10.04.2019 yildagi PF-5707-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 10.04.2019 yildagi PF-5707-son
Date of entry into force
11.04.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019 — 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda respublikada aholini dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnika (keyingi o‘rinlarda — farmatsevtika mahsulotlari) bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi, mahalliy farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, ishlab chiqarish quvvatlari yetarli darajada emasligi hamda mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining tor assortimenti ichki bozor ehtiyojlarini qondirmayapti va importga haddan tashqari bog‘lanib qolishga sabab bo‘lmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy korxonalarda xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha ishlarning sust tashkillashtirilishi tashqi bozorlarda raqobatbardosh farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini va tarmoqning eksport salohiyatini cheklamoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni hamda yetakchi xorijiy kompaniyalarni investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish, innovatsion farmatsevtika mahsulotlarini yaratishni rag‘batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish hajmlari va eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “O`zmedimpeks” Davlat unitar korxonasini o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish, tayyorlash va ularning ulgurji savdosi ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha funksiyalarini berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun avval berilgan litsenziyalar amal qilish muddati tugagunga qadar amalda bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika tarmog‘ini, jumladan uni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yo‘li bilan barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika bozori konyunkturasini o‘rganishni tashkillashtirish, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlanganlik holatini tizimli tahlil qilish va uning asosida ichki bozorni yanada to‘ldirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq korxonalariga yetakchi xorijiy farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, farmatsevtika mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika tarmog‘ini, shu jumladan farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash (dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish bundan mustasno) yo‘li bilan davlat tomonidan boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika tarmog‘iga ilg‘or xorijiy amaliyot va xalqaro standartlarni tatbiq etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import qilinayotgan va respublika hududida ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari to‘g‘risida to‘liq axborot yig‘ishni ta’minlovchi Farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olish axborot tizimini joriy qilishda ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import qilishda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 211-moddasi 6-bandida nazarda tutilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz joriy etilmaydigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxati Agentlik tomonidan shakllantiriladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Bunda mazkur ro‘yxatga kiritilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari nomlari tayyor mahsulotga ham, “in bulk” mahsulot shaklida import qilinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ham joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sanoatda ishlab chiqarish va dorixonada tayyorlash uchun mo‘ljallangan, import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan xom ashyolar ro‘yxati Agentlik tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladi va tasdiqlanadi, shuningdek, bir yilda kamida ikki marta yangilab borilishi va Agentlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishi shart;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi dori vositalari va tibbiyot buyumlari milliy ishlab chiqaruvchilariga tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, ammo 8 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdordagi mablag‘ga kafillik beradi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PF-34-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“in bulk” mahsuloti asosida ishlab chiqariladigan dori preparatlari va (yoki) tibbiyot buyumlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatini uzaytirish, shuningdek, ularni qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mazkur analogik milliy mahsulotni ichki bozor ehtiyojini ta’minlaydigan hajmda ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan taqdirda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-iyuldan 2020-yil 31-dekabrga qadar, sinov tariqasida, dori preparatlari va tibbiyot buyumlarini davlat tomonidan xarid qilishni amalga oshirishda ikki va undan ortiq ishtirokchilar — analogik mahsulotni (xalqaro patentlanmagan nomi bo‘yicha) milliy ishlab chiqaruvchilari mavjud bo‘lgan taqdirda davlat buyurtmachisi import dori preparatlari va tibbiyot buyumlarini yetkazib berish taklifi mavjud barcha buyurtmalarni rad etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PF-140-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2024-yilning 1-yanvariga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika mahsulotlarining klinik oldi tadqiqotlarini amalga oshiruvchi barcha laboratoriyalar Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vazirligining klinik tadqiqotlar o‘tkazuvchi barcha klinik bazalari Zarur klinika amaliyoti (GCP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2024-yil 1-iyulga qadar farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shug‘ullanuvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi zarur;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) quyidagilar Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-yanvarga qadar — farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqli dorixonalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 1-yanvarga qadar — boshqa dorixonalar.
