Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2024 14.05.2019 yildagi 401-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.05.2019 yildagi 401-son
Date of entry into force
15.05.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz koʻchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrsida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining bugungi kundagi jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiyoti, jahon miqyosidagi oʻrni va yetarli salohiyati sababli sport sohasida yuqori natijalarga erishilib kelinmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, 2018-yilning 14-avgust — 3-sentabr kunlari Indoneziyada boʻlib oʻtgan 18-yozgi Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasi 231 nafar sportchi bilan sportning 30 ta turi boʻyicha ishtirok etib, 70 ta medalni (21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza) qoʻlga kiritgan holda, umumjamoa hisobida 5-oʻrinni egalladi (2014-yilda 9 ta oltin medal bilan 11-oʻrinni egallagan).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yilning 6 — 13-oktabr kunlari Indoneziyada 17 ta sport turi boʻyicha boʻlib oʻtgan 3-Paraosiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasi 54 nafar sportchi bilan sportning 5 ta turi boʻyicha ishtirok etib, 77 ta medalni (35 ta oltin, 24 ta kumush, 18 ta bronza) qoʻlga kiritgan holda umumjamoa hisobida 42 ta davlat ichida 6-oʻrinni egalladi (2014-yilda 22 ta oltin medal bilan 5-oʻrinni egallagan).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Osiyo Olimpiya Kengashining tegishli qaroriga muvofiq navbatdagi XIX yozgi Osiyo oʻyinlari 2022-yil Xanchou shahrida (Xitoy), XX yozgi Osiyo oʻyinlari 2026-yil Nagoya shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtishi belgilangan boʻlib, 2030-yil XXI yozgi Osiyo oʻyinlari oʻtkazilishi joyi belgilanmaganligi sababli Oʻzbekiston Respublikasi daʼvogar sifatida Osiyo Olimpiya Kengashiga buyurtma berish imkoni mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish orqali mamlakatning obroʻsi, brend sifatida mamlakat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar orqali mehmonlarning xabardorligini oshirish, mamlakat infratuzilmasini rivojlantirish, turizmni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish, nafaqat poytaxt, balki mamlakat hududlari qiyofasini yaxshilash natijasida mamlakatning ichki qiyofasiga ham oʻz ijobiy taʼsirini koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan bir qatorda, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, jahon standartlariga toʻliq javob bera oladigan sport infratuzilmasini yaratish borasida mamlakatning mavjud imkoniyatlaridan toʻliq foydalanilmayapti. Xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchidan, mustaqillikka erishilgandan soʻng shu kunga qadar xalqaro talablarga javob bera oladigan sport infratuzilmasi (shu jumladan, olimpiya shaharchasi) yaratilmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchidan, yirik xalqaro kompleks musobaqa oʻtkazish uchun xalqaro talablarga toʻliq javob bera oladigan logistika, transport infratuzilmasi mavjud emasligi bois, yozgi Osiyo va Olimpiya oʻyinlari Oʻzbekistonda shu kunga qadar oʻtkazilmagan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida yirik nufuzli xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish uchun munosib infratuzilmani yaratishga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish uchun munosib infratuzilmani yaratishga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda ishchi guruh deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini (keyingi oʻrinlarda musobaqalar deb ataladi) oʻtkazish boʻyicha tashkiliy masalalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha respublikada mavjud boʻlgan sport inshootlari, logistika, transport va mehmonxona infratuzilmalarini oʻrganish hamda yangilarini barpo etish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ishchi guruh (A.A. Abduxakimov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy masalalarni tezkor va sifatli hal etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturda nazarda tutilgan barcha tadbirlar toʻliq amalga oshirilishi yuzasidan masʼul vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrganilgan xalqaro tajriba natijalarini tahlil qilish va musobaqalarni oʻtkazishni tashkil etishda samarali foydalansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud infratuzilmalar quvvatini tahlil qilish asosida amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlarni belgilash, qoʻshimcha infratuzilmalarni yaratishga boʻlgan sarf-xarajatlarni, shuningdek, taqdim etilgan maʼlumotlar, takliflar va hisob-kitoblarni kompleks tahlil qilish asosida takliflar ishlab chiqsin hamda 2020-yil 10-yanvarga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan ishlab chiqilgan hududiy dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy masalalar bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari, xorijiy investorlarning mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
musobaqalarni oʻtkazish uchun tanlovga buyurtma berish, badal puli, kafolat depoziti hamda Oʻzbekistonda musobaqalarni targʻibot (reklama) qilish uchun mablagʻlarni Osiyo Olimpiya Kengashiga oʻtkazib berish Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va xorijiy investorlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining buyurtmanomalariga muvofiq sport turlari boʻyicha xalqaro federatsiyalar (uyushmalar), Osiyo federatsiyalari (uyushmalari) va Osiyo Olimpiya Kengashi vakillariga vizalarni konsullik va boshqa yigʻimlar undirmasdan, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida rasmiylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 14-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
401-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-maydagi 401-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish uchun munosib infratuzilmani yaratishga moʻljallangan chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy masalalar

