Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2026 11.06.2019 yildagi 489-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.06.2019 yildagi 489-son
Date of entry into force
13.06.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filialini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati salohiyatini yanada oshirish va iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filialini (keyingi oʻrinlarda Filial deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Filial Toshkent kimyo-texnologiya institutining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududda kimyo va oziq-ovqat sanoati sohasining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika hamda texnologik tendensiyalarni hisobga olgan holda ehtiyoj yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha amaliy koʻnikmalarni egallagan malakali kadrlarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimyo va oziq-ovqat texnologiyalarining barcha yoʻnalishlari boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, korxonalarning muammolarini hal etishga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish va ilgʻor xalqaro tajribani tatbiq qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vebinar taʼlim usullarini joriy etish va rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, Filialda oʻquv jarayoni 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining vasiylik kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, vasiylik kengashi quyidagi ustuvor yoʻnalishlarda Filialni rivojlantirishga koʻmaklashadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialni moddiy-texnik jihatdan taʼminlash uchun moliyaviy yordam tashkil etish, budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalari va tashkilotlardan tayinlangan malakaviy amaliyot rahbarlarini muassasaning budjetdan tashqari mablagʻlari, ragʻbatlantirish fondi hisobidan moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish hamda iqtidorli talabalarning rivojlangan xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalarida amaliyotini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimyo, oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash hamda biotexnologiyalar sohasida Filialni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi yangi usullar, dasturlar va istiqbolli tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyatiga ilmiy ishlanmalar natijalarini samarali joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial professor-oʻqituvchilari va yosh olimlarining Scopus va Web of science kabi maʼlumotlar bazasiga kirgan xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish borasidagi sarf-xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, oʻquv-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishidan kelib chiqqan holda moddiy ragʻbatlantirib borishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialda oʻquv jarayonini tashkil etish uchun malakali professor-oʻqituvchilar, jumladan, xorijdan oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislar jalb etish hamda yosh olimlar, tayanch doktorantlarning xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlariga stajirovkaga yuborilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial pedagog va boshqa xodimlarining mehnat sharoitlarini hamda ularning ijtimoiy taʼminotini yaxshilash va qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial binolarining qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy mablagʻlar safarbar etilishini, zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter va boshqa tashkiliy texnika, kutubxona fondi bilan jihozlanishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialning tuzilmasini oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialni tanlov asosida yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialda oʻquv-metodik jarayonlarning tashkil etilishini taʼminlash, uni oʻquv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial axborot-resurs markazini tayanch oliy taʼlim muassasasi tomonidan qoʻshimcha oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi bilan birgalikda Filialning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-bandning yettiinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialni saqlash xarajatlari 2019-yilda “Maorif” sohasi boʻyicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2020-yildan boshlab esa mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialning boshlangʻich faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida unga ajratilgan bino va inshootlarni joriy taʼmirlash va jihozlash (mebel, kompyuter texnikasi, oʻquv adabiyotlari va boshqa moddiy-texnika vositalarini xarid qilish) ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Shahrisabz koʻchasi, 20-uyda joylashgan Shahrisabz yengil sanoat va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birgalikda Filialga operativ boshqarish huquqi asosida berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Shahrisabz yengil sanoat kasb-hunar kollejining oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar Filial binolarida oʻquv jarayonini davom ettiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Filialga 2 ta, shu jumladan, 1 ta xizmat va 1 ta maxsus yengil avtotransport vositalarini saqlashga limit ajratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining 2020-yil va keyingi yillar uchun parametrlarini shakllantirishda Filialning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, oʻquv laboratoriyalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash hamda yangi 300 oʻrinli talabalar turar joyi binosini qurish loyihalari belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qashqadaryo viloyati hokimligi respublika oliy taʼlim muassasalaridan Filialga faoliyat yuritish uchun taklif etilgan professor-oʻqituvchilarni uy-joy bilan, shu jumladan, 2 ta ikki xonali xizmat uyi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining takliflari asosida Filialni ichimlik va oqova suv taʼminoti bilan taʼminlash loyihalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi parametrlariga kiritilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Oʻzdonmahsulot” AK, “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi 2019/2020 oʻquv yili boshlanguniga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialda manfaatli, sohaning innovatsion rivojlanishdagi istiqbollarini hisobga olgan holda oʻquv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish, uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish, zamonaviy oʻquv adabiyotlari, laboratoriya va ishlab chiqarish trenajyorlari bilan taʼminlash choralarini koʻrsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialning moddiy-texnika va ilmiy-laboratoriya bazasini mustahkamlash, ilmiy ishlanmalarni joriy etish, ilmiy-pedagog xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va malakasini oshirishda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-yanvardagi 24-son qarori 3-bandi, “Xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalaridagi innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 12-martdagi 195-son qaroriga binoan innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Filialni yuqori malakali, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Filial uchun ilmiy-tadqiqot institutlari va respublikaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tayanch doktoranturaga 2020-yildan maqsadli kvotalar ajratilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Filialni yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash maqsadida 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Filial uchun respublikaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tegishli magistratura mutaxassisliklari boʻyicha maqsadli qabul parametrlariga takliflarni shakllantirsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarning amaliy koʻnikmalarini oshirish maqsadida soha mutaxassislarini taʼlim jarayoniga jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilar va talabalarning ilmiy-tadqiqot institutlari va yetakchi tashkilotlarning laboratoriyalaridan foydalanishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qashqadaryo viloyati hokimligi “Oʻztransgaz” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda Filialni tabiiy gaz taʼminotiga ulash uchun texnik shart berilishi choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining murojaatiga asosan Filialni yuqori tezlikdagi Internet hamda elektron taʼlim milliy tarmogʻiga belgilangan tartibda ulash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov hamda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Roʻziyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 11-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
489-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 489-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining vasiylik kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Z. Ruziyev

Qashqadaryo viloyati hokimi, Vasiylik kengashi raisi

2.

Sh. Aslanov

“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ bosh direktori, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari

3.

U. Begimkulov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari

4.

Sh. Mutalov

Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori

5.

O. Qurbonov

“Dexqonobod kaliyli oʻgʻitlar zavodi” MCHJ bosh direktori v.b.

6.

Sh. Shamsiyev

“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MCHJ bosh direktori

7.

F. Alimov

“Qarshi yogʻ ekstraksiya” AJ boshqaruvi raisi

8.

A. Abdumavlyanov

“Koson yogʻ ekstraksiya” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari

9.

H. Karimov

“Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ boshqaruvi raisi

10.

A. Xudoyberdiyev

“Don xalq rizqi” AJ boshqaruvi raisi

11.

S. Roʻziyev

“Shahrisabz vino-aroq” MCHJ direktori

12.

A. Avloqulov

“Agromir Kitob” MCHJ direktori

13.

lavozimi boʻyicha

Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali direktori, Vasiylik kengashi kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2019-y., 09/19/489/3283-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)