Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.12.2020 31.05.2019 yildagi 450-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.05.2019 yildagi 450-son
Date of entry into force
01.06.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.12.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosati tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5623 Farmoniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PQ-4105-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agentlik Toshkent shahar, Islom Karimov koʻchasi, 45a-uy manzilidagi binoga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A.Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A.Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 31-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
450-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-maydagi 450-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan tartibga solishni, shuningdek, yer uchastkalari muomalasi va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy bozor mexanizmlari joriy etilishini taʼminlash sohasida vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining buyruqlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agentlik oʻz faoliyatini unga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning urbanizatsiyani rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, boshqa zarur muhrlar va shtamplarga, gʻaznachilik va bank hisob raqamlariga, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agentlikning rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi, qisqartirilgan nomi — Urbanizatsiya agentligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) rus tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Agentstvo urbanizatsii pri Ministerstve ekonomiki i promishlennosti Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo urbanizatsii;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ingliz tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Urbanization Agency under the Ministry of Economy and Industry of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Urbanization Agency.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 45a-uy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoatlashtirish siyosatining surʼatlari, bosqichlari va natijalarini uzoq muddatli rejalashtirish, shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sigʻimlari hamda ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojlarini hisoblash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“oʻsish polyuslari”ni aniqlash, boshqaruv markazlari joylarini tanlash, taʼlim, mehnat bozorini shakllantirishni kelishish, ichki va tashqi migratsiya sohalaridagi siyosatni tartibga solish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq aholisini yangi sanoat oʻqitish va qayta tayyorlashga qaratilgan qator institutsional va tashkiliy chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi, ishchi kuchining qishloqlardan shaharlarga harakatlanishini ragʻbatlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgʻor energiyani tejaydigan, ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yoʻl-transport infratuzilmalarini qamrab olgan yoʻldosh shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon amaliyotini hisobga olgan holda shahar aholisini joylashtirish tizimini kompleks rivojlantirishni tartibga solish, kichik, oʻrta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatini shakllantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalari bilan birgalikda yangi sanoat korxonalarini kompleks joylashtirish orqali aholi punktlarida urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan taʼminlangan, ipoteka krediti berish va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslarini jalb qilish mexanizmlaridan foydalangan holda, shu jumladan, kam va oʻrta daromadli oilalar uchun arzonlashtirilgan turar joylarni qurishga yoʻnaltirilgan investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maxsus chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi mutlaqo yangi uy-joy siyosatini amalga oshirishda urbanizatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yer uchastkalarini xususiylashtirish va bozor narxini aniqlash sohasida umuman urbanizatsiya sohasida va yer munosabatlarini tartibga solish boʻyicha davlat siyosatini takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida shaharlar, yirik qishloq aholi punktlari va shahar posyolkalarini istiqbolli rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqadi, shuningdek, tegishli konsepsiya doirasida dasturlar va loyihalar tayyorlanishi va amalga oshirilishini metodik qoʻllab-quvvatlashni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish maqsadida aholi punktlari urbanizatsiyasini rivojlantirishni baholash uchun milliy indikatorlar tizimini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urbanizatsiyani rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari va xususiy sektor, xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtiradi va tizimli qoʻllab-quvvatlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni rivojlantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muammolarni tizimli oʻrganish va islohotlar amalga oshirilishi yakunlari asosida ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda urbanizatsiyani rivojlantirish boʻyicha davlat konsepsiyalari va dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sanoatlashtirish siyosatining surʼatlari, bosqichlari va natijalarini uzoq muddatli rejalashtirish, shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sigʻimlari hamda ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyojlarini hisoblash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chuqur tahlil qilish asosida mavjud salohiyatni hisobga olgan holda korxonalarni joylashtirish hamda shaharlar, yirik qishloq aholi punktlari va shahar posyolkalarining samarali sanoat tuzilmasini shakllantirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shahar aholisi boʻyicha hisobga olish va statistika hisobotini, shuningdek, xalqaro talablarga muvofiq urbanizatsiya darajasini hisoblab chiqish metodologiyasini takomillashtirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar, yirik qishloq aholi punktlari va shahar posyolkalarida turar joy, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini va sanoat korxonalarini joylashtirishda hisobga olish maqsadida demografik sigʻim hisob-kitobini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar, yirik qishloq aholi punktlari va shahar posyolkalarida uy-joy, ijtimoiy, muhandislik infratuzilmalari va sanoat korxonalarini rekonstruksiya qilish va qurishning samaradorligi va maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) “oʻsish polyuslari”ni aniqlash, boshqaruv markazlari joylarini tanlash, taʼlim, mehnat bozorini shakllantirishni kelishish, ichki va tashqi migratsiya sohalaridagi siyosatni tartibga solish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tajribani hisobga olgan holda “oʻsish polyuslari”ni aniqlash metodikalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda shaharlar, yirik qishloq aholi punktlari va shahar posyolkalarini rivojlantirish boʻyicha boshqaruv funksiyalarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urbanizatsiya jarayonlarini ustuvor rivojlantirish uchun mintaqalarni aniqlash va tanlash maqsadida vakolatli davlat organlari bilan birgalikda shaharlar va shahar posyolkalarini ularni demografik, mehnat, infratuzilma va ishlab chiqarish salohiyati jihatidan oʻrganish yuzasidan xatlovdan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat bozori holatining doimiy monitoringini olib boradi va shaharlarda uni shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki va tashqi migratsiyani tartibga solish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) qishloq aholisini yangi sanoat oʻqitish va qayta tayyorlashga qaratilgan qator institutsional va tashkiliy chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi, ishchi kuchining qishloqlardan shaharlarga harakatlanishini ragʻbatlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish kuchlarining qishloqdan shaharga erkin harakatlanishi yoʻlidagi mavjud toʻsiqlarni aniqlaydi va vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat-xususiy sheriklik asosida va tegishli hududlarda joylashgan taʼlim muassasalari negizida (yangi sanoat mutaxassislarini ochish hisobga olingan holda) qishloq aholisini oʻqitish va qayta oʻqitish dasturini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik subyektlari uchun urbanizatsiya sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ilgʻor