(4-bandning birinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi PF-20-sonli Farmoniga asosan birinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar farmatsevtika tarmog‘i va respublika sog‘liqni saqlash tizimiga zarur amaliyotlar (GxP) talablarini joriy etish tarmoq jadvalini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2019 — 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mas’ul vazirlik va idoralarning rahbarlariga “Yo‘l xaritasi”da ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar “Yo‘l xaritasi”da ko‘zda tutilgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, ilmiy-tadqiqot va sinov laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yilda — Agentlikka Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining ijro etuvchi direksiyasi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ajratiladigan Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 2019-yil 1-yanvar holatiga mavjud valyuta mablag‘lari qoldig‘i;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020 — 2023-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini tegishli yil uchun amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, laboratoriya va ishlab chiqarish asbob-uskunalarini xarid qilish uchun esa Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining o‘zlashtirilmagan mablag‘lari, ular yetishmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agentlik qoshida yuridik shaxs tashkil etmagan holda, Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin va quyidagilar uni shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PF-140-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan ajratiladigan ekvivalenti 25 mln AQSh dollaridagi milliy valyutadagi mablag‘lar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliyaviy institutlar hamda boshqa xorijiy donorlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga ishlatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika mahsulotlarining yangi turlarini yaratish bo‘yicha ilmiy ishlanmalarni tashkillashtirish uchun Agentlik qoshidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarga grantlar taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik qoshidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va farmatsevtika mahsulotlarining sifat nazoratini amalga oshiruvchi davlat laboratoriyalarini zarur asbob-uskuna va texnika bilan jihozlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada ishlab chiqarilmaydigan farmatsevtika mahsulotlari yangi turlarining klinik-oldi va klinik tadqiqotlarini mahalliy muassasalarda o‘tkazish uchun mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining sarf-xarajatlarini bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida qoplash;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining farmatsevtika mahsulotlarini xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarining 50 foizini, ular ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan so‘ng qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy farmatsevtika mahsulotlarini ilgari surish bo‘yicha, shu jumladan xorijda o‘tkaziladigan ko‘rgazma va yarmarkalar tashkil qilish, seminarlar o‘tkazish, taqdimot materiallari, ko‘rgazma stendlarini tayyorlash, Agentlik va unga idoraviy mansub tashkilotlar mutaxassislarining mazkur tadbirlarda ishtirok etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlikning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning ishchilari va jalb etiladigan mutaxassislarni moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, Agentlik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan mamlakatimizda avval ishlab chiqarilmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan ekvivalenti 1 mln AQSh dollaridan oshmagan kreditlarning foizlar bo‘yicha xarajatlarini ikki yil mobaynida qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan Agentlik faoliyati bilan bog‘liq boshqa chora-tadbirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Jamg‘armaning xarajatlar smetasi Agentlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2718-son qaroriga muvofiq ochilgan kredit liniyasi mablag‘lari hisobidan tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi va Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasiga 25 mln AQSh dollaridan ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan hamda farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan apteka ichida dori tayyorlash maqsadida olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari, shuningdek, laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlar va dori vositalari ishlab chiqarish (shu jumladan apteka ichida tayyorlash) uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 2019 — 2021-yillarda respublika hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tavsiya etilgan dori vositalari guruhlari ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Agentlik 2019-yil 1-avgustga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatga kiritilgan import qilinadigan dori vositalari guruhlarini mahalliylashtirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining ro‘yxatini ularni amalga oshirishning aniq muddatlari, moliyalashtirish manbalari va tashabbuskorlarini belgilagan holda shakllantirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ro‘yxatga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi ishtirokida jalb qilish va zarur bo‘lganda, farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalarda joylashtirish choralarini ko‘rsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari E.M. G‘aniyev va A.A. Abduhakimov manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada talab yuqori bo‘lgan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun barqaror obro‘ga ega yetakchi farmatsevtika kompaniyalarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini uzoq muddatli moliyaviy resurslar bilan ta’minlash maqsadida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalarini jalb qilish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019-yil 1-iyunga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlar, shuningdek, Agentlik va uning hududiy bo‘linmalarining tashkiliy-shtat tuzilmasi ushbu Farmon bilan belgilangan vazifalarni inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishning aniq ko‘rsatkichlari va maqsadli indikatorlariga erishishga asoslangan butunlay yangicha baholash tizimini joriy etishni ko‘zda tutgan holda Agentlik faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida 2019-yilda mazkur Farmonni amalga oshirish doirasida Agentlik xarajatlari uchun mablag‘lar ajratsin hamda 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablag‘larini ko‘zda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Toshkent shahar hokimligi Agentlikning ma’muriy binosini ta’mirlash davrida Agentlikni davlat tasarrufidagi bo‘sh turgan obyektlarga vaqtinchalik joylashtirishga ko‘maklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Agentlik bilan birgalikda uch oy muddatda respublikada farmatsevtika tarmog‘i mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurti filialini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Agentlikning rasmiy saytlarida 2017-2018-yillarda va keyingi yillarda farmatsevtika mahsulotlarining davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotni organlar, tashkilotlar, mahsulotlarning nomlanishi va naturada ifodalangan hajmlari kesimida joylashtirilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining barcha klinik bazalarida klinik tadqiqotlar o‘tkazish jarayonlarini tashkil etishning shaffof mexanizmini, shuningdek, ko‘rsatiladigan xizmatlar narxini belgilash va klinik tadqiqotlar o‘tkazishning har bir bosqichida tomonlarning javobgarlik doirasini nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sog‘liqni saqlash vazirligi Agentlik va boshqa idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.A. Abduhakimov, E.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 10-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5707-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5707-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019 — 2021-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yo‘l xaritasi”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining moddiy-texnik bazasini yaxshilash chora-tadbirlari

