Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
11.12.2024
10.08.2022
06.08.2022
03.08.2022
22.02.2019
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.63.00 (Кучини йукотган) Ta’lim muassasalarini moliyalashtirish, moddiy texnika ta’minoti va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, zamonaviy talablar va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda respublika umumta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini tizimli asosda rivojlantirish va mustahkamlash, ularni eng ilg‘or o‘quv, axborot-kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalari bilan jihozlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son qaroriga muvofiq:
(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2018-yil 1-noyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi idoraviy bo‘ysunuviga o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalari uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va homiylik xayriyalarini, xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlarini, darsliklar va chet tillari bo‘yicha mashq daftarlarining ijara to‘lovlarini jamlash, ushbu mablag‘lardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi, ya’ni birinchi sinf o‘quvchilarini, “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning o‘quvchilarini, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilarni hamda o‘qituvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul ta’minlash maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalari uchun umumta’lim fanlaridan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarini ijara asosida ta’minlash uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalariga umumta’lim fanlaridan darsliklar va chet tillari bo‘yicha mashq daftarlarini xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalari hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun bepul va ijara asosida umumta’lim fanlaridan darsliklarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalariga xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilishning tasdiqlangan istiqbol kvotalaridagi darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni chop etuvchi nashriyotlar va bosmaxonalarga darsliklarning chakana savdo tarmog‘i orqali sotilishini qo‘llab-quvvatlash uchun qisqa muddatli maqsadli ssudalar ajratish orqali yordam ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamg‘arma mablag‘larining o‘z vaqtida tushishini ta’minlash va tahlil qilib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Vasiylik kengashi tarkibi hamda Ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi to‘g‘risida nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shakllantirilgan umumta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning har yilgi manzilli ro‘yxatlari navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga yoki Investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi, ya’ni birinchi sinf o‘quvchilarini, “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning o‘quvchilarini, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilarni hamda o‘qituvchilarni darsliklar, shuningdek ijara asosida darsliklar bilan birlamchi ta’minlashga hamda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga yoki Investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar har oyda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasiga uning asoslangan buyurtmanomasiga ko‘ra o‘tkazib beriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda umumta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (qo‘shimcha jihozlash) ning har yilgi manzilli dasturlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, uni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(6-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining ijro etuvchi direksiyalari xodimlariga davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
(6-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 22-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 155-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Vasiylik kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.
Sh. Shermatov
―
xalq ta’limi vaziri, Vasiylik kengashi raisi
2.
B. Ashrafxanov
―
moliya vaziri o‘rinbosari, Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari
3.
B. Usmonov
―
iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari
4.
U. Begimkulov
―
oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri o‘rinbosari
5.
D. Kattaxanova
―
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari
6.
Lavozimi bo‘yicha
―
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
7.
Lavozimi bo‘yicha
―
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktori
8.
Sh. Javlonov
―
“Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi
9.
A. Ayapov
―
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri
10.
V. Rajapov
―
Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i
11.
S. Inogamova
―
Toshkent shahar 50-son umumta’lim maktabi direktori
12.
X. Asrorov
―
Xalq ta’limi vazirligining yuridik bo‘lim boshlig‘i
13.
