2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Kinematografiya sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish | ||||
|
1. |
Qabul qilingan qarorning talablarini inobatga olib, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Oʻzbekkino” milliy agentligi huzuridagi Badiiy kengash toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish: Badiiy kengash tarkibini xolislik, obyektivlik, ochiqlik tamoyillarini hisobga olgan holda shakllantirish tartibi; Badiiy kengash tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar va funksiyalar doirasini aniq belgilash; Badiiy kengashning huquq va majburiyati, aʼzolarining javobgarligi. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
“Oʻzbekkino”MA (F. Zokirov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov), |
|
2. |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Badiiy kengash tarkibini qabul qilingan qaror talablarini inobatga olgan holda shakllantirish. |
Buyruq |
2018-yil 10-oktabrga qadar |
“Oʻzbekkino”MA (F. Zokirov), Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) |
|
3. |
Davlat buyurtmasi asosida kinomahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha tanlov tashkil qilish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish, unda shu jumladan quyidagilar nazarda tutiladi: har yili oʻtkaziladigan tanlovlarning aniq muddatlari; talabgorlarning arizalariga qoʻyiladigan talablar, ularni dastlabki koʻrib chiqish tartibi; tanlovda kinokompaniyalarning ishtirok etishi boʻyicha aniq talablar; tanlov natijalari ustidan shikoyat qilish tartibi; tanlovning tashkil etilishi va oʻtkazilishini hamda uning natijalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish masalalari; qabul qilingan qarorning talablarini hisobga olgan holda boshqa masalalar. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2018-yil 1-oktabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), LBMA (Sh. Sodiqov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
4. |
Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarning kino-, videosʼyomkasini amalga oshirishning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), LBMA (Sh. Sodiqov), DXX (J. Igamov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
5. |
Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash: davlat buyurtmasi boʻyicha ishlab chiqarilayotgan kinomahsulotlar tannarxini hisoblash tartibi; davlat buyurtmasi boʻyicha kinomahsulotlar tayyorlashning ishlab chiqarish-iqtisodiy meʼyorlarini; davlat buyurtmasi boʻyicha kinomahsulotlar tayyorlashni moliyalashtirishning namunaviy smetalari. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
6. |
Quyidagilarni: kinomahsulotlar, kinoteatrlar va kinozallarni, shuningdek kino aktyorlarni kategoriyalarga ajratish; kinomahsulotlarni yosh boʻyicha (0+, 3+, 6+, 12+, 16+, 18+) tasniflash mexanizmlarini joriy etish. |
Normativ- huquqiy hujjatlar |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
“Oʻzbekkino”MA (F. Zokirov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
7. |
Xalqaro festivallarda taqdim qilish uchun eng yaxshi milliy kinoni aniqlash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoraviy normativ- huquqiy hujjat |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
8. |
Original kinomahsulotlardan noqonuniy foydalanish hamda kontrafakt kinomahsulotlarni tarqatishga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlikdagi harakatlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Harakatlar rejasi |
2018-yil 15-sentabrga qadar |
IMA (A. Fayzullayev), Bosh prokuratura huzuridagi departament (A. Mavlonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev), “Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
9. |
Huquq egalari huquqlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirgan holda, davlat va nodavlat telekanallar efirida qonuniy asosda xorijiy va milliy kinomahsulotlarni namoyish qilish mexanizmlarini tatbiq etish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Normativ- huquqiy hujjatlar |
