17.06.2019 yildagi PQ-4358-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 17.06.2019 yildagi PQ-4358-son
Date of entry into force
19.06.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019 — 2023-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida talab yuqori boʻlgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻz faoliyati davrida taʼlim va ilm-fanni rivojlantirishga, shuningdek, respublika iqtisodiyotining turli tarmoqlari, ijtimoiy va maʼnaviy sohalari uchun kadrlar tayyorlashga salmoqli hissa qoʻshdi. Oʻtgan davrda 100 nafardan ortiq akademik va 2,5 ming nafar fan doktorlari va nomzodlari tayyorlandi. T. Sarimsoqov, S. Sirojiddinov, M. Salohiddinovning matematiklar, J. Musayevning biokimyogarlar, H. Abdullayev, T. Dolimovning geologlar maktablari keng eʼtirof etildi. Oʻzbekiston Qahramonlari A. Oripov, E. Vohidov, O. Sharafiddinov va S. Gʻaniyeva universitetda taʼlim-tarbiya oldilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv jarayoni zamonaviy talablar hisobga olingan holda mutaxassislar tayyorlashning, shuningdek, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari bilan yangilandi. Oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlashning yangi ikki bosqichli tizimi joriy etildi. Soʻnggi 10 yilda turli yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha 26 mingdan ortiq malakali bitiruvchilar universitet diplomini oldilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hozirgi vaqtda 114 ta, shu jumladan 18 ta xalqaro ilmiy va ilmiy-taʼlim loyihalari amalga oshirilmoqda, ularda universitetning 50,0 foizdan ortiq oʻqituvchilari ishtirok etmoqda. 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab “geodeziya va geoinformatika” yoʻnalishi boʻyicha Qozon federal universiteti (Rossiya Federatsiyasi) va “kompyuter fanlari”, “muhandislik matematikasi”, “texnologik menejment” yoʻnalishlari boʻyicha Xolon texnologiyalar instituti (Isroil) bilan qoʻshma taʼlim dasturlari amalga oshirilmoqda. Jahonning yetakchi universitetlarida 226 nafar oʻqituvchi va doktorantlarning tajriba orttirishi, malaka oshirishi va ilmiy tadqiqotlar olib borishi taʼminlanmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitetning moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash va mustahkamlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. 2 ta yangi fakultet ochildi, yangi laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan oʻquv-laboratoriya korpuslari rekonstruksiya qilindi. Professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga haq toʻlash 2,5 baravar oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tomonidan koʻrilayotgan har tomonlama yordam va qoʻllab-quvvatlash universitet faoliyatida faqat “... ijodiy va tizimli fikrlaydigan, nostandart qarorlar qabul qilishga qodir boʻlgan, mamlakat manfaatini hamma narsadan ustun qoʻyadigan yuqori malakali mutaxassislar...” tayyorlashgagina emas, balki qobiliyatli va isteʼdodli talaba yoshlarning tarbiyasiga ham soʻzsiz koʻmaklashmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bugungi kunda universitet talabalarining 73,0 foizini Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublikaning barcha 12 viloyatlaridan kelgan talabalar tashkil etadi. Ular orasida Zulfiya nomidagi mukofot sohibalari, nomli stipendiatlar, fanlar boʻyicha xalqaro va respublika olimpiadalari sovrindorlari, sport turlari boʻyicha jahon va Osiyo chempionatlari gʻoliblari bor. S.Sirojiddinov nomidagi akademik litsey bitiruvchilarining 87,0 foizidan ortigʻi respublika oliy taʼlim muassasalariga muvaffaqiyatli kirdilar va oʻqishni davom ettirmoqdalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga tanqidiy va har tomonlama tahlillarda yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy va koʻpqirrali inson kapitalini rivojlantirish sohasida jiddiy toʻgʻonoq va toʻsiq boʻlayotgan kompleks kamchiliklar va muammolar aniqlandi. Keyingi yillarda universitetning Milliy universitet maqomiga munosib boʻlish uchun amaliy va samarali chora-tadbirlar taʼminlanmadi. Shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan — har bir fakultet va kafedra boʻyicha taʼlimning yoʻnalishlari va mutaxassisliklari tarkibi, shuningdek, qabul kvotalari real ehtiyojdan ancha orqada qolmoqda, koʻpincha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga, mehnat bozori va kadrlarning buyurtmachilari ehtiyojlariga mos kelmaydi. Bitiruvchilarning ishga joylashtirilishi hamma vaqt ham egallangan mutaxassislikka muvofiq emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan — taʼlim jarayoniga, shu jumladan sinovdan oʻtgan va xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish darajasi past. Taʼlim jarayonini oʻquv-metodik taʼminlash va uning mazmuni iqtisodiyot tarmoqlarining innovatsion va texnologik rivojlanishidan orqada qolmoqda, talabalarning nazariy va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish samarali emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchidan — universitetni, shu jumladan oʻquv-tarbiyaviy va ilmiy jarayonni samarali boshqarishni taʼminlash uchun kadrlar zaxirasini tayyorlashning aniq ifodalangan tizimi mavjud emas. Ayrim pedagog kadrlarning kasbiy mahorati darajasi yetarli emasligi, malaka oshirish kurslarining, pedagog va ilmiy xodimlar stajirovkasining samarasizligi, magistrantlar va dissertantlarning rahbarlari va maslahatchilarini tayinlashda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari salohiyatini sust jalb etish, turli dasturlar, shu jumladan chet elda magistratura boʻyicha kadrlar tayyorlashning tizimsizligi saqlanib qolmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchidan — universitet oʻqituvchilarining atigi 59,0 foizi ilmiy darajaga ega, fan doktorlarining oʻrtacha yoshi 61 yoshni, fan nomzodlarining oʻrtacha yoshi — 54 yoshni tashkil etmoqda. Universitet nufuzli xalqaro agentliklar reytingiga kirmaydi, olimlarning ilmiy maqolalaridan xalqaro iqtibos keltirish darajasi pastligicha qolmoqda, talabalar maʼlum bir qismining ilm-fanga intilishi va qiziqishi juda sust ekanligi kuzatilmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchidan — universitet axborot tizimining mazmuni, unumdorligi va sifati, shuningdek, IT mutaxassislarning oʻz ishini bilishi past darajada qolmoqda. Yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyati yoʻq, universitet hududining atigi 7,0 foizida Internetga, shu jumladan xorijiy axborot taʼlim resurslariga simsiz ulanish mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchidan — yetakchi xorijiy ixtisoslashgan ilmiy markazlar bilan, ayniqsa ilmiy stajirovkalar asosida yaqin sheriklik munosabatlarini oʻrnatish ishlari zarur tarzda amalga oshirilmayapti, universitetning oʻquv va ilmiy faoliyatiga jalb etilgan xorijiy professorlar va oʻqituvchilar soni yetarli emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchidan — oʻtkazilgan sotsiologik tadqiqotlar yigitlar va qizlar, shuningdek, yosh pedagoglar bilan olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni aniq mazmun bilan toʻldirish, ularda bilimga intilishnigina emas, balki insonparvarlikning milliy anʼanalariga sodiqlik va yuksak maʼnaviyatni tarbiyalash, yot gʻoyalar va mafkuralarga nisbatan tanqidiy tafakkur va immunitetni mustahkamlash zarurligini koʻrsatmoqda. Rektorat, fakultetlar va kafedralarning koʻpchilik rahbarlari ushbu muhim ishdan oʻzlarini chetga olishgan, ularning talabalar turar joylarida yoshlar bilan uchrashuvlari soni juda kam. Dam olish, koʻplab tadbirlarning, shu jumladan madaniy-ommaviy va sport tadbirlarining darajasi pastligicha qolmoqda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchidan — ayrim fakultetlar, akademik litsey, sport inshootlari va talabalarning dala amaliyotlari oʻtadigan joylarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun amaliy chora-tadbirlar koʻrilmayapti. Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida zamonaviy asbob-uskunalar yetishmaydi. Talabalar yashash joylarida oʻrinlar taqchilligi mavjud, shuningdek, universitet xodimlari va chet eldan taklif qilinadigan mutaxassislar uchun turar joy yetarli emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchidan — universitetni rivojlantirishda oliy taʼlim muassasalari menejmentining zamonaviy usullar va ilgʻor amaliyotga asoslangan aniq ifodalangan strategiyasi mavjud emas. Moliyalashtirish tizimini qayta koʻrib chiqish va optimallashtirish, shuningdek, mablagʻlardan, eng avvalo budjet mablagʻlaridan oqilona va samarali foydalanishning shaffof mexanizmlarini joriy etish talab qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻninchidan — dekanatlar va kafedralar rahbarlari, shuningdek, professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnati samaradorligini baholashning va keyinchalik ularni moddiy ragʻbatlantirishning reyting tizimi joriy etilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar va muammolar Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (A.R. Marahimov) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I.U. Madjidov) rahbariyatida talabchanlik, maqsadga yoʻnaltirilganlik va yuqori malakali, yangicha fikrlaydigan kadrlar tayyorlashning xalqaro standartlariga javob beradigan zamonaviy shakllari va usullarini izlash, yaratish va faol joriy etish, oliy taʼlim ilm-fanining ulkan salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining jadal rivojlanishiga faol ulush qoʻshishga tayyor va qodir boʻlgan munosib talaba yoshlarni har tomonlama tayyorlash boʻyicha shaxsiy tashabbus mavjud emasligining toʻgʻridan-toʻgʻri oqibati hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fundamental va gumanitar fanlar sohasida xalqaro standartlarga muvofiq talab yuqori boʻlgan malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, oliy taʼlim ilm-fanini jadal rivojlantirish, istiqbolli va yuqori texnologik yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy salohiyatdan samarali foydalanish, kadrlarning kasbiy darajasi va pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borish, talaba yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashni kuchaytirish, shuningdek, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetini kompleks rivojlantirishni taʼminlash boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Rektor A.R. Marahimov va uning oʻrinbosarlari D.X. Jumabayev, A.S. Toʻrayev, V.A. Ibodullayev, N.N. Qodirov universitetning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan samarali menejmentni taʼminlash boʻyicha jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi, joriy, oʻrta muddatli va istiqbolli vazifalar tizimli tahlil qilinmaganligi, eʼtirof etilgan xalqaro talablar va standartlar darajasida zamonaviy taʼlim, shu jumladan innovatsion dasturlar va samarali ilmiy-tadqiqot ishlari joriy etilishini taʼminlash yuzasidan boshqaruv boʻgʻinining rahbar kadrlari va professor-oʻqituvchilar tarkibiga nisbatan talabchanlikning sustligi, shuningdek, universitetning mamlakatimiz universitetlari va yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari orasida reytingi oshishi uchun shaxsan javobgar ekanligi toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov, uning oʻrinbosarlari — K.A. Sharipov, U.Sh. Begimqulov, S.M. Buzrukxonov, vazirlik hayʼati va markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining eʼtibori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-son qarorida belgilab berilgan asosiy yoʻnalishlarni, ustuvor vazifalarni amalga oshirish va maqsadli koʻrsatkichlarga erishish hamda mamlakatda oliy taʼlimning matematika, tabiiy-ilmiy va gumanitar yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash boʻyicha bazaviy universitet sifatida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetini kompleks rivojlantirish boʻyicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi yuzasidan ular tomonidan nazorat, taʼsirchan muvofiqlashtirish mavjud emasligiga hamda koʻrilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi pastligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bosh vazirning oʻrinbosari A.A. Abduxakimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi A.A. Abduvaxitov bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-iyulga qadar — 2015 — 2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillar davrida respublikada oliy taʼlimni rivojlantirish tizimi boʻyicha ustuvor vazifalar, talablar va chora-tadbirlar amalga oshirilishi samaradorligini puxta va har tomonlama tahlil qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-avgustga qadar — tanqidiy tahlil qilish asosida: birinchi — oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini va moliyalashtirish holatini mustahkamlashning muhim yoʻnalishlari boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlarning natijadorligi; ikkinchi — tasdiqlangan kompleks dasturlarga (chora-tadbirlarga) optimal tuzatishlar kiritish; va uchinchi — tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ularga yuklangan maqsadli vazifalarni amalga oshirishda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan rahbarlarining shaxsiy javobgarligi choralari boʻyicha aniq takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan mansabdor shaxslar hamda vazirliklar, idoralar va hokimliklar rahbarlarining alohida eʼtibori Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida 2019-yil 24-mayda oliy taʼlim muassasalari rektorlari va respublika ilmiy jamoatchiligi bilan uchrashuvda belgilangan talablar va ustuvor vazifalar oʻz vaqtida, soʻzsiz va toʻliq hajmda bajarilishi zarurligiga qaratilsin. Ushbu maqsadlarda berilgan topshiriqlar bajarilishini va oldinga qoʻyilgan maqsadlarga erishilishini taʼminlaydigan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilsin, tasdiqlansin va amalga oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Koʻp qirrali va ustuvor vazifalarni — “... inson kapitalini har tomonlama rivojlantirish, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining intellektual, ilmiy va iqtisodiy qudratini, shuningdek, ravnaqi va mustaqilligini taʼminlashga qodir boʻlgan xalqaro standartlar darajasida mutaxassislarni tayyorlash uchun zarur va qulay shart-sharoitlar yaratish...” boʻyicha kompleks aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, uning fakultetlari, ixtisoslashtirilgan kafedralari va boshqa kafedralari, ilmiy-tadqiqot institutlari, akademik litsey rahbariyatining, butun professor-oʻqituvchilar tarkibi va talaba yoshlarining asosiy maqsadi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 2019 — 2023-yillarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetini kompleks rivojlantirish dasturi ishlab chiqilishini taʼminlash maqsadida universitet rektorati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha rahbarlarining — kadrlar buyurtmachilarining, Toshkent shahar hokimligining talab yuqori boʻlgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va universitetning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, uning Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlimi bayroqdori sifatidagi maqomini tiklashning mustahkam asosi, amaliy mexanizmi va kafolati boʻlishga qaratilgan 9 ta maqsadli dasturni birgalikda ishlab chiqish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin. Quyidagi maqsadli dasturlarni ishlab chiqishning asosiy yoʻnalishlari 1 — 9-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-komponent — “Hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari, ilm-fan va ijtimoiy sohani rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olgan holda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, kadrlar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, talabalarning ishlab chiqarish va boshqa korxonalarda amaliyotini tashkil qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-komponent — “Eng yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy qilishning xalqaro amaliyotiga muvofiq taʼlim jarayonini rejalashtirish, chuqurlashtirish va sifatini yaxshilashni tashkil etishni takomillashtirish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-komponent — “Rektorat, fakultetlar, kafedralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va akademik litsey rahbar kadrlari va professor-oʻqituvchilarini tanlash va tayinlash, ularning kasb darajasi va pedagogik mahoratini oshirish tizimini takomillashtirish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-komponent — “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, universitetda olib boriladigan tadqiqotlarni ishlab chiqarish, akademik ilm-fan ehtiyojlari bilan integratsiyalash, oʻqituvchilar ilmiy ishining natijadorligini taʼminlash, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-komponent — “Taʼlim, ilmiy va maʼmuriy faoliyatning yagona axborot makonini yaratish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini jihozlash, kontent bilan toʻldirish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-komponent — “Yetakchi xorijiy universitetlar bilan xalqaro hamkorlikni, sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, taʼlim faoliyatiga xorijiy mutaxassislar va oʻqituvchilarni jalb qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-komponent — “Tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish, talabalarga yuksak axloqiy va maʼnaviy-maʼrifiy fazilatlarni sindirish, yot gʻoya va mafkuralarga nisbatan immunitetni mustahkamlash, talabalarning sogʻlom turmush tarzi va dam olishini tashkil qilish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-komponent — “Moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilish va mustahkamlash, laboratoriyalarni zamonaviy oʻquv-ilmiy uskunalar bilan jihozlash, ijtimoiy-sport infratuzilmasini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-komponent — “Universitet faoliyatini samarali moliyalashtirish, xarajatlarni optimallashtirish va bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Universitet, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralarning tegishli normativ hujjatlar va amaliy chora-tadbirlarni oʻz vaqtida tayyorlash, ularni puxta iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish ishlari muvofiqlashtirilishini taʼminlash, shuningdek, belgilangan muddatlarda maqsadli dasturlarni shakllantirish uchun 10-ilovaga muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi guruh tashkil etilsin. Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov bir hafta muddatda ushbu qarorga 1 — 9-ilovalar boʻyicha ishchi guruhlar tarkiblarini va maqsadli dasturlarni amalga oshirishning bosqichma-bosqich jadvalini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. MDH mamlakatlari va xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida, shu jumladan M. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida sinovdan oʻtgan tajribani oʻrganishni hisobga olgan holda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab fakultetlar va kafedralar, ilmiy-tadqiqot institutlarining laboratoriyalari boʻyicha, akademik litseyda va umuman, universitetda rahbarlar hamda professor-oʻqituvchilar tarkibi faoliyatining samaradorligini tasdiqlangan maqsadli dasturlar boʻyicha reyting baholash tizimi joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— 2019-yil 1-avgustga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusini barcha kurslarda va universitetning tarkibiy boʻlinmalarida amalga oshirish tartibini va chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabalar, ayniqsa, talabalar turar joylarida yashaydigan va yashamaydigan talabalar bilan muntazam asosda faol muloqot olib borish amaliyotini joriy etish, ularning talab va ehtiyojlarini tizimli ravishda oʻrganish, talaba yoshlarning oʻquv, ilmiy va maʼnaviy hayotidagi muammoli masalalarni bartaraf etish boʻyicha aniq choralar koʻrish universitet rektori va prorektorlarining, dekanatlar hamda kafedralar rahbarlarining, barcha professor-oʻqituvchilar tarkibining ustuvor vazifasi etib belgilansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— 2019-yil 1-sentabrga qadar — reyting baholash tizimini joriy qilishda asos boʻladigan indikatorlarni (koʻrsatkichlarni);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— 2019-yil 1-oktabrga qadar — yuqorida qayd etilgan indikatorlar (koʻrsatkichlar) asosida tarkibiy boʻlinmalar va umuman universitet faoliyatining samaradorligi hamda natijadorligini reyting baholash tizimini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va professor-oʻqituvchilari tarkibining bilimi va malakasi, kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish tizimini tubdan yaxshilash, ularning ayrimlari orasidagi salbiy illatlar namoyon boʻlishining oldini olish va ularga barham berish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti rektorati hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining muhim vazifasi etib belgilansin. Shu maqsadlarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-sentabrga qadar — universitetning tarkibiy boʻlinmalarida kadrlarning samarali zaxirasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-oktabrga qadar — boshqaruv boʻgʻini xodimlarini, shuningdek, universitet barcha boʻlinmalarining professor-oʻqituvchilarini belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-noyabrga qadar — universitet rahbarlari va professor-oʻqituvchilarining “El-yurt umidi” jamgʻarmasi yoʻnalishi boʻyicha va moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobiga reyting darajasi yuqori boʻlgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-texnik markazlarda, shuningdek, mamlakatimiz korxonalarida, respublika Fanlar akademiyasi tizimidagi tashkilotlar va boʻlinmalarda 6 oy muddatga stajirovkasini tashkil etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab rektorat tuzilmasiga respublika oliy taʼlim muassasalari uchun taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish metodologiyasini muvofiqlashtirishning oʻquv-metodik va ilmiy patronaj boʻyicha bazaviy oliy taʼlim muassasasi sifatida universitetning oʻquv-metodik taʼminlash va taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha prorektori lavozimi kiritilsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitet rektorati, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab — muhandislik matematikasi, kompyuter fanlari va texnologik menejment yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston-Isroil fakultetini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab va keyingi yillarda — “Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar”, “Biofizika va muhandislik tadqiqotlari”, “Fundamental tibbiyot va biokimyo” fakultetlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitet rektori A.R. Marahimov 10 kun muddatda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 11-ilovadan kelib chiqib universitet rektorati, dekanatlari, kafedralari va boshqa tarkibiy boʻlinmalarining shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Intellektual-dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazini tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. S.H. Sirojiddinov nomidagi akademik litsey “tabiiy va aniq fanlar”ga ixtisoslashtirilgan S.H. Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyi etib qayta tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda S.H. Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyining keyingi samarali faoliyati toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflarni, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilarni qabul qilish va keyinchalik ularni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining tegishli fakultetlariga toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab S.H. Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyini S. Sirojiddinov nomidagi respublika gimnaziyasiga aylantirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Universitet faoliyatini moliyalashtirishning quyidagi manbalari belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi orqali ajratiladigan hamda ustav faoliyatiga muvofiq Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining joriy xarajatlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan respublika budjet mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi alohida shaxsiy hisobvaraqqa tushadigan va ustav faoliyatiga muvofiq Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining joriy xarajatlarini moliyalashtirishga va kapital xarajatlarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan kontraktlar boʻyicha toʻlov mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi hisobvaraqqa tushadigan va grant smetasiga muvofiq xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan grant mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi hisobvaraqqa tushadigan va shartnomaviy ishlar bajarilishini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan xoʻjalik shartnomasi (yoki boshqa yoʻnalish) boʻyicha mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) sohaga kirmaydigan faoliyatdan olinadigan va universitetning joriy xarajatlariga yoʻnaltiriladigan boshqa tushumlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida Universitetni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilganligi va xoʻjalik shartnomalari, pulli kurslar, homiylik ajratmalari, binolarni ijaraga berish, bosmaxona faoliyati va boshqa faoliyatdan tushadigan mablagʻlar uning manbai hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra Rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari faqat quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy-texnik bazani mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditor qarzdorlikni qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar va professor-oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-avgustga qadar Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Homiylik kengashini tajriba tariqasida tashkil qilishni, uning shaxsiy tarkibini tasdiqlashni, vakolatlarini, qarorlar qabul qilish va ijro etish mexanizmlarini belgilashni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov, A.A. Abduxakimov, T.K. Narbayeva, vazirliklar va idoralar rahbarlari, Toshkent shahar hokimi D.A. Ortiqxoʻjayev 2019-yil 24-mayda oliy taʼlim muassasalari rektorlari va ilmiy jamoatchilik bilan oʻtkazilgan uchrashuvda belgilangan topshiriqlar oʻz vaqtida va puxta ishlab chiqilishini taʼminlasinlar. Jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-iyulga qadar — Toshkent shahri Olmazor tumanidagi talabalar shaharchasi hududida, xususan, universitet professor-oʻqituvchilari va yosh tadqiqotchilari uchun 6 ta zamonaviy koʻp qavatli uylar, universal sport majmuasi, “Yoshlar bogʻi”, “wi-fi” zona va boshqa obyektlarni qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-yanvarga qadar — universitetning biologiya fakulteti uchun Vivariy va oranjereya binolarini qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-yanvarga qadar — universitetning Chorvoq oʻquv-amaliy markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uni zamonaviy gidrometeorologik asboblar bilan jihozlash boʻyicha takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aniq va tabiiy fanlar fakultetlarining oʻquv-ilmiy laboratoriyalarini jihozlash maqsadida universitetga 6,0 mln AQSH dollari ajratilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi taʼlim va ilm-fan sohasidagi barcha davlat tashkilotlarida ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan xodimlarning oylik ish haqiga 2019-yil 1-sentabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga — fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) darajasiga (yoki xorijiy mamlakatlarning ularga tenglashtirilgan darajasiga) ega boʻlgan xodimlarga 30,0 foizgacha, fan doktori (Doctor of Science) darajasiga (yoki xorijiy mamlakatlarning ularga tenglashtirilgan darajasiga) ega boʻlgan xodimlarga 60,0 foizgacha qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, qoʻshimcha haq har bir xodimning ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga qoʻshgan aniq hissasini hisobga olgan holda tarkibiy boʻlinma rahbarining taqdimnomasi asosida va muassasa (tashkilot) kollegial organining qaroriga koʻra toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimida tayyorgarlik bosqichi sifatida 2020-yil 1-yanvardan boshlab stajyor-tadqiqotchilar institutini joriy etish haqida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov ushbu qarorning 13-14-bandlarida qayd etilgan manbalarni va xalqaro grantlarni hisobga olgan holda ushbu qarorda nazarda tutilgan topshiriqlar va chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar ajratish yuzasidan, keyinchalik asoslangan takliflar kiritish uchun ularning moliyaviy jihatdan puxta ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov va Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori A.R. Marahimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qabul qilingan chora-tadbirlar natijadorligi toʻgʻrisida 2019-yil 1-avgustda va 1-oktabrda, 2020-yil 10-yanvarda axborot berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 17-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4358-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PQ-4358-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yoʻnalishlari (1-komponent) “Hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari, ilm-fan va ijtimoiy sohani rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olgan holda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, kadrlar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish, talabalarning ishlab chiqarish va boshqa korxonalarda amaliyotini tashkil qilish”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maqsadli dasturni ishlab chiqish muddati — 2019-yil 1-oktabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddati*

