14.06.2019 yildagi 499-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.06.2019 yildagi 499-son
Date of entry into force
18.06.2019
Hujjat 18.06.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida kinoturizmni jadal rivojlantirish va mamlakat kino jozibadorligini keng targʻib qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-iyuldagi PQ-3880-son qarori ijrosini taʼminlash, kinoturizmni jadal rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kinoturizmni rivojlantirish, xorijiy kinokompaniyalarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida kino mahsulotlarini tasvirga olish ishlarida tashkiliy, ishlab chiqarish, texnik va texnologik xizmatlar koʻrsatish, mamlakatimiz kinoindustriyasini xorijda targʻib qilishda “Oʻzbekkino” Milliy agentligining masʼuliyati kuchaytirilsin va bu boradagi ishlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan yaqindan hamkorlik qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston kinematografiyasini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro kinofestivallarda mamlakat kinolokatsiyasini keng targʻib qilish hamda mamlakatimizda bunday kinofestivallarni tashkil etish, xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro kino kunlarini muntazam oʻtkazib borish yuzasidan zarur choralar koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor xorijiy tajribani atroflicha oʻrgangan holda, xorijiy kinokompaniyalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida kino mahsulotlarini tasvirga olishi uchun ularga imtiyozlar va preferensiyalar, davlat tomonidan ragʻbatlantirishning samarali mexanizmlarini joriy etish boʻyicha bir oy muddatda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbek kinosi kunlarini xorijda tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy kinokompaniyalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida kino mahsulotlarini tasvirga olishda davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarida toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va videotasvirga olish ishlarini amalga oshirish alohida kelishishni talab etgan hollarda “Oʻzbekkino” Milliy agentligining murojaati kelib tushgan kundan boshlab uch kun muddatdan kechiktirmasdan hal etilishida amaliy yordam koʻrsatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy kinokompaniyalarni mamlakat hududida filmlarni kino va videotasvirga olish ishlariga keng jalb etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan targʻibot ishlari yuritilishini tashkil etsin, shuningdek, mamlakatimiz kinolokatsiyasini ommalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasini xalqaro kinofestivallar va kinokoʻrgazmalarda ishtirok etishini taʼminlash choralarni koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi xorijiy kinokompaniyalarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va videotasvirga olish ishlarida tashkiliy, ishlab chiqarish hamda yuqori professional texnik va texnologik xizmatlar koʻrsatuvchi mahalliy tashkilotlar va kinoijodkorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, filmlarni kino va videotasvirga olish uchun zarur boʻladigan kinotexnika uskunalari, rekvizitlar va boshqa materiallar va jihozlar hamda ularning ijara toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi xorijiy kinofestivallar va kinokoʻrgazmalarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarda ishtiroki doirasida respublikaning turizm salohiyatini namoyish etadigan zarur reklama-axborot materiallari bilan taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro kinofestivallar va kinokoʻrgazmalarda Oʻzbekiston Respublikasi kino turizmi jozibadorligini targʻib qilishga bagʻishlangan tadbirlarni tashkil etishda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bilan hamkorlik qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi xorijiy kinokompaniyalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va videotasvirga olish ishlari uchun vaqtincha olib kiriladigan kinotexnika uskunalari, rekvizitlar va jihozlarni belgilangan tartibda tezkorlik bilan bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Ipak yoʻli” aksiyadorlik innovatsion tijorat banki tomonidan “Oʻzbekkino” Milliy agentligining har bir kinoloyiha boʻyicha xorijiy kinokompaniyalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va videotasvirga olish ishlari uchun kiritadigan valyuta mablagʻlari uchun alohida bank hisobvaraqlarini ochish, shuningdek, ushbu mablagʻlarni milliy valyutaga ayirboshlash boʻyicha imtiyozli xizmatlar koʻrsatishi inobatga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi 169-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 6-son, 263-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori F.Sh. Zokirov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 14-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
499-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 499-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan oʻzbekiston respublikasi hududida filmlarni kino va videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Filmni ishlab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston kinemotografistlari jalb etilgan holda amalga oshirilgan taqdirda, ruxsatnoma olish talab etilmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi xatboshidagi “yoxud ariza beruvchining vakili” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Ekspert kengashi ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va ruxsatnoma berish masalalari boʻyicha ekspert xulosasini tayyorlash hamda xorijiy kinokompaniyalarga ishlab chiqarish, texnik va texnologik xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni jalb qilishga koʻmaklashuvchi doimiy ishchi komissiya hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert kengashi tarkibi kinoshunoslar, malakali kinorejissorlar, kino sanʼati sohasida faoliyat koʻrsatuvchi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert kengashi Agentlikka taqdim etilgan hujjatlarni ariza qabul qilingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi. Hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ijobiy xulosaga kelgan taqdirda, ruxsatnoma berish toʻgʻrisida Agentlik rahbariga bildirishnoma kiritadi va bu haqda ariza beruvchini ikki kundan kechiktirmasdan xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ekspert kengashining ijobiy xulosasi asosida Agentlik rahbari tomonidan ruxsatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 9-bandning “b” kichik bandidagi “yoki ariza beruvchining vakili” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 10-bandning birinchi xatboshidagi “Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda” va “3-ilovaga” soʻzlari tegishlicha “Agentlik rahbarining ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi qarori asosida” va “2-ilovaga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Ekspert kengashi ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosaga kelgan taqdirda, Agentlik rad etishning aniq sabablari va ruxsatnoma talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan yozma bildirishnomani ariza beruvchiga yuboradi (topshiradi)”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 13, 14 va 15-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“13. Ruxsatnoma ariza beruvchining arizasida koʻrsatilgan muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agar tasvirga olish jarayoni davomida ariza beruvchida filmni tasvirga olish kunlariga oʻzgartirishlar kiritish zarurati yuzaga kelsa (koʻrib chiqilgan film ssenariysi mazmuniga oʻzgartirish kiritmasdan), u holda xorijiy kinokompaniyaning arizasi boʻyicha Ekspert kengashi uch kundan ortiq boʻlmagan muddatda moʻljallanayotgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida Agentlik rahbariga iltimosnoma kiritadi. Agentlik rahbari iltimosnomani olganidan keyin bir ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ruxsatnoma muddatini uzaytiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ruxsatnomaning amal qilishi, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kino va videotasvirga olish jarayonida tasvirga olinayotgan materialning haqiqiy mazmuni bilan Ekspert kengashi tomonidan koʻrib chiqilgan film ssenariysi oʻrtasida tafovutlar aniqlangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
filmni tasvirga olish ishlari ruxsatnomada belgilangan kunlardan ortiq amalga oshirilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning ariza beruvchiga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi bildirishnomasi xorijiy kinokompaniya tomonidan bajarilmagan hollarda Agentlik rahbari tomonidan toʻxtatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy kinokompaniya tomonidan ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, Ekspert kengashi koʻrsatib oʻtilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnomani olgan kunning oʻzida Agentlik rahbariga iltimosnoma kiritadi. Agentlik rahbari Ekspert kengashining iltimosnomasi asosida ruxsatnomaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ekspert kengashning xulosasi hamda Agentlikning ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi qarori noqonuniyligi aniqlangan”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshidagi “toʻxtatilgan” soʻzi “tugagan” soʻzi bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ariza beruvchi ruxsatnoma berish uchun qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi bildirishnomani qabul qilib olgan paytdan boshlab bir oy mobaynida Agentlikka ruxsatnoma berilganligi uchun belgilangan toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etmagan”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshidagi “toʻxtatiladi” soʻzi “bekor qilinadi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 20-bandning birinchi xatboshidagi “Agentlik bilan kelishilgan filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasining” soʻzlari “filmni” soʻzi bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “kalendar-postanovka rejasiga” va “qoʻshimcha ruxsatnoma berilgan” soʻzlari tegishlicha “kunlariga” va “ruxsatnomaning muddati uzaytirilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “kalendar-postanovka rejasiga” soʻzlari “kunlariga” soʻzi bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 23-bandning ikkinchi xatboshidagi “Ekspert kengashi tomonidan qabul qilingan” soʻzlari “ekspert kengash tomonidan koʻrib chiqilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. 24-banddan “va u tomonidan jalb etilgan mahalliy tashkilot” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element


