18.05.2019 yildagi 417-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.05.2019 yildagi 417-son
Date of entry into force
21.05.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Toshkent shahrida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya ishtirokidagi nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha taʼlimning nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan kengroq qamrab olishni taʼminlash hamda maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda davlat sherigi deb ataladi) va Toshkent shahar hokimligining Koreya Respublikasi “Chung Design Construction” kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda xususiy sherik deb ataladi) bilan hamkorlikda Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar yuklash orqali beshta nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini (keyingi oʻrinlarda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkil etiladigan har bir nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarining quvvati 200 oʻrinli boʻlib, bir xil shart-sharoitlar va texnik koʻrsatkichlarga ega boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkil etiladigan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarining 1 tasi davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga aylantirish uchun davlat sherigiga beriladi, 4 tasi xususiy sherik tomonidan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi sifatida foydalaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sherik davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan majburiyatlarini oʻz muddatida toʻliq yoki qisman bajarmagan taqdirda, tashkil etiladigan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari Toshkent shahar hokimiyati tasarrufiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar tashkil etiladigan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari uchun tatbiq etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiyalanuvchilarning bir qismini ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarning farzandlari hisobidan shakllantirish va ular uchun ota-onalar toʻlovining imtiyozli hajmlarini oʻrnatish majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat maktabgacha taʼlim muassasasining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan summaning 50 foiziga qadar miqdorda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiyalar ajratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Toshkent shahar hokimligi xususiy sherikka nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish uchun ilovaga muvofiq yer maydonlari ajratib bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat sherigi bir oy muddatda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish boʻyicha xususiy sherik bilan, istisno tariqasida, tanlov oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda xususiy sherikka quyidagi qoʻshimcha majburiyatlar yuklanishini nazarda tutsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish uchun kamida 10 mln. AQSh dollari miqdorda xorijiy investitsiya kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish ishlarini 2019-yil 31-dekabrga qadar yakunlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkil etilgan maktabgacha taʼlim muassasalarida 150 tadan kam boʻlmagan yangi ish oʻrinlarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiy sherik tomonidan foydalaniladigan 4 ta nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyat turini 30 yil davomida oʻzgartirmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sherigiga beriladigan maktabgacha taʼlim muassasasining saqlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida 30 yil davomida har oyda 4000 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlarni maktabgacha taʼlim muassasasi hisob raqamiga oʻtkazib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkil etilgan maktabgacha taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayonini ilgʻor innovatsion va pedagogik texnologiyalar hamda Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlimga qoʻyilgan davlat talablari asosida tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin hamda Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 18-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
417-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-maydagi 417-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy sherikka nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish uchun ajratib beriladigan yer maydonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Ajratiladigan yer maydoni manzili

Yer maydoni

(ga)

Tashkil etiladigan muassasa quvvati

Kiritiladigan investitsiyaning taxminiy qiymati

2.

Yashnobod tumani, Mavlono Riyoziy mavzesi, 10,17 va 19-uylar oraligʻidagi boʻsh yer maydoni

0,22

200 oʻrin

2 mln. AQSh doll.

3.

Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi, 46-uy orqasidagi boʻsh yer maydoni

0,20

200 oʻrin

2 mln. AQSh doll.

4.

Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi 69/9-uy oldidagi boʻsh yer maydoni

0,25

200 oʻrin

2 mln. AQSh doll.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 460-sonli qarori tahririda)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2019-y., 09/19/417/3157-son)