O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Tabiiy gaz uchun o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish va tariflarning keskin oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi B.B. Sidiqov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-mart,
243-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-martdagi 243-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y.. 1-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida:
a) 10-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“idoraviy va munitsipal uy-joy fondiga, yuridik shaxslar yotoqxonalariga va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga — aholini gaz bilan ta’minlash uchun hamda lokal qozonxonalarga — aholi ehtiyojlari uchun”;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 103-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Tabiiy gazdan aholini gaz bilan ta’minlash uchun foydalanadigan idoraviy va munitsipal uy-joy fondiga, yuridik shaxslar yotoqxonalariga va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga hamda aholi ehtiyoji uchun lokal qozonxonalarga tabiiy gazga maishiy iste’molchilar uchun belgilangan tarif qo‘llaniladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 633-sonli qaroriga asosan 2019-yil 15-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi —Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2019-y., 09/19/633/3494-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/243/2807-son, 31.07.2019-y., 09/19/633/3494-son)