14.05.2019 yildagi PQ-4320-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 14.05.2019 yildagi PQ-4320-son
Date of entry into force
14.05.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqimizning milliy oʻzligini, qadimiy tarixi va tilini, uning hayot tarzi, anʼana va urf-odatlarini oʻzida mujassam etadigan, umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olingan baxshichilik sanʼati atoqli baxshi-shoirlarimiz, folklorshunos olimlarimizning fidoyi mehnati, ijodiy tafakkuri bilan asrlardan asrlarga oʻtib kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqimizning yuksak badiiy dahosi bilan yaratilgan ushbu noyob sanʼatni asrab-avaylash va rivojlantirish boʻyicha mamlakatimizda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada yurtimizda “Alpomish” dostonining ming yilligi keng nishonlangani, Termiz shahrida bu ulugʻ badiiy obida sharafiga, Samarqand shahrida atoqli baxshilarimiz xotirasiga bagʻishlangan yodgorlik majmualari bunyod etilgani, davlatimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni taʼsis qilinganini qayd etish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bugungi kunda Termiz shahrida baxshichilik maktabi, respublikamizdagi bolalar musiqa va sanʼat maktablarida folklor sinflari faoliyat koʻrsatmoqda. Yurtimizda koʻp tomlik “Qoraqalpoq folklori” toʻplamlari chop etildi, 100 tomlik “Oʻzbek xalq ijodi yodgorliklari” majmuasi nashr etilmoqda. Baxshi-shoirlar tomonidan ijro etilayotgan asarlarni yozib olish, ularni ilmiy oʻrganish ishlari davom etmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaqinda Termiz shahrida ilk bor oʻtkazilgan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali xalqaro miqyosdagi yirik madaniy hodisa sifatida keng eʼtirof etilgani alohida eʼtiborga loyiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni vaqtda hozirgi globallashuv davrida, tijorat vositasiga aylangan “ommaviy madaniyat”, shou-biznesning salbiy taʼsiri tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda folklor sanʼatiga eʼtibor va qiziqish susayib borayotgani, koʻp joylarda unutilib, himoya va muhofazaga muhtoj boʻlib turgani kuzatilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqimiz madaniyatining hayotbaxsh sarchashmasi boʻlgan baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirish, uning milliy madaniyatimiz va sanʼatimizdagi oʻrni va ahamiyatini yuksaltirish, yosh avlodni milliy oʻzlikni anglash, Vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi va Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz shahrida davlat muassasasi shaklida Respublika Baxshichilik sanʼati markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) hamda uning huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baxshichilik sanʼatining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur oʻrganish va mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sohada shakllangan ijodiy maktablarning oʻziga xos ijro uslublari, “ustoz–shogird” anʼanalarini qayta tiklash va rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baxshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, oʻqituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat markazlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari va boshqa taʼlim muassasalari qoshida baxshichilik sanʼati toʻgaraklarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baxshi-shoirlar ijodiga keng yoʻl ochib berish, ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol ishtirokini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baxshichilik sanʼatining sara namunalarini toʻplash va fondini yaratish, ularning audio va video variantlarini koʻpaytirish, bu sohani yurtimizda va dunyoda keng targʻib etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va Internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baxshichilik sanʼati yoʻnalishida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, bu borada oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish, jumladan, turli xalqaro anjumanlar va tanlovlar, konsertlar va mahorat darslarini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy va tashkiliy yoʻnalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan baxshi-shoir, oqin va jirovlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni baxshichilik sanʼatiga oid zarur adabiyotlar, oʻquv qoʻllanmalar va davriy nashrlar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madaniyat va sanʼat muassasalari qoshidagi baxshichilik toʻgaraklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zarur cholgʻular va jihozlar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baxshichilik sanʼati bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqotlar, nashr ishlari hamda kompleks ilmiy ekspeditsiyalarni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baxshichilik sanʼatiga doir homiylikni rivojlantirish, sohaga xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan manbalardan tushadigan mablagʻlarni jamgʻarish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika Baxshichilik sanʼati markazining tarkibiy tuzilmasi 2-ilovaga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika Baxshichilik sanʼati markazi huzuridagi Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashining tarkibi 3-ilovaga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika Baxshichilik sanʼati markazi huzuridagi Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direksiyasi tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga, zarurat boʻlganda, Markaz va Jamgʻarma tuzilmalariga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Markaz va Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari nazarda tutilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Termiz shahridagi baxshichilik maktabi negizida baxshichilik sanʼatiga ixtisoslashtirilgan Respublika maktab-internatini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda baxshichilik sanʼati rivoji uchun zarur boʻlgan musiqa cholgʻulari (doʻmbira, sibizgʻa, chanqovuz, qoʻshnay, gʻajirnay, boʻlamon, qoʻbiz kabilar) ishlab chiqaradigan ustalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ustaxonalar uchun joy ajratish, maxsus yogʻoch va metall mahsulotlari bilan taʼminlash choralarini belgilasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda baxshi-shoir, jirov va oqinlar tomonidan ijro etiladigan asarlar kuylarini notalashtirish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi bilan birgalikda oʻzbek xalqining koʻhna va betakror sanʼati namunasi boʻlgan baxshichilik sanʼatini YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida baxshichilik sanʼati davlat ansambllarini, ushbu sanʼat turi rivojlangan boshqa hududlarda esa viloyat ansambllarini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududlarda bolalar musiqa va sanʼat maktablari qoshida baxshichilik sanʼati sinflarini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Surxondaryo viloyati hokimligi Markaz va Jamgʻarma uchun bino ajratish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda avtotransport vositasi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ustoz baxshilar va dostonchilar, yosh ijrochilar, baxshichilik sanʼati durdonasi hisoblangan mashhur dostonlar haqida koʻrsatuv va eshittirishlar, maqolalar tayyorlash va eʼlon qilib borish hamda mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari F.Sh. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 14-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4320-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4320-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbir nomi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