2018-yil 31-dekabrga qadar |
IMA (A. Fayzullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev), MTRK (A. Xadjayev), “Oʻzbekkino”MA (F. Zokirov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov), vazirlik va idoralar |
|
II. Xalqaro hamkorlik, investitsiyalarni jalb qilish va kadrlar salohiyatini mustahkamlashga doir tashkiliy chora-tadbirlari | ||||
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasi hududi va tashqarisida kinomahsulotlarni hamkorlikda ishlab chiqarish (coproduction) masalalarini huquqiy tartibga solish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2018-yil 1-dekabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Oʻzbekiston Kinemotografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov), vazirliklar va idoralar |
|
11. |
Oʻzbekiston Respublikasida kinoturizmni rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida kinomahsulotlarni ishlab chiqarishda xorijiy kinokompaniyalarga tashkiliy, ishlab chiqarish-texnik koʻmaklashish hamda milliy kinolokatsiyani xorijiy davlatlarda ilgari surish uchun masʼul boʻlgan nodavlat notijorat tashkiloti shaklidagi milliy kinokomissiyani tashkil qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 15-sentabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Umarov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev), Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
12. |
Oʻzbekiston Respublikasida kinoturizmni rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida kinomahsulotlarni ishlab chiqarishda xorijiy kinokompaniyalarga tashkiliy, ishlab chiqarish-texnik koʻmaklashish uchun qulay infratuzilmani yaratish hamda milliy kinolokatsiyani xorijiy davlatlarda ilgari surish boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Umarov), TIV (A. Komilov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev), Milliy kinokomissiya, Manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
13. |
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan hamda xorijiy davlatlarga olib chiqib ketilgan kinofilmlar (ularning nusxalari) va boshqa arxiv audiovizual materiallarni respublikaga qaytarish masalasini idoralararo darajada ishlab chiqish. |
Muzokaralar oʻtkazish va arxiv materiallarni respublikaga qaytarish |
2018 ― 2020-yillar. |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), TIV (A. Komilov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Manfaatdorvazirlik va idoralar |
|
14. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Amerika Qoʻshma Shtatlari, Rossiya Federatsiyasi, Fransiya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlarning yetakchi kinokompaniyalarida kinoindustriya sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashnitashkil qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-2019-yillar. |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), TIV (A. Komilov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev) |
|
15. |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi samarali faoliyatini taʼminlash, uni zarur vositalar va asbob-uskunalar bilan jihozlash, malakali xodimlar bilan toʻldirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov) |
|
III. Ishlab chiqarilayotgan kinomahsulotlarning turini kengaytirish, kinomahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish | ||||
|
16. |
Davlat buyurtmasi boʻyicha kinomahsulotlarning tasdiqlangan hajmlarini ishlab chiqarish uchun ajratilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari doirasida davlat va jamiyat qurilishining eng muhim yoʻnalishlarida erishilgan yutuqlar va bunyodkorlik ishlari borasida xronikal filmlar ishlab chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
har yili |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
17. |
Davlat va jamiyat qurilishining eng muhim yoʻnalishlarida erishilgan yutuqlar va bunyodkorlik ishlarini tasvirga olish vazifasi zimmasiga yuklatilganini inobatga olgan holda, “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi faoliyatining qoʻshimcha moliyalashtirish manbalarini aniqlash. |