1.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Agentlikning Toshkent shahar, Ch. Aytmatov ko‘chasi, 1A-uy manzilidagi binosini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash.

Tadbirlar

rejasi

2019-yil
1-iyunga

qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov)

2.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK qoshida Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP) talablariga mos keladigan klinik-oldi tadqiqotlar laboratoriyasini tashkil qilish.

Tadbirlar

rejasi

Ishlab chiqish — 2019-yil
1-iyunga

qadar

Amalga oshirish — 2019-2020 yy.

Agentlik (S. Kariyev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattorov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (R. G‘ulomov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Bekenov)

3.

Agentlikka “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrida operativ boshqaruv huquqi asosida ma’muriy bino ajratish.

Samarqand viloyati hokimining qarori

2019-yil
1-iyunga

qadar

Samarqand viloyati

hokimligi (E. Turdimov),
Agentlik (S. Kariyev),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (N. Jo‘rayev)

4.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Agentlik qoshida farmatsevtika texnoparkini tashkil qilish uchun yer maydonini ajratish;

farmatsevtika texnoparki hududida farmatsevtika sohasi mutaxassislarini tayyorlash uchun yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtining filialini joylashtirish;

farmatsevtika texnoparki hududida ilmiy-tadqiqot va tajriba-ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tashkil etish;

farmatsevtika texnoparki hududida “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning yangi binosini qurish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2019-yil
1-iyulga

qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov),
Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev), Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxo‘jayev)

II. Farmatsevtika tarmog‘i va sog‘liqni saqlash tizimiga xalqaro standartlarni joriy etish chora-tadbirlari

5.

Barcha mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilarini Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)ning milliy talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda uni 2022-yil 1-yanvarga qadar nihoyasiga yetkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

“O‘zstandart” agentligi
(D. Sattorov),
Moliya vazirligi (A. Haydarov)

6.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining barcha klinik bazalarini klinik tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha Zarur klinika amaliyoti (GCP) milliy talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda uni 2022-yil 1-yanvarga qadar nihoyasiga yetkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Agentlik (S. Kariyev),

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattorov),

Moliya vazirligi (A. Haydarov)

7.

Farmatsevtika mahsulotining klinik-oldi tadqiqotlarini o‘tkazish bo‘yicha barcha laboratoriyalarni Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP)ning milliy talablariga moslashtirish bo‘yicha majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda uni 2022-yil 1-yanvarga qadar nihoyasiga yetkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattorov)

8.

Farmatsevtika mahsulotini ulgurji sotish bilan shug‘ullanuvchi barcha korxonalarni Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)ning milliy talablariga moslashtirish nuqtai nazaridan majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda uni 2022-yil 1-yanvarga qadar nihoyasiga yetkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattorov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Agentlikning “Pharmaceutical Inspection Co-operation Scheme” (PIC/S) xalqaro tashkiloti va sohaga ixtisoslashgan boshqa xorijiy tashkilotlar bilan hamkorligini faollashtirish.

“Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning Zarur amaliyotlar milliy sertifikatlashtirish organini sohaga ixtisoslashgan xalqaro organlardagi zarur amaliyotlar talablariga akkreditatsiya qilish va uning negizida zarur amaliyotlar milliy inspektoratini tayyorlash.

Tadbirlar
rejasi

Ishlab chiqish — 2019-yil

1-iyunga

qadar

Amalga oshirish — 2019-2020 yy.

Agentlik (S. Kariyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattorov),

Fanlar Akademiyasi (B. Yuldashev), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Bekenov)

10.

Zarur amaliyotlar (GxR) talablariga muvofiqlik yuzasidan inspeksiyalar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattorov)

11.

Klinik tadqiqotlar natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi davolash protokollariga yangi mahalliy original dori preparatlarini kiritish tartibini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Innovatsion sog‘liqni saqlash
milliy palatasi (R. Izamov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Agentlik (S. Kariyev)

12.

