16.05.2019 yildagi 410-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.05.2019 yildagi 410-son
Date of entry into force
17.05.2019
Hujjat 17.05.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarori ijrosini taʼminlash hamda import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov va “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 16-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
410-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-maydagi 410-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (keyingi oʻrinlarda import qiluvchilar deb ataladi) tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Import qilingan tovarlar harakatini nazorat qilish hamda soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha huquqbuzarliklarning oldini olish tartibi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tovarlar importi boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat bojxona qoʻmitasi idoralararo axborot almashinuvi vositasi orqali quyidagi maʼlumotlarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-son qaroriga asosan soliq toʻlovchilarning eksport-import operatsiyalari hamda tovarlar harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat soliq qoʻmitasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarorga asosan soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan import operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgandan soʻng uch kun muddatda Davlat soliq qoʻmitasi va “Oʻzstandart” agentligiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Soliqlar va bojxona imtiyozlarini monitoring qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat bojxona qoʻmitasidan kelib tushgan maʼlumotlar asosida davlat soliq xizmati organlarining maʼlumotlar bazasida har bir import qiluvchi boʻyicha nazorat kartochkalari yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Import qiluvchilar faoliyati davlat soliq xizmati organlarining “Tahlika-tahlil” dasturiy mahsulotidagi tahlil yoʻnalishlariga asosan tahlil qilinadi hamda yakuniy natijalar balli tizim asosida soliqqa oid huquqbuzarlik xavfi darajasidan kelib chiqib baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash natijalariga koʻra, soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uchta darajaga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori boʻlgan import qiluvchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi oʻrtacha boʻlgan import qiluvchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi past boʻlgan import qiluvchilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi past boʻlgan import qiluvchilar nazoratdan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori va oʻrtacha boʻlgan import qiluvchilarning faoliyati ular taqdim etgan moliyaviy va soliq hisobotlari hamda soliq toʻlovchilarning majburiyatlari paydo boʻlishi (tugatilishi) toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadigan idora va tashkilotlardan kelib tushgan maʼlumotlar asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan kameral nazoratdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kameral nazorat natijasiga koʻra, soliq hisobotlarida tafovutlar mavjudligi aniqlansa, bu haqda soliq toʻlovchiga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 70-moddasida belgilangan tartibda soliq toʻlovchiga talabnoma yuborilib, xatoliklarni bartaraf etish choralari koʻriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kameral nazorat natijalari boʻyicha soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini hamda import qiluvchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllashning qonuniyligini tasdiqlash uchun joyiga chiqqan holda mavzuli ekspress-oʻrganish amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kameral nazorat va mavzuli ekspress-oʻrganish natijasiga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import qilingan tovarlar realizatsiya qilinganligi hujjat bilan tasdiqlanganda, tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushum summasining hisobga olish registrlarida aks ettirilmaganligi, tovarlar realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlar almashtirilganligi, soxtalashtirilganligi yoki yoʻq qilinganligi, hisobda realizatsiya qilinmagan deb koʻrsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliqlar va boshqa toʻlovlar hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilishi natijasida boʻshagan mablagʻlardan maqsadli va belgilangan muddatlarda foydalanilmagan yoki import qilingan tovarlarning imtiyozli davr tugashiga qadar boshqalarga berilishi (sotilishi), shuningdek, oʻz ehtiyoji (ishlab chiqarishi) uchun import qilingan tovarlar realizatsiya qilinganligi aniqlanganda, soliqlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralari koʻriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mavzuli ekspress-oʻrganishlar natijasida soliq toʻlovchilar faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, davlat soliq xizmati organlari materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchi faoliyatida bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilish holatlari aniqlangan taqdirda, davlat bojxona xizmati organlariga, metrologiya va sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha “Oʻzstandart” agentligiga va boshqa qonun buzilishlari toʻgʻrisida tegishli vazirliklar va idoralarga qonun buzilishlari holati aniqlangan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay maʼlumot taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida kelib tushgan maʼlumotlarni davlat bojxona xizmati organlari xavfni boshqarish tizimi doirasida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining xavflilik darajasidan kelib chiqib nazorat qilib boradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Oʻzstandart” agentligi import qiluvchilar tomonidan muvofiqlik sertifikatini taqdim etmaganda, oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun respublika hududiga olib kirilgan oʻlchash vositalari uchun bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikati olinishini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Import qilingan tovarlar harakatini nazorat qilish hamda soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha huquqbuzarliklarning oldini olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati


1-bosqich

Davlat bojxona xizmati organlari

Soliq toʻlovchilarning eksport-import operatsiyalari hamda tovarlar harakati toʻgʻrisida maʼlumotlarni Davlat soliq qoʻmitasiga;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga asosan soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan import operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Oʻzstandart” agentligiga taqdim etish.

Bojxona rasmiylashtiruvidan keyin
3 kun muddatda


2-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Har bir import qiluvchi kesimida nazorat kartochkalarini yuritish hamda maxsus dasturiy mahsulot orqali maʼlumotlarni tahlil qilish va soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasi aniqlash.

Dasturiy mahsulot orqali avtomatik tarzda


3-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori va oʻrtacha boʻlgan import qiluvchilar faoliyatini kameral nazorat oʻtkazish va soliq hisobotlarida aniqlangan tafovutlarni bartaraf etish yuzasidan soliq toʻlovchiga Soliq kodeksning 70-moddasida belgilangan tartibda talabnomalar yuborish.

1 ish kuni mobaynida


4-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan axborotlarning ishonchliligini hamda import qiluvchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllashning qonuniyligini tasdiqlash maqsadida Soliq kodeksning 712-moddasida belgilangan tartibda mavzuli ekspress-oʻrganish oʻtkazish.

7 kalendar kun


5-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Nazorat tadbirlari natijasida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga;

bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha davlat bojxona xizmati organlariga;

metrologiya va sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha “Oʻzstandart” agentligiga va boshqa qonun buzilishlar toʻgʻrisida tegishli vazirliklar va idoralarga maʼlumot taqdim etish.

3 ish kunidan kechiktirmay


6-bosqich

Davlat bojxona xizmati organlari

Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida kelib tushgan maʼlumotlarni xavfni boshqarish tizimi doirasida nazorat qilish.

Doimiy


7-bosqich

“Oʻzstandart” agentligi

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kirilgan oʻlchash vositalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini olinishini nazorat qilish.

Bojxona rasmiylashtiruvidan keyin
2 oy muddatda

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2019-y., 09/19/410/3141-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)