Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2025 27.06.2019 yildagi 531-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.06.2019 yildagi 531-son
Date of entry into force
28.06.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining ustavi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markaziga jami 3 ta, shu jumladan 2 ta xizmat va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositasini saqlashga limit ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida Yuristlar malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 21-iyuldagi 364-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 27-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
531-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 531-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining

USTAVI

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Ustav Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) maqomi, maqsadi, vazifalari va faoliyati asosiy yoʻnalishlarini, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini, shuningdek, oʻquv jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaz adliya organlari va muassasalari, advokatlar, notariuslar, patent vakillari, mediatorlar, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlarning yuridik xizmati xodimlarini hamda huquqiy bilimlarini oshirish talab etiladigan davlat boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, boshqa soha mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan davlat taʼlim muassasasidir.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 706-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 09/21/706/1080-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markaz oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek, ushbu Ustavga asosan amalga oshiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan mustaqil tuzilmasi boʻlib, oʻz balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga hamda oʻz faoliyati uchun zarur boshqa belgilar va rekvizitlarga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Markaz bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga boʻysunadi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaz faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markazning rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tilida — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ingliz tilida — Lawyersʼ Training Center under the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rus tilida — Sentr povisheniya kvalifikatsii yuristov pri Ministerstve yustitsii Respubliki Uzbekistan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Markaz joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Katta darxon koʻchasi, 6-uy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Markazning maqsadi, vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Adliya organlari va muassasalari, advokatlar, notariuslar, FHDY organlari va davlat boshqaruvi organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati xodimlari (yuriskonsultlari) hamda xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning oʻzga soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaz faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2020-y., 09/20/544/1265-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilarni qabul qilinayotgan yangi qonunlar va amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oxirgi oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazmun-mohiyati, davlat va jamiyat qurilishi sohasini yanada demokratlashtirish jarayonlari, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi, sud, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida huquqni qoʻllashning zamonaviy talablari hamda ushbu sohadagi xorijiy davlatlar tajribasi bilan yaqindan tanishtirish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun respublikaning yetakchi taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat organlari va jamoat tashkilotlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalarining tajribali olimlari, boshqa xodimlari va ekspertlarini jalb etish, shu jumladan shartnoma asosida jalb etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi islohotlarning yoʻnalishlari va zamonaviy talablari asosida adliya, yuridik xizmat, advokatura boʻyicha huquqshunos va boshqa kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa soha mutaxassislarining huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha shartnoma asosida oʻqishlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqshunoslik sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqshunos kadrlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tavsiyalar ishlab chiqish va taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Markazning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Markaz quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz professor-oʻqituvchilari oʻquv-uslubiy va ilmiy faoliyati boʻyicha vaqt meʼyorlarini, shuningdek, ular uchun cheklangan oʻquv yuklamasini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda mustaqil belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga shartnoma asosida (shu jumladan, soatbay haq toʻlash asosida) oʻqituvchi va amaliyot xodimlari (ekspertlar)ni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vazirlik, idoralar va boshqa tashkilotlardan statistikaga oid maʼlumotlar hamda zarur materiallarni olish uchun murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-uslubiy ishlarni belgilangan tartibda tashkil qilish va ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-uslubiy, ilmiy-amaliy va madaniy aloqalarni rivojlantirish, tajriba almashish yuzasidan hamkorlik qilish maqsadida oliy taʼlim muassasalari hamda xorijiy davlatlar muassasalari bilan shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan budjet mablagʻlari hamda oʻz mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda zarur jihoz va anjomlarni sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noshirlik faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi islohotlarning dolzarb muammolari boʻyicha davriy, ilmiy-nazariy va amaliy nashrlar chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayoni hamda oʻquv-uslubiy ishlarga yuqori malakali huquqshunos olimlarni, tajribali amaliyotchi xodimlar va xorijdan mutaxassislarni shartnoma asosida (shu jumladan, soatbay haq toʻlash asosida) jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv dasturlari, darsliklar, oʻquv va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, ilmiy maqolalar toʻplamlarini nashr qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshka manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda oʻquv dasturlarini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash, professor-oʻqituvchilar tarkibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatini rivojlantirish uchun modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamgʻarmasini, ijtimoiy rivojlantirish jamgʻarmasini, moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini, valyuta ajratmalari jamgʻarmasini tashkil qilish. Mazkur mablagʻlar olib qoʻyilishi mumkin emas, ular kelgusida foydalanish uchun yigʻiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro konferensiya, simpozium, seminar va anjumanlarni tashkil qilish hamda ularda ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(11-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Markaz tuzilmasi va boshqaruv organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Markaz tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz filiallari;
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2020-y., 09/20/544/1265-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kafedralar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻlimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buxgalteriya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot resurs markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadrlar boʻyicha katta inspektor.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz direktori, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Markaz tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritishi hamda Markazning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha shtatlar joriy etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Markaz faoliyatiga direktor rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz direktori ikki oʻrinbosarga, jumladan oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosar hamda moliya-iqtisod va xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosar ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Markaz direktori va uning oʻrinbosarlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Markaz direktori oʻz vakolati doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq buyruqlar chiqaradi va ularning bajarilishini taʼminlaydi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor qonunchilik hujjatlari va mazkur Ustavga muvofiq:
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz nomidan ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning huquqlarini himoya qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktor oʻrinbosarlari oʻrtasida Markaz tuzilmasiga muvofiq vazifalarni taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan ajratiladigan mablagʻlar (rivojlantirish jamgʻarmasiga tinglovchilarni oʻqitishdan tushadigan pullik xizmatlar asosidagi mablagʻlar bundan mustasno) uchun xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini oʻrnatilgan tartibda Adliya vazirligiga roʻyhatdan oʻtkazish uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida mutaxassislarni Markazning budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan shartnoma asosida ishga jalb qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xodimlari uchun oylik maosh tizimi va ragʻbatlantirish jamgʻarmasini taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning mol-mulki va mablagʻlarini belgilangan tartibda tasarruf qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalarni imzolaydi, ishonch qogʻozlarni beradi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida Markaz hisob raqamlarini ochadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda modernizatsiya va yangi texnologiyalar jamgʻarmasini va valyuta ajratmalari jamgʻarmasini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markazning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan yuqori malakali professor-oʻqituvchilarga, ilmiy xodimlar va boshqa xodimlarga lavozim maoshining ikki yuz foizigacha miqdorda oylik ustama belgilaydi;
(15-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-dekabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2022-y., 09/22/705/1089-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xodimlarini mukofotlaydi va zarur hollarda ularga nisbatan intizomiy choralar qoʻllaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda ichki mehnat tartibini belgilaydi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq qoʻshimcha taʼtil muddatini belgilaydi;
(15-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilar uzoq vaqt mashgʻulotlarda sababsiz qatnashmagan yoki ichki tartib-qoidalarni buzgan taqdirda, ularni tinglovchilar safidan chiqaradi va bu haqda ularning ish joyiga maʼlumot yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy kengash, konferensiya, simpozium, seminar va anjumanlarda Markaz nomidan qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning Ilmiy kengashi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy tadqiqotchilarni Markazga biriktirish masalalarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(15-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Markaz direktorining oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz kafedralari va filiallari Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va masofadan oʻqitishni tashkil etish boʻlimi, Fan, innovatsiya va taʼlim dasturlarini ishlab chiqish boʻlimi, Oʻquv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish boʻlimi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2020-y., 09/20/544/1265-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayonini tashkil qilishga bevosita rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tinglovchilarni oʻqitish taqsimot-rejalari loyihalarini tayyorlashga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv rejalari, dasturlari va dars jadvallari ishlab chiqilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz professor-oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari tomonidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini yoʻnaltirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning Ilmiy kengashi ish rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Ilmiy kengash muhokamasiga kiritilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlari boʻyicha hisobotlarini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktorning topshirigʻiga koʻra boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