Masʼullar:

— universitetdan;

— OOʻMTVdan

— vazirlik va

idoralardan

1.

Oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashning maqsadli parametrlarini shakllantirish. Buning uchun: mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari, fan va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish ehtiyojlarini oʻrganish, shuningdek, xorijiy oliy taʼlim muassasalari (shu jumladan, MDU, SPbDU) tajribasini oʻrganish asosida kadrlar tayyorlashning maqsadli parametrlarini;



Talab etilmaydi



2020-yil

1-fevral

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov),

bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari (E. Muxitdinov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari (B. Usmanov)

tarmoqlarni modernizatsiyalash va har bir mintaqani kompleks rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan dasturlar bilan bogʻliq holda mamlakat iqtisodiyotining joriy va istiqboldagi ehtiyojini oʻrganish mexanizmini;

Talab etilmaydi

2020-yil

1-fevral

2019 — 2021-yillarda taʼlim yoʻnalishlari ulushini: tabiiy fanlar sohasida — 44 foizgacha, matematika taʼlimi sohasida — 6 foizgacha, kompyuter texnologiyalari va informatika sohasida — 8 foizgacha, istiqbolda 2023-yilgacha, mos ravishda — 52, 8, 10 foizgacha oshirilishini nazarda tutuvchi parametrlarini;

Universitet mablagʻlari,

Davlat budjeti

2019 — 2023-yillar

boʻsh (vakant) ish oʻrinlari va lavozimlar, shuningdek, mehnat bozori istiqboldagi ehtiyojlarining ochiq axborot bazasini;

Ijrochilarning
oʻz mablagʻlari

2019-yil

1-dekabr

bitiruvchilarni ishga joylashtirish natijalarini hisobga olgan holda ish beruvchi korxonalar, tarmoqlar ITIlari, OʻzR FA institutlari tomonidan qabul kvotalariga buyurtma berish tartibini;

Ijrochilarning
oʻz mablagʻlari

2019-yil

1-dekabr

5 yil davomida “Zoologiya” mutaxassisligi boʻyicha magistraturaga maqsadli qabul kvotalarini oshirish, 2019-yildan boshlab “Gidrologiya” sohasi mutaxassisliklari boʻyicha magistraturaga qabulni tashkil etish choralarini;

Universitet mablagʻlari,

Davlat budjeti

2019 — 2023-yillar

tabiiy, matematika va ishlab chiqarish — texnika magistratura mutaxassisliklari boʻyicha davlat granti asosida qabul kvotalarini oshirish choralarini ishlab chiqish.

Davlat budjeti

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab

2.

Mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish istiqbollari, ehtiyojlar, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlarining, shuningdek, fundamental va amaliy fanlarni rivojlantirishning strategik vazifalarini hisobga olgan holda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov),

OʻzR FA Prezidenti

(B. Yuldashev)

OOʻMTV OʻzR FA va Universitet bilan birgalikda:

oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga oʻzgartirishlar kiritish;

Talab etilmaydi

2019-yil

1-dekabr

ixtisoslashuvlar tarkibini kengaytirishni hisobga olgan holda taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish;

respublika mintaqalari va OʻzR FA tizimi uchun kadrlarni maqsadli tayyorlashni keng qoʻllash;

Jizzax shahrida Universitet filialini tashkil etish, shu jumladan Qozon Federal universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi asoslangan takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Davlat budjeti

2019-yil

1-dekabr

3.

