Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA ASOSIY VOSITALARNING BUXGALTERIYA HISOBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-dekabrda1434-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-sonli “Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3336, 26.11.2021-y.) asosan 2022-yil 27-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaning yangi tahriri ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan soʻng kuchga kiradi.
3. Mazkur Yoʻriqnomaning yangi tahriri kuchga kirishi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (2003-yil 14-yanvarda 1201-raqam bilan roʻyxatga olingan) oʻz kuchini yoʻqotadi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-noyabr,
25/8-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 50-son, 510-modda; 2010-y., 46-son, 422-modda)