Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.10.2024 13.04.2019 yildagi 308-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.04.2019 yildagi 308-son
Date of entry into force
15.04.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.10.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-oktabrdagi 714-sonli “Fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini soddalashtirish va shaffofligini taʼminlash, shuningdek, davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda “Yagona reyestr” AT deb ataladi) joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. “Yagona reyestr” AT quyidagilarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllagan holda aholiga davlat tomonidan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va yordam berish bilan bogʻliq tartib-taomillarni avtomatlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamni olish uchun murojaat qiluvchilar va oluvchilar toʻgʻrisida yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlariga davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamning barcha turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamlash va tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ijtimoiy yordamini tayinlashda oilalarning ehtiyojmandligi darajasini va ariza beruvchilarning qonunchilikda belgilangan mezonlarga muvofiqligini real vaqt rejimida baholash;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor tashkilotlarga ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun “Yagona reyestr” ATdan zarur axborotni berish.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi “Yagona reyestr” ATning egasi va foydalanuvchisi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “Yagona reyestr” AT orqali kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam berishni (keyingi oʻrinlarda ijtimoiy nafaqalar deb ataladi) koʻrib chiqish va tayinlash tartib-taomillari Sirdaryo viloyatida tajriba loyihasi doirasida 2019-yil 1-oktabrdan boshlab amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi 122-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2021-y., 09/21/122/0186-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sirdaryo viloyatining kam taʼminlangan oilalariga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 3-ilovaga muvofiq;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/286/0592-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini yaratish va bosqichma-bosqich joriy etish tadbirlari rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yagona reyestr” ATni ishlab chiqish va joriy etish, shu jumladan, davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamning barcha turlarini maʼmuriy taʼminlash va hisobga olish jarayonlarini birlashtirishni nazarda tutadigan uning takomillashtirilishi taʼminlagan holda bosqichma-bosqich 2019-2020-yillarda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sirdaryo viloyatida kam taʼminlangan oilalarga 2019-yil 1-oktabrgacha tayinlangan ijtimoiy nafaqalar 2020-yil 1-mayga qadar Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda, 2020-yil 1-maydan boshlab “Yagona reyestr” AT orqali toʻlanadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/286/0592-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 1-martdagi 165-F-son farmoyishining amal qilishi kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam olish uchun ariza bergan fuqarolarga interaktiv xizmatlarni koʻrsatishda tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻzlarining maʼlumotlar bazalarini shakllantirish jadvalini kiritsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2019-yil oxirigacha oʻz maʼlumotlar bazalari shakllantirilishini taʼminlasinlar, ularni IIPga ulasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil oxirigacha real vaqt rejimida “Yagona reyestr” ATga kirish uchun elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlarni uzatish tarmogʻiga (keyingi oʻrinlarda IMUT deb ataladi) ulanishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019-yil 1-iyundan boshlab ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari belgilangan tartibda elektron hukumatning IMUTga ulanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2019-yil 1-oktabrgacha ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari “Yagona reyestr” ATning real vaqt rejimida ularning maʼlumotlar bazasiga kirishi uchun IIPga ulanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari zimmasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot xavfsizligiga rioya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari hisobga olingan holda real vaqt rejimida “Yagona reyestr” ATning ularning bazalariga kirishi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IIP orqali “Yagona reyestr” ATning idoralararo elektron soʻrovi asosida axborot oʻz vaqtida shakllantirilishi va berilishi taʼminlanishi uchun masʼuliyat yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Yagona reyestr” ATni ishlab chiqish va joriy etish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-2020-yillarda Qoʻshma ikki yillik ish rejasi asosida YUNISEFning Oʻzbekistondagi Vakolatxonasining grant asosida beriladigan moliyaviy, texnik va ekspert jihatidan qoʻllab-quvvatlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beriladigan kredit, shuningdek, Jahon bankining texnik va ekspert jihatidan qoʻllab-quvvatlashi hisobiga amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) YUNISEFning Oʻzbekistondagi Vakolatxonasi tomonidan “Yagona reyestr” ATni ishlab chiqishga ixtisoslashtirilgan xalqaro kompaniya bilan kontrakt tuzilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari bilan axborot ayirboshlashni nazarda tutuvchi “Yagona reyestr” AT ishlab chiqilishi va foydalanishga topshirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yagona reyestr” ATning uzluksiz ishlashini va u zarur texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruratga koʻra elektron hisobot maʼlumotlari shakllantirilishi hisobga olingan holda “Yagona reyestr” AT yanada takomillashtirilishi va kuzatib borilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlarning maʼlumotlar bazalariga kirish tartibini belgilasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror ijrosining tizimli monitoringini olib borsin va tahlil qilsin va zarurat boʻlganda ijtimoiy yordamni koʻrib chiqish va koʻrsatish tartibini, shu jumladan, idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik orqali kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar tayinlash tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida va davrida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga Sirdaryo viloyati mehnat organlarining 12 nafar inspektorlari va mutaxassislarining shtat birliklarini bersin.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/286/0592-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining Sirdaryo viloyatidagi Boshqarmasiga “Yagona reyestr” ATni joriy etish va kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar toʻlash vazifalari yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi “Yagona reyestr” AT Sirdaryo viloyati hududida samarali joriy etilishi va ishlashi bilan bogʻliq vazifalarni hal etish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining Sirdaryo viloyatidagi Boshqarmasiga kompleks koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga “Yagona reyestr” AT orqali kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar tayinlash uchun murojaat qilish va tayinlash tartibi Sirdaryo viloyati aholisi orasida muntazam va har tomonlama yoritilishini belgilangan tartibda taʼminlash tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga Sirdaryo viloyatidagi tajriba loyihasini amalga oshirishning tahlili natijalari hisobga olingan holda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini respublikaning butun hududida joriy etish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini kiritsin;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/286/0592-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 13-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
308-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi 122-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2021-y., 09/21/122/0186-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi 122-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2021-y., 09/21/122/0186-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi 122-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-apreldan amal qilishini toʻxtatgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2021-y., 09/21/122/0186-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-apreldagi 308-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini yaratish va bosqichma-bosqich joriy etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TADBIRLARI REJASI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha tashkiliy tadbirlar