Respublika Baxshichilik sanʼati markazi, Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasining ustavini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2019-yil
1-iyul

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
tegishli vazirliklar va idoralar

2.

Respublika Baxshichilik sanʼati markazi, Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direksiyasining shtatlarini va muassasalar xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil

1-iyul

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (B. Ashrafxonov),

tegishli vazirliklar va idoralar

3.

Respublika Baxshichilik sanʼati markazi, Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyat yoʻnalishlari va funksiyalarini inobatga olib, xodimlarning lavozim yoʻriqnomasini ishlab chiqish.

2019-yil

1-iyul

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (B. Ashrafxonov),

tegishli vazirliklar va idoralar

4.

Madaniyat va sanʼatga ixtisoslashtirilgan maktablarda baxshichilik sinflari va kurslarini ochish, Oʻzbekiston sanʼat va madaniyat institutida baxshichilik va dostonchilik taʼlim yoʻnalishlarini tashkil etish.

2019-yil
1-sentabr

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),

tegishli vazirliklar
va idoralar

5.

Respublika Baxshichilik sanʼati markazini baxshi-shoirlar tomonidan yaratilgan va ijro etilayotgan doston, terma, aytimlarni sifatli yozib olish va targʻib etish uchun zarur boʻlgan ovoz yozish hamda zamonaviy videotexnika vositalari bilan taʼminlash.

2019-yil

1-dekabr

Mahalliy budjet mablagʻlari
va homiylik xayriyalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Folklor asarlarini audio va video disklarga yozib olish, koʻpaytirish va sotishni yoʻlga qoʻyish.

2019-yil

1-dekabr

Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

tegishli vazirliklar

va idoralar

7.

Baxshichilik sanʼati yoʻnalishida “ustoz-shogird” anʼanalarining saqlanishi va rivojlanishini taʼminlash maqsadida jamoatchilik asosida “Oʻzbekiston baxshilar uyushmasi”ni va uning hududiy boʻlimlarini tashkil etish.

2019-yil
1-avgust

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

tegishli vazirliklar
va idoralar

8.

Baxshichilik sanʼati yoʻnalishida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish orqali chet davlatlar bilan oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish.

2019-2020-yillarda

Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
tegishli vazirliklar va idoralar

9.

Madaniyat markazlarini baxshichilik sanʼatiga doir adabiyotlar bilan taʼminlash.

2019-yil
1-dekabr

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

10.

2019-yili Termiz shahrida oʻtkazilgan I Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali haqidagi kitob-albomni nashrga tayyorlash va chop etish.

2019-yil
1-dekabr

Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Badiiy akademiya
(A.Nuridinov), tegishli vazirliklar va idoralar

11.

Madaniyat va sanʼat muassasalari qoshida baxshichilik sanʼati, folklor sanʼati, dostonchilik, xalfa qoʻshiqlari, shuningdek, chanqovuz, sibizgʻa, qoʻshnay, boʻlamon, qoʻbiz, nogʻora singari qadim cholgʻular sinflari va toʻgaraklarini bosqichma-bosqich tashkil etish.