1.

Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish uchun tegishli koʻrgazmali materiallar ilova qilingan holda belgilangan tartibda tegishli buyurtmanoma bilan Osiyo Olimpiya Kengashiga murojaat qilish.

1. Oʻzbekistonda Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish uchun tegishli koʻrgazmali materiallarni tayyorlash.

2. Osiyo Olimpiya Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomidan tegishli buyurtmanomani tayyorlash va imzolash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

3. Imzolangan murojaat xatini Osiyo Olimpiya Kengashiga yuborish.

2019-yil

20-iyun

2019-yil

25-iyun

2019-yil

30-iyunga qadar

Milliy olimpiya qoʻmitasi,

Jismoniy tarbiya

va sport vazirligi,

Tashqi ishlar

vazirligi

2.

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining Oʻzbekistonga tashriflarini tashkil etish.

1. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining Oʻzbekistonga tashrifi boʻyicha muzokaralar olib borish.

2. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining Oʻzbekistonga tashrifi boʻyicha kutib olish dasturini tayyorlash.

3. Xalqaro olimpiya qoʻmitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi hamda xalqaro va Osiyo federatsiyalari vakillarining tashrifi bilan bogʻliq barcha xarajatlarni, shu jumladan, aviachiptalar, ichki transport, yashash va ovqatlanish xarajatlarini qoplash.

2019-yil

iyun

Kelishuvga muvofiq

Milliy olimpiya qoʻmitasi mablagʻlari, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

mablagʻlari,

xorijiy investorlarning mablagʻlari

Milliy olimpiya qoʻmitasi,

Jismoniy tarbiya

va sport vazirligi,

Tashqi ishlar

vazirligi, Sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)

3.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida Oʻzbekistonda xalqaro nufuzli musobaqalarni, shu jumladan, yozgi Osiyo oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha jamgʻarma tashkil etish.

Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish va Oʻzbekistonda turli darajadagi xalqaro nufuzli musobaqalarni oʻtkazishni oʻz ichiga olgan jamgʻarmani tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2019-yil

iyul

Milliy olimpiya qoʻmitasi,

Jismoniy tarbiya

va sport vazirligi

II. Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish

4.

2017-2018-yillarda oʻtkazilgan yozgi Osiyo oʻyinlari tajribasini oʻrganish, shu jumladan:

2017-yil 12 — 28-sentabr kunlari Ashxobod shahrida (Turkmaniston) yopiq sport inshootlarida boʻlib oʻtgan jang sanʼatlari va V Osiyo oʻyinlari;

2018-yil 14-avgust — 3-sentabr kunlari Jakarta va Palembang shaharlarida (Indoneziya) boʻlib oʻtgan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlari.

1. Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish tajribasini oʻrganish boʻyicha vazirlik va idoralararo ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda ishchi guruh deb ataladi) tarkibini shakllantirish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2. Oʻrganilgan tajriba natijalarini tahlil qilish va Oʻzbekiston Respublikasida Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishda samarali foydalanish.