Ish beruvchilarning asoslangan ehtiyojlariga muvofiq aniq malaka bergan holda bakalavriat negizida diplomli mutaxassislar tayyorlash tizimini joriy etish (oʻqish muddati 1 yil (4+1)). Buning uchun:

2020/2021 oʻquv yilidanjoriy etiladigan:

4 yillik bakalavriat negizida diplomli mutaxassis tayyorlash;

amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritishni koʻzda tutuvchinormativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.




Talab etilmaydi




2020-yil

1-sentabr

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari (B. Usmanov)

4

Ish beruvchilarning tayyorlanayotgan kadrlar malakasiga boʻlgan talablarini oliy taʼlim muassasasida mutaxassis tayyorlash dasturlari bilan muvofiqligini taʼminlash. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov),

bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari (E. Muxitdinov)

ish beruvchi tashkilotlarning talabalarda amaliy va ishlab chiqarish koʻnikmalarini shakllantirishdagi ishtiroki va masʼuliyatini taʼminlash boʻyicha choralarni;

Talab etilmaydi

2020-yil

mart

Universitet marketing xizmatining mehnat bozorini oʻrganish, tahlil qilish va vaziyatni baholash boʻyicha faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmini;

2020-yil

mart

bitiruvchining taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ish beruvchilar zamonaviy talablariga javob beradigan, mehnat bozorida ehtiyoj boʻlgan zarur bilim, malaka va koʻnikmalarini aks ettiruvchi malaka talablarini (kompetensiyalarini) ishlab chiqish.

2020-yil

mart

5

Korxona va tashkilotlar bazasida talabalar amaliyotini tashkil etish. Buning uchun:

OOʻMTV OʻzR FA va Universitet bilan birgalikda:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari (S. Buzrukxonov),

OʻzR FA Prezidenti

(B. Yuldashev),

moliya vaziri oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov)

Toshkent viloyati hokimi,

Qashqadaryo viloyati hokimi (Z. Roʻziyev)

normativ-huquqiy hujjatlarga magistratura talabalari amaliyotini tegishli ilmiy-tadqiqot institutlarida tashkil etish va oʻtkazishni nazarda tutuvchi tegishli oʻzgartirishlar ishlab chiqsin va kiritsin;

Talab etilmaydi

2019-yil

avgust

viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda talabalarning arxeologik amaliyotini oʻtkazish obyektlarini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqsin;

Talab etilmaydi

2019-yil

iyul

talabalar amaliyotini korxona, tashkilotlar bazasida oʻtkazish, amaliyotni zarur jihoz va texnikalar, transport vositalari, talabalarni yashash sharoitlari bilan taʼminlash sarf-xarajatlarini Universitetning yillik smetasiga kiritsin.

Davlat budjeti,

universitet mablagʻlari

2020-yil

yanvar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* — maqsadli dasturni ishlab chiqish natijalari boʻyicha aniqlik va oʻzgartirishlar kiritiladi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PQ-4358-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yoʻnalishlari (2-komponent) “Eng yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy qilishning xalqaro amaliyotiga muvofiq taʼlim jarayonini rejalashtirish, chuqurlashtirish va sifatini yaxshilashni tashkil etishni takomillashtirish”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maqsadli dasturni ishlab chiqish muddati — 2019-yil 1-oktabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddati*

Masʼullar:

— universitetdan;

— OOʻMTVdan

— vazirlik va idoralardan

1.

Oʻquv reja va fan dasturlarini kadrlar buyurtmachilari talablariga moslashtirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov), oʻquv ishlari boʻyicha

prorektor (D. Djumabayev),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov)

kafedra, fakultet va oliy taʼlim muassasasi kesimida oʻquv-uslubiy jarayon samaradorligini baholash boʻyicha reyting tizimi joriy etiladigan koʻrsatkich va indikatorlar roʻyxatini;

Talab qilinmaydi

2019-yil

avgust

tarmoqlar va mehnat bozori ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari va talablariga muvofiq oʻquv yuklamalari va fan bloklari hajmini optimallashtirish, kompetentlik yondashuvi va amaliy-yoʻnaltirilganlik taʼminlanganini nazarda tutuvchi, shuningdek, kamida 5 yillik davrga joriy etiladigan, xorijiy universitetlar (jumladan, MDU, SPbDU, NDU) tajribalarini oʻrganish asosida yaratiladigan yangi oʻquv reja va dasturlarini;

Universitet

mablagʻlari



Hisob-kitoblar

asosida

Jadval

boʻyicha

oʻquv jarayonini tashkil qilish va rejalashtirish boʻyicha dunyoda tan olingan va ilgʻor kredit-modul tizimlarini batafsil oʻrganishni;

Hisob-kitoblar

asosida

2020-yil

mart

taʼlim mazmunini shakllantirishning mahalliy va xorijiy tajribasini, yagona taʼlim maydoniga integratsiyalash, kredit-modul tizimiga oʻtgan universitetlar faoliyatidagi ustuvor omillarni har tomonlama oʻrganishni nazarda tutadigan oʻquv jarayonini tashkil qilishning kredit-modul tizimini joriy etish boʻyicha tartib va nizomni ishlab chiqish;

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab ikkita fakultetda, 2021/2022 oʻquv yilidan esa butun universitet boʻyicha kredit-modul tizimini joriy etish.

2020-yil

I yarmi

2021-yil

I yarmi

2.

Taʼlimning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov), oʻquv ishlari boʻyicha

prorektor (D. Djumabayev),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov)

pedagogik texnologiyalar boʻyicha ilmiy kengash haqidagi nizomni;

Talab qilinmaydi

2019-yil

dekabr

yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari (kamida uchta) tajribalarini oʻrganish va ularni oʻquv jarayoniga tatbiq etish borasidagi takliflarni inobatga olgan holda oʻqituvchilar tomonidan yangi pedagogik texnologiyalar muhokamasi va muntazam taqdimotlarini olib borish monitoringi tartibini;

Talab qilinmaydi

maqbul indikator asosida muvaffaqiyatli taʼlim innovatsiyalarini ragʻbatlantirish, shuningdek, zamonaviy taʼlim texnologiyalarini qoʻllamaydigan oʻqituvchilarga tanqidiy baho berib, ularni kelgusida professor-oʻqituvchilar tarkibida olib qolish xulosalarini joriy etadigan mexanizmni ishlab chiqish;

Hisob-kitoblar asosida

pedagogik texnologiyalar boʻyicha ilmiy kengashda ishlab chiqilgan ragʻbatlantirish va tanqidiy baholash mexanizmini joriy etish.

Hisob-kitoblar asosida

2019-yil

dekabr

3.

Magistratura ilmiy-taʼlim jarayonini tashkillashtirishning zamonaviy shakllarini sifatli yangilash va joriy etish.
Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov), oʻquv ishlari boʻyicha

prorektor (D. Djumabayev),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov)

magistrantlarni ilmiy-pedagogik faoliyatga yoʻnaltiradigan kasbiy tayyorlash maqsadida uzoq muddatga moʻljallangan xorijiy universitetlar tajribalarini oʻrganish asosida yaratilgan magistraturaning oʻquv reja
va dasturlarini
;

Universitet mablagʻlari

2019-yil

1-avgust

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab taʼlimning har bir yoʻnalishi boʻyicha magistraturaning yangi oʻquv reja
va dasturlarini;

Talab qilinmaydi

2019-yil

20-avgust

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab bir yillik (ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan) va ikki yillik (ilm-fanga yoʻnaltirilgan) magistrlik dasturlarini joriy qilish tartibini ishlab chiqish;

Talab qilinmaydi

2020-yil

1-iyun

Magistraturaning oʻquv jarayoniga ishlab chiqilgan oʻquv reja va dasturlarini joriy etish.

Talab qilinmaydi

2019-yil

2-sentabr

Universitetda bir yillik (ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan) va ikki yillik (ilm-fanga yoʻnaltirilgan) magistratura dasturlarini joriy qilish.

Talab qilinmaydi

2021-yil

2-sentabr

4.

Oʻqituvchilar oʻquv yuklamalarini optimizatsiyalash. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari

(S. Buzrukxonov),

moliya vazirining oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov),

iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari (B. Usmanov)

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan hamkorlikda oʻquv (auditoriya), uslubiy (oʻquv adabiyotl�rni tayyorlash), ilmiy va murabbiylik (tadqiqot, doktorantlarga rahbarlik, universitetga maktab va litsey oʻquvchilaridan yosh qobiliyat egalarini jalb qilish) yuklamasini oʻqituvchilar yuklamasida teng nisbatda oʻz ichiga oladigan va uni majmuaviy shakllantirish tamoyilini joriy etish hamda oʻqituvchilar va talabalar soni nisbatini belgilash yuzasidan aniq, asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Universitet mablagʻlari


Davlat budjeti

2019-yil

noyabr

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab professor-oʻqituvchilarning pedagogik, ilmiy, oʻquv-uslubiy va murabbiylik faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beruvchi taklif qilingan mexanizmlarni amaliyotga joriy etish.

2020-yil

2-sentabr

5.

Taʼlim jarayoni uchun oʻquv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish va joriy etish hamda axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari

(S. Buzrukxonov),

moliya vazirining oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov)

quv, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni tayyorlash, tahrir qilish va nashrdan chiqarish boʻyicha tartibni ishlab chiqish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

Talab qilinmaydi

2019-yil

1-noyabr

oʻquv, ilmiy, uslubiy adabiyotlar mualliflarini munosib moddiy ragʻbatlantirish va ular uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish;

Universitet mablagʻlari

darslik va oʻquv qoʻllanmalar, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun universitet xarajatlari smetasiga muntazam mablagʻ ajratish.

Davlat budjeti

Oʻquv, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish prognozini inobatga olgan holda, shu jumladan, Universitet bosh (tayanch) muassasa hisoblanuvchi oliy taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlgan oliy taʼlim muassasalarda ishlab chiqilgan tartibni amaliyotga joriy etish.

Davlat budjeti

2021-yildan boshlab doimiy

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* — maqsadli dasturni ishlab chiqish natijalari boʻyicha aniqlik va oʻzgartirishlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PQ-4358-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yoʻnalishlari (3-komponent) “Rektorat, fakultetlar, kafedralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va akademik litsey rahbar kadrlari va professor-oʻqituvchilarini tanlash va tayinlash, ularning kasb darajasi va pedagogik mahoratini oshirish tizimini takomillashtirish”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maqsadli dasturni ishlab chiqish muddati — 2019-yil 1-oktabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddatlari*

Masʼullar:

universitetdan;

OOʻMTVdan

vazirlik va idoralardan

1.

Kadrlar zaxirasini shakllantirish, rahbar xodimlar, professor-oʻqituvchilar tarkibi, ilmiy-tadqiqot muassasalari va akademik litsey direktorlarini tanlash va tayinlash tizimini takomillashtirish.

Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov), adliya vaziri oʻrinbosari (E. Kanyazov),

Davlat boshqaruvi akademiyasi birinchi prorektori (X. Azizov)

xorijiy universitetlar (shu jumladan, MDU, SPbDU, Vestminster universiteti) tajribasini oʻrganish asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi kadrlar zaxirasini shakllantirish, rahbar kadrlar, shuningdek, universitet professor-oʻqituvchilari tarkibi, ilmiy-tadqiqot muassasalari va akademik litsey direktorlarini tanlash, tayyorlash va tayinlash tartibini ishlab chiqish:

Talab etilmaydi

2019-yil

sentabr

rektorat, fakultetlar, kafedralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va akademik litseylar rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilari tarkibini tanlash va tayinlash samaradorligini baholashning reyting tizimini joriy etish va universitet boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli oʻqitish uchun koʻrsatkichlar va indikatorlar tizimini shakllantirish;

Davlat budjeti

prorektorlarni rektorning tavsiyasiga koʻra Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri tomonidan tayinlash;

Talab etilmaydi

universitet tuzilmasiga kiruvchi fakultet dekanlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va akademik litseylar direktorlarini bevosita oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan tayinlash;

Talab etilmaydi

xorijiy tajribani hisobga olgan holda universitet professor-oʻqituvchilarini tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini joriy etish.

Talab etilmaydi

Ilgʻor xorijiy oliy taʼlim muassasalari tajribasini oʻrganish va natijasi asosida oliy taʼlim muassasalari rahbarlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarini aniq taqsimlagan holda oliy taʼlim muassasalari rektorlarini tayyorlash va tayinlashning yangi tizimini yaratish boʻyicha aniq takliflar kiritish.

Talab etilmaydi

2019-yil

sentabr

2.

Pedagog kadrlar sifat tarkibini quyidagilar asosida taʼminlash:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (U. Begimkulov),

innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari (Sh. Rajabboyev),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori (A. Bekmuradov)

ilmiy salohiyatni yilma-yil oshirish, shu jumladan, 2019-yilda 60%gacha, 2020-yilda 62%gacha, 2021-yilda 64%gacha, 2022-yilda 67%gacha, 2023-yilda 70%gacha yetkazish maqsadida universitet doktoranturasiga har yilgi qabul kvotasini koʻpaytirish (10 nafargacha) va xorijiy maqsadli doktoranturaga yuborish (5 nafargacha);

Davlat budjeti,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

2019 — 2023-yillar

har yili magistraturaning iqtidorli bitiruvchilarini tanlash va pedagogik faoliyatga faol jalb qilish, 40-50 nafar yosh mutaxassislarni ishga qabul qilish boʻyicha maqsadli ishlarni amalga oshirish orqali 2023-yilda professor-oʻqituvchilar tarkibi oʻrtacha yoshini 44 yoshgacha tushirishni nazarda tutish.

Talab etilmaydi

2019 — 2023-yillar

3.

