04.06.2019 yildagi PQ-4350-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 04.06.2019 yildagi PQ-4350-son
Date of entry into force
04.06.2019
Hujjat 13.04.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida ““MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikaning energetika tarmogʻi uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan amaliy tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”)ni ijro etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Energetika vazirligi, Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, ““MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (keyingi oʻrinlarda — Universitet) Toshkent shahrida ““MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimiz energetika tarmogʻi uchun taʼlim dasturlari va oliy taʼlim sifatiga qoʻyiladigan xalqaro talablarga muvofiq yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy taʼlim dasturlari va oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va joriy etish, oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning eng soʻnggi yutuqlarini tatbiq etish, oʻquv-pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energetika, elektrotexnika, issiqlik texnikasi sohasida fundamental, amaliy ilmiy va innovatsion tadqiqotlar olib borish, elektr jihozlari va tizimlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, elektr energetikasi tizimlarining tejamkorligi, ishonchliligi va barqarorligini oshirishga yoʻnaltirilgan innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilm-fan va taʼlim sifatini, uzluksizligi va uzviyligini oshirish, jahon taʼlimi va ilmiy hamjamiyatiga maqsadli integratsiyalashuv orqali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, taʼlim, ilmiy-tadqiqot va sanoat ishlab chiqarish faoliyatining uzviy integratsiyasi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim va ilmiy-texnik sohalarda xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma asosida energetika tarmogʻi tashkilotlarning ehtiyojlarini hisobga olgan va kelishilgan holda talab yuqori boʻlgan bakalavriat taʼlimi yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial Universitetning alohida tarkibiy boʻlinmasi — oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial kadrlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan va kelishilgan holda bakalavriat taʼlimining asosiy yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, shu jumladan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialda taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va taʼlim dasturlari asosida Rossiya Federatsiyasining federal taʼlim standartlariga muvofiq rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham amalga oshiriladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialning taʼlim faoliyati 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialga abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Universitet:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik hamda axborot texnologiyalarini, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filial mutaxassislarining malakasini oshirish va professor-oʻqituvchilari tarkibini qayta tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Filialning kutubxona fondini shakllantirish hamda uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan toʻldirishga koʻmaklashishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialida kadrlar tayyorlash boʻyicha bakalavriat taʼlimining asosiy yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining Vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy komissiya) tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Filialga qabul kvotalari Universitet, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Energetika vazirligi tashkilotlari, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaxassislarga nisbatan real ehtiyojini inobatga olgan holda, Vasiylik kengashi qaroriga binoan tasdiqlanadi;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat granti asosida taʼlim olgan Filial bitiruvchilari Vasiylik kengashi tomonidan besh yildan kam boʻlmagan muddatga majburiy ishlab berish uchun respublika energetika tarmogʻi tashkilotlariga taqsimlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Filial faoliyatini moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarni davlat grantlari boʻyicha oʻqitish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, biroq Filialga oʻqishga qabul qilinadigan talabalar umumiy sonining 30 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda;
(6-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda maqsadli badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Universitet mutaxassislarini jalb qilish bilan bogʻliq xizmat safari xarajatlari, Filialdagi mahalliy oʻqituvchilarning stajirovka oʻtash va malakasini oshirish xarajatlarini moliyalashtirish “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Filialning budjetdan tashqari mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda maqsadli badallari hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Universitetdan jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilarning xizmat safari xarajatlari uchun toʻlov:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30 kungacha boʻlgan qisqa muddatli xizmat safarlari boʻyicha — Rossiya Federatsiyasining qonun hujjatlarida oliy taʼlim muassasalari xodimlari uchun belgilangan normalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzoq muddatli xizmat safarlari boʻyicha — oʻquv jarayoni ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Vasiylik kengashining qaroriga binoan Filial xodimlariga Vasiylik kengashi tomonidan shakllantiriladigan mablagʻlar va Filialning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan maxsus uskunalar bilan ishlash koʻnikmasiga ega, yuqori malakali xodimlar uchun shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) Filial taʼminoti uchun budjet ajratmalari 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijtimoiy soha boʻyicha tasdiqlangan xarajatlar parametrlari doirasida ajratiladi, 2020-yildan boshlab esa mazkur sohaning yillik xarajatlar parametrlarida nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJning Filialni tashkil etish, uning moddiy-texnik va oʻquv bazasini shakllantirish, shu jumladan Filial uchun ajratilgan bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, ularni zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter va orgtexnika, adabiyotlar va kutubxona fondi, inventar, mebel va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni quyidagi nisbatlarda oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ — 50 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekgidroenergo” AJ — 50 foiz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar operativ boshqaruv huquqi asosida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Mirzo Gʻolib koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan Olmazor politexnika va standartlashtirish kasb-hunar kollejining bino va inshootlari tutash hududi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga berilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qoraqamish-3 manzilida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bino va inshootlari tutash hududi bilan birga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga berilsin va keyinchalik ushbu joyda Filial bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, hozirgi kunda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati binolarida tahsil olayotgan Toshkent bank kolleji oʻquvchilari oʻqish tugagunga qadar taʼlim jarayonini Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga berilayotgan bino va inshootlarda, Olmazor politexnika va standartlashtirish kasb-hunar kolleji oʻquvchilari esa Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga berilayotgan bino va inshootlarda davom ettiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tashkiliy komissiya (A. Sultonov):
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 1-avgustga qadar Filialga taqdim etilayotgan bino va inshootlar, shu jumladan oʻquv-laboratoriya korpusi rekonstruksiya qilinishi, Filial talabalari va oʻqituvchilari yashashlari uchun yotoqxonalar va sport kompleksi qurilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 1-yanvarga qadar Filial joylashtirilishi, Filialga taqdim etilayotgan bino va inshootlarning zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter va orgtexnika, adabiyotlar va kutubxona fondi, inventar, mebel va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan jihozlanishini taʼminlasin.
(9-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-maydagi PQ-5107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 07/21/5107/0434-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Filialga oʻqituvchilik va ilmiy ishlar uchun taklif qilinadigan xorijlik professor-oʻqituvchilarning yashash hamda transport xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflarda toʻlashga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Universitet, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJ bilan oʻzaro hamkorlikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda taʼsis hujjatlari ishlab chiqilishi va kelishilishi, shuningdek, belgilangan tartibda Filial davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Filial tuzilmasi tasdiqlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-avgustga qadar Filialning tanlov asosida malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Filialga taqdim qilinayotgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, qurish, kapital taʼmirlash va jihozlash bilan bogʻliq ishlarning bajarilishi boʻyicha quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4-son qurilish direksiyasi” MCHJ — buyurtmachi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Gidroloyiha” AJ — bosh loyiha tashkiloti;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Enter Engineering Pte. Ltd. (Singapur)” — “tayyor holda topshirish” sharti asosida jalb qilinadigan bosh pudratchi tashkilot etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash bilan bogʻliq ishlarning bajarilishi boʻyicha qurilish, loyihalashtirish va moliyalashtirish ishlarini bir vaqtning oʻzida olib borishga hamda tovar (ish, xizmat)lar, qurilish materiallari, xomashyo, butlovchi qismlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi (xizmat koʻrsatuvchi)lar hamda ularning rasmiy dilerlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni oʻtkazish va eng maqbul takliflarni tanlab olish shartlari asosida shartnomalar tuzishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-maydagi PQ-5107-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 07/21/5107/0434-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Filialga ikkita yengil avtotransport, jumladan bitta xizmat va bitta navbatchi avtotransport vositasini saqlashga limit ajratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2020-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJ mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan, Filialga taqdim qilinayotgan bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha loyihalar belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar tarkibi va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun davlat boji undirilmasdan belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Filial buyurtmanomalariga binoan Filial faoliyatini tashkil qilishda ishtirok etadigan malakali xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. 2022-yil 1-yanvarga qadar Filialni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, jihozlash va uning faoliyatini taʼminlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan oʻquv va ilmiy laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, inventar, qurilish materiallari va moddiy-texnik resurslar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi “Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 557-son qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 4-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4350-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4350-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialida kadrlar tayyorlash boʻyicha bakalavriat taʼlimining asosiy yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Elektr energetikasi va elektrotexnika
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) roʻyxatiga buyurtmachi tashkilotlar ehtiyojlarini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi bilan kelishgan holda Filialning Vasiylik kengashi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4350-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining Vasiylik kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

