10.02.2016 yildagi 33-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.02.2016 yildagi 33-son
Date of entry into force
15.02.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni keng jalb etish, ularning korporativ boshqaruvda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashda, sifatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni va ularni tashqi bozorlarga yetkazib berishni tashkil etishda faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aktivlari va ulushlarini qisqartirish hisobiga iqtisodiyotda davlat ishtirokini tubdan kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav kapitalidagi davlat ulushining kamida 15 foizi xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav kapitalidagi kamida 15 foiz ulushi, shu jumladan qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish yoʻli bilan, xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish va strategik xomashyoni dastlabki qayta ishlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining, shuningdek tabiiy monopoliyalar subyektlarining hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tovarlar va xizmatlarni tartibga solib boriladigan narxlar boʻyicha yetkazib beruvchilarning roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni tizimli ravishda monitoringini olib borish va monitoring natijalari boʻyicha hisobotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi belgilangan muddatlarda sotilmagan davlat ulushlarini keyinchalik tasarruf etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishini taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari paketlarini xatlovdan oʻtkazish va baholash uchun zarur boʻlgan kadastr hujjatlarining toʻliq hajmda tayyorlanishini oʻn kun muddatda taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari rahbarlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik boshqaruvi organlarining taqdim etilgan takliflari asosida ushbu qarorning 1 va 2-ilovalariga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish jadvallarini oʻn kun muddatda tasdiqlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish jadvallarini bajarilishining borishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan aksiyadorlik jamiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
potensial xorijiy investorlarni qidirib topish va aksiyadorlik jamiyatlariga jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasini, ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan xorijiy ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, shuningdek Internet tarmogʻida aksiyalar paketlarini sotish va beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisidagi axborotlarni keng yoritish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xoʻjalik boshqaruvi organlari va aksiyadorlik jamiyatlari muassislari bilan birgalikda, oʻzlarining ustav kapitallarida xorijiy investorlarni kamida 15 foiz miqdoridagi ulushlar bilan qatnashishga jalb etishni belgilangan muddatlarda taʼminlamagan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirishni 2016-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorining 8-bandida belgilangan muddatda qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining koʻrsatib oʻtilgan qarorida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalari berishga doir tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — moliya vaziri R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2016-yil 10-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 398-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan Xoldinglar toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) I boʻlimning 1-bandi birinchi xatboshidagi “ochiq” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) III boʻlimning 3-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) IV boʻlimning 1-bandidagi “Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-oktabrdagi 452-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 10-son, 39-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji qishloq xoʻjaligi bozori toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-banddagi “ochiq turdagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 22-banddagi “ochiq” soʻzi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“investitsiya vositachilarining va (yoki) Markaziy depozitariyning elektron topshiriqlari yoxud hisob-kitob-kliring palatasining boshqa aʼzolari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida “toʻlovga qarab yetkazib berish” tamoyili boʻyicha bitishuvlar natijalariga koʻra majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 71 va 72-bandlar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“71. Uchinchi shaxslarning, shu jumladan sudlarning va boshqa davlat organlarining qimmatli qogʻozlar savdolari tashkilotchisi majburiyatlari boʻyicha talablari hisob-kitob-kliring palatasining talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamidagi savdolar qatnashchilarining pul mablagʻlari hisobiga qondirilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar natijalari boʻyicha hisob-kitob-kliring palatasining talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamiga pul mablagʻlarini qabul qilishda va oʻtkazishda vakolatli bank tomonidan vositachilik xizmatlari haqi undirilmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y ., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalardagi ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi birinchi xatboshidagi “1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan korxonalarda” soʻzlaridan keyin “shuningdek aktivlarning balans qiymati eng kam oylik ish haqining yuz ming baravaridan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 19-martdagi PQ-1727-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 22-maydagi 140-son qarorining 1-bandi beshinchi xatboshidagi “fond bozorini yanada rivojlantirish uchun” soʻzlaridan keyin “shu jumladan “Eng yaxshi korporativ boshqaruv”, “Eng yaxshi investitsiya vositachisi” va “Eng yaxshi investitsiya konsultanti” har yilgi tanlovini oʻtkazish uchun, shuningdek korporativ boshqaruv va moliya bozori sohasida xalqaro konferensiyalar, “davra suhbatlari” va seminarlar oʻtkazish uchun” soʻzlari qoʻshilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 8-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalarining 7-bandidagi “ochiq” soʻzi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “Zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan hududlari va ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-iyuldagi 192-son qaroriga 3-ilovadagi 42-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlaridan samarali va oqilona foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 9-oktabrdagi 289-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19 va 104-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
185-pozitsiyadagi “Oʻzavtosanoat” AK” soʻzlari “Oʻzavtosanoat” AK” (“QIZIL SUV” ShARBATI)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
193 — 194-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
226-pozitsiyadagi “27,22%” raqamlari “1,37%” raqamlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-pozitsiyadagi “Oʻzbekiston qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar kombinati” AJ” soʻzlari ““Oʻzbekiston qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar kombinati***” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60-pozitsiyadagi “Kogon-yogʻ” soʻzlari ““Oʻzpaxtayogʻ” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62-pozitsiyadagi “Qizilqumsement” AJ” soʻzlari “Oʻzqurilishmateriallari” AK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“*** Davlat aktivlarini oʻtkazish aksiyalarni nominal qiymati boʻyicha qoʻshish va konvertatsiya qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 8-son, 31-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “1999-2000-yillarda xususiylashtirishni chuqurlashtirish va davlat mulkini sotishdan mablagʻlar tushishini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qaroriga 8-ilovaning 8-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga 6-ilova II boʻlimining 15-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarori 1-bandining ikkinchi va beshinchi xatboshi, shuningdek uning 1, 4-ilovalari hamda 5-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 32-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-son hamda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-son qonunlari)” 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 79-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 6-son, 56-modda, 21-son, 236-modda, 2016-y., 32-son, 388-modda; 2017-y., 4-son, 51-modda, 6-son, 78-modda, 26-son, 593-modda, 26-son, 593-modda, 38-son, 1053-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son, 09.10.2018-y., 09/18/806/2014-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 10.04.2019-y., 09/19/289/2912-son, 22.04.2019-y., 09/19/341/2992-son; 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son)