1.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish, joriy etish, kuzatish va yanada takomillashtirish jarayonini metodik taʼminlash boʻyicha masʼul ijrochilar mutaxassislaridan iborat tarkibda ekspertlar kengashini tashkil etish.

Moliya vazirligining buyrugʻi

2019-yil
may

Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Pensiya jamgʻarmasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha).

2.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish jarayonini texnik taʼminlash va kuzatish boʻyicha idoralararo ishchi guruhni tashkil etish.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyrugʻi

2019-yil
may

Pensiya jamgʻarmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha), manfaatdor vazirliklar va idoralar.

II. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish

4.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish, joriy etish va kuzatish boʻyicha ishlar (xizmatlar) qiymatini, shu jumladan, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi xodimlarini oʻqitishga va Sirdaryo viloyatida tajriba loyihani tashkil etish doirasida uning samarali ishlashini taʼminlash uchun moddiy-texnik jihozlash xarajatlari qiymatini aniqlash.

Budjetni tasdiqlash hamda moliyalashtirish manbalarini aniqlash

2019-yil
may

Pensiya jamgʻarmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha).

5.

Soliq organlari va boshqa davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazalarini taqqoslash yoʻli bilan, shu jumladan, mobil ilova ishlab chiqilishini hisobga olgan holda oilalarning ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va olishga boʻlgan muhtojligini real vaqt rejimida baholashni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi yaratish boʻyicha texnik topshiriqni tayyorlash.

Texnik vazifalarni tasdiqlash

2019-yil iyun

Pensiya jamgʻarmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa davlat organlari.

6.

Davlat organlari va tashkilotlarning maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilingan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish.

Texnik topshiriqqa muvofiq

Texnik topshiriqning muddatlariga muvofiq

Pensiya jamgʻarmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha).

7.

Davlat organlari va tashkilotlarning maʼlumotlar bazalarini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

Texnik topshiriqqa muvofiq

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Pensiya jamgʻarmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa davlat organlari.

8.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi ishlashini taʼminlash uchun zarur boʻlgan kompyuter va boshqa texnikani, inventar va boshqa tovarlarni sotib olish.

Texnik topshiriqqa muvofiq

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Pensiya jamgʻarmasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi.

9.

Sirdaryo viloyatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tajriba loyihasini joriy etish va amalga oshirish hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlinmalari va boshqa vazirliklar va idoralarning xodimlarini — ushbu axborot tizimidan foydalanuvchilarni oʻqitish.

Texnik topshiriqqa muvofiq

Texnik topshiriqning muddatlariga muvofiq

Pensiya jamgʻarmasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha).

10.

Sirdaryo viloyatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tajriba sifatida joriy etilishi natijalarini tahlil qilish.

Tahliliy
material

2020-yil
I choragi

Pensiya jamgʻarmasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha).

11.

Sirdaryo viloyatidagi tajriba loyihasini tahlil qilish natijalarini hisobga olgan holda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini respublikaning butun hududida joriy etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qaror loyihasi

2020-yil oktabr

Pensiya jamgʻarmasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha).

III. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini kuzatib borish chora-tadbirlari

12.

Yangi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining mohiyati va vazifalari toʻgʻrisida axborot materiallari tayyorlash, ularni barcha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va aholiga, ayniqsa borish qiyin boʻlgan va chekka aholi punktlarida yashovchi aholiga yetkazish.

Tashkiliy
tadbirlar

2020-yil

Pensiya jamgʻarmasi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha).

13.

Aholiga koʻrsatiladigan davlat ijtimoiy xizmatlarining barcha turlarini xatlovdan oʻtkazish va eng yaxshi xorijiy amaliyotlarni hisobga olgan holda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga joriy etish boʻyicha ijtimoiy xizmatlar davlat klassifikatorini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasiga analitik maʼlumotlar va takliflar

2020-yil aprel

Pensiya jamgʻarmasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi agentligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv boʻyicha).

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 09/19/308/2951-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.05.2020-y., 09/20/286/0592-son, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; 05.03.2021-y., 09/21/122/0186-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)