17. Markaz direktorining moliya-iqtisod va xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning Buxgalteriya, Axborot-resurs markazi, Maʼmuriy-xoʻjalik boʻlimi, Buyurtmalar portfeli va marketingni shakllantirish boʻlimi va Tahririy-nashriyot boʻlimi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz bir maromda faoliyat olib borishi uchun uni kerakli asbob uskunalar va jihozlar bilan taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz binolaridan talab darajasida foydalanish, binolarni zarur taʼmirlash va kapital qurilish ishlarini tashkil qiladi hamda ularning bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning xoʻjalik shartnomalari majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi, xoʻjalik faoliyati boʻyicha bank operatsiyalari amalga oshirilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning moliya-xoʻjalik ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktorning topshirigʻiga koʻra boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Markaz kafedralari, boʻlimlari va boshqa tarkibiy tuzilmalari direktor tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida ish olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Markaz faoliyatiga taalluqli muhim masalalarni hal qilish uchun direktor, uning oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari, kasaba uyushma qoʻmitasi raisi, yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda Ilmiy kengash tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ilmiy kengash oʻz faoliyatini Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan Ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizom asosida olib boradi. Ilmiy kengash ishi yillik ish rejasiga muvofiq tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy kengash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish hamda huquqshunos mutaxassislarni zamonaviy texnologiyalar asosida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarini hal qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama qiladi va Markaz nomidan xulosa beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz ilmiy tadqiqotchilarining mavzularini tasdiqlaydi, ularni kafedralarga biriktiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2020-y., 09/20/544/1265-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilarni ilmiy unvonlarga tavsiya qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda Markazning faxriy doktori darajasini beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2020-y., 09/20/544/1265-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz, uning tuzilmalari rahbarlarining hisobotlarini koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Markaz faoliyatini moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Markaz faoliyatini moliyalashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan tashqari adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida pullik oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ilmiy dasturlari roʻyxatiga kiritilgan ilmiy dasturlarni maqsadli moliyalashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari buyurtmasi boʻyicha tanlov asosida bajariladigan ishlar uchun ajratiladigan mablagʻlar;
(21-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(21-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Markazning direktori va uning oʻrinbosarlari, professor-oʻqituvchilariga oliy taʼlim muassasalarida amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlash miqdorlari, qolgan xodimlariga esa Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlari mehnatiga haq toʻlashning amaldagi miqdorlari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Markaz xodimlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun belgilangan martaba darajalari joriy etiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Markaz xodimlarining oldingi ish joyidan berilgan martaba darajalari saqlab qolinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazdagi ish davri martaba darajalarini olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Oʻquv jarayonini tashkil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Markaz taʼlim faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari qoidalari, davlat va jamiyat hayotini modernizatsiyalash, sud-huquq tizimini takomillashtirish, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy sohalardagi islohotlarning yoʻnalishlari va zamonaviy talablari asosida shuningdek, xalqaro standartlar va rivojlangan davlatlarning ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan yurist kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablari asosida amalga oshiradi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Markazning oʻquv dasturlari yurist kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablariga asosan ishlab chiqiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2020-y., 09/20/544/1265-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2020-y., 09/20/544/1265-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Markazga oʻqishga yuboriladigan xodimlar kasbiy yoʻnalishi boʻyicha guruhlarga boʻlingan holda oʻqitiladi, ularning oʻqish vaqti va muddati Markaz bilan kelishilgan holda tayyorlangan hamda tegishliligi boʻyicha buyurtmachi tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadigan taqsimot-rejalarga muvofiq belgilanadi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2020-y., 09/20/544/1265-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqishga yuborilgan xodimlarning Markazga yetib kelishi taqsimot-rejalarga asosan tegishli tashkilotlar tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Markazda tinglovchilarni oʻqitish malaka oshirish kurslarida bir oygacha davom ettirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov-shartnoma asosida tinglovchilarni oʻqitish muddati buyurtmachi tashkilot bilan Markaz oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bilimlari sinov imtihoni, malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bilimi esa suhbatdan oʻtish asosidan baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sinov imtihonini yoki suhbatdan oʻtishni tashkil etish va oʻtkazish uchun Yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining buyrugʻi bilan sinov imtihoni komissiyasi tuziladi. Komissiya, qoidaga koʻra, rais va kamida ikki nafar aʼzodan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sinov imtihoni komissiyasi tarkibiga, kelishuv asosida, adliya vazirligi markaziy apparati, Advokatlar palatasi, Notarial palataning xodimlari, boshqa buyurtmachi tashkilotlar hamda oliy taʼlim muassasalari va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari vakillari ham kiritilishi mumkin.
