Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
12.07.2024
13.05.2022
05.04.2022
17.05.2019
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarori ijrosini taʼminlash hamda import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov va “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 16-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
410-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-maydagi 410-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni import qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (keyingi oʻrinlarda import qiluvchilar deb ataladi) tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Import qilingan tovarlar harakatini nazorat qilish hamda soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha huquqbuzarliklarning oldini olish tartibi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tovarlar importi boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat bojxona qoʻmitasi idoralararo axborot almashinuvi vositasi orqali quyidagi maʼlumotlarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-son qaroriga asosan soliq toʻlovchilarning eksport-import operatsiyalari hamda tovarlar harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat soliq qoʻmitasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarorga asosan soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan import operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgandan soʻng uch kun muddatda Soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etadi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Soliqlar va bojxona imtiyozlarini monitoring qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat bojxona qoʻmitasidan kelib tushgan maʼlumotlar asosida davlat soliq xizmati organlarining maʼlumotlar bazasida har bir import qiluvchi boʻyicha nazorat kartochkalari yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Import qiluvchilar faoliyati davlat soliq xizmati organlarining “Tahlika-tahlil” dasturiy mahsulotidagi tahlil yoʻnalishlariga asosan tahlil qilinadi hamda yakuniy natijalar balli tizim asosida soliqqa oid huquqbuzarlik xavfi darajasidan kelib chiqib baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baholash natijalariga koʻra, soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uchta darajaga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori boʻlgan import qiluvchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi oʻrtacha boʻlgan import qiluvchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi past boʻlgan import qiluvchilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi past boʻlgan import qiluvchilar nazoratdan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori va oʻrtacha boʻlgan import qiluvchilarning faoliyati ular taqdim etgan moliyaviy va soliq hisobotlari hamda soliq toʻlovchilarning majburiyatlari paydo boʻlishi (tugatilishi) toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadigan idora va tashkilotlardan kelib tushgan maʼlumotlar asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan kameral soliq tekshiruvi oʻtkaziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kameral soliq tekshiruvi natijasiga koʻra, soliq hisobotlarida tafovutlar mavjudligi aniqlansa, bu haqda soliq toʻlovchiga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 138-moddasida belgilangan tartibda soliq toʻlovchiga talabnoma yuborilib, xatoliklarni bartaraf etish choralari koʻriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini hamda import qiluvchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllashning qonuniyligini tasdiqlash uchun joyiga chiqqan holda sayyor soliq tekshiruvlari amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kameral soliq tekshiruvi va sayyor soliq tekshiruvi natijasiga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import qilingan tovarlar realizatsiya qilinganligi hujjat bilan tasdiqlanganda, tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushum summasining hisobga olish registrlarida aks ettirilmaganligi, tovarlar realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlar almashtirilganligi, soxtalashtirilganligi yoki yoʻq qilinganligi, hisobda realizatsiya qilinmagan deb koʻrsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda soliqlar va yigʻimlar hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilishi natijasida boʻshagan mablagʻlardan maqsadli va belgilangan muddatlarda foydalanilmagan yoki import qilingan tovarlarning imtiyozli davr tugashiga qadar boshqalarga berilishi (sotilishi), shuningdek, oʻz ehtiyoji (ishlab chiqarishi) uchun import qilingan tovarlar realizatsiya qilinganligi aniqlanganda, soliqlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralari koʻriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 70-bobi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sayyor soliq tekshiruvlari natijasida soliq toʻlovchilar faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, davlat soliq xizmati organlari materiallarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchi faoliyatida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari aniqlangan taqdirda, davlat bojxona xizmati organlariga, metrologiya va sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga va boshqa qonun buzilishlari toʻgʻrisida tegishli vazirliklar va idoralarga qonun buzilishlari holati aniqlangan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay maʼlumot taqdim etiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida kelib tushgan maʼlumotlarni davlat bojxona xizmati organlari xavfni boshqarish tizimi doirasida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining xavflilik darajasidan kelib chiqib nazorat qilib boradilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi import qiluvchilar tomonidan muvofiqlik sertifikatini taqdim etmaganda, oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun respublika hududiga olib kirilgan oʻlchash vositalari uchun bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikati olinishini nazorat qiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Import qilingan tovarlar harakatini nazorat qilish hamda soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha huquqbuzarliklarning oldini olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Davlat bojxona xizmati organlari
Soliq toʻlovchilarning eksport-import operatsiyalari hamda tovarlar harakati toʻgʻrisida maʼlumotlarni Soliq qoʻmitasiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga asosan soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan import operatsiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etish.
Bojxona rasmiylashtiruvidan keyin
3 kun muddatda
2-bosqich
Davlat soliq xizmati organlari
Har bir import qiluvchi kesimida nazorat kartochkalarini yuritish hamda maxsus dasturiy mahsulot orqali maʼlumotlarni tahlil qilish va soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasi aniqlash.
Dasturiy mahsulot orqali avtomatik tarzda
3-bosqich
Davlat soliq xizmati organlari
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori va oʻrtacha boʻlgan import qiluvchilar faoliyatini kameral soliq tekshiruvidan oʻtkazish va soliq hisobotlarida aniqlangan tafovutlarni bartaraf etish yuzasidan soliq toʻlovchiga Soliq kodeksning 138-moddasida belgilangan tartibda talabnomalar yuborish.
2 kun muddatda
4-bosqich
Davlat soliq xizmati organlari
Agar soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa (shu jumladan aniqlashtirilgan talabnomadan keyin), yoxud aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalarni taqdim etmasa, yoki u taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa, soliq toʻlovchida sayyor soliq tekshiruvini tayinlash choralarini koʻradi.
30 ish kuni
5-bosqich
Davlat soliq xizmati organlari
Nazorat tadbirlari natijasida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, materiallarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga;
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha davlat bojxona xizmati organlariga;
metrologiya va sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari boʻyicha Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga va boshqa qonun buzilishlar toʻgʻrisida tegishli vazirliklar va idoralarga maʼlumot taqdim etish.
3 ish kunidan kechiktirmay
6-bosqich
Davlat bojxona xizmati organlari
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida kelib tushgan maʼlumotlarni xavfni boshqarish tizimi doirasida nazorat qilish.
Doimiy
7-bosqich
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kirilgan oʻlchash vositalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini olinishini nazorat qilish.
Bojxona rasmiylashtiruvidan keyin
2 oy muddatda
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2019-y., 09/19/410/3141-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)