Pedagogik faoliyatning sifatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan normativ-metodik bazani yaratish. Buning uchun:

2020/2021 oʻquv yilidan oʻquv jarayoniga tatbiq etishni hisobga olgan holda bakalavriat oʻquv rejalariniishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

optimallashtirish orqali oʻquv fanlari miqdorini 30 tagacha kamaytirish;

har bir oʻqituvchining oʻquv yuklamasini tabaqalashtirgan holda rejalashtirish, shu jumladan uch oygacha boʻlgan ijodiy taʼtil berishda kafedraning mustaqilligini normativ hujjatlarda belgilash;

talabalar bilimini baholashda pedagogning akademik mustaqilligini taʼminlash uchun yetarli sharoitlar yaratish.



Talab etilmaydi



2020-yil
avgust

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov), moliya vaziri oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov), iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari (B. Usmonov)

4.

Fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash orqali pedagoglarning kasbiy malakalarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov), oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (S. Buzrukxonov), moliya vaziri oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov), iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari (B. Usmonov)

yetakchi korxonalar va ilmiy-tadqiqot institutlari bazasida kafedralarning 29 ta filiallarini tashkil etish va har yili 35 foizgacha pedagoglarning stajirovkasini amalga oshirish;

Talab etilmaydi

2020-2021-yillar

2020/2021 oʻquv yilidan soatbay ish haqi fondini
10 foizgacha, 2022/2023 oʻquv yilidan 14 foizgacha oshirish yuzasidan asoslangan takliflarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Davlat budjeti, universitet mablagʻlari

2020-yil
yanvar

5.

Pedagog kadrlarning kasbiy mahorati sifati va darajasini oshirish, pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish, stajirovkadan oʻtishi. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (U. Begimkulov),

Moliya vaziri oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov), Iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari (B. Usmonov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi

direktori (A. Bekmuradov)

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtgan pedagog kadrlar faoliyati natijadorligining monitoringini taʼminlaydigan axborot bazani ishlab chiqish;

Talab etilmaydi

2020-yil
avgust

2020-yildan boshlab rahbar va professor-oʻqituvchilar tarkibi ilmiy faoliyatining, oʻtgan xorijiy stajirovkalarining, malakasini oshirish kurslarining, shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari va respublikaning yetakchi ishlab chiqarish korxonalarida stajirovkalarni kasbiy ehtiyojlar asosida tashkil etishning natijalarini inobatga oladigan malaka oshirishning bilvosita muqobil mexanizmlarini tatbiq etish;

Talab etilmaydi

2020-yil
yanvar

ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda taʼlim jarayoni amaliyotiga quyidagilarni ishlab chiqish va tatbiq etish: videomaʼruzalar va laboratoriya mashgʻulotlarini, masofaviy taʼlim elementlarini tayyorlash; vebinar mashgʻulotlarni oʻtkazish;

Talab etilmaydi

2021-yil
avgust

professor-oʻqituvchilarning stajirovkadan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish;

Talab etilmaydi

2021-yil
sentabr

har yili yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-texnologik markazlarida 20 nafargacha, respublika korxonalarida 25 nafargacha ilmiy va pedagog xodimlarning 6 oygacha boʻlgan muddatli stajirovkasini tashkil etish;

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

Davlat budjeti, universitet mablagʻlari

Har yili

universitet rahbarlari va kafedra mudirlarining yoʻnalishlar kesimida yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarida doimiy ravishda malakasini oshirish.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

Davlat budjeti, universitet mablagʻlari

2019-yil sentabr

jadvalga muvofiq

6.

Yuqori malakali xorijiy olim, pedagog va mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb etish.

Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (S. Buzrukxanov),

moliya vaziri oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari (Yu. Usmanov)

jalb etiladigan xorijiy olim, pedagog va mutaxassislar uchun ijtimoiy-maishiy, ishlab chiqarish va moliyaviy shart-sharoitlar yaratishni inobatga olgan holda chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

Davlat budjeti, universitet mablagʻlari

2019-yil sentabr

2019-2020-yillar

2019-yilda — 25 nafar, 2020-yilda — 50 nafar, 2021-yilda — 75 nafar, 2022-yilda — 100 nafar, 2023-yilda — 125 nafar yuqori malakali xorijiy olim, pedagog va mutaxassislarni taʼlim jarayoniga keng jalb etish.

Davlat budjeti, universitet mablagʻlari

2019 — 2023-yillarda jadval asosida

7.

Har oʻquv yili natijalari boʻyicha universitet professor-oʻqituvchilarining reytingini baholash:

Buning uchun 2018/2019 oʻquv yili yakuni boʻyicha kafedralar oʻqituvchilari reytingini baholash va keyinchalik ularning sifat tarkibini yaxshilashni nazarda tutuvchi pedagogik va boshqaruv kadrlar sifat tarkibini taʼminlash boʻyicha yoʻl xaritasini ishlab chiqish.

Talab etilmaydi

2019-yil sentabr

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* — ishlab chiqilgan maqsadli dastur natijalariga koʻra aniqlanadi va oʻzgartiriladi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PQ-4358-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yoʻnalishlari (4-komponent) “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, universitetda olib boriladigan tadqiqotlarni ishlab chiqarish, akademik ilm-fan ehtiyojlari bilan integratsiyalash, oʻqituvchilar ilmiy ishining natijadorligini taʼminlash, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maqsadli dasturni ishlab chiqish muddati — 2019-yil 1-oktabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddatlari*

Masʼullar:

— universitetdan;

— OOʻMTVdan;

— vazirlik va idoralardan

1.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishning ilmiy va texnikaviy muammolarini hal etishga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy, innovatsion loyihalarini bajarish. Ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini tijoratlashtirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (A. Turayev),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (U. Begimkulov)

kafedra, fakultet va universitet kesimida ilmiy-tadqiqot faoliyatini samaradorligini baholash boʻyicha reyting tizimi joriy etiladigan koʻrsatkich va indikatorlar tizimi;

Talab etilmaydi

2019-yil
dekabr

ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni maqsadli oʻrganish va tahlil qilish dasturi;

Universitet mablagʻlari

2019-yil
sentabr

universitetning ilmiy salohiyati iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishning ilmiy va texnologik muammolarini hal etishga yoʻnaltirilganligini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar;

Universitet mablagʻlari

2019-yil
oktabr

2020-yildan boshlab ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirishdan moliyaviy tushumlar koʻrsatkichi bir oʻqituvchiga 2,0 mln. soʻmdan toʻgʻri kelishi darajasidan har yili 20 foizga oshib borishi boʻyicha dastur;

Universitet mablagʻlari

2019-yil

dekabr

ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi xodimlarining har yili malakasini oshirish dasturi;

Universitet mablagʻlari

2019-yil

oktabr

2019-2020 oʻquv yillaridan boshlab talabalar va yosh olimlar uchun startap-loyihalar tanlovlarini oʻtkazish reja-grafigi.

Universitet mablagʻlari

2019-yil
sentabr

2.

Innovatsion loyihalarini amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqotlar zamonaviy eksperimental infratuzilmasini, oliy taʼlim muassasalararo ilmiy-tadqiqotlar tizimi va sharoitlarini shakllantirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (A. Turayev),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (S. Buzrukxonov),

moliya vaziri oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari (B. Usmanov),

innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari (Sh. Rajabbayev)

geoaxborot tizimlari, sanoat mikrobiologiyasi, biotibbiyot fizikasi, geodeziya va yerni tadqiqot qilish, fizik-kimyoviy tadqiqot usullari, kiberxavfsizlik tadqiqot yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini jihozlash va asbob-uskunalar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash reja-grafigi;

Davlat budjeti, homiylar mablagʻlari

2019-yil
sentabr

iqtisodiyot tarmoqlari va ilm-fanning rivojlanishini tahliliy prognozlash uchun universitetning “forsayt markazini” yaratish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat.

Davlat budjeti, universitet mablagʻlari

2019-yil

iyul

3.

Yoshlarni ilmiy ishlarga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni kadrlar bilan taʼminlash tizimini shakllantirish va amalga oshirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov), ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (A. Turayev),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (U. Begimkulov),

oliy attestatsiya komissiyasi raisi (A. Yusupov)

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Universitet bilan hamkorlikda oʻrnatilgan tartibda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

2023-yilda ilmiy darajali oʻqituvchilarning sonini 70 foizga yetkazish;

2020-yilda oʻz vaqtida himoya qiluvchi ilmiy darajaga daʼvogarlar miqdorini 90 foizgacha yetkazish;

Universitet huzuridagi akademik litseyga iqtidorli yoshlarni tanlash va maqsadli tayyorlashning manzilli-hududiy tizimini joriy etish;

talabalarda innovatsion fikrlash koʻnikmasini shakllantirishga yoʻnaltiradigan oʻqitish usullari va mazmunini taʼminlash, bilimlar va texnologiyalar transferi boʻyicha kompetensiyalarni shakllantirish tizimini joriy etish;

talabalarni ilmiy faoliyatga qiziqtirish va tizimli ragʻbatlantirish;

dissertatsiya ishlari himoyasini oʻz vaqtida himoya qilish uchun sharoit yaratish;

ayol-oʻqituvchilar va ayol-tadqiqotchilar sonini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar.

Universitet mablagʻlari

2019-yil
sentabr

4.

Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning axborot taʼminoti tizimini joriy etish, professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarning nashriy faolligini oshirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (A. Turayev),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (U. Begimkulov)

Universitetning 3 nomdagi ilmiy jurnallarini Digital Commons dasturiy platformasidagi xalqaro ilmiy-texnik axborot bazasida indeksatsiya qilish uchun bosqichma-bosqich tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;

OOʻMTV huzuridagi Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, universitet mablagʻlari

2019-yil

avgust

professor-oʻqituvchilar, doktorant va talabalarning xalqaro ilmiy-texnik axborotlar maʼlumotlar bazasiga kirishini bosqichma-bosqich taʼminlash dasturi;

Universitet mablagʻlari

2019-yil
sentabr

Universitet professor-oʻqituvchilari, doktorant va magistrantlar uchun xalqaro tan olingan nashrlarda chop etish uchun ilmiy maqola yozish va rasmiylashtirish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazish reja-grafigi va oʻquv dasturi;

Universitet mablagʻlari

2019-yil
sentabr

nufuzli xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar chop etgan mualliflarni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida Nizom;

Universitet mablagʻlari

2019-yil
sentabr

2023-yilgacha Universitet tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar va indikatorlar (reytinglardagi oʻrni, taʼlim yoʻnalishlari, fakultetlar, kafedralar, ITI, texnoparklar soni, bilim berish sifati, professor-oʻqituvchilar salohiyati, Xirsh indeksiga ega professor-oʻqituvchilar soni, Scopusdagi ilmiy nashrlar soni va boshqalar).

Universitet mablagʻlari

2019-yil

sentabr

5.

Universitetning jahon ilmiy-taʼlim makonida nufuzi, tanilishi va raqobatbardoshligini oshirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (A. Turayev),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (U. Begimkulov),

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev)

Universitetni xalqaro reytinglarga kiritishga maqsadli tayyorlash uchun Times Nigher Education va QS xalqaro reyting agentliklari bilan hamkorlik bitimi;

OOʻMTV huzuridagi Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, Universitet mablagʻlari

2019-yil
oktabr

Times Nigher Education va QS reyting agentliklari mezonlari boʻyicha Universitet faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisida Nizom;

Talab etilmaydi

2019-yil
oktabr

Universitetni dunyoning 1000 ta eng yaxshi universitetlari roʻyxatiga kiritish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi;

OOʻMTV huzuridagi Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, Universitet mablagʻlari

2019-yil

noyabr

Xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish uchun SciVal xalqaro tahliliy tizimi maʼlumotlari asosida Universitetning yutuqlarini monitoring qilish tartibi (oʻz sohasidagi muayyan tadqiqotchilar yoki tashkilotlarning ilmiy ishlari natijalari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etish);

Universitet mablagʻlari

2019-yil

avgust

Universitet professor-oʻqituvchilarining xalqaro nufuzli konferensiyalarda ishtirokini koʻpaytirish, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikda nashrlar tayyorlash boʻyicha dastur;

Universitet mablagʻlari

2019-yil
noyabr

Universitetni “Universitet 3.0” shakliga oʻtkazilishi boʻyicha chora-tadbirlar rejasi.

Universitet mablagʻlari

2019-yil
noyabr

6.

Universitetni oliy taʼlim muassasalarining flagmaniga aylantirish va kelgusida rivojlantirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (A. Turayev),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (U. Begimkulov),

moliya vaziri oʻrinbosari (B.Ashrafxanov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari (B. Usmanov),
innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari (Sh. Rajabbayev)

Quyidagilarni hisobga olgan holda Universitetning 2024-2030-yillarga moʻljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish:

noyob ilmiy-texnik uskunalardan jamoaviy foydalanadigan ilmiy-oʻquv markazini tashkil etish;

akselerator va texnologiyalar transferi milliy ofisini tashkil etish;

startap-loyihalarni amalga oshirish orqali dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish mahalliy sanoatini rivojlantirish;

ilgʻor va ilmiy hajmdor texnologiyalarni joriy etish uchun texnoparklar va ilmiy ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish;

ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik i texnologik ishlar natijalarni keng joriy etish uchun amaldagi taʼlim, fan va tadbirkorlik integratsiyasi mexanizmini takomillashtirish.

Davlat budjeti,

universitet mablagʻlari

2023-yil
noyabr

7.

Zamonaviy menejmentning mexanizmlarini joriy etgan holda universitetning boshqaruv va ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish tizimini takomillashtirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor (A. Turayev)

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, ilmiy va innovatsiyalar boʻyicha boʻlinmalar tarkibidagi xodimlarning faoliyati samaradorligini baholash koʻrsatkichlari tizimi;

Innovatsion faoliyat menejmentining zamonaviy standartlarini hisobga olgan holda ilmiy ishlar va innovatsiyalar boshqarmalari boʻlinmalari faoliyati toʻgʻrisida Nizom;

faoliyat natijasiga qarab ilmiy ishlar va innovatsiyalar boshqarmalari boʻlinmalari xodimlarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimi;

ilmiy ishlar va innovatsiyalar boshqarish boʻlinmalari xodimlarini yetakchi xorijiy ilmiy va taʼlim markazlarida malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi.

