04.05.2019 yildagi PQ-4308-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 04.05.2019 yildagi PQ-4308-son
Date of entry into force
04.05.2019
Hujjat 04.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumi ishida ishtirok etish uchun 2019-yil 24 — 27-aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi respublikamizning xalqaro maydondagi obroʻsini mustahkamlashda muhim bosqich boʻldi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Forum davomida ilgari surilgan tashabbuslar jahon hamjamiyati tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlandi va ular milliy iqtisodiyot uchun ustuvor dasturlar va loyihalarni olgʻa surishda Oʻzbekistonga keng istiqbollarni ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Forumdagi ishtirokchi mamlakatlarning hamkorlik aloqalarida uygʻunlikni taʼminlashga qaratilgan ulkan xalqaro platforma boʻlmish “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasidagi alohida qoidalar bilan hamohangdir va sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xoʻjaligi, turizm, taʼlim va boshqa yoʻnalishlardagi oʻzbek-xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini izchil rivojlantirishga hissa qoʻshadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu sohalardagi qoʻshma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yangi transport yoʻlaklarini ochish, mahalliy mahsulotlar eksportini kengaytirish va respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlariga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmini oshirishga yordam beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xitoy Xalq Respublikasi, Belarus Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi rahbarlari va boshqa xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan oʻtkazilgan ikki tomonlama samarali uchrashuvlar tomonlarning juda koʻplab sohalarda oʻzaro manfaatli yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga intilishi ortib borayotganini tasdiqladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar va takliflarni oʻz vaqtida va toʻla hajmda amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumi doirasidagi ikki tomonlama uchrashuvlar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumi ishida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz ijro etilishi ustidan monitoring va nazoratni taʼminlash mexanizmi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu qarorning 2-ilovasiga* kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlari shtatlari sonini 20 nafarga koʻpaytirish hisobiga Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Bosh boshqarma) tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari va Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlar, shu jumladan “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusining ishtirokchi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalda roʻyobga chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlar bilan yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha aniq takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasidagi kelishuvlarning soʻzsiz va sifatli ijro etilishi ustidan doimiy hamda tizimli monitoring va nazoratni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasidagi amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”)ni soʻzsiz amalga oshirish boʻyicha masʼul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlik loyihalarini sifatli tayyorlash va amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlarni taʼminlash maqsadida Pekin shahrida xodimlarning cheklangan soni 7 kishidan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatxonasi (keyingi oʻrinlarda — Vakolatxona) tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatxona tuzilmasi, xarajatlar smetasi, budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtirish manbalari, xodimlar mehnatiga haq toʻlash darajasi (faoliyatning aniq natijalari uchun mukofotlashni hisobga olgan holda) hamda moddiy-texnik taʼminlashni koʻrsatib bergan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hukumat qarori loyihasini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatxonani malakali mutaxassislar bilan butlash hamda uning faoliyat boshlashi bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni hal etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ–4135-son qarorining 2-bandiga 4-ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik istiqbollarini va uni rivojlantirish muammolarini chuqur oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan birgalikda ikki hafta muddatda tegishli ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Masʼul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijro.gov.uz” tizimidan foydalangan holda, tarmoq jadvallarini hamda amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”)ni oʻz vaqtida va sifatli bajarishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”)ning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga hisobot oyidan keyingi har kalendar oyining 3-sanasiga qadar taqdim etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisobot oyidan keyingi har kalendar oyining 7-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasiga mazkur qaror bilan tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”)ning ijrosi boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi hisobot oyidan keyingi har kalendar oyining 10-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatiga mazkur qaror hamda tasdiqlangan amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”) ijrosining tanqidiy tahlilini taqdim etib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligini uning shtatlari soni oshganligini hisobga olgan holda joylashtirishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 4-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4308-son