Lavozim bo‘yicha
―
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasi direktori, Kengash kotibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 155-son qaroriga 3a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Ijro etuvchi direksiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Izoh. Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 25 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar shtat birliklari soni belgilangan me’yorlar asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 155-son qaroriga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamg‘arma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Jamg‘arma Vasiylik kengashi qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamg‘arma davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda blankalarga, mustaqil balansga, g‘aznachilik shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit bank hisob raqamiga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamg‘armaning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalari uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlarining kredit va grantlari (keyingi o‘rinlarda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar deb ataladi), darsliklar va chet tillari bo‘yicha mashq daftarlarining ijara to‘lovlarini (keyingi o‘rinlarda ijara to‘lovlari deb ataladi) jamlash, ushbu mablag‘lardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi, ya’ni birinchi sinf o‘quvchilarini, “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilarini, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning o‘quvchilarini, ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilarni hamda o‘qituvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul ta’minlash maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalari uchun umumta’lim fanlaridan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarini ijara asosida ta’minlash uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalariga umumta’lim fanlaridan darsliklar va chet tillari bo‘yicha mashq daftarlarini xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalari hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun bepul va ijara asosida umumta’lim fanlaridan darsliklarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kutubxona jamg‘armalariga xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilishning tasdiqlangan istiqbol kvotalaridagi darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni chop etuvchi nashriyotlar va bosmaxonalarga darsliklarni chakana savdo tarmog‘i orqali sotilishini qo‘llab-quvvatlash uchun qisqa muddatli maqsadli ssudalar ajratish orqali yordam ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma mablag‘larini o‘z vaqtida tushishini ta’minlash va tahlil qilib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamg‘armaning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamg‘arma o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
darsliklarni ijaraga berish masalalari bo‘yicha Moliya vazirligi g‘aznachilik bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, ulardan ijara to‘lovlari tushumlari bo‘yicha aniq ma’lumotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nashriyot, bosmaxona va kitob savdo tashkilotlariga ajratilgan ssudalardan maqsadli foydalanilishi to‘g‘risida ulardan tegishli ma’lumotlarni olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamg‘arma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun darsliklar hamda o‘quv-metodik majmualarni xarid qilish va yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan talab etiladigan mablag‘lar bo‘yicha so‘rovni shakllantirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish, shuningdek, ular bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni shakllantirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumta’lim fanlaridan darsliklar hamda o‘quv-metodik majmualarni nashr etish va yetkazib berishni o‘z vaqtida moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga mablag‘lar ajratishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq har yili Jamg‘arma faoliyatining auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaning Vasiylik kengashi qarorlarini o‘z vaqtida ijro etishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamg‘armani boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamg‘armaning Vasiylik kengashi (keyingi o‘rinlarda Vasiylik kengashi deb ataladi) Jamg‘armaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashining a’zolari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vasiylik kengashining yig‘ilishlari, zaruratga qarab, ammo yiliga kamida ikki marotaba o‘tkaziladi. Vasiylik kengashi yig‘ilishlarida xalqaro moliya institutlari vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vasiylik kengashining qarorlarini qabul qilish, uning raisi tashabbusi bilan mazkur Kengash a’zolari bilan kelishilgan holda so‘rov yo‘li orqali qabul qilinishi mumkin. Vasiylik kengashi qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vasiylik kengashi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘z tasarrufidagi, shuningdek tasarrufida ta’lim muassasalari bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar takliflari asosida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun keyingi o‘quv yiliga taqdim etilgan umumta’lim fanlaridan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashr etish va xarid qilishning istiqbol kvotalarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal qilish uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar vakillarini jalb qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlarining manbalari va foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha prognoz parametrlarini, shuningdek Jamg‘armaga yil davomida kelib tushgan mablag‘larning miqdorini va ijrosi bo‘yicha yillik hisobotni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma daromadlarini to‘liq shakllantirish hamda mablag‘laridan maqsadli foydalanish yuzasidan Jamg‘arma faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ijaraga berish uchun xarid qilinadigan darsliklar va chet tillari bo‘yicha mashq daftarlari ijara to‘lovlari miqdorlarini sinflar kesimida hisoblash va to‘lash tartibini hamda yillik ijara to‘lovi miqdorini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etishda Jamg‘armaga ko‘maklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash uchun xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vasiylik kengashi Direksiyaning ijrochi direktori taklifiga asosan Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlariga o‘zgartirish kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Direksiya Jamg‘armaning ijro organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda har yili kelgusi o‘quv yiliga umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari kutubxona jamg‘armasi uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashr etish va xarid qilishning istiqbol kvotalarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognoz parametrlarini, shuningdek ularning ijrosi yuzasidan hisobotni tayyorlaydi va Vasiylik kengashiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi o‘quvchilari hamda o‘qituvchilarini budjet mablag‘lari hisobidan bepul ta’minlash uchun umumta’lim fanlaridan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarini ijara asosida ta’minlash uchun umumta’lim fanlaridan darsliklar va chet tillari bo‘yicha mashq daftarlarini xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalari hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun bepul va ijara asosida darsliklarni xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