Moliyalashtirish manbalarini qayta koʻrib chiqish |
2018-yil |
Moliya vazirligi (A. Haydarov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Bekenov), “Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov) |
|
18. |
Teleserial formatida milliy kinomahsulotlarni tizimli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar kiritish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), MTRK (A. Xadjayev), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
19. |
Qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq, milliy teleefirda uzatilayotgan xorijiy tele-, radio-, kinomahsulotlarni davlat tiliga dublyaj qilish standartlarini qayta koʻrib chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), MTRK (A. Xadjayev), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
20. |
Internet tarmogʻi orqali kinotanqidchilar hamda tomoshabinlar bahosi asosida(shu jumladan janrlar boʻyicha) kinomahsulotlarning rasmiy reytingini aniqlash mexanizmini joriy qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 31-dekabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev), Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
21. |
Internet tarmogʻi, televideniye va radioda kinomahsulotlarni reklama qilish, shuningdek, tashqi reklamani joylashtirishni yanada soddalashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish. |
Normativ- huquqiy hujjatlar |
2018-yil 15-dekabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), MTRK (A. Xadjayev), Davlat raqobat qoʻmitasi (R. Gʻulomov), Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev), “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi (I. Latipov) |
|
22. |
Respublika ichida kinomahsulotlar distributsiyasi sohasida faoliyatni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar tayyorlash va kiritish. |
Normativ- huquqiy hujjatlar |
2018-yil 15-dekabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
23. |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzurida milliy va xorijiy kinoindustriya rivojining dolzarb masalalari, kinomahsulotlarni ishlab chiqarish, prokati va namoyishi, kinematografiya sohasida raqamli va innovatsion texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha axborot-tushuntirish materiallarni yorituvchi “Kino sanʼati” jurnalini taʼsis etish. Uni chop etish boʻyicha sarf-xarajatlarni shaxsiy daromadlar bilan taʼminlanmagan qismi boʻyicha tashqi reklamani joylashtirish orqali hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni televideniye, radio, Internet tarmogʻida reklama qilish va piar-kampaniyasini uyushtirish uchun kinomahsulotlar ishlab chiqish boʻyicha xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-sentabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Matbuot va axborot agentligi (L. Tangriyev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
IV. Ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish | ||||
|
24. |
Ilgʻor xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda, debyut badiiy filmlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotnomani kiritish. |
Takliflarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma |
2018-yil 15-oktabrga qadar |
“Oʻzbekkino” NA (F. Zokirov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
25. |
Ajratilgan budjet mablagʻlari hajmiga mos ravishda sifatli kino mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida prodyuserlar, ssenariy mualliflari, rejissorlar, boshqa ishlab chiqarish-ijodiy va texnik xodimlarga gonorar toʻlash mexanizmlarini takomillashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 15-noyabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Oʻzbekiston Kinematografiyani rivojlantirish markazi (O. Abdushukurov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev) |
|
26. |
Davlat buyurtmasi asosidagi milliy kino mahsulotlarini namoyish etayotgan kino teatrlarni davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlanishi boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Normativ- huquqiy hujjatlar |