Universitet mablagʻlari

2020-yil
dekabr

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* — maqsadli dasturni ishlab chiqish natijalari boʻyicha aniqlik va oʻzgartirishlar kiritiladi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PQ-4358-son qaroriga
4.1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yoʻnalishlari “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, universitetda olib boriladigan tadqiqotlarni ishlab chiqarish, akademik ilm-fan ehtiyojlari bilan integratsiyalash, oʻqituvchilar ilmiy ishining natijadorligini taʼminlash, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maqsadli dasturni ishlab chiqish muddati 2019-yil 1-oktabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab

chiqish muddati*

Masʼullar:

— universitetdan;

— OOʻMTVdan;

— vazirlik va idoralardan

Maqsadli dasturlarni ishlab chiqishning asosiy yoʻnalishlari (4.1-Komponent)
Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi

1.

Nanotexnologiyalar va nanomaterialshunoslik sohasida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni bajarish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi direktori

(K. Muqimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari (U. Begimkulov),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori (A. Bekmuradov), innovatsion rivojlanish vaziri (I. Abduraxmanov)

nanotexnologiyalar va nanomaterialshunoslikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha dolzarb mavzular bazasini yaratish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritishga takliflarni;

Davlat budjeti

2019-yil
oktabr

Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazining ilmiy-tadqiqot faoliyatini baholashning reyting tizimini joriy qilish uchun koʻrsatkichlar va indikatorlar tizimini;

Talab etilmaydi

2019-yil

dekabr

yetakchi chet el ilmiy markazlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil qilish, tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish boʻyicha ilgʻor chet el tajribasini izchil oʻrganish va tahlil qilish maqsadida xodimlarining stajirovkasi, malaka oshirishini tashkil qilish boʻyicha tadbirlar rejasini;

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari

2020-yil
yanvar

2020-2021 oʻquv yilidan boshlab talabalar va yosh olimlarning startap-loyihalari tanlovini oʻtkazishning reja-grafigini.

Universitet mablagʻlari

2020-yil
oktabr

2.

Markazning zamonaviy infratuzilmasini va innovatsiya loyihalarini bajarish uchun sharoitlar yaratish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

moliya va iqtisodiy masalalar boʻyicha prorektor (V. Ibodullayev),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari (S. Buzrukxonov),

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri (S. Umurzaqov)

Universitetning tegishli binosini Markaz balansiga oʻtkazib berish va uni kapital taʼmirlash boʻyicha amaliy choralar koʻrish;

Davlat budjeti

2019-yil
oktabr

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Markaz buyurtmalari boʻyicha oʻziga xos ilmiy asbob-uskunalar olish uchun har yili investitsiya dasturi doirasida mablagʻlar ajratilishini rejalashtirish;

Davlat budjeti

2020 — 2023-yillar

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi nanotexnologiyalar va nanomaterialshunoslik ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini jihozlar va asboblar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash reja-grafigini ishlab chiqish lozim.

Davlat budjeti

2020 — 2023-yillar

3.

Nanotexnologiyalar sohasida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

Nanotexnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori (K. Muqimov)

Innovatsion rivojlanish vaziri (I. Abduraxmanov)

2020-yildan boshlab nanotexnologiyalar yoʻnalishlari boʻyicha tayanch doktorantura va doktoranturaga har yillik kvotalar ajratish rejasini;

Davlat budjeti

2019-yil
oktabr

dissertatsiya ishlarini tayyorlash va himoya qilish uchun sharoit yaratish choralari rejasini;

Talab etilmaydi

2020-yil
yanvar

nufuzli xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan ishlarning mualliflarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida Nizomni.

Markazning oʻz mablagʻlari

2020-yil

mart

4.

Iqtidorli yoshlarni nanotexnologiyalar sohasidagi tadqiqotlarga jalb etish, unikal (noyob) ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish maydonchasini tashkil qilish, taʼlim jarayoniga nanotexnologiyalar sohasida ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

Nanotexnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori (K. Muqimov)

Nanotexnologiyalarni rivojlantirish Markazi tarkibida nanotexnologiyalar va materialshunoslik sohasida noyob ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalanish boʻlimini tashkil qilish;

Davlat budjeti

2019-yil
oktabr

iqtidorli talabalar uchun olimpiadalar, doimiy faoliyat yurituvchi seminarlar, yozgi maktablar, nanotexnologiyalar sohasidagi yetakchi olimlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish;

Talab etilmaydi

2021 — 2023-yillar

ilmiy xodimlar, doktorantlar va talabalarga xalqaro ilmiy-texnik axborot bazasidan foydalanishi imkoniyatlarini yaratish;

Markazning oʻz mablagʻlari

2021-yil

sentabr

nanotexnologiyalar sohasida taʼlim jarayoniga ilmiy-uslubiy yordamni tashkil qilish zarur.

Talab etilmaydi

2021 — 2023-yillar

Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yoʻnalishlari (4.2-Komponent)
Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronik ilmiy tadqiqot instituti

1.

Iqtisodiyot sohalarining zarur ilmiy — texnologik vazifalarini yechishga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy ilmiy tadqiqotlarni, innovatsion loyihalarni amalga oshirish. Ilmiy texnologiyalarni yaratish va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

Institut direktori (Sh. Oʻtamuradova),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari (U. Begimkulov),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori (A. Bekmuradov),

innovatsion rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari v.b. (Sh. Rajabbayev), “Oʻzeltexsanoat” assotsiatsiyasi raisi

(A. Abdullayev)

quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini:

institut laboratoriyalari ilmiy tadqiqot faoliyatining samaradorligini baholash reyting tizimini joriy etuvchi koʻrsatkichlar va indikatorlari tizimi;

ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, ilmiy tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha xorijiy tajribalarini oʻrganish va tahlil qilish;

Talab etilmaydi

2019-yil
oktabr

2022-yilda ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirishdan tushadigan mablagʻlar koʻrsatkichini bir nafar ilmiy xodimga 2 mln. soʻm miqdorigacha yetkazish.

Ilmiy ishlar natijalarini tijoratlashtirishdan olingan mablagʻlar

2022-yil
dekabr

2020 — 2023-yillar mobaynida yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlarida Institut xodimlari va doktorantlarini stajirovka oʻtashi hamda malaka oshirishini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini;

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻi

2020-yil
aprel

Respublika iqtisodiyotning ishlab chiqarish tarmoqlari uchun zarur boʻlgan ilmiy tadqiqotlarning istiqbolli yoʻnalishlari roʻyxatini;

Talab etilmaydi

2019-yil
oktabr

yarimoʻtkazgichlar fizikasi, mikroelektronika, materialshunoslik va muqobil energiya manbalari sohasida dolzarb ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun mavzuli grantlar ajratish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini iqtisodiyot sohalariga hamda elektrotexnika sanoatiga tatbiq etish maqsadida tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni yaratish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini.

Davlat budjeti

2019-yil
dekabr

2.

Ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish va innovatsion loyihalarni tatbiq etish uchun ilmiy-tadqiqotlarning zamonaviy eksperimental infratuzilmasi, tarmoqlararo ilmiy-tadqiqot tizimlari va sharoitlarini shakllantirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

Institut direktori (Sh. Oʻtamuradova),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari (S. Buzrukxonov),

moliya vazirining oʻrinbosari (B. Ashrafxanov),

iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari (R. Gulyamov),

investitsiya va tashqi savdo vaziri (S. Umurzaqov)

yarimoʻtkazgichlar fizikasi, yarimoʻtkazgichli mikroelektronika, materialshunoslik, geliofizika va muqobil energiya manbalari tadqiqot yoʻnalishlari boʻyicha Institutni zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar, reaktivlar hamda butlovchi qismlar bilan jihozlash, shuningdek, institutda tajriba-sanoat ishlab chiqarishga ega boʻlgan ixtisoslashgan konstruktorlik byurosini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini;

Maxsus jamgʻarma mablagʻlari

2019-yil
oktabr

zamonaviy ilmiy jihozlarni sotib olish hamda 8 ta laboratoriya va Institutning 1 ta noyob obyektini jihozlash uchun 5 mln. AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini;

XMI

mablagʻlari

2020-yil

mart

Institut obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturiga kiritish boʻyicha takliflarni va bunda quyidagilarni nazarda tutish:

Davlat budjeti

2019-yil

iyul

Institut bino va inshootlarini rekonstruksiyasi hamda uni jihozlash;

Institut hududida doktorantlar va izlanuvchilar yashashi uchun tegishli infrastrukturaga ega yosh olimlar uyini qurish;

Institut tuzilmasiga Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan marketing xizmatini kiritish.

Universitet va Institut

mablagʻlari

2019-yil

avgust

3.

Fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

Institut direktori (Sh. Oʻtamuradova),

respublika iqtisodiyot real sektorlarining korxonalari

iqtisodiyot tarmoqlarining yarimoʻtkazgichlar fizikasi, mikroelektronika, materialshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarga boʻlgan talablarini oʻrganish;

Talab etilmaydi

2019-yil

dekabr

oʻrganishlar natijasida innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va yangi yarimoʻtkazgich materiallarini yaratish boʻyicha Kompleks maqsadli ilmiy-texnik dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Talab etilmaydi

2020-yil

yanvar

Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish:

Universitet va Institut

mablagʻlari

2020-yil

iyul

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining “Fizika”, “Fizika va astronomiyani oʻqitish metodikasi”, “Biotibbiyot fizikasi” yoʻnalishlari talabalari uchun uchun Institut laboratoriyalari negizida ixtisoslik fanlari boʻyicha differensiatsiyalashgan tartibdagi oʻquv jarayonini tashkil etish hamda malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti oʻtashini taʼminlash;

Institutning ilmiy tadqiqot faoliyatiga jalb qilish uchun iqtidorli bakalavr va magistrlarni tanlash.

4.

Ilmiy xodim va talaba yoshlarni nashr etish faolligini oshirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

Institut direktori (Sh. Oʻtamuradova)

Universitet Institut bilan hamkorlikda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash:

2021-yilda“Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika” jurnalini xalqaro ilmiy texnik axborot bazasida indeksatsiyalash uchun Digital Commons platformasi asosida tayyorlash;

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2020-yil
aprel

ilmiy xodim, doktorant va magistrlarni nufuzli xalqaro jurnallarda nashr etish uchun tayyorlanayotgan ilmiy maqolalarni yozish va taqdim etishga oʻqitish;

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2019-yil

noyabr

olimlarning nashr etish faolligini oshirish uchun moddiy ragʻbatlantirish orqali motivatsion choralarni amalga oshirish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻi

Doimiy

Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yoʻnalishlari (4.3-Komponent)

Biofizika va biokimyo instituti

1.

Biofizika va biokimyo sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

Biofizika va biokimyo instituti direktori

(R. Sabirov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari

(U. Begimkulov),

innovatsion rivojlanish vaziri (I. Abduraxmanov)

2020 va undan keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi 558-sonli qarorida belgilangan tadqiqot yoʻnalishlarini davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni tanlov mavzulari roʻyxatiga kiritish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini;

Talab etilmaydi

2020-yil
oktabr

ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni maqsadli oʻrganish va tahlil qilish dasturini.

Talab etilmaydi

2023-yil
oktabr

2.

Samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun zamonaviy infratuzilma va shart-sharoitlar yaratish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

moliya va iqtisod masalalari boʻyicha prorektor

(V. Ibodullayev), Biofizika va biokimyo instituti direktori

(R. Sabirov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari

(S. Buzrukxonov),

investitsiyalar va tashqi savdo vaziri (S. Umurzaqov)

moliya vazirining oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov)

Institut binolarini taʼmirlash, qurilish va montaj ishlarini amalga oshirish uchun loyiha-smeta hujjatlarini;

Davlat budjeti

2019-yil
oktabr

2020 va undan keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga binolarni kapital taʼmirlash va rekonstruksiya xarajatlarini kiritish boʻyicha takliflarni;

Davlat budjeti

2019-yil
noyabr

sotib olinadigan asbob-uskunalar roʻyxatini;

Davlat budjeti

2019-yil
noyabr

Institutni 2020-2021-yillarda yetkazib beruvchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish orqali zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan bosqichma-bosqich jihozlash dasturini.

Davlat budjeti

2020-yil
fevral

3.

Halqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

Biofizika va biokimyo instituti direktori

(R. Sabirov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari

(S. Buzrukxonov),

moliya vazirining oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov)

biofizika va biokimyo sohasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni tashkil qilish boʻyicha harakatlar rejasini;

Institutning oʻz mablagʻlari

2019-yil

avgust

Institut ilmiy tadqiqotchilarini xalqaro loyihalar (grantlar), simpoziumlar va konferensiyalarda ishtirokini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini;

Institutning oʻz mablagʻlari

2019-yil

sentabr

chet el olimlari bilan birgalikda tadqiqotlar oʻtkazish va nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini;

Institutning oʻz mablagʻlari

2020-yil

yanvar

PhD yoki DSc darajasiga ega boʻlgan olimlarni xalqaro konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etish uchun yuborish va ularning safar xarajatlarini qoplash tartibini;

Davlat budjeti

2021-yil

mart

har yili chet el olimlarini taklif etish va ularning mehnatiga haq toʻlash (ikki shtat birligigacha) tartibini;

Davlat budjeti

2021-yil

mart

SCOPUS/Web of Science maʼlumotlar bazasidagi jurnallarda maqolalar chop ettirgan olimlarni moddiy ragʻbatlantirish tartibini.

Institutning oʻz mablagʻlari

2020-yil

yanvar

4.

Ilmiy ishlarga yoshlarni jalb etish, biofizika va biokimyo sohasida ilmiy maktablarni shakllantirish va rivojlantirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

Biofizika va biokimyo instituti direktori (R. Sabirov)

biofizika va biokimyo sohasidagi yetakchi olimlar bilan iqtidorli talabalar uchun uchrashuvlar, olimpiadalar, doimiy seminarlar, yozgi maktablarni tashkil etish tartibi va chora-tadbirlar rejasini;

dissertatsiyalarni oʻz vaqtida himoyaga tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish choralari dasturini.

Talab etilmaydi

2019-yil sentabr

Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yoʻnalishlari (4.4-Komponent)
S.X. Sirojiddinov nomli akademik litsey

1.

