23.05.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2342-9
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 23.05.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2342-9
Date of entry into force
23.05.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2342-9]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 35/4, 82 va 2011-41-son qarori (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2019-yil 13-may,

321-V-9-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 13-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 13-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-33-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 13-maydagi 321-V-9, 57 va 2019-33-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 11-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirish uchun hisobvaraqda mablagʻlarni band (bron) qilishga doir ariza, shuningdek ish haqidan Kasaba uyushmalariga ixtiyoriy badallarni, jismoniy shaxslarni daromad soligʻi hamda jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarini oʻtkazish boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan va dumaloq muhr (muhr mavjud boʻlgan taqdirda, bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) bilan tasdiqlangan reyestr ilova qilingan toʻlov topshiriqnomalari hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish borasidagi sud qarori asosida ijro organlari tomonidan qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalari;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 14-banddan “, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badallar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 1-ilovaning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“15. Maqsadli mablagʻlar taqsimoti boʻyicha alohida tartiblarda ishtirok etadigan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK tarkibidagi tashkilotlarga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK korxonalari hisob raqamlaridan toʻlovlarni amalga oshirish toʻgʻrisida nizomga (roʻyxat raqami 1088, 2001-yil 27-noyabr) muvofiq ochilgan hisobvaraqlar (asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan tashqari).”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yoʻriqnomaning 2-ilovasi mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvaragʻidan mablagʻlarni talablarni qondirish uchun mutanosib ravishda hisobdan chiqarishga oid
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MISOL

Xoʻjalik yurituvchi subyektning bank hisobvaragʻiga kelib tushgan kunlik mablagʻlar uning budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzi hamda hisobvaragʻida ish haqi uchun band (bron) mavjud boʻlganda, quyidagi tartibda mutanosib ravishda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalan mijozning asosiy hisobvaragʻida kun boshida 5000 ming soʻm miqdorida mablagʻlar qoldigʻi mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻlov topshiriqnomalari va tegishli organlarning inkasso topshiriqnomalariga asosan quyidagi toʻlovlar boʻyicha qarz mavjud:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetga — 4000 ming soʻm (foyda soligʻidan — 3000 ming soʻm, QQSdan — 500 ming soʻm, budjetga toʻlanadigan boshqa soliqlar va toʻlovlardan — 500 ming soʻm);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat maqsadli jamgʻarmalariga — 2350 ming soʻm, bundan yagona ijtimoiy toʻlov — 2000 ming soʻm, avtotransport yigʻimlari — 350 ming soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, ish haqi boʻyicha umumiy summa — 3000 ming soʻm, bundan ish haqi toʻlashga berilgan kredit summasi — 1000 ming soʻm, ish haqini bronlash summasi — 2000 ming soʻm, unga quyidagilar ham kiradi: daromad soligʻi (12%) — 240 ming soʻm, shundan jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar (0,1%) — 2 ming soʻm va Kasaba uyushmasiga badallar (1%) — 20 ming soʻm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobvaraqdagi ushbu barcha talablar jamlanadi (4000 + 2350 + 3000 = 9350 ming soʻm) va 100 foiz deb qabul qilinadi. Yuqorida sanab oʻtilgan talablarning har birini qondirish boʻyicha mutanosiblik quyidagicha aniqlanadi: 9350 ming soʻm 100 foiz deb qabul qilinadi va hisobvaraqda mavjud 5000 ming soʻm mablagʻlarning unga nisbati aniqlanadi, yaʼni quyidagi hisob-kitob amalga oshiriladi: 5000 x 100/9350 = 53,476%.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu talablarning miqdoridan kelib chiqqan holda, ularning har birining ulushi tegishli mutanosibliklarda aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Budjetga toʻlovlar ulushi: 4000 x 0,53476 = 2139,0 ming soʻmni tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Davlat maqsadli jamgʻarmalarga toʻlovlar ulushi: 2350 x 0,53476 = 1256,7 ming soʻmni tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat maqsadli jamgʻarmalarning ichida yagona ijtimoiy toʻlov va avtotransport yigʻimlari boʻyicha nisbat (proporsiya) belgilanadi. Bizning misolimizdan kelib chiqib, ushbu nisbat quyidagicha boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona ijtimoiy toʻlov ulushi 2000 x 0,53476 = 1069,5 ming soʻmni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport yigʻimlari ulushi: 350 x 0,53476 = 187,2 ming soʻmni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Ish haqi boʻyicha umumiy summa (shu jumladan, ish haqini toʻlashga berilgan kredit va ish haqi fondi boʻyicha bronni oʻz ichiga olgan holda) 3000 x 0,53476 = 1604,3 ming soʻmni tashkil etadi. Ushbu qism ichida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish haqini toʻlashga berilgan kreditning ulushi 1000 x 0,53476 = 534,7 ming soʻmni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish haqi fondi boʻyicha bronning ulushi (oʻz ichiga daromad soligʻi, jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar va kasaba uyushmasiga badallarini oladi) 2000 x 0,53476 = 1069,5 ming soʻmni tashkil etadi. Ulardan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish haqiga beriladigan naqd pullar ulushi 1740 x 0,53476 = 930,5 ming soʻmni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarning daromadidan soliq (12%) ulushi 240 x 0,53476 = 128,3 ming soʻmni (uning tarkibida jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar ulushi 2 x 0,53476 = 1,1 ming soʻmni) tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasaba uyushmalari ixtiyoriy badallar ulushi (1%) 20 x 0,53476 = 10,7 ming soʻmni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu tariqa, xoʻjalik yurituvchi subyektning budjetga soliq va yigʻimlarning har bir turi boʻyicha qarzdorligi budjet oldidagi umumiy qarzdorligidan 53,476 foiz miqdorida qondiriladi. Shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektning davlat maqsadli jamgʻarmalar oldidagi qarzdorligi ushbu davlat maqsadli jamgʻarmalar oldidagi umumiy qarzdorlikdan 53,476 foiz miqdorida qondiriladi. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ish haqi boʻyicha qarzdorligi ham jismoniy shaxslar daromadidan soliq, jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar va Kasaba uyushmasiga ixtiyoriy badallarni hisobga olgan holda, ular boʻyicha umumiy qarzdorlikdan 53,476 foiz miqdorida qondiriladi.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 10/19/2342-9/3173-son)