17.04.2019 yildagi PF-5708-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 17.04.2019 yildagi PF-5708-son
Date of entry into force
18.04.2019
Hujjat 01.05.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish mamlakat aholisining 60 foizidan ortiq qismi yashayotgan qishloqlarning farovonlik darajasini yuksaltirishda muhim omil boʻlmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu munosabat bilan soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligini boshqarish tizimida institutsional islohotlar amalga oshirildi, paxta xomashyosi va boshoqli don mahsulotlarini davlat tomonidan kafolatlangan xarid narxlarini sezilarli darajada koʻpaytirish hisobiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligi oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster modeli keng joriy etilmoqda, natijada oxirgi yillarda paxta-toʻqimachilik klasterlariga ajratilgan yer maydonlari hajmi mazkur ekin turi uchun ajratilgan qishloq xoʻjaligi yerlarining 52 foizini tashkil etdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda samarali bozor mexanizmlarining mavjud emasligi tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish imkonini bermayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan boshqarishning yaxlit tizimini shakllantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini davlat tomonidan xarid qilishning bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi navbatda qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish va sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, qishloq xoʻjaligi subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilgʻor tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qoʻshilgan qiymati zanjiri yaratilishini ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligi, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini oshirishga koʻmaklashadigan qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xoʻjaligi yerlarini, qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuproq bonitirovkasini oʻtkazish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning meʼyoriy qiymatini aniqlash, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli Farmoniga asosan oltinchi-yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keng koʻlamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urugʻchiligini tashkil etish va rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona oʻtlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat koʻrsatish va tuproqni muhofaza qilish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim, fan va qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishni tizimli asosda uzviy integratsiyalashuvini, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot, goʻsht, sut va boshqa qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi (ishlab chiqaruvchi) korxonalar bilan ushbu mahsulotlarni qayta ishlovchi, tayyorlovchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar oʻrtasida oʻzaro manfaatli munosabatlar uchun sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot, goʻsht, sut va boshqa qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari — yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, yuqori samara beruvchi yoʻnalishlarda loyihalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga xususiy va toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari oqimining taʼsirini tahlil qilish, prognozlash va bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlarida ilgari surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda import hajmini kamaytirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xoʻjaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasida barcha manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi va uning ilmiy-tadqiqot muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi etib qayta tashkil etilgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi etib qayta tashkil etilgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi va uning boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etilgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Vazirlik ixtiyoriga oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining bio va nanotexnologiyalar, qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi navlarini yaratish va joriy etish boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi sohasida mehnat va moddiy-texnik resurslar sarfi meʼyorlarini ishlab chiqish va yangilash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzagrokimyohimoya” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda qishloq xoʻjaligiga agrokimyoviy xizmat koʻrsatish va oʻsimliklar himoyasini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin, bunda Vazirlik huzurida quyidagi vazifalarni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan xizmat tashkil etilishi nazarda tutilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy va biologik vositalar bilan taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha profilaktik va integratsiyalashtirilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar ekin maydonlarida, tomorqa yerlarda, issiqxona xoʻjaliklarida fitosanitariya holati ustidan doimiy kuzatuv va nazorat olib borish, qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlar rivojlanishi va tarqalishini prognoz qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarini tashish, saqlash, sotish va qoʻllash, qishloq xoʻjaligi uchun mineral oʻgʻitlarni agrokimyo xaritanomalari asosida tuproqni ozuqa moddalari bilan taʼminlanganligini hisobga olib, tabaqalashtirilgan holda yetkazib berish boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda uch oy muddatda ishlab chiqilayotgan “Aqlli qishloq xoʻjaligi” konsepsiyasi doirasida qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish sohasini moliyalashtirish loyihalari va manbalari boʻyicha takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik ixtiyoriga oʻtkaziladigan tashkilotlar tegishli tashkilotlarning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalar boʻyicha huquqiy vorislari hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
limon va grek yongʻogʻi ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar, kartoshka ishlab chiqaruvchilar uyushmalari rahbarlari taʼsischilar umumiy yigʻilishi qarori bilan saylanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri taqdimnomasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, shu jumladan vaqtincha boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan, xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari va tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari faoliyatini moliyalashtirish, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish (ish haqi, mukofot pullari, ustamalar va boshqa pul mukofotlari toʻlash) manbalari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari ekspertlarini jalb qilgan holda uch oy muddatda don mahsulotlari narxlarini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xalqaro (xorijiy) moliya institutlari va maslahatchilarni jalb etgan holda bir oy muddatda xorijiy tajriba va joylardagi haqiqiy ahvolni chuqur tahlil qilish asosida aniq moliyaviy manbalarni va mexanizmlarni koʻrsatgan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019 — 2021-yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun foydalanilmayotgan yer maydonlarini oʻzlashtirish konsepsiyasi loyihasini kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy irrigatsiya va melioratsiya texnologiyalari hamda yerlarni sugʻorish usullarini keng joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faol jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsepsiyani amalga oshirishda ishtirok etuvchi tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5418-son Farmonining 2 va 8-bandlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3671-son qarorining 1 va 2-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Urugʻchilikni rivojlantirish markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalarini kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlik ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 17-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5708-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2019-y., 06/19/5708/2962-son; 07.09.2020-y., 06/20/6061/1262-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)