Oʻquv reja va dasturlarni takomillashtirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov)

oʻrnatilgan tartibda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash:

akademik litseyda oʻquv jarayoni samaradorligini baholash reyting tizimini joriy etishga asos boʻluvchi koʻrsatkichlar tizimini;

maqsadli oʻquv dasturlariga tayangan holda va oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasini optimallashtirish maqsadida xorijiy oʻquv muassasalarining tajribasini inobatga olib, mustaqil ravishda Universitet bilan hamkorlikda oʻquv reja va dasturlar ishlab chiqish hamda oʻquv jarayoniga tatbiq etish;

akademik litsey oʻquvchilarini manzilli tanlab olish tizimini joriy qilish hamda ularni Universitet kafedralarida ilmiy faoliyatga tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

Davlat budjeti, Universitet mablagʻlari

2019-yil

avgust

2.

Akademik litseyga iqtidorli yoshlarni aniq yoʻnalishlar boʻyicha maqsadli tanlashni tashkil qilish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov)

maqsadli tanlovning tizimli va samarali mexanizmi ishlab chiqish;

Davlat budjeti, Universitet mablagʻlari

2019/2020 oʻquv yilidan akademik litseyda oʻqish uchun umumtaʼlim maktablaridan oʻquvchilarni tanlab olish tartibini tasdiqlash, bunda ikki bosqichli tanlov tashkil qilish:

birinchi bosqich — Universitet hamda akademik litsey professor-oʻqituvchilari hamkorlikda Respublika hududlariga chiqqan holda maktab oʻquvchilari bilan suhbat oʻtkazish;

2019-yil

iyul

ikkinchi bosqich — akademik litseyga kirish imtihonlarini oʻtkazish.

2019-yil

avgust

3.

Taʼlim infratuzilmasini modernizatsiyalash va moddiy-texnik taʼminotini rivojlantirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari (S. Buzrukxonov),

moliya vazirining

birinchi oʻrinbosari

(T. Ishmetov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri (B. Xodjayev)

quyidagilarni inobatga olgan holda binolarning holatini yaxshilash hamda zaruriy moddiy-texnik baza bilan taʼminlash chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish:

mebellarni toʻla yangilagan holda yotoqxonani kapital taʼmirlash;

Davlat budjeti

(investitsiyaviy dastur)

2020-yil

qishki basseynni oʻz ichiga olgan, zamonaviy norma va talablarga javob beruvchi yangi sport majmuasini qurish;

2020-yil

oshxona binosini barcha sanitar norma va qoidalarga javob beradigan tarzda rekonstruksiya qilish hamda oʻrindiqlar sonini 300 taga yetkazish;

2021-yil

faollar zalini kapital taʼmirlash va yangi oʻrindiqlarni oʻrnatish;

2023-yil

oʻquv binosini kapital taʼmirlash va jihozlash (2 tadan fizika, kimyo va biologiya laboratoriya xonalari, 4 ta kompyuter sinfi);

2020-yil

transport vositasini ajratish (1 dona yengil avtomashina, 1 dona mikroavtobus).

2020-yil

4.

Oʻquv qoʻllanmalarning yangi avlodini yaratish hamda oʻquv jarayoniga tatbiq qilish. Buning uchun:

quyidagilarni inobatga olib oʻquv adabiyotlarini tahrir hamda chop etishga tayyorlashning tizimli va samarali mexanizmini ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov)

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari (T. Ishmetov),

xalq taʼlimi vaziri (Sh.Shermatov)

akademik litsey yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv adabiyotlarining mualliflarini moddiy ragʻbatlantirish va zaruriy sharoitlar yaratib berish choralarni koʻrish;

2019/2020 oʻquv yilidan tajriba sifatida oʻquv jarayoniga muqobil oʻquv adabiyotlarni joriy etish;

xarajatlar smetasida koʻrsatgan holda darslik va oʻquv qoʻllanmalarni chop etish uchun doimiy moliyaviy mablagʻ ajratish.

Davlat budjeti, Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Kitob fondi, Universitet mablagʻlari

2020-yil
fevral

5.

Akademik litseyni kadrlar bilan taʼminlash tizimini shakllantirish. Buning uchun:

quyidagi yangi lavozimlar kiritgan holda akademik litseyning namunaviy shtatlar jadvalini qayta koʻrib chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (I.Madjidov),

moliya vazirining birinchi oʻrinbosari (T. Ishmetov)

tarbiyachi (har 25 nafar oʻquvchiga 1 shtat birligi);

yordamchi tarbiyachi (har 50 nafar oʻquvchiga 1 shtat birligi).

Davlat budjeti

2019-yil

avgust

Oʻqituvchilarni oylik maoshini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.

Davlat budjeti

2019-yil

avgust

Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yoʻnalishlari (4.5-Komponent)

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq (hududiy) markazi

1.

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq (hududiy) markazining oʻquv rejalari va dasturlarini tuzilishi va mazmunini ilgʻor xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda takomillashtirish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), markaz direktori (I. Xamidjonov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari (U. Begimkulov)

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni har tomonlama oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini;

Davlat budjeti

2019-yil
avgust

Ilm-fan va iqtisodiyot sohalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va ehtiyojlariga muvofiq kurslarning amaliy yoʻnaltirilganligini hisobga olgan holda, kompetentli yondashuv va xorijiy tajribalarni oʻrganish asosida oʻquv reja va dasturlarni doimiy yangilab borish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini.

Universitet mablagʻlari

2019-yil
avgust

2.

Markaz amaliyotiga differensiatsiyalashgan va muqobil malaka oshirish shakllarini, shu jumladan masofaviy oʻqitish shakllarini joriy etish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), markaz direktori (I. Xamidjonov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari (U. Begimkulov)

pedagog kadrlarning mustaqil ishlari va oʻz-oʻzini kasbiy rivojlantirish natijalarini hisobga olgan holda malaka oshirishini tashkil etish va motivatsiyalashning amaliy mexanizmlarini;

Talab etilmaydi

2019-yil

dekabr

qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlariga masofaviy taʼlim texnologiyalarini, shuningdek xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi onlayn maʼruzalar, vebinarlarni keng joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini;

Hisob-kitoblar asosida

2020-yil
yanvar

pedagoglar faoliyatini tanqidiy baholashning korrekt indikatorlari asosida samarali taʼlim innovatsiyalarini qoʻllashning ragʻbatlantirish mexanizmlarini;

Davlat budjeti

2020-yil
yanvar

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab differensiatsiyalashgan

malaka oshirish dasturlarini amaliyotga joriy etish tartibini.

Talab etilmaydi

2019-yil sentabr

3.

Markazdagi taʼlim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb etish, Markaz pedagoglarini xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalarida malaka oshirish va stajirovkalarini tashkil etish. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov), markaz direktori (I. Xamidjonov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari (U. Begimkulov),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori (A. Bekmuradov)

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari taʼlim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb etish boʻyicha maqsadli dasturni;

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, universitet mablagʻlari

2019-yil

oktabr

Markaz pedagog kadrlarini xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalarida malaka oshirish va stajirovkalarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari

2019-yil
dekabr

4.

Markazning oʻquv-metodik va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish va infratuzilmasini modernizatsiyalash. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish:

Rektor (A. Marahimov),

markaz direktori (I. Xamidjonov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari (S. Buzrukxonov),

moliya vazirining oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov)

Markazni joylashtirish uchun moʻljallangan binoni kapital taʼmirlash masalalari boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini;

Universitet mablagʻlari

2020-yil
yanvar

Axborot-resurs markazi fondini tashkil etish va doimiy yangilab borish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini;

Universitet mablagʻlari

2020-yil
yanvar

Markazning oʻquv-metodik va moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini.

Universitet mablagʻlari

2020-yil
yanvar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* — maqsadli dasturni ishlab chiqish natijalariga koʻra aniqlik va oʻzgartirish kiritiladi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PQ-4358-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yoʻnalishlari (5-komponent) “Taʼlim, ilmiy va maʼmuriy faoliyatning yagona axborot makonini yaratish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini jihozlash, kontent bilan toʻldirish”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maqsadli dasturni ishlab chiqish muddati — 2019-yil 1-oktabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddati*

Masʼullar:

— universitetdan;

— OOʻMTVdan

— vazirlik va idoralardan

1.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari

(K. Sharipov),

moliya vaziri oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov),

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari
(E.Muxitdinov),

axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari (O. Umarov)

ichki telekommunikatsiya infratuzilmasini toʻliq yangilash, jumladan optik tolali tarmoqlar, kommutatorlar, tarmoqni boshqarish va axborot xavfsizligi tizimlari;

Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-dekabr

2020-yil davomida Internet tezligini 600 Mb/sek. gacha oshirish;

Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-dekabr

universitet va uning atrofidagi hududlarda hamda Talabalar shaharchasida Wi-Fi zonalarini tashkil etish;

Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-dekabr

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislarini jalb qilish uchun qulay sharoit va raqobat muhitini yaratish maqsadida mutaxassislarning oylik ish haqini oʻrtacha bozor koʻrsatkichlari darajasida oshirish hamda moddiy ragʻbatlantirishning boshqa bozor mexanizmlarini qoʻllash.

Davlat budjeti

2020-yil
1-dekabr

2.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari
(K. Sharipov),

moliya vaziri oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov),

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari (O. Umarov)

oʻquv auditoriyalarining umumiy sonidan kelib chiqib, talab darajasidagi AKT jihozlarini (1490 ta kompyuter, 100 ta proyektor va 100 smart televizor) xarid qilish, shuningdek 15 ta “Smart oʻquv xona”larni tashkil etish.

Davlat budjeti

2019 — 2021 yillar

3.

Oʻquv jarayonini boshqarish axborot tizimlarini joriy etish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari

(K. Sharipov),

moliya vaziri oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov)

taʼlim jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqish;

Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-mart

Ichki imkoniyatlardan foydalangan holda veb va bulutli texnologiyalar asosida taʼlim jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish;

Universitet mablagʻlari

2020 — 2021
yillar

universitetning fakultet va kafedralari hamda professor-oʻqituvchilarning ichki reytingini aniqlovchi elektron tizimini yaratish;

Universitet mablagʻlari

2020-yil
1-sentabr

taʼlim jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish.

OOʻMTVning OTMlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

2021 — 2023 yillar

4.

Masofaviy oʻqitish shaklini joriy etish orqali tinglovchilar va pedagogik kadrlarning mustaqil taʼlim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari

(K. Sharipov),

moliya vaziri oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov),

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari (O. Umarov)

Universitet Oliy va oʻrta maxsus taʼlim va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari bilan birgalikda xalqaro standartlarga asoslangan Yagona integrallashgan masofaviy oʻqitish apparat-dasturiy kompleksini ishlab chiqish. Kompleks tarkibi quyidagilardan iborat:

masofaviy taʼlim xizmatlari portali (veb ilova);

Universitet mablagʻlari

2020 — 2022-yillar

onlayn oʻquv smart auditoriyalari;

nazariy va amaliy mashgʻulotlarni masofaviy oʻtkazish uchun virtual kabinet, jumladan respublika oliy taʼlim muassasalari uchun;

Davlat budjeti

universitetning yetakchi professor-oʻqituvchilarining maʼruzalarining audiovizual taʼlim kontentini hamda multimedia taʼlim mahsulotlarini (audiokitoblar, 3D, VR va boshqalar) ishlab chiqaruvchi maxsus studiyalar va mutaxassislar shtati belgilangan media markaz;

OOʻMTV ning OTMlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

vebinarlar tashkil qilish va oʻtkazish;

Universitet mablagʻlari

2020-yildan boshlab universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻtkaziladigan mashgʻulotlarni (maʼruza, laboratoriya mashgʻulotlari, seminarlar va boshqalar) markazlashgan katalogini serverlarda shakllantirish va umumiy foydalanish uchun onlayn translyatsiya qilishga moʻljallangan elektron platforma ishlab chiqish.

OOʻMTV ning

OTMlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

2020-yil

5.

Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun ilgʻor badiiy, ilmiy va oʻquv adabiyotlar elektron kataloglaridan hamda jahon taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov),

moliya vaziri oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov),

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari (O. Umarov)

xalqaro (RF, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Fransiya va ushbu sohada yetakchi boshqa mamlakatlar) ilgʻor tajribalarni
oʻrganish asosida universitetning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks elektron xizmatlar koʻrsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish;

Universitet mablagʻlari

2020-yildan boshlab

veb va bulutli texnologiyalar asosida kutubxonaning raqamli resurslarini elektron katalogini yaratish;

RFID texnologiyasi asosida kutubxona fondini roʻyxatga olish, hisobga qoʻyish, tarqatish va himoyalash tizimini yaratish;

kitoblarni hisobga qoʻyish, tarqatish va qaytarish uchun avtomatlashtirilgan elektron kiosklarni joriy etish;

kitoblarni tezkor raqamlashtirish texnologiyasini joriy etish;

xorijiy kutubxona resurslaridan erkin foydalanish sharoitlarini yaratish, jumladan respublika oliy taʼlim muassasalari uchun;

Davlat budjeti

2019-yil dekabr

elektron va qogʻoz shaklidagi xalqaro ilmiy va oʻquv nashriyotlarga obuna boʻlishni tashkil qilish.

OOʻMTV ning

OTMlarini rivojlantirish jamgʻarmasi

2020-yildan boshlab

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* — maqsadli dasturni ishlab chiqish natijalari boʻyicha aniqlik va oʻzgartirishlar kiritiladi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PQ-4358-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yoʻnalishlari (6-komponent) “Yetakchi xorijiy universitetlar bilan xalqaro hamkorlikni, sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, taʼlim faoliyatiga xorijiy mutaxassislar va oʻqituvchilarni jalb qilish”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maqsadli dasturni ishlab chiqish muddati — 2019-yil 1-oktabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddati*

Masʼullar:

universitetdan;

OOʻMTVdan;

vazirlik va idoralardan

1.

