Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2023 29.04.2019 yildagi 364-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.04.2019 yildagi 364-son
Date of entry into force
30.04.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining yoki ularning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 29-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
364-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 364-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining (keyingi oʻrinlarda xodim deb ataladi) yoki uning yaqin qarindoshlarining (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, er-xotinlar, farzandlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari va opa-singillari) mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni xodimning oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida yetkazilgan taqdirdagina qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom davlat bojxona xizmati organlaridan pensiyaga chiqarilgan shaxslarga, agar zarar ularning yoki yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga davlat bojxona xizmati organlaridagi xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan boʻlsa, tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Zararni qoplash masalasini koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizomni amalga oshirish maqsadida xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash masalasini oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparatida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha bojxona boshqarmalarida, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Bojxona instituti va Milliy kinologiya markazida (keyingi oʻrinlarda bojxona organlari deb ataladi) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi komissiyalar tuziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Komissiya tarkibi bojxona organining tegishli xizmatlari xodimlaridan tashkil topadi va bojxona organi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Zarar oʻrnini qoplash boʻyicha tegishli hujjatlarni yigʻish va rasmiylashtirish bojxona organlarining Kadrlar boshqarmasi va joylardagi kadrlar boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda kadrlar xizmatlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻz mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash maqsadida xodim yoki uning yaqin qarindoshlari bojxona organi rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza u kelib tushgan kunning oʻzida bojxona organi rahbari tomonidan kadrlar xizmatiga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mol-mulkka yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi bildirgi (ariza) kelib tushgan kundan boshlab uch kun muddatda bojxona organining kadrlar xizmati tomonidan tegishli komissiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqida xodimning bildirgisi yoki uning yaqin qarindoshlarining arizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulkiga zarar yetkazilgan holatlar boʻyicha tekshiruv xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Komissiya tomonidan hujjatlar ular taqdim etilgan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hujjatlarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha mol-mulkka yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi yoki uni qoplash rad etilishi toʻgʻrisida komissiya qarori qabul qilinadi va bojxona organi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan bayon bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Komissiya qarori uch kun muddatda manfaatdor shaxslarga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Komissiya raisi va aʼzolari zararning oʻrnini qoplash yoki qoplashni rad etish toʻgʻrisidagi komissiya qarorining qonuniyligi va toʻgʻri qabul qilinganligiga masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Zararning oʻrnini qoplash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mol-mulkka yetkazilgan zararning haqiqiy miqdorini aniqlash, bojxona organi tomonidan baholash tashkiloti jalb qilingan holda, mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxsning ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda zarar miqdori uning oʻrnini qoplash vaqtida amal qilayotgan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Hisob-kitoblar naqd pul koʻrinishida yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Zarar natura shaklida, teng qiymatdagi mulkni berish, uni taʼmirlash yoki boshqa koʻrinishlarda ham qoplanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomda nazarda tutilgan toʻlovlar bojxona organlarining moliya-iqtisodiyot xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mol-mulkka yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha tegishli qaror qabul qilinganidan soʻng, ushbu zararning oʻrni bojxona organlari tomonidan oʻn kun muddatda manfaatdor shaxslarga qoplab berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mol-mulkka yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi va keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Zararni aybdor shaxslardan undirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplagan bojxona organi bu bilan bogʻliq xarajatlarni zarar yetkazilishi uchun aybdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda aybdor shaxslarni topish maqsadida vakolatli organlarga tegishli soʻrovnomalar yuborilishi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa zarur tadbirlar amalga oshirilishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Bojxona organlari moliya-iqtisodiyot xizmatlari tomonidan zararning oʻrni qoplangan kundan boshlab ikki kun muddatda zararning oʻrni qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (toʻlov topshiriqnomasi, chiqim kassa orderlari, toʻlov vedomstlari hisob-faktura va boshqalar) nusxalari tegishli bojxona organining yuridik xizmatiga aybdor shaxslardan zarar summasini undirish choralarini koʻrish uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Bojxona organlarining yuridik xizmatlari zararning oʻrni qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun muddatda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aybdor shaxslarga nisbatan daʼvo (qarshi daʼvo) kiritish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi va ularga nisbatan daʼvo (qarshi daʼvo) kiritish choralarini koʻradi;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlarda tegishli bojxona organi vakili sifatida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
undirishga qaratilgan, lekin undirilmay qolgan mablagʻlarni (aybdor jismoniy shaxs vafot etgan, I guruh nogironlik roʻyxatiga kiritilgan hollarda) mablagʻlarni hisobdan chiqarish uchun sud qarorlari yoki boshqa hujjatlarni tegishli bojxona organining moliya-iqtisodiyot xizmatiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida zararning oʻrnini qoplash xarajatlarini undirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash mazkur Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Xodimning yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha nizo va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sxemasi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/364/3035-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)