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2020-y., 09/20/544/1265-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tinglovchilar bilan yakuniy sinov imtihoni (suhbat) — ular kasbiy faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hamda malaka oshirish kursi dasturiga asosan oʻtilgan mavzular boʻyicha oʻtkaziladi. Sinov imtihoni (suhbatdan oʻtish) natijalari sinov imtihoni qaydnomasida “sinovdan oʻtdi” yoki “sinovdan oʻtmadi” deb baholanadi hamda komissiya raisi va uning aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuristlar malakasini oshirish markazi oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan barcha talablarni bajargan va sinov imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan (suhbatdan oʻtgan) tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sinov imtihonini topshirmagan (suhbatdan oʻtmagan) tinglovchiga sertifikat berilmaydi. Bu holda tinglovchiga malaka oshirish kursida qatnashganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Oʻqish muddati mobaynida tinglovchilarning asosiy ish joylaridagi oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi. Respublikaning boshqa hududlaridan Markazga oʻqishga kelgan tinglovchilarga bir martalik xizmat safari xarajatlari oʻqishga yoʻllagan tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Markazda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xarajatlari adliya xodimlari uchun davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tinglovchilarni oʻqitish xarajatlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun haq miqdorini mustaqil belgilaydi;
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 706-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 09/21/706/1080-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz va buyurtmachi tashkilotlar, advokatlar va boshqa toifadagi tinglovchilar bilan toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisidagi toʻlov-shartnomalar elektron shaklda tuziladi va vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2020-y., 09/20/544/1265-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Markazning xalqaro aloqalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Markaz huquqshunos kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida xalqaro hamkorlik qilish, xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar tuzish, tegishli xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda oʻzaro manfaatli asosda ilmiy axborotlar almashish ishlarini yoʻlga qoʻyadi shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq xalqaro aloqalarni amalga oshiradi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz tinglovchilar uchun oʻquv jarayonining muayyan qismini va professor-oʻqituvchilarning malaka oshirishi va tajriba orttirishini yetakchi xorijiy ilmiy va oʻquv markazlarida, firmalarda va xalqaro tashkilotlarda mustaqil ravishda tashkil etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Markazda chet el fuqarolarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, Markaz professor-oʻqituvchilari va tinglovchilarining xorijiy davlatlardagi oʻquv va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda tajriba orttirishi xalqaro shartnomalar, davlat organlari oʻrtasida tuzilgan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Markaz faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 531-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Xodimlar soni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi xodimlar tarkibidan tashqari) — 33 nafar, shu jumladan, professor-oʻqituvchilar 16 nafar, boshqaruv xodimlari 17 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Markazni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 531-son qaroriga
3-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida Yuristlar malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 21-iyuldagi 364-son qaroriga kiritilayotgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZGARTIRISHLAR

ikkinchi xatboshidan “sud” soʻzi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 531-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 28-martdagi 87-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2012-yil 12-iyuldagi 212-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 29-son, 330-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 30-dekabrdagi 347-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Ustaviga oʻzgartirish kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)” 2017-yil 31-maydagi 327-son qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/531/3342-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 09.09.2020-y., 09/20/544/1265-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 22.11.2021-y., 09/21/706/1080-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 14.12.2022-y., 09/22/705/1089-son)