Sohaga oid yetakchi xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (U. Begimqulov),

moliya vaziri oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov),

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (I. Neʼmatov),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori (A. Bekmuradov)

OOʻMTV Universitet bilan hamkorlikda donor tashkilotlar, homiylar va oʻzaro manfaatli loyihalarni izlab topish hamda yangi hamkorlar bilan aloqalar oʻrnatish maqsadida, universitetning professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalarini har yili boʻlib oʻtadigan xalqaro taʼlim, ilmiy va amaliy koʻrgazmalarda (NAFSA (AQSH), QS Connect (Buyuk Britaniya), The Learning & Teaching Expo(Gong Kong), Gess Mexico (Meksika), Connect (Kanada), Edcrunch (Rossiya), konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini oʻrnatilgan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Davlat budjeti, xalqaro grantlar, universitet mablagʻlari

2019-yil

oktabr

xorijiy oʻqituvchi va mutaxassislarni oʻquv va ilmiy jarayonlarga jalb qilish, ilmiy va uslubiy hamkorlikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;

Davlat budjeti, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, xalqaro grantlar, universitet mablagʻlari

2019-yil
oktabr

oʻquv va ilmiy jarayonga xorijiy professor
va oʻqituvchilarni
, shuningdek, oʻquv jarayonini yanada takomillashtirish va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida xalqaro grantlar jalb qilish boʻyicha AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Yevropa, Yaponiya, XXR, Koreya Respublikasining oliy taʼlim muassasalarining (MDU, Qozon Federal universiteti, Massachusets Texnologiya instituti, Vaterlo — Kanada universiteti va boshqalar) tajribasini oʻrganish;

Universitet mablagʻlari

2019-2020-yillar

2019 — 2023-yillar mobaynida universitetga yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan har yili eng kamida 70 nafar yuqori malakali oʻqituvchi va mutaxassislarni maʼruzalar oʻqish, maxsus kurslar tashkil etish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun jalb qilish.

Davlat budjeti, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, xalqaro grantlar, universitet mablagʻlari

2019 — 2023-yillar

2.

Professor-oʻqituvchilarni xorijda stajirovka oʻtash va malaka oshirish, xodimlarni magistratura va doktorantura (PhD)da oʻqish uchun yuborilishini tashkil etish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (U. Begimqulov),

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (I. Neʼmatov),

moliya vaziri oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori (A. Bekmuradov)

OOʻMTV Universitet bilan hamkorlikda xorijning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy muassasalarida pedagogik va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va stajirovka oʻtashi boʻyicha chora tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;

Talab etilmaydi

2019-yil

dekabr

pedagogik va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va stajirovka oʻtash boʻyicha xorijiy oliy taʼlim muassasalari (MDU, Qozon Federal universiteti, Massachusets Texnologiya instituti, Vaterlo — Kanada universiteti va boshqalar)ning tajribasini oʻrganish;

Davlat budjeti, xalqaro grantlar, universitet mablagʻlari

2019-yil

oktabr

yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy hamkor tashkilotlar bilan keng miqyosda axborot va mutaxassislar almashish boʻyicha shartnomalar imzolash;

Talab etilmaydi

2019-yil

1-dekabrga qadar

2020–2023-yillar mobaynida 250 nafar pedagogik va ilmiy kadrlarni stajirovka oʻtash va malaka oshirishini tashkil etish hamda 100 nafar oʻqituvchi va yosh olimlarni doktorantura (PhD)da va 150 nafar bitiruvchilarni magistraturada oʻqish uchun dunyoning yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalariga yuborish.

Davlat budjeti, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, xalqaro grantlar, universitet mablagʻlari

2020 — 2023-yillar

3.

Qoʻshma taʼlim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlash, hamkorlikda loyihalarda ishtirok etish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (U. Begimqulov),

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (I. Neʼmatov)

sohaga oid yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy markazlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarni oʻrnatish boʻyicha chora tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

Talab etilmaydi

2019-yil

dekabr

oʻquv dasturlarni innovatsion usullarda takomillashtirish, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha TOP-1000 oliy oʻquv yurtlarining tajribasini oʻrganish;

Davlat budjeti, xalqaro grantlar, universitet mablagʻlari

2019-yil
oktabr

dunyoning yetakchi oliy oʻquv yurtlari (Moskva davlat universiteti, Qozon Federal universiteti, Arizona universiteti (AQSH), Zalsburg universiteti (Avstriya), Belorus davlat universiteti) bilan hamkorlikda oʻquv dasturlarni takomillashtirish, innovatsion ilmiy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha chora tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

Talab etilmaydi

2019-yil

dekabr

bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha “qoʻshma diplom”, akademik mobillik hamda yozgi maktablar boʻyicha integrallashgan innovatsion taʼlim dasturlarini tashkil etish.

Xalqaro grantlar, universitet mablagʻlari

2019 — 2023-yillar

4.

Universitetning xalqaro hamkorlik boʻlimi faoliyatini rivojlantirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (U. Begimqulov),

moliya vaziri oʻrinbosari (Sh. Shoraxmetov)

Universitet OOʻMTV va Moliya vazirligi bilan hamkorlikda quyidagilar boʻyicha asoslangan takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin:

2019-yil

1-sentabrga qadar

boʻlim boshligʻi maoshini fakultet dekani ish haqiga, boʻlim xodimlarining ish haqlarini dekan muovini maoshiga tenglashtirish;

Davlat budjeti

yetakchi xorijiy oliy oʻquv yurtlari (MDU, Qozon Federal universiteti, Belorus davlat universiteti va boshqalar) tajribasidan kelib chiqqan holda xalqaro hamkorlik boʻlimining shtat birliklari sonini koʻpaytirish;

Davlat budjeti

xorijiy fuqarolarni universitetga jalb qilish boʻyicha mustaqil agentlarni va xorijiy hamkorlarni yollash boʻyicha ishni yoʻlga qoʻyish.

Universitet mablagʻlari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* — maqsadli dasturni ishlab chiqish natijalari boʻyicha aniqlik va oʻzgartirishlar kiritiladi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PQ-4358-son qaroriga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yoʻnalishlari (7-komponent) “Tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish, talabalarga yuksak axloqiy va maʼnaviy-maʼrifiy fazilatlarni sindirish, yot gʻoya va mafkuralarga nisbatan immunitetni mustahkamlash, talabalarning sogʻlom turmush tarzi va dam olishini tashkil qilish uchun shart-sharoitlar yaratish”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maqsadli dasturni ishlab chiqish muddati — 2019-yil 1-oktabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan
ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddati*

Masʼullar:

universitetdan;

OOʻMTVdan;

vazirlik va idoralardan

1.

Universitetda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida meʼyoriy-uslubiy hujjatlar bazasini mustahkamlash. Buning uchun quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

Rektor (A. Marahimov), yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor (N. Qodirov),

oliy va oʻrta maxsus

taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov)

maʼnaviy-maʼrifiy ishlar sohasidagi masʼullarning faoliyati natijadorligini aniqlashning zamonaviy mexanizmlarini koʻzda tutuvchi, oʻtkazilayotgan tadbirlarni baholashning aniq mezonlari;

Talab etilmaydi

2019-yil
noyabr

talabalar bilan tarbiyaviy ishlarning zamonaviy usullarini belgilovchi turkum uslubiy qoʻllanmalar;

Universitet mablagʻlari

2020-yil

mart

yoshlar bilan ishlash boʻyicha xodimlarning xizmat masʼuliyatini belgilovchi meʼyoriy-uslubiy hujjatlar;

Talab etilmaydi

2019-yil

noyabr

Nizomlar: “Universitetning Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektori faoliyati toʻgʻrisida”, “Universitetda oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar samaradorligini baholash mezonlari”, “Yoshlar bilan ishlash boʻlimi toʻgʻrisida”, “Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekanlar oʻrinbosarlari faoliyati toʻgʻrisida”, “Talabalar turar joyi toʻgʻrisida”, “Universitet psixologi faoliyati toʻgʻrisida”;

Talab etilmaydi

2019-yil
noyabr

“Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar dasturi.

Talab etilmaydi

2019-yil
sentabr

2.

Talaba-yoshlarda Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlashni hisobga olgan holda tarbiyaviy ishlar tizimni takomillashtirish. Buning uchun universitet talaba yoshlari bilan maʼnaviy maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha quyidagilarni koʻzda tutuvchi konseptual dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash:

Rektor (A. Marahimov), yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor (N. Qodirov),

oliy va oʻrta maxsus

taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov)

maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etishda samarali mexanizm va yangi pedagogik innovatsiyalarni joriy qilish;

talabalar bilan tarbiyaviy ishda professor-oʻqituvchilarning masʼuliyatini oshirish, taʼlim va tarbiyaning oʻzaro uygʻunligini amalda taʼminlash;

tegishli fanlarda tarbiyaviy vazifalarni joriy etish mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish;

talabalarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish va ularni yot gʻoyalarga qarshi murosasizlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar samaradorligini oshirish;

tarbiyaviy ishlarda Universitetning ota-onalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorligini kuchaytirish;

talabalarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish.

Talab etilmaydi

2019-yil
dekabr

3.

Talaba-yoshlarni umumbashariy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash. Buning uchun quyidagilarni tashkil etish:

Rektor (A. Marahimov), yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor (N. Qodirov),

oliy va oʻrta maxsus

taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari (K. Sharipov)

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

(O. Umarov),

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

(A. Qodirov)

“Kitobsevarlar oyligi”, “Madaniyat va sanʼat oyligi” davriy tematik tadbirlari, “Yosh targʻibotchilar, “Bloggerlar”, “PR Markaz” klublari, “Tafakkur sinovlari”, “Ezgulik ilmdan boshlanadi” tanlovlari, aholining zaif qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan talabalarga bagʻishlangan davra suhbatlari, ijtimoiy aksiyalar;

Universitet mablagʻlari

Har yili

2019 — 2023-yillar

Universitet talabalarining doimiy harakatdagi volontyorlar klubini tashkil etish.

Universitetda quyidagilarni ishlab chiqish va joriy etish:

2019-yil

oktabr

badiiy adabiyotlarni yuklab olish uchun dasturiy loyihalar, mobil ilovalar va elektron kutubxonalar dasturlari;

Universitet mablagʻlari

2021-yil
mart

talabalarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar va qoʻllanmalar.

Hisob-kitoblar

asosida

2021-yil
mart

4.

Universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni keng joriy etish. Shu maqsadda har bir tashabbus boʻyicha alohida yoʻnalishlarni qamrab oluvchi kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash:

1-tashabbus — talaba-yoshlarni musiqa va sanʼatga jalb qilish, ularda estetik did va kasbiy etikani tarbiyalash maqsadida tanlovlar, koʻrgazmalar va biyennalelar, davriy tematik tadbirlar tashkil etish, teatr va muzeylarga tashriflarni uyushtirish;

2-tashabbus — sport majmualarida toʻgaraklar faoliyatini samarali tashkil etish va ularga talaba-qizlarni yanada kengroq jalb qilish, talabalarning qiziqish va takliflari asosida yangi sport toʻgaraklari ochish, sportning har xil turlari boʻyicha “Universiada” sport musobaqalari va universitet ichki chempionatlarini tashkil etish;

3-tashabbus — talaba-yoshlarda internetdagi axborotni tahlil qilish madaniyatini rivojlantirish maqsadida ularning qiziqishlari boʻyicha klublar, robototexnika, kompyuter texnologiyalari, internet va messenjerlar savodxonligi toʻgaraklari, onlayn-viktorinalar, IT olimpiadalar tashkil etish, taʼlim faoliyati bilan bogʻliq elektron dasturlar, mobil ilovalar, elektron kutubxonalar joriy etish;

4-tashabbus — talaba-yoshlarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, ularda vatanparvarlik, Vatan taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hisini tarbiyalash maqsadida “Notiqlik sanʼati”, “Reading club”, “Munozara-debat”, “Yosh adabiyotchilar” klublarini, turli mavzulardagi tanlovlarni, talabalarning sheʼrlari, ilmiy maqolalari va sheʼriy toʻplamlarini chop etishni tashkil qilish;

5-tashabbus — talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, Universitet hududida tikish-bichish, kashtachilik, milliy hunarmandchilik boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil etish, “Qizlar davrasi”, “Oilaviy turmushga tayyorlash” mavzularida psixolog bilan suhbatlar, anonim sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish.



Davlat budjeti
va universitet mablagʻlari



Oʻquv yilining boshiga

2019 — 2023-yillar

Rektor (A. Marahimov), yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor (N. Qodirov)

5.

Ijaraga olingan xonadonlarda va talabalar turar joylarida yashash va turmush sharoitlarini yaxshilash. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov), Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor (N. Qodirov)

ijtimoiy ahvolni, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishini muntazam oʻrganib borish, ijara olingan xonadonlarda yashovchi talabalarning manzilli roʻyxatlarini har yili yangilab borish, aniqlangan muammolarni hal etish;

Talab etilmaydi

Har yili sentabrda

talabalar turar joylarida ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish;

Doimiy

rektorning professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan ochiq muloqotlarini tashkil etish.

Chorakda bir marta

6.

Qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni kasbiy koʻnikmalarga oʻrgatish. Buning uchun quyidagilarni tashkil etish:

Rektor (A. Marahimov), yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor (N. Qodirov),

oliy va oʻrta maxsus

taʼlim vazirining oʻrinbosari (S. Buzrukxonov)

Talabalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash markazi;

Davlat budjeti

2021-yil
yanvar

“Kasb sirlari” mavzusida psixologik ragʻbatlantirish treninglari, davra suhbatlari, shuningdek, anonim sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish.

Talab etilmaydi

2020-yil
mart

Biznes-ledi”, “Talaba-tadbirkor”, “Tadbirkorlik faoliyati maktabi” klublari.

Universitet mablagʻlari

2021-yil
may

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* — maqsadli dasturni ishlab chiqish natijalari boʻyicha aniqlik va oʻzgartirishlar kiritiladi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PQ-4358-son qaroriga
8-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yoʻnalishlari (8-komponent) “Moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilish va mustahkamlash, laboratoriyalarni zamonaviy oʻquv-ilmiy uskunalar bilan jihozlash, ijtimoiy-sport infratuzilmasini rivojlantirish”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maqsadli dasturlarni ishlab chiqish muddati — 2019-yil 1-dekabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddati*

Masʼullar:

— universitetdan;

— OOʻMTVdan

— vazirlik va idoralardan

1.