2019-yil iyul-avgust oylari

Milliy olimpiya qoʻmitasi,

Jismoniy tarbiya

va sport vazirligi,

Tashqi ishlar

vazirligi,

Sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar),

tegishli vazirliklar
va idoralar

III. Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha respublikada mavjud boʻlgan sport inshootlari, logistika,
transport va mehmonxona infratuzilmalarini oʻrganish va yangilarini barpo etish boʻyicha takliflar tayyorlash

5.

Yozgi Osiyo oʻyinlarini ommaviy axborot vositalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish.

Ishchi guruh tomonidan yozgi Osiyo oʻyinlarini toʻgʻridan-toʻgʻri ommaviy axborot vositalari orqali yoritish masalalarini oʻrganish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil iyul

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Samarqand viloyati hokimligi,

Toshkent shahar hokimligi

6.

Toshkent va Samarqand shaharlari markaziy koʻchalari va Toshkent — Samarqand yoʻnalishi avtomagistral yoʻllarini taʼmirlash.

Ishchi guruh tomonidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar va ularni amalga oshirish xarajatlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil

avgust

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi,

Toshkent shahar hokimligi

7.

Respublikada mavjud boʻlgan sport inshootlari, logistika, transport, mehmonxona infratuzilmalari quvvatlarini tahlil qilish va chet el tajribasini oʻrgangan holda yirik nufuzli xalqaro kompleks musobaqalarni oʻtkazish uchun talab etiladigan tegishli qoʻshimcha infratuzilmalar va obyektlar roʻyxatini shakllantirish, ularning qurilishi hajmlari va qiymatlarini aniqlash hamda ehtiyojlardan kelib chiqqan holda obyektlarni taʼmirlash va qurish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplash.

Ishchi guruh tomonidan mavjud infratuzilmalar quvvatini oʻrganish tahlili asosida qoʻshimcha infratuzilmalar va ularni yaratishga xarajatlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil

sentabr

Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qoʻmitasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Davlat statistika qoʻmitasi,

Samarqand viloyati hokimligi,

Toshkent shahar hokimligi

8.

Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlari ishtirokchilarini (30 000 nafar) qabul qilish, maishiy shart-sharoitlarni oʻz ichiga olgan Olimpiya shaharchalarini Toshkent va Samarqand shaharlarida qurish.

Ishchi guruh tomonidan Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tadbirlarga aniqlik kiritish va ularning sarf-xarajatlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil sentabr

Samarqand viloyati hokimligi,

Toshkent shahar hokimligi

9.

Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar, takliflar va hisob-kitoblarni tahlil qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda yirik nufuzli xalqaro kompleks musobaqalarni oʻtkazish uchun sport infratuzilmani yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar, takliflar va hisob-kitoblarni kompleks tahlillar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil

aprel

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qoʻmitasi,

tegishli vazirliklar va idoralar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-maydagi 401-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish uchun munosib infratuzilmani yaratishga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika ishchi guruhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

A.A. Abduxakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, respublika ishchi guruhi raisi

2.

D.X. Nabiyev

jismoniy tarbiya va sport vaziri, respublika ishchi guruhi raisi oʻrinbosari

3.

U.M. Axmatdjanov

Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi, respublika ishchi guruhi raisi oʻrinbosari

4.

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi, respublika ishchi guruhi raisi oʻrinbosari

5.

E.O. Turdimov

Samarqand viloyati hokimi, respublika ishchi guruhi raisi oʻrinbosari

6.

A.X. Tuxtayev

qurilish vaziri

7.

R.A. Gulyamov

iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

S.X. Bekenov

investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

I.T. Neʼmatov

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

B.A. Begalov

Davlat stastistika qoʻmitasi raisi

11.

A.Y. Xaydarov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

12.

Sh.B. Nazarov

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

13.

A.A. Akkulov

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.v.b.

14.

K.F. Bayazitov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi, respublika ishchi guruhi kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Respublika ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2019-y., 09/19/401/3130-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)