20.04.2019 yildagi 341-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.04.2019 yildagi 341-son
Date of entry into force
22.04.2019
Hujjat 22.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yogʻ-moy tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4118-son qarori)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yogʻ-moy tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 16-yanvardagi PQ-4118-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.J. Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 20-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
341-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi 341-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-dekabrdagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan Moliya inspektorlari lavozimi joriy etiladigan korxonalar roʻyxatining I boʻlimi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Paxta chigiti resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 31-martdagi 93-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 17-modda) 8-bandidagi ““Oʻzpaxtasanoat” va “Oʻzpaxtayogʻ” aksiyadorlik jamiyatlari” degan soʻzlar ““Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Paxta chigitini yetkazib berish va undan foydalanish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 18-sentabrdagi 199-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 69-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi ““Oʻzpaxtayogʻ” AJ” soʻzlari ““Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qarorga ilovaning 48-bandidagi ““Oʻzpaxtayogʻ” AJ” soʻzlari ““Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-sentabrdagi 200-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 35-36-son, 349-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 4-banddagi ““Oʻzpaxtayogʻ” AJ” soʻzlar ““Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 5-bandning birinchi xatboshisidagi ““Oʻzpaxtayogʻ” AJ” soʻzlari ““Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 1-ilova I, II, IV — VI-boblar “Masʼul ijrochilar” ustunidagi ““Oʻzpaxtayogʻ AJ” soʻzlari ““Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi” soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) 1-ilova 31-pozitsiyasining “Masʼullar” ustunidagi ““Oʻzpaxtayogʻ AJ” degan soʻzlari ““Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi” degan soʻzlarga almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-avgustdagi 218-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 52-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xoʻjaliklariga kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha topshirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta shroti (kunjara) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 11-banddagi, 12, 13-bandlarning birinchi xatboshisilaridagi, 14 va 19-bandlardagi ““Oʻzpaxtayogʻ AJ” soʻzlari ““Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 1-ilova “V bosqich” pozitsiyasining “Masʼullar” ustuni matnidagi ““Oʻzpaxtayogʻ” AJ” soʻzlari ““Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 4-ilovadagi ““Oʻzpaxtayogʻ” AJ bosh direktori” soʻzlari ““Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 56-modda) 3-ilovasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 165-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagi mazmundagi boʻlim qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi

282.

“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi

Toshkent shahri

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining ““Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-fevraldagi 106-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 31-modda) 8-bandidagi ““Oʻzpaxtayogʻ” AJ” soʻzlari ““Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son)