2018-yil 15-noyabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
V. “Oʻzbekkino” ma ishlab chiqarish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | ||||
|
27. |
2018-yilda tajriba-sinov loyihasi sifatida sarf-xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirgan holda, Andijon va Navoiy viloyatining olis va chekka hududlarida milliy kino mahsulotlari namoyishini tashkil qilish maqsadida ikkita “Kinoklub” ixtisoslashgan avtotransport vositalarini xarid qilish va ularni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), “Oʻzavtosanoat” AJ (Sh. Umurzoqov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev), Milliybank (A. Mirsoatov) |
|
Erishilgan natijalari asosida boshqa mintaqalarning olis va chekka hududlarida milliy kino mahsulotlari namoyishini tashkil qilish maqsadida “Kinoklub” ixtisoslashgan avtotransport vositalarini xarid qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2019-yil 1-fevralga qadar | ||
|
28. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari kreditlari va grantlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobidan sifatli kino mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun “Oʻzbekfilm” AJni zamonaviy kino anjomlar, kino ishlab chiqarishning texnologik tizimlari va multimedia mahsulotlari, maxsus avtotransport vositalari bilan taʼminlash. |
Vazirlar Mahkamasining farmoyishi |
2018-yil 15-noyabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Bekenov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
29. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan “Qoraqalpoqfilm” davlat unitar korxonasi binosini rekonstruksiya qilishni taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil 1-martga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Bekenov), Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi (Sh. Sodiqov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi(K. Sariyev) |
|
30. |
Toshkent shahar mahalliy budjeti hisobidan “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasi binosini taʼmirlash. |
Vazirlar Mahkamasining farmoyishi |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Bekenov), Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi (Sh. Sodiqov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxoʻjayev) |
|
31. |
Toshkent viloyati mahalliy budjeti hisobidan “Doʻrmon” ijodiyot uyi” davlat unitar korxonasi binosini kapital taʼmirlash hamda zarur vositalar va asbob-uskunalar bilan jihozlash. |
Vazirlar Mahkamasining farmoyishi |
2018-yil 1-noyabrga qadar |
“Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (S. Bekenov), Loyiha boshqaruvi Milliy agentligi (Sh. Sodiqov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Toshkent viloyati hokimiyati (Gʻ. Ibragimov) |
3-ILOVA
| T/r | Tadbirlar nomlanishi | Ijro muddatlari | Summasi | Moliyalashtirish manbalari | Ijrochilar | Izohlar |
| I. “Uchta shahar” loyihasi | ||||||
| 1. | “Uchta shahar” loyihasi ijrosi uchun masʼul “Uzbekistan Film Nolding” MCHJ tashkil qilish va uning samarali faoliyati bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish. | 2018-yil 1-avgustga qadar | - | - | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov, S. Xolmuradov, “Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Umarov), Adliya vazirligi (R. Davletov) | “Uzbekistan Film Nolding” MCHJ davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi. Jamiyatning taʼsis etuvchilari “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Intellect Enterprise” MCHJ (Oʻzbekiston). “Uzbekistan Film Nolding” MCHJ va u tashkil qiladigan kompaniyalarga “Uchta shahar” loyihasi doirasida soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq boshqa preferensiyalar beriladi (imtiyozlar va preferensiyalarning aniq roʻyxati alohida qaror bilan belgilanadi). |