A.S. Sultanov

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri,Vasiylik kengashi raisi

2.

I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

J.T. Mirzamaxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzatom” agentligi bosh direktori

4.

U.M. Mustafoyev

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi

5.

R.G. Mubarakshin

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi

6.

D.A. Isakulov

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi

7.

A.A. Sanginov

“Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi

8.

B.S. Yuldashev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti

9.

B.F. Islomov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi

10.

Q.S. Sanaqulov

“Navoiy KMK” DK bosh direktori

11.

lavozimiga koʻra

Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filiali ijrochi direktori — direktor oʻrinbosari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-iyundagi PQ-4350-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

A.S. Sultanov

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri, Tashkiliy komissiya raisi

2.

U.M. Mustafoyev

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi, Tashkiliy komissiya raisi oʻrinbosari

3.

A.A. Sanginov

“Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi

4.

I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

5.

T.A. Ishmetov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

J.T. Mirzamaxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzatom” agentligi bosh direktori

7.

D.X. Axatov

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

8.

R.G. Mubarakshin

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi

9.

D.A Isakulov

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi

10.

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi

11.

S.M. Turabdjanov

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori

12.

kelishilgan holda

“MEI” milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi vakili

13.

J.A. Toshev

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti energetika fakulteti dekani

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Tashkiliy komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 07/19/4350/3241-son; 07.05.2021-y., 07/21/5107/0434-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)