Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4212-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
2019-yilda davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tadbirlarini joriy yilning may-iyun oylarida ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan Nizom talablariga muvofiq amalga oshirsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-may,
375-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 375-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining kvota asosida davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimdan tashqari) va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
2. Ushbu Nizom ichki ishlar organlarining shahodatlangan xodimlari, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarining farzandlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Nizom ichki ishlar organlari xodimlarining terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida olgan jarohati tufayli nogironligi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin vasiylikka olingan farzandlariga, shuningdek, ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining vasiylikka olingan farzandlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga (ikkinchi taʼlimdan tashqari) oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Kadrlar bosh boshqarmasi boshligʻining (keyingi oʻrinlarda Vazir oʻrinbosari deb ataladi) iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan quyidagilarga beriladi:
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq;
terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlariga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimdan tashqari) va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun taqdimnoma Vazir oʻrinbosarining iltimosnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan quyidagilarga beriladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlariga, mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq;
terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlariga mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq.
5. Ichki ishlar organlari xodimlarini terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topishning tartibi va aniq mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
6. Tavsiyanoma (taqdimnoma) (keyingi oʻrinlarda tavsiyanoma deb ataladi) blanklari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida har yili Ichki ishlar vazirligi uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar hisobiga “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
7. Tavsiyanoma, mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq, sxema boʻyicha xodimlarning farzandlariga bir davlat oliy taʼlim muassasasining bakalavriati (ikkinchi taʼlimdan tashqari) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimdan tashqari) va oʻrta maxsus taʼlim muassasasining (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasasi deb ataladi) kunduzgi yoki sirtqi taʼlim shakliga bir marta kirish uchun uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlari amaldagi xodimlarining harbiy oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma berilgan farzandlariga keyinchalik davlat va harbiy oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun ham tavsiyanoma berilishi mumkin.
Tavsiyanomaga asosan oʻqishga qabul qilingan talaba (kursant) oʻqishdan chetlashtirilgan taqdirda (shu jumladan oʻz xohishi bilan oʻqishdan ketganda), ularga tavsiyanoma qaytadan berilmaydi.
2-bob. Tavsiyanoma berish tartibi
8. Tavsiyanoma berish masalasini koʻrib chiqish uchun Vazir oʻrinbosari raisligida komissiya tuziladi.
Kamida besh nafar rahbar xodimlar va vakolatli mutaxassislardan iborat boʻlgan komissiya Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
9. Har yili mart oyida komissiya tomonidan quyidagilar koʻrib chiqiladi:
xodimlar farzandlariga taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar deb ataladi) boshliqlarining tavsiyalari;
terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlari roʻyxatlari.
10. Tarkibiy va hududiy boʻlinmalar boshliqlari komissiyaga koʻrib chiqish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) amaldagi xodimlar boʻyicha:
tarkibiy va hududiy boʻlinma boshligʻining tavsiyasi;
maʼlumotnoma-obyektivka;
avtobiografik maʼlumotlar;
xizmat faoliyati natijalari boʻyicha batafsil hisobot;
xodim farzandining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va pasporti nusxasi;
maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxasi;
b) terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlar boʻyicha:
xodim farzandining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va pasporti nusxasi;
xodim farzandining maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxasi.
Mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
11. Hujjatlar komissiyaga koʻrib chiqish uchun har yili 15-martgacha taqdim etiladi.
12. Komissiya tarkibiy va hududiy boʻlinmalar taqdim etgan hujjatlarni har yili 1-aprelgacha koʻrib chiqadi.
Vazir oʻrinbosari huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan xodimlarga, ular xizmat qilayotgan ichki ishlar organidan qatʼi nazar, tavsiyanoma berish uchun iltimosnoma kiritish huquqiga ega.
Komissiya yigʻilishi yakunlari boʻyicha bayonnoma tuziladi, u komissiya raisining imzosi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
13. Tavsiyanoma olganlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi buyrugʻi tasdiqlangandan soʻng ichki ishlar organlari xodimlari terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan taqdirda, ularning farzandlariga joriy qabul yilining 1-iyuliga qadar tavsiyanoma berilishi mumkin.
14. Komissiya hujjatlarni oʻrganish mobaynida xodimning halok boʻlganligi yoki olgan tan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolganligi terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlmagan deb topilgan hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qoʻshgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatda yuqori natijalarga erishgan deb topilmagan taqdirda, tavsiyanoma berishni rad etadi.
15. Taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun berilgan tavsiyanomalarning yagona hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi tomonidan yuritiladi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berilgan xodimlarning farzandlari roʻyxatini har yili 1-maygacha mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda yuboradi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Komissiyaning harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tavsiyanoma blankasining
ShAKLI
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Tavsiyanoma blankasining
ShAKLI
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Taqdimnoma blankasining
ShAKLI
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Taqdimnoma blankasining
ShAKLI
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish
SXEMASI
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
6-ILOVA
Davlat oliy taʼlim muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berilgan, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlar farzandlarining
ROʻYXATI
|
T/r |
Abituriyentning (nomzod) familiyasi, ismi, otasining ismi |
Abituriyent (nomzod) pasportining (guvohnomasi) seriyasi va nomeri |
Taʼlimning rejalashtirilayotgan yoʻnalishi |
Tavsiyanoma (taqdimnoma) raqami |
Izoh |
|
1. |
|||||
|
2. |
|||||
|
3. |
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2019-y., 09/19/375/3095-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)