| 2. | Tegishli infratuzilmaga ega boʻlgan “Xalq diplomatiyasi shahri”, “Etnoshahar”, “Kinoshahar” obyektlarini qurish joyini aniqlash. | 2018-yil 10-avgustga qadar | - | - | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov, S. Xolmuradov, A. Sultanov), Qurilish vazirligi (A. Toʻxtayev), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev), Davergeodezkadastr (A. Abdullayev), Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi (A. Abduvaliyev), “Oʻzbekenergo” AJ (U. Mustafoyev), “Oʻztransgaz” AJ (Sh. Tursunov), Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxoʻjayev), Toshkent viloyati hokimligi (Gʻ. Ibragimov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Umarov), “Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), “Uzbekistan Film Nolding” MCHJ | Obyektlarni joylashtirish manzili etib Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatining poytaxtga eng yaqin hududlari belgilanadi. Bunda “Uchta shahar” loyihasini oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida mazkur hudud (joy) tegishli infratuzilmaga (muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, energiya, gaz, suv taʼminoti, kanalizatsiya, avtomobil yoʻllari) ega boʻlishi kerak. “Uchta shahar” loyihasini amalga oshirish uchun yer uchastkasikamida 100 gektarni tashkil qiladi va uzoq muddatga kamida 49 yilga imtiyozli foydalanishga, keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan beriladi. |
| 3. | “Uchta shahar” loyihasini amalga oshirish maqsadida yer uchastkalarining olib qoʻyilishisababli jismoniy va yuridik shaxslarga mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan kompensatsiya toʻlash. | 2018-yil 1-noyabrga qadar | - | Mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov, S. Xolmuradov, A. Sultanov), Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxoʻjayev) va Toshkent viloyati hokimligi (Gʻ. Ibragimov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov) | Jismoniy va yuridik shaxslarning yer uchastkalari olib qoʻyilganligi uchun baholash tashkilotlari xulosalari asosida kompensatsiyalarni oʻz vaqtida toʻlash. Yer uchastkalari olib qoʻyilgan shaxslarning qonuniy manfaatlari va huquqlari buzilishiga yoʻl quymaslik. |
| 4. | “Uchta shahar” loyihasining LTIA/LTIHni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqni tasdiqlash. “Uchta shahar” loyihasining LTIA/LTIH asosida TIA/TIH ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2018-yil 1-sentabrga qadar | - | Vazirlar Mahkamasi (S. Xolmuradov), “Uzbekistan Film Nolding” MCHJ, LBMA huzuridagi loyihalarni va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi | Hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3550-son qarori talablariga javob berishi lozim. | |
| 5. | “Uchta shahar” loyihasi yer uchastkasidan uzoq muddatga vaqtinchalik foydalanish uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish | 2018-yil 25-avgustga qadar | - | - | Davergeodezkadastr (A. Abdullayev), Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxoʻjayev) va Toshkent viloyati hokimligi (Gʻ. Ibragimov), manfaatdor vazirlik va idoralar | “Uzbekistan Film Nolding” MCHJ nomiga huquq oʻrnatuvchilik hujjatlarini olish. |
| 6. | “Uchta shahar” loyihasi doirasida buyurtmachi, bosh loyiha tashkiloti va bosh pudrat tashkilotini belgilash. | 2018-yil 1-sentabrga qadar | - | - | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov, S. Xolmuradov, A. Sultanov), “Uzbekistan Film Nolding” MCHJ | “Uchta shahar” loyihasini amalga oshirish doirasida buyurtmachi, loyiha tashkiloti va bosh pudrat tashkilotini aniqlash maqsadida tanlov (tender) oʻtkazish. |