Eng ilg‘or regulyatorlik amaliyotlarini, xususan oraliq isbotlovchi ma’lumotlarga ko‘ra ro‘yxatga olish rejimlari va ayrim toifadagi bemorlarning ixtiyoriy ravishda eng yangi terapiyadan foydalanish tartibini joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2019-yil

1-sentabrga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov),
Agentlik (S. Kariyev)

13.

Farmatsevtika mahsulotlarining sifati va ular sifatini nazorat qilish usullariga qo‘yiladigan zamonaviy xalqaro talablarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
buyrug‘i

2020-yil
1-sentabrga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Agentlik (S. Kariyev),
“O‘zstandart” agentligi (D. Sattorov),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

III. Farmatsevtika tarmog‘ini davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari

14.

Agentlik qoshidagi Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Moliya vazirligi (A. Haydarov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

15.

2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari, shuningdek, laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlarni o‘tkazish va dori vositalari ishlab chiqarish (shu jumladan dorixona ichida tayyorlash) uchun ishlatiladigan xom ashyo va materiallar, tibbiyot buyumlari va qadoqlash materiallari ro‘yxatini tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyunga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (R. G‘ulomov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov),
Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev)

16.

Ulgurji va chakana savdo korxonalarida farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy texnikani saqlash hamda aylanmasi (realizatsiyasi) sifatini nazorat qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyulga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)

17.

Klinik tadqiqotlardan oldin va ularni o‘tkazishda jarayonni hamda samarali o‘zaro hamkorlikni tashkil etish tartibini takomillashtirish, xodimlarning malakasi va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, ko‘rsatilayotgan xizmatlar qiymatini va klinik tadqiqotlarni o‘tkazishning har bir bosqichida tomonlarning javobgarlik doirasini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-iyulga qadar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Innovatsion rivojlanish
vazirligi (I. Abdurahmonov),

Agentlik (S. Kariyev),
Moliya vazirligi (A. Haydarov)

18.

Import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan sanoat ishlab chiqarishi uchun xom ashyo hamda dorixonada tayyorlanadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Agentlik
qarori

2019-yil
1-iyulga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

19.

Import qilishda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 211-moddasi 6-bandida nazarda tutilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz tatbiq qilinmaydigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

Har chorakda (zarur bo‘lganida)

Agentlik (S. Kariyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)
Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov),
Davlat soliq qo‘mitasi
(B. Musayev)

20.

Xorijiy investorlarning mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning texnik ko‘magi (grantlari)ni, shuningdek, xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda 2020 — 2024-yillarda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil
1-oktabrga qadar

Agentlik (S. Kariyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Bekenov),
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (R. G‘ulomov)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohalari va predmetiga qarab yaxlit bir hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5707-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019 — 2021-yillarda respublika hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tavsiya etilgan dori vositalari guruhlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ro‘yxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Loyiha nomlanishi

1.

Antibiotiklar

2.

Endokrin tizimi patologiyasini davolash dori vositalari

3.

Yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalari

4.

Viruslarga qarshi dori vositalari

5.

Me’da-ichak yo‘llari patologiyasini davolash dori vositalari

6.

Immunobiologik dori vositalari

7.

Nafas a’zolari patologiyasini davolash dori vositalari

8.

Yurak-qon tomir kasalliklarini davolash dori vositalari

9.

Onkologiya kasalliklarini davolash dori vositalari

10.

Bolalarda sil (tuberkulyoz) bilan infeksiyalanishni erta aniqlash uchun diaskin testlari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5707-son Farmoniga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-noyabrdagi “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5229-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 10-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshidagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining” so‘zlari “Sog‘liqni saqlash vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 15-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 2-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5600-son Farmoni 1-bandi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirishning sharti sifatida faoliyat boshlanganidan keyin ikkinchi moliyaviy yili yakunlariga ko‘ra (dori vositalari va tibbiyot buyumlarni ishlab chiqaruvchilar uchun — birinchi dori vositasini yoki tibbiyot buyumini davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan vaqtdan boshlab) ikki yil davomida yillik ishlab chiqarilgan mahsulotning 25 foizidan kam bo‘lmagan, uchinchi va keyingi yillarda 50 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda eksport qilish belgilanadi. Mazkur shartlar bajarilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyektining erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi hamda avval taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-yanvardagi “Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3489-son qarori 6-bandi ikkinchi xatboshi “sikl bo‘yicha” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 06/19/5707/2923-son, 29.08.2019-y., 06/19/5794/3669-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son; 22.01.2022-y., 06/22/55/0055-son; 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son; 24.01.2024-y., 06/24/20/0063-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)