Universitet oʻqituvchilari, talabalari va xodimlarining yashash hamda dam olishlari uchun infratuzilmani modernizatsiya qilish va kengaytirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov), oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (S. Buzrukxonov), iqtisodiyot va sanoat vaziri (B. Xoʻjayev), moliya vazirining birinchi oʻrinbosari (T. Ishmetov), qurilish vaziri oʻrinbosari (B. Zokirov), investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari (S. Bekenov)Toshkent shahar hokimi (J. Ortiqxoʻjayev)

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga № 2, 3, 4, 5, 9, 12, 14, 18-sonli talabalar turar joylarini kapital taʼmirlash (rekonstruksiya) va jihozlash boʻyicha taklif kiritsin.

Davlat budjeti (investitsiya dasturi)

2019-yil

avgust

Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligiga:

Universitet hududidagi “Yoshlar bogʻi”, badiiy havaskorlar maydonchalari, Book-kafe qurilishini yakunlash hamda bogʻ hududini simsiz internet tarmogʻi bilan qamrab olinishini taʼminlasin;

Mahalliy budjet va homiylar mablagʻlar

2019-yil

sentabr

Vazirlar Mahkamasiga 6 (olti) ta koʻp qavatli turar-joy binolarining qurilish rejasini tasdiqlash uchun taqdim etish. Bunda quyidagilarni koʻzda tutish:

Imorat quruvchiningmablagʻlari, banklar kreditlari, mahalliy budjet

2019-yil

sentabr

turar-joy binolarining qurilishi boshlanishi muddatlari, xonadonlar soni, uy-joy fondini malakali hamda talab yuqori boʻlgan xodimlar uchun xizmat koʻrsatish uyi sifatida foydalanilishi, shu jumladan, turar-joy fondining bir qismini universitetning malakali va ehtiyoji yuqori boʻlgan xodimlariga imtiyozli shartlar asosida berish.

Universitetning koʻp kvartirali uylarini qurish uchun ATB “Oʻzsanoatqurilishbank” (3 ta turar-joy binosi) va ATB “Ipoteka bank” (3 ta turar-joy bino)larini moliyalashtirish imkoniyatlarini koʻrib chiqish;

Talabalar shaharchasi hududida barcha qulayliklarga ega boʻlgan universal sport majmuasini qurish choralarini koʻrish.

Mahalliy budjet va homiylar mablagʻlari

2019-yil

sentabr

2.

Universitetning oʻquv va ilmiy infratuzilmasini modernizatsiya qilish. Shu maqsadda:

Rektor (A. Marahimov), oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (S. Buzrukxonov), iqtisodiyot va sanoat vaziri (B. Xoʻjayev), moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

(T. Ishmetov), investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari (S. Bekenov), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi (N. Bakirov),

Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi raisi (B. Islomov)

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga universitetningquyidagi obyektlarini kapital taʼmirlash (rekonstruksiya qilish) va jihozlash boʻyicha takliflar kiritsin:

Davlat budjeti (investitsiya dasturi)

2019-yil

avgust

Xorijiy filologiya fakulteti binosi;

Universitetning sport inshootlari, jumladan, stadioni tribunasa va tribuna osti xonalari hamda 2 ta sport zali; —

Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazini joylashtirish uchun Fizika fakultetining noyob (Betatron SB-50) obyekti binosi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2023 — 2025-yillar uchun Investitsiya dasturiga quyidagi obyektlarni qurish va jihozlash boʻyicha taklif kiritsin:

Davlat budjeti (investitsiya dasturi)

2022-yil

aprel

“Botanika” oʻquv-ilmiy amaliy bazasi hududida3 (uch) ta fakultet (Biofizika va muhandislik tadqiqotlari, Fundamental tibbiyot va biokimyo, Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetlari shakllantirilishi bilan) oʻquv-laboratoriya binolari.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:

“Chorvoq” amaliyot oʻtash bazasining binolarini kapital taʼmirlashni amalga oshirsin hamda gidrometeorologik va kuzatish asboblari bilan jihozlanishini taʼminlasin;

Oʻrmon

xoʻjaligi davlat qoʻmitasining

oʻz mablagʻlari

2019-yil

dekabr

“Orol va yoshlar” oʻquv-amaliyot bazasini qurish va jihozlanishini amalga oshirsin.

Davlat geologiya qoʻmitasining

oʻz mablagʻlari

2019-2020-yillar

Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi mablagʻlari hisobidan Toshkent viloyatidagi “Oqsoq-ota” amaliyot oʻtash bazasini taʼmirlash va jihozlashni hamda unga boruvchi yoʻllarni taʼmirlashni amalga oshirsin.

Universitet Burchmulladagi radiofizika oʻquv poligonini taʼmirlash va jihozlash hamda uning qoshida yosh fiziklar yozgi maktabini tashkil etish uchun Burchmulla oʻquv poligoni hududidagi obyektlarni rekonstruksiya qilish va jihozlashni amalga oshirsin.

Yangi tashkil etilayotgan maxsus fond mablagʻlari

2019-2020-yillar

3.

S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyning taʼlim infratuzilmasini modernizatsiya qilish va moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (S. Buzrukxonov), iqtisodiyot va sanoat vaziri (B. Xoʻjayev), moliya vazirining birinchi oʻrinbosari (T. Ishmetov), investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari (S. Bekenov)

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2020 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyning oʻquv, yotoqxona, oshxona binosi hamda sport zalini kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha takliflar kiritsin.

Davlat budjeti (investitsiya dasturi)

2019-yil

avgust

4.

Oʻquv-laboratoriya bazasini modernizatsiya qilish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (S. Buzrukxonov), iqtisodiyot va sanoat vaziri (B. Xoʻjayev), moliya vaziri oʻrinbosari

(B. Ashrafxonov)

Vazirlar Mahkamasi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan universitet fakultetlarining oʻquv va ilmiy laboratoriya bazasini aniq va tabiiy fanlar boʻyicha zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan taʼminlash.

Universitetga ajratilgan mablagʻlar

2019-2020-yillar

5.

Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari bazalarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov), oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (S. Buzrukxonov), innovatsiyalarni rivojlantirish vaziri (I.Abduraxmonov),

moliya vaziri oʻrinbosari

(O.Isakov), investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari (S. Bekenov), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi (N. Bakirov),

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi (A. Abdullayev)

Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ilmiy tadqiqot laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va jihozlash, shuningdek, “Tuproqshunoslik” laboratoriyasini qoʻshimcha butlash orqali jihozlashga moliyaviy mablagʻlar jalb etish boʻyicha chora koʻrsin.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:

vivariyni qurish va jihozlash;

oranjereyani qurish va jihozlash.

XMI

mablagʻlari

2020 — 2023-yillar

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi innovatsion koʻchma tuproq tahlil laboratoriyasini universitet ixtiyoriga oʻtkazish.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining oʻz mablagʻlari

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining oʻz mablagʻlari

2019-yil

dekabr

2019-2020-yillar

6.

Bino va inshootlardan barqaror va xavfsiz foydalanishni taʼminlash maqsadida universitetning xoʻjalik moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Shu maqsadda:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (S. Buzrukxonov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri (B. Xoʻjayev), moliya vazirining birinchi oʻrinbosari (T. Ishmetov), Toshkent shahar hokimi (J. Ortiqxoʻjayev)

Universitet hududidagi yoʻllarni taʼmirlash va tiklash;

Universitet hududidagi muhandislik kommunikatsiyalari, elektr taʼminoti, suv taʼminoti, irrigatsiya va sugʻorish tizimlarini taʼmirlash.

Davlat budjeti

(investitsiya dasturi)

2020 — 2022-yillar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* — maqsadli dasturni ishlab chiqish natijasida oʻzgartirish va aniqlik kiritiladi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PQ-4358-son qaroriga
9-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maqsadli dasturni ishlab chiqishning asosiy yoʻnalishlari (9-komponent) “Universitet faoliyatini samarali moliyalashtirish, xarajatlarni optimallashtirish va bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtish”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maqsadli dasturni ishlab chiqishning muddati — 2019-yil 1-dekabr

T/r

Dasturning hal qilinishi talab etiladigan

ustuvor vazifalari

Moliyalashtirish manbalari*

Ishlab chiqish muddati*

Masʼullar:

universitetdan;

OOʻMTVdan;

vazirlik va idoralardan.

1.

Tajriba tariqasida jon boshiga normativ moliyalashtirish tizimini joriy etish (talaba uchun mablagʻ). Buning uchun:

iqtisodiy asoslantirilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Milliy universitetida taʼlim sohalari va yoʻnalishlari kesimida davlat granti asosida oʻqitish miqdorini belgilash (aniqlash) toʻgʻrisidagi hujjat loyihasini;

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (S. Buzrukxonov),

moliya vaziri oʻrinbosari (B. Ashrafxanov)

Oʻzbekiston Milliy universiteti va Davlat buyurtmachisi oʻrtasida davlat buyurtmasini moliyaviy taʼminlashni amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvni tuzishni nazarda tutadigan, davlat buyurtmasi doirasida mablagʻlarni yetkazish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Talab etilmaydi

2019-yil

avgust

2.

Universitetga avtonomlik berish orqali xarajatlarni optimallashtirish va resurslardan (mablagʻlardan) foydalanish samaradorligini oshirish.

Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (S. Buzrukxonov),

moliya vaziri oʻrinbosari (B. Ashrafxanov)

— Universitetga Universitet Kengashining qaroriga asosan oʻzining tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish, tasdiqlash va shtat birliklarini mustaqil belgilash vakolatini berish;

2019-yil

avgust

— universitetga xarajatlar yoʻnalishlarini mustaqil belgilash huquqini berish. Universitet Kengashining qaroriga asosan moliyaviy mablagʻlarni tasarruf etish boʻyicha rektorning vakolatlarini belgilash;

2019-yil

avgust

— har bir xodimning universitet rivojiga qoʻshgan hissasiga qarab mehnatga haq toʻlash darajasini mustaqil belgilashni nazarda tutuvchi, Universitetda mehnatga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish;

Talab etilmaydi

2019-yil

sentabr

— oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda toʻlov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilashni nazarda tutuvchi, universitetda pullik taʼlim xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritish.

2019-yil

Iyul

3.

Universitetning barqaror rivojlanishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.

Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (S. Buzrukxonov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri (B. Xoʻjayev), moliya vaziri oʻrinbosari (B. Ashrafxanov), investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari (S. Bekenov)

beshta yoʻnalish boʻyicha universitet faoliyatini rivojlantirishni nazarda tutuvchi, Universitetni moliyaviy rivojlantirishning 5 yillik (2019 — 2023-yillar) dasturi boʻyicha takliflarni:

— taʼlim infratuzilmasi va moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilish va rivojlantirish;

— ilmiy infratuzilmani va moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilish va rivojlantirish;

—  xoʻjalik infratuzilmasini va moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilish va mustahkamlash;

— kadrlar salohiyatini oshirish;

— axborotlashtirishni rivojlantirish hamda boshqaruv samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

Rivojlantirish dasturida barcha 5 ta yoʻnalish boʻyicha aniq maqsad, sifat va miqdorning oʻsish indikatorlarini, davlat budjeti va universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish hajmiga aniqlik kiritiladi (birgalikda moliyalashtirish).

Talab etilmaydi

2019-yil
dekabr

4.

Davlat buyurtmasi asosida davlat grantiga qabul kvotalarini tanlov asosida taqsimlashni bosqichma-bosqich joriy etish. Buning uchun:

Rektor (A. Marahimov),

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari (S. Buzrukxonov),

iqtisodiyot va sanoat vaziri (B. Xoʻjayev)

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga Oʻzbekiston Milliy universiteti va respublikadagi boshqa qator oliy taʼlim muassasalarini, shuningdek, xorijiy davlatlarning tajribalarini oʻrganish asosida qabul kvotalarini tanlov asosida taqsimlash mezonlarini belgilash hamda qabul kvotalarini taqsimlashning raqobatbardoshlik usullariga oʻtishning tartibi va muddatini belgilash boʻyicha quyidagi takliflarni kiritish:

— davlat grantlari asosida qabul kvotalarini belgilash tartib-taomillarining shaffofligi;

— taʼlim sifatini taʼminlash uchun universitetlarning manfaatlari va aniq imkoniyatlarini hisobga olish.

Talab etilmaydi

2020-yil

mart

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* — maqsadli dasturni ishlab chiqish jarayonida aniqlashtirish va tuzatish kiritilishi mumkin
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PQ-4358-son qaroriga
10-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish boʻyicha 2019 — 2023-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash va Dasturda koʻzda tutilgan vazifalarni oʻz muddatida amalga oshirilishi nazoratini taʼminlash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

A.A. Abduhakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari

2.

A.A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi, Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

I.U. Madjidov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari oʻrinbosari

4.

A.R. Marahimov

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori, muvofiqlashtiruvchi

5.

K.I. Allamjanov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori v.b.

6.

B.Sh. Usmanov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari

7.

E.M. Muxiddinov

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

Sh.R. Rajabbayev

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari v.b.

9.

O.M. Umarov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

S.M. Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

11.

B.B. Ashrafxanov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

12.

U.A. Qoʻqonboyev

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining oʻrinbosari

13.

A.A. Saʼdullayev

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi raisining birinchi oʻrinbosari

14.

lavozim boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy soha va turizmni rivojlantirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

15.

lavozim boʻyicha

xoʻjalik subyektlari rahbarlari — hudud, iqtisodiyot tarmoqlari va aniq ilmiy tadqiqot mavzulariga boʻlgan ehtiyojga mos ravishda kadrlar buyurtmachilari

16.

Sh.B. Oʻtamuradova

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimoʻtkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti direktori

17.

K.M. Muqimov

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi direktori

18.

R.Z. Sobirov

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va bioximiya instituti direktori

19.

M.M. Islomova

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining S.X.Sirojiddinov nomli akademik litsey direktori

Oldingi tahrirga qarang.
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2019-y., 07/19/4358/3308-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son; 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)