energiyani tejaydigan, ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yoʻl-transport infratuzilmalarini qamrab olgan yoʻldosh shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shahar aglomeratsiyalarini shakllantirish imkoniyatlarini aniqlash maqsadida ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda yirik shahar (yadro) va uning atrofidagi aholi punktlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shahar aglomeratsiyalarini shakllantirish uchun istiqbollarni oʻrganish maqsadida yirik shahar chekkasida joylashgan shaharlashgan manzilgohlarning ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yoʻl-transport infratuzilmalari holatini baholaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat organlari bilan birgalikda yirik shaharlar chekkasida yoʻldosh shaharlar tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yoʻl-transport infratuzilmalarini tashkil etishda ilgʻor energiyani tejaydigan (energiya jihatidan samarali), ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya jihatidan samarali va ekologik texnologiyalar joriy etilishini nazarda tutuvchi aholi punktlarini “yashil shaharlar”ga aylantirish mexanizmini ishlab chiqadi va joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda tegishli hududlar va aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida urbanizatsiyani rivojlantirish konsepsiyasini (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) amalga oshirish maqsadida qishloq xoʻjaligidan boshqa maqsadda foydalaniladigan yer uchastkalarini aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Konsepsiya doirasida belgilangan yer uchastkalarini zarur muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalar bilan jihozlash ustidan nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) jahon amaliyotini hisobga olgan holda shahar aholisini joylashtirish tizimini kompleks rivojlantirishni tartibga solish, kichik, oʻrta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatini shakllantirish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda shaharsozlikni rejalashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda kichik, oʻrta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatlarini shakllantirish tendensiyalarini oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suburbanizatsiya yoʻli bilan yoʻldosh shaharlarning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida urbanizatsiya masalalariga oid axborot va maʼlumotlar eʼlon qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urbanizatsiya masalalariga oid xalqaro va milliy ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi va ularda ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urbanizatsiyani tartibga solish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ishlab chiqishda qatnashish, shuningdek, ular haqida oʻz xulosalarini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha maʼlumot va materiallarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, respublika tashkilotlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli Konsepsiyalar doirasida tashkil etiladigan yangi shaharlar va yoʻldosh shaharlar loyihalarini moliyalashtirish maqsadida bosh rejalarni ishlab chiqish boʻyicha oʻz takliflarini kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish sohasida xalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish uchun grantlar va kreditlarni jalb etish masalalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urbanizatsiyani tartibga solish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, nodavlat notijorat tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-taʼlim muassasalari, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning yuqori malakali xodimlarini hamda mutaxassislarni jalb etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Agentlik faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik direktorining oʻrinbosarlari direktorning taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimidan ozod qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Agentlik rahbarlarining funksional vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agentlikka yuklangan vazifalarga muvofiq Agentlik rahbarlari quyidagi funksional vazifalarni bajaradilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Agentlik direktori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakkaboshchilik asosida Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktor oʻrinbosarlari va Agentlik boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini hamda faoliyatning ayrim yoʻnalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish uchun shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda urbanizatsiyani rivojlantirish sohasida davlat siyosatiga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida Agentlik xodimlari ijro etishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlarini belgilangan tartibda ishga qabul qiladi va ular bilan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni va uning xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ijro etish muddatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) direktorning oʻrinbosari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Agentlikning tegishli boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbariyatning topshirigʻi boʻyicha urbanizatsiyani rivojlantirishning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning topshirilgan va mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalariga bevosita rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning, shuningdek, Jamgʻarmaning boshliqlari va mutaxassislari lavozimlariga nomzodlarni belgilangan tartibda direktorning tasdiqlashi uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Agentlik tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tarkibiy boʻlinma toʻgʻrisidagi tasdiqlangan nizom doirasida aniq yoʻnalishlar boʻyicha vazifalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
funksional vazifalarni bajarishda Agentlikning boshqa tarkibiy boʻlinmalari va rahbariyati bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibiy boʻlinmaning vazifalarini amalga oshirish doirasida maʼlumotlar bazalarini boshqarish tizimlari yaratilishini tashkil etadi va ularning ishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik oldiga qoʻyilgan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishining amaliy chora-tadbirlari va mexanizmlari boʻyicha Agentlik rahbariyatiga aniq takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Direktor:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan unga yuklangan vazifalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek, Agentlik ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshiriladigan dasturlar, strategiyalar va konsepsiyalar natijalariga erishish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikda ijro intizomiga soʻzsiz rioya qilinishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Direktorning oʻrinbosarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli yoʻnalishlar boʻyicha topshiriqlar bajarilishining natijadorligi va oʻz vaqtidaligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlar boʻyicha urbanizatsiyani rivojlantirish vazifalari va dasturlari samarali amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari, Agentlik rahbariyatining topshiriqlari, shuningdek, tarkibiy boʻlinma va Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan taʼsirchan nazorat qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urbanizatsiyani rivojlantirish dasturlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ular amalga oshirilishi nazorat qilinishini taʼminlash uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Agentlikning davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilishi tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agentlik, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlanishida va belgilangan tartibda kiritilishida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
urbanizatsiyani tartibga solish sohasida, shuningdek, Agentlik vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan, shu jumladan, axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarining integratsiyasi orqali hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlari tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va ragʻbatlantiruvchi tusdagi qoʻshimcha haqlar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlik xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish manbalari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2019-y., 09/19/450/3228-son)