2019-2020-yillar

Mahalliy budjet va markazlarning oʻz mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Baxshichilik sanʼati yoʻnalishida baxshilar, oqinlar va jirov ijrochilarining respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish.

2020-yildan boshlab ikki yilda bir marta

Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

13.

“Oʻzbekiston baxshilari” kitob-albomining ikkinchi tomini nashrga tayyorlash va chop etish.

2020-yil
1-avgust

Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), tegishli vazirliklar
va idoralar

14.

Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyotini jahonga targʻib etish maqsadida “Xalq ijodiyoti” veb-saytini tashkil etish.

2020-yil
1-mart

Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), tegishli vazirliklar va idoralar

15.

Joylarda baxshichilik yoʻnalishlarida ansambllar tashkil etgan holda, mahallalar, madaniyat markazlari, istirohat bogʻlari, taʼlim muassasalari hamda sanʼat saroylarida “Doston” kechalari va taniqli baxshi-shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish.

Reja-jadval asosida

Homiylik xayriya mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Oʻqituvchilikka jalb etilgan baxshilarning muntazam malakasini oshirib borish.

Reja asosida

Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, madaniyat markazlari mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), tegishli vazirliklar
va idoralar

17.

Baxshilar ijrosidagi dostonlarni izchil toʻplash maqsadida kompleks ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirish.

Reja asosida

Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
tegishli vazirliklar va idoralar

18.

Baxshichilik sohasida shakllangan ijodiy maktablar, “ustoz–shogird” anʼanalarini qayta tiklash va rivojlantirish.

Doimiy

Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
tegishli vazirliklar va idoralar

19.

Baxshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, oʻqituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini har tomonlama ragʻbatlantirish.

Doimiy

Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (B. Ashrafxonov),
tegishli vazirliklar va idoralar

20.

Hozirga qadar 15 tomi bosmadan chiqqan, jami 100 tomdan iborat etib belgilangan “Oʻzbek xalq ijodi yodgorliklari” majmuasini 2030-yilgacha toʻliq nashrdan chiqarish.

2019 — 2030-yillar

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

21.

Baxshi-shoirlar ijodiga keng yoʻl ochib berish maqsadida ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol ishtirokini taʼminlash.

Doimiy

Tashabbuskor mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
tegishli vazirliklar va idoralar

22.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali baxshichilik sanʼatini keng targʻib etish.

Doimiy

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish hamda Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), tegishli vazirliklar va idoralar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4320-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika Baxshichilik sanʼati markazining tarkibiy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosh direktor

Badiiy kengash



Bosh direktorning ijodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari

Bosh administrator

Bosh hisobchi


Xalqaro aloqalarni rivojlantirish boʻlimi

2

Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis


“Ustoz-shogird” maktabi boʻlimi

6


Baxshichilik sanʼati tarixiy ekspozitsiyasi boʻlimi

2

Yuriskonsult


Baxshichilik cholgʻu asboblarini ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻlimi

2


Xoʻjalik mudiri


Baxshichilik sanʼatini

ilmiy rivojlantirish boʻlimi

3


AKT va matbuot xizmati xodimi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 23 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4320-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika Baxshichilik sanʼati markazi huzuridagi Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

B.S. Sayfullayev

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, Kengash raisi

lavozimiga koʻra

Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisining oʻrinbosari

I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

R.A. Usmanov

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

M.M. Hojimatov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari

T.A. Bobolov

Surxondaryo viloyati hokimi

I.J. Yuldashev

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori

A. Mansurov

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi prorektori

lavozimiga koʻra

Respublika Baxshichilik sanʼati markazi huzuridagi Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasining ijrochi direktori, Kengash kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4320-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika Baxshichilik sanʼati markazi huzuridagi Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi ijrochi direksiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Respublika Baxshichilik sanʼati markazi huzuridagi Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashi


Jamgʻarmaning ijrochi direktori



Ijrochi direktor oʻrinbosari

Moliya boʻlimi

4


Dasturlarni amalga oshirish va strategik

rivojlanish boshqarmasi boshligʻi

Buxgalteriya

2


Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish boʻlimi

5

Kadrlar boʻyicha bosh mutaxassis


Marketing va kommunikatsiyalar boʻlimi

5

Yuridik byuro

2


Matbuot kotibi

Axborot texnologiyalari boʻyicha bosh mutaxassis

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 24 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.