‎‎‎Xorijiy kompaniya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olishga ruxsatnoma olish uchun
‎Ariza

‎‎‎‎“Oʻzbekkino” Milliy agentligiga

‎‎______________________________________________________________________mamlakatining
‎‎________________________________________________________________________kompaniyasi

‎‎(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

‎‎kompaniya rekvizitlari _______________________________________________________________

‎‎(pochta manzili, telefon, faks, elektron pochta, bank rekvizitlari)

‎‎__________________________________________________________________filmi uchun (nomi)

‎‎(asl nusxa tilida va rus yoki oʻzbek tiliga tarjima qilingan holda)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy kinokompaniya tomonidan filmlarni kino va videotasvirga olish uchun ruxsatnoma berishni iltimos qiladi.

‎‎film turi ________________________________________________________________________

‎‎(koʻp seriyali, bir seriyali, qisqa metrajli)

‎‎Sahnalashtiruvchi rejissor ___________________________________________________________
‎‎Prodyuser _________________________________________________________________________
‎‎Filmni tasvirga olishni tashkil etish boʻyicha ishlarning boshlanishi
‎20___ y. “___” ________________
‎‎Filmni tasvirga olishni tashkil etish boʻyicha ishlarning tamom boʻlishi
‎20___ y. “___”________________
‎‎Tasvirga olish kunlari soni ________________________________________________ (yozuv bilan)
‎‎Arizaga ilova: Film ssenariysi.

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy kinokompaniya tomonidan filmlarni kino va videotasvirga olishga ruxsatnoma olish shartlari bilan tanishdik.

‎‎Kompaniya rahbari __________________________________________________________________

(F.I.O.)‎

‎‎‎Muhr oʻrni‎

_______________________

(imzo)‎

‎‎20___ y. “____” _________________

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element


‎‎‎“OʻZBEKKINO” MILLIY AGENTLIGI
‎Xorijiy kinokompaniya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmni kino va video tasvirga olishga
‎ruxsatnoma
‎№ 00000

‎‎20___ yil “____” ______________

‎‎Toshkent shahri

‎‎1. Kinokompaniya nomi _______________________________________________________________
‎‎2. Mamlakat ________________________________________________________________________
‎‎3. Filmning nomi __________________________________________________________________
‎‎4. Kinokompaniya rekvizitlari _________________________________________________________
‎‎5. Oʻzbekistonda ishlarni bajarish muddatlari:
20__ yil “ ___” __________ dan 20__ yil “ ___” __________ gacha
‎‎6. Tasvirga olish kunlari soni ________________________________________________________
‎‎7. Ruxsatnomaning muddati uzaytirilgan:
‎‎20__ yil “ ___” __________ gacha
‎‎“Oʻzbekkino” Milliy agentligi
‎Bosh direktori
F.I.O. (imzo)‎‎

‎‎Muhr oʻrni

”.‎

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2019-y., 09/19/499/3301-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)