| 7. | Birinchi bosqich doirasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va rejalashtirilgan obyektlarni ishga tushirish. | 2019-yil 1-sentabrga qadar | 18 775 000,00 AQSH doll.* | “WNITECO Narvest Investments” (Kipr) kompaniyasi va nvestorlar guruhining (“R.I.D, GmbN” (Germaniya), “ASTE Melwert Investments Private Equity Fund” (AQSH, Ukraina), “Etnomir” (Rossiya), “Royal Orbit Nolding Group LLC” (BAA), “Sinefekt Post Produksiyon Nizmetleri A.S.” (Turkiya)investitsiyalari | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov, S. Xolmuradov, A. Sultanov), “Uzbekistan Film Nolding” MCHJ | Birinchi bosqich doirasida quyidagi obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va ishga tushirish rejalashtirilgan: a) “Xalq diplomatiyasi shahri”: 6 ta madaniyat markazlari: landshaft-dizaynerlik ishlarini oʻtkazgan holda Prezidentlar xiyoboni; Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi; sunʼiy togʻ va ketma-ket sharsharalarga ega Shoirlar bogʻi; Yoshlarning vatanparvarlik ruhini koʻtarish, Oʻzbekiston tarixini oʻrganish uchun, toʻsiqlar osha yugurish va dor yoʻliga ega bogʻdan iborat “Vatanparvar” bogʻi, muzey-sport vatanparvarlik majmuasi; Ochiq osmon ostidagi muzey; yashil, chiroyli alleya va favvoradan iborat “sevishganlar” bogʻi; 1 kafe va 1 restoran; b) “Etnoshahar”: Amir Temur saroyi hamda saroy atrofida alleya, favvora va bogʻ; 6 ta etnosaroy; 1 kafe va 1 restoran; esdalik sovgʻalar doʻkonlari; eski koʻchalar kompleksi; minora; “Xalq diplomatiyasi shahri” va “Etnoshahar” majmualarini bogʻlovchi asosiy shahar darvozalari; v) “Kinoshahar”: kamida 1200 kv.m. maydonga ega kinotasvirga olish uchun pavilyonlar; kinomahalla (10 ta villa, 20 ta taunxauslar, 50 ta kvartiraga moʻljallangan koʻp qavatli uy); biznes-markaz; ombor binolari; ishlab chiqarish sexlari; bogʻ zonasi. |
| 8. | Ikkinchi bosqich doirasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va rejalashtirilgan obyektlarni ishga tushirish. | 2020-yil 1-sentabrga qadar | 82 347 000,00 AQSH doll.* | “WNITECO Narvest Investments” (Kipr) kompaniyasi va investorlar guruhining (“R.I.D. GmbN” (Germaniya), “ASTE Melwert Investments Private Equity Fund” (AQSH, Ukraina), “Etnomir” (Rossiya), “Royal Orbit Nolding Group LLC” (BAA), “Sinefekt Post Produksiyon Nizmetleri A.S.” (Turkiya)investitsiyalari | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov, S. Xolmuradov, A. Sultanov), “Uzbekistan Film Nolding” MCHJ | Ikkinchi bosqich doirasida quyidagi obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va ishga tushirish rejalashtirilgan: a) “Xalq diplomatiyasi shahri”: 9 madaniyat markazi; 3 ming kishiga moʻljallangan ochiq konsert zali; 5 ming kishiga moʻljallangan amfiteatr; koʻrgazmalar majmuasi; 5 kafe va 3 restoran; mehmonxona; kinematografiya markazi; 4 ta muzeydan tashkil topgan muzey maydoni; b) “Etnoshahar”: 13 ta etnosaroy; 2 ta mehmonxona (uch yulduzli va toʻrt yulduzli); 10 ta kafe va restoran; 20 ta esdalik sovgʻalar doʻkonlari; “Labi Hovuz” eski koʻchalar kompleksi; Mirzo Ulugʻbek observatoriyasi; 2 karvonsaroy (etno-mehmonxonalar); qalʼa devori; 5 ta oʻtov; 3 ta shaharga kirish darvozalari; 2 ta minora; v) “Kinoshahar”: 1 ta toʻrt yulduzli mehmonxona; 4 ta kinopavilyon; biznes-markazning 2 ta bloki; kinomahalla (20 ta villa, 200 ta taunxaus, 75 xonadonli koʻp kvartirali uy); 1 omborxona binosi; 3 ta ishlab chiqarish sexi; kinoakademiya (kinoindustriya sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasi); supermarket; xodimlar uchun yotoqxona; futbol, basketbol, voleybol maydonlari, tennis kortlari, boshqa sport obyektlari, xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi; xususiy maktab; xususiy tibbiyot markazi; maʼlumotlarni qayta ishlash va saqlash markazi; ishchi, maxsus va oʻyin transportlari uchun garajlar; bogʻ zonasi. |
| 9. | Uchinchi bosqich doirasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va rejalashtirilgan obyektlarni ishga tushirish. | 2021-yil 1-sentabrga qadar | 42 437 000,00 AQSH doll.* | “WNITECO Narvest Investments” (Kipr) kompaniyasi va investorlar guruhining (“R.I.D. GmbN” (Germaniya), “ASTE Melwert Investments Private Equity Fund” (AQSH, Ukraina), “Etnomir” (Rossiya), “Royal Orbit Nolding Group LLC” (BAA), “Sinefekt Post Produksiyon Nizmetleri A.S.” (Turkiya)investitsiyalari | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov, S. Xolmuradov, A. Sultanov), “Uzbekistan Film Nolding” MCHJ | Uchinchi bosqich doirasida quyidagi obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va ishga tushirish rejalashtirilgan: a) “Xalq diplomatiyasi shahri”: 1 ta kafe va 1 ta restoran; 1 ta mehmonxona; futbol, voleybol va basketbol maydonlari va tennis kortlari, boshqa sport inshootlar; b) “Etnoshahar”: 2 ta mehmonxona; 2 ta kafe va 5 ta restoran; karvonsaroy; v) “Kinoshahar”: kinomahalla (18 ta taunxaus, 77 xonadonli koʻp kvartirali uy); 1 ta ishlab chiqarish sexi; 1 ta kichik-ippodrom; 1 ta kovorking-markaz. |
