04.04.2019 yildagi O‘RQ-533-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 04.04.2019 yildagi O‘RQ-533-son
Date of entry into force
05.04.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining 10, 11 va 12-bandlari quyidagi mazmundagi 10, 11, 12 va 13-bandlar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10) qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkasidan bir yil mobaynida va qishloq xoʻjaligi sohasiga taalluqli boʻlmagan ehtiyojlar uchun berilgan yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi order kimoshdi savdosi asosida sotib olinganidan keyin yer uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi garovda boʻlgan taqdirda esa — garov shartnomasi muddati mobaynida foydalanilmaganida. Foydalanilmayotgan yer uchastkalari ularning avvalgi egalari toʻlagan qiymat ushbu egalarga kompensatsiya qilingan holda olib qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashlari rayosatining qaroriga muvofiq fermer yoki dehqon xoʻjaligining Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga aʼzoligi tugatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) yer uchastkasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyilganda”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3, 5 — 11-bandlarida koʻrsatilgan hollarda tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga koʻra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishincha tumanlar, shaharlar, viloyatlar hokimlarining qarorlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 12-bandida koʻrsatilgan holda tugatish tegishli tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining taklifiga koʻra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tumanlar hokimlarining qarorlari bilan amalga oshiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalariga egalik qilish huquqini, yer uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda koʻrsatilgan mansabdor shaxslarning qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda, ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qismidagi “1, 2, 6 — 10, 12” raqamlari “1, 2, 6 — 10, 12, 13” raqamlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 84-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari dehqon xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan hamda tomorqa yerlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shu jumladan yerlarga ishlov berilishining holati, urugʻlar, koʻchatlar va daraxtlarning ekilishi, issiqxonalar qurilishi, chorva va parrandaning koʻpaytirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini hamda uylarni aylanib chiqish orqali muntazam ravishda monitoringni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi aʼzolari boʻlgan fermer, dehqon xoʻjaliklariga hamda tomorqa yer egalariga tegishli yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanish zarurligi toʻgʻrisida koʻrsatmalar berishga haqli”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 602-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 12, 781-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 25-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fermer xoʻjaliklarining Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga aʼzoligi majburiydir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 32-moddaning oltinchi xatboshisi “shuningdek Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga aʼzoligi tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari rayosatining qaroriga muvofiq tugatilishi munosabati bilan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi OʻRQ-680-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan – Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 365-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 673, 676-moddalar; 2019-yil, № 1, 1-modda) 32-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Turar joy mulkdorining oila aʼzolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan oilali farzandlari va ularning er-xotini, agar ular ilgari bu huquqqa ega boʻlmagan boʻlsa, faqat oʻzaro kelishuvga binoan mulkdorning oila aʼzolari deb tan olinishi mumkin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevraldagi OʻRQ-676-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 23-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 03/21/676/0142-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ-387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi yigirma birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro obligatsiya — sotiladigan emissiyaviy qimmatli qogʻoz boʻlib, u emitent tomonidan chiqariladi va moliyaviy tashkilotlarning guruhi tomonidan joylashtiriladi, emitentning mamlakatidan tashqari bir yoki undan koʻproq davlatda taklif etiladi, birlamchi ravishda (shu jumladan obuna boʻyicha) faqat ushbu guruh orqali sotib olinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigirma birinchi — qirq oltinchi xatboshilari tegishincha yigirma ikkinchi — qirq yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi “qimmatli qogʻozlarni” degan soʻzlardan keyin “bundan xalqaro obligatsiyalar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismidagi “qogʻozlarning qiymati” degan soʻzlar “qogʻozlarning qiymati, bundan xalqaro obligatsiyalar mustasno” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 39-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining mutlaq vazifalari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish boʻyicha vazifalari xalqaro obligatsiyalarga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning 1-moddasi 1-bandining uchinchi xatboshisi, 5-moddasi mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 4-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-533-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son; 22.02.2021-y., 03/21/676/0142-son, 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son)