonida nazorat obyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatida va boshqa faoliyatida davlatga zarar keltirayotgan hamda shu sababli kechiktirmasdan barham berish talab etiladigan buzilishlar, shuningdek yakuniy nazorat natijalari boʻyicha, shu jumladan davlat organlari va oʻzga tashkilotlarning soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish uchun foydalaniladigan maʼlumotlar bazasining haqqoniyligini tekshirishdagi buzilishlar aniqlanganda Hisob palatasi nazorat obyektlarining yoki yuqori tashkilotning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish, davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hamda qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini koʻrish uchun koʻrsatma yuborishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining koʻrsatmasi Hisob palatasi raisi tomonidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining koʻrsatmasi aniqlangan kamchiliklar va qonun hujjatlarining buzilishlari toʻgʻrisidagi hamda ularni bartaraf etish, shuningdek bunday buzilishlarning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻrish haqidagi talablarni oʻz ichiga olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining koʻrsatmasi unda koʻrsatilgan muddatda yoki, agar muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, u nazorat obyektiga kiritilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida bajarilishi kerak. Koʻrsatmani bajarish muddati Hisob palatasi raisining qarori bilan yana shu muddatga, lekin bir martadan oshmagan holda uzaytirilishi mumkin. Koʻrsatmaning bajarilishi natijalari boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida Hisob palatasi nazorat obyekti rahbari yoki uning yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan yozma shaklda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Taqdimnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy nazorat jarayonida Davlat budjeti daromadlarining tasdiqlangan prognozi bajarilmaganligi va budjetga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligi kamaymaganligi aniqlangan taqdirda Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Davlat soliq qoʻmitasiga hamda Davlat bojxona qoʻmitasiga, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga hududiy moliya organlarining, davlat soliq va bojxona xizmati organlarining rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli ijro etilmaganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarini, shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarning hamda strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining ijrosi toʻgʻrisidagi axborot “ijro.gov.uz” axborot tizimi orqali toʻliq, haqqoniy tarzda va oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun Hisob palatasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga ularning xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining taqdimnomasi Hisob palatasi raisi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining taqdimnomasi aniqlangan kamchiliklar haqidagi axborotni va intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalasini koʻrib chiqish, shuningdek bunday kamchiliklarning yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi talabni oʻz ichiga olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining taqdimnomasi kiritilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay bajarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdimnomaning bajarilishi natijalari boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar haqida Hisob palatasi yozma shaklda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Tahliliy maʼlumot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining soʻrovlari boʻyicha oʻtkazilgan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek nazorat obyektining muayyan sohasini va faoliyatini oʻrganish natijalari yuzasidan tahliliy maʼlumot tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tahliliy maʼlumot Hisob palatasi raisi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tahliliy maʼlumotda oʻtkazilgan oʻrganish yoki tahlil toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlar, aniqlangan muammolar, mavjud toʻsiqlar va kamchiliklarning qisqacha tavsifi, shuningdek ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Xulosa
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari parametrlari shakllantirilishini tahlil qilish natijalari, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazish hamda baholash natijalari, siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablagʻlarning kelib tushishi hamda bu mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda Hisob palatasi tomonidan xulosa tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosa Hisob palatasi raisi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilangan hollarda Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari yoki oʻrinbosarlari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining koʻrsatmalari va taqdimnomalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslikda, maʼlumotlar bazasidan hamda axborotdan foydalanish imkoniyatini bermaslikda, bila turib notoʻgʻri axborotni taqdim etganlikda namoyon boʻladigan tarzda Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, shuningdek Hisob palatasining faoliyatiga aralashganlik va uning mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning hamda funksiyalarning qonuniy ravishda ijro etilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida biror-bir shaklda taʼsir koʻrsatganlik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Hisob palatasining faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamenti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining faoliyati masalalari, Hisob palatasi mansabdor shaxslari oʻrtasida majburiyatlarning ichki taqsimlanishi, ishlarni yuritish tartibi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining Reglamentida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Hisob palatasining ishini rejalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi oʻz faoliyatini Hisob palatasi vakolatlariga kiruvchi masalalar ustidan taʼsirchan tizimli nazoratni taʼminlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladigan nazorat ishlarining yillik dasturi asosida tashkil etadi. Nazorat ishlarining yillik dasturi Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining soʻrovlari asosida oʻtkaziladigan nazorat tadbirlari Hisob palatasi nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi nazorat ishlarining yillik dasturi ijrosini tashkil etish Hisob palatasining farmoyishi asosida amalga oshiriladi, bunda Hisob palatasining mansabdor shaxslari orasidan har bir nazorat tadbirini tashkil etish uchun masʼullar tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda. Hisob palatasining standartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining standartlari Hisob palatasi faoliyatini tashkil etish standartlaridan, shuningdek Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi audit va moliyaviy nazorat standartlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi faoliyatini tashkil etish standartlari, shuningdek Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi audit va moliyaviy nazorat standartlari Hisob palatasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi faoliyatini tashkil etish standartlari Hisob palatasida uslubiy taʼminlashni, ishlarni rejalashtirishni, hisobotlar tayyorlashni, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni hamda Hisob palatasining boshqa ichki faoliyat turlarini tashkil etish va amalga oshirish xususiyatlari, qoidalari hamda tartib-taomillarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan tashqi audit va moliyaviy nazorat standartlari nazorat faoliyatining umumiy talablari, xususiyatlari, qoidalari hamda tartib-taomillarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini huquqiy jihatdan himoya qilish kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslari davlat himoyasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslari oʻz majburiyatlarini bajarish chogʻida faqat bevosita yoki toʻgʻridan-toʻgʻri rahbarga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bevosita qonun bilan vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim Hisob palatasi mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga aralashish, shuningdek Hisob palatasining mansabdor shaxslarini Hisob palatasi zimmasiga qonun bilan yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda. Hisob palatasi mansabdor shaxslarining daxlsizligi kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslarini maʼmuriy javobgarlikka tortish masalasi Hisob palatasining raisi tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini moddiy va ijtimoiy jihatdan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining raisi maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy xizmat va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisiga, Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosariga, Hisob palatasi raisining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosariga, Hisob palatasining masʼul xodimlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga lavozim maoshiga nisbatan alohida mehnat sharoitlari va uzoq muddatli uzluksiz ish staji uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamda miqdorlarda koeffitsiyentlar qoʻllanilgan holda har oylik ustamalar toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddatli xizmatlari, harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun ustama va qoʻshimcha toʻlovlar saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslari avvalgi ish joyi boʻyicha xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlardan, moddiy va ijtimoiy himoya choralaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida amalda boʻlgan mehnat sharoitlarini hisobga olgan hamda lavozim maoshi va boshqa toʻlovlar miqdori saqlangan holda foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasida ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni berish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasida ishlash davrida harbiy va maxsus unvonlarni berish avvalgi ish joyi boʻyicha nazarda tutilgan tartibda tegishli harbiy va maxsus unvonlarni berish uchun zarur boʻlgan muddatlar oʻtgandan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishganligi, majburiyatlarini namunali bajarganligi, shuningdek boshqa alohida xizmatlari uchun Hisob palatasining mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini uy-joy bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga uy-joy ijarasi uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga imtiyozli uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda uy-joy olish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44-modda. Hisob palatasining mansabdor shaxslarini ish bilan taʼminlash kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining mansabdor shaxslariga ularning mehnat faoliyati tugaganidan soʻng, ular Hisob palatasiga qabul qilinguniga qadar egallagan avvalgi ishi (lavozimi), u mavjud boʻlmagan taqdirda esa, unga teng boʻlgan boshqa ish (lavozim) ularning davlat organlaridagi va boshqa tashkilotlardagi mutaxassisligi hisobga olingan holda beriladi, bundan mansabdor shaxsning malakasi yetishmasligi yoki sogʻligi holati tufayli bajariladigan ishga noloyiqligi yoxud mansabdor shaxsning oʻz mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun mehnat faoliyati tugatilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-modda. Hisob palatasining moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasi faoliyatining moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliya-xoʻjalik departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-modda. Xalqaro hamkorlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob palatasining chet davlatlarning tashqi audit va moliyaviy nazorat organlari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning vakolatxonalari bilan hamkorligi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-546-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 03/19/546/3359-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son, 28.08.2021-y., 03/21/712/0828-son, 29.12.2021-y., 03/21/740/1209-son; 01.05.2023-y., 03/23/836/0232-son; 18.07.2023-y., 03/23/856/0489-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son; 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)