| 10. | “Uchta shahar” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini tayyorlash va kiritish. | 2018-yil 1-sentabrga qadar | - | - | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov, S. Xolmurodov, A. Sultanov), “Uzbekistan Film Nolding” MCHJ, “Oʻzbekkino” MA (F. Zokirov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Umarov) | Qaror loyihasida “Uchta shahar” loyihasini amalga oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar nazarda tutilishi lozim. |
| II. “101” loyihasi | ||||||
| 11. | Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashgan oʻzbekistonliklar nomini abadiylashtirish, yoshlarni otalar va bobolarning qahramonligi misolida tarbiyalash maqsadida “101” romani asosida “101” toʻliq metrajli badiiy film ssenariysini tayyorlash. | 2018-yil avgust 2019-yil yanvar | 7 000 000,00 AQSH doll.*** | “Oʻzbekkino” MA, homiylik mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov), “Uzbekistan Film Nolding” MCHJ | “101” toʻliq metrajli badiiy filmini ishlab chiqarish uchun ssenariy tayyorlash va tasdiqlash. |
| 12. | Oʻzbekiston va Gollandiyalik kino xodimlari ishtirokida “101” toʻliq metrajli badiiy filmni suratga olish. (pre-production ― tayyorgarlikdan oldingi davr) | 2019-yil fevral ― may | Suratga olish jarayoniga tayyogarlik koʻrish | |||
| 13. | Oʻzbekiston va Gollandiyalik kino xodimlari ishtirokida “101” toʻliq metrajli badiiy filmni suratga olish. (production ― film sʼyomkasi) | 2019-yil iyun ― sentabr | Kinoni suratga olish ishlari va tayyor kino materialni olish. Kinoni suratga olish Oʻzbekiston, Rossiya, Germaniya va Niderlandiyada amalga oshiriladi. | |||
| 14. | Oʻzbekiston va Gollandiyalik kino xodimlari ishtirokida “101” toʻliq metrajli badiiy filmni suratga olish. (montaj-tonirovka ishlari ― post-production) | 2020-yil oktabr ― yanvar | Tayyor boʻlgan toʻliq metrajli badiiy filmni topshirish. | |||
| 15. | Oʻzbekistonlik 101-qahramonga haykal oʻrnatish. | 2020-yil aprel oyi | Madaniyat vazirligi, homiylik mablagʻlari | Amersfort shahrida (Niderlandiya) haykal oʻrnatilishi 1942-yil 9-aprel kuni Oʻzbekistonlik 101-qahramonni otish sanasiga bagʻishlanadi. | ||
| III. “Qahramonlar”loyihasi | ||||||
| 16. | “Qahramonlar” romani asosida “Qahramonlar” toʻliq metrajli badiiy film ssenariysini tayyorlash. | 2018-yil avgust ― 2019-yil mart | 10 000 000,00 AQSH doll.*** | “Oʻzbekkino” MA, homiylik mablagʻlari | Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov), “Uzbekistan Film Nolding” MCHJ | “Qahramonlar” toʻliq metrajli badiiy filmni ishlab chiqarish uchun ssenariyni tayyorlash va tasdiqlash. |
| 17. | “Qahramonlar” toʻliq metrajli badiiy filmini suratga olish. (pre-production ― tayyorgarlikdan oldingi davr) | Kinoni suratga olish jarayoniga tayyorgarlik koʻrish. | ||||
| 18. | “Qahramonlar” toʻliq metrajli badiiy filmini suratga olish. (production― film sʼyomkasi) | 2019-yil aprel ― iyun | Kinoni suratgaolish ishlari va tayyor kinomaterialni olish. Kinoni suratga olish Oʻzbekiston, Rossiya, Xitoyda amalga oshiriladi. Xitoy bozorida kino namoyishlar muvaffaqiyatli boʻlishi oʻtishi uchun Xitoy kinosanʼati yulduzlari taklif qilinadi. | |||
| 19. | “Qahramonlar” toʻliq metrajli badiiy filmini suratga olish. (montaj-tonirovka ishlari ― post-production) | 2019-yil iyul ― sentabr | “Qahramonlar” tayyor boʻlgan toʻliq metrajli badiiy filmni topshirish. | |||
| 20. | Ikkita qahramonga (mayor Maksumov hamda Vey Li) haykal oʻrnatish. | 2020-yil may | Madaniyat vazirligi, homiylik mablagʻlari | Haykal oʻrnatilishi ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlanadi. | ||
| Jami: | 160 559 000,00 AQSH doll. | |||||