darslik va o‘quv-metodik majmualarni chop etish jarayoniga tayyorlash va ekspertiza qilish ishlarini moliyalashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari kutubxona jamg‘armalarini umumta’lim fanlaridan darsliklar va o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlash bo‘yicha xalq ta’limi organlari hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumta’lim fanlaridan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashr etish faoliyati bilan muntazam shug‘ullanadigan nashriyot va bosmaxonalarining moliyaviy ahvolini o‘rgangan holda ularning aylanma mablag‘larini vaqtinchalik to‘ldirish uchun qisqa muddatli maqsadli ssudalar ajratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning xarid qilinishi va yetkazib berilishi hamda ekspertiza qilinishi ishlari uchun moliyalashtirilgan Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishi, daromadlarning to‘liq va o‘z vaqtida tushishi yuzasidan nazorat o‘rnatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nashriyot va bosmaxonalarga ajratilgan ssudalardan samarali foydalanish va qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha monitoring olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiyani saqlash bo‘yicha xarajatlar smetasini tuzadi va tasdiqlash uchun Vasiylik kengashiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi raisi bilan kelishgan holda jamg‘armaning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Direksiyani saqlash xarajatlari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Direksiya xodimlarini moddiy rag‘batlantirish (mukofotlar, qo‘shimcha va ustamalar, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, shuningdek, qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish) tartibi Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Direksiyani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan (O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri tavsiyasiga ko‘ra) va ozod etiladigan ijrochi direktor boshqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ijrochi direktor:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaning joriy faoliyatini tashkil etadi va Jamg‘armaga yuklatilgan vazifalar bajarilishi, shu jumladan, ijara mablag‘larining yig‘ilishi va mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma mablag‘lari tushumlarini ko‘paytirish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi hamda Vasiylik kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq Jamg‘arma faoliyatini tashkillashtiradi, xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida Direksiyaning shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiyaning shtatdagi xodimlarining cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, shuningdek xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda ularning lavozim majburiyatlari va vakolatlarini taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobi yuritilishini, statistika va buxgalteriya hisobotlari tuzilishini hamda belgilangan tartibda taqdim etilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma nomidan shartnomalarni, shu jumladan, Jamg‘armaning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaning lavozim yo‘riqnomalari va boshqa ichki hujjatlarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘arma xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizom va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ijrochi direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi hamda boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromad va xarajatlarini tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari istiqbol rejalarini tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi umumta’lim fanlaridan zarur darsliklar va o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlanganligi bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari kutubxona jamg‘armalarini har yili 15-iyungacha inventarizatsiyadan o‘tkazadi va natijalarini tahlil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu inventarizatsiya natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi keyingi kalendar yili uchun umumta’lim fanlaridan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarga bo‘lgan ehtiyojning prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantiradi va har yili 20-iyunga qadar Direksiyaga quyidagi ko‘rsatkichlar kesimida taqdim etishlari lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tili, nomi, sinflar va bosqichlar kesimida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chakana savdo tarmog‘i orqali, kutubxona jamg‘armasi hisobidan bepul va ijara asosida ta’minlanish kesimida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Direksiya har yili 1-iyulga qadar keyingi kalendar yil uchun Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining istiqbol parametrlarini ishlab chiqadi, Vasiylik kengashi bilan kelishadi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy ehtiyoj O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan aniqlanadi va keyingi o‘quv yili uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tili, nomi, sinflar va bosqichlar kesimida darsliklar hamda o‘quv-metodik majmualarni nashr etish va xarid qilish istiqbol kvotalari shakllantirilgandan so‘ng Jamg‘armaga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining prognoz parametrlari keyingi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari tasdiqlangandan so‘ng bir oy muddatda Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish, jamlash va ulardan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridan tushadigan ijaraga berilgan darsliklar bo‘yicha ijara to‘lovlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
grantlar, kreditlar hamda O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari — yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirilishidan olinadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyinchalik foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni utilizatsiya qilishdan tushgan tushumlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nashriyotlar va bosmaxonalarga darsliklarni chakana savdo tarmog‘i orqali sotilishini qo‘llab quvvatlash uchun qisqa muddatli maqsadli ssudalar ajratish evaziga tushgan foiz daromadlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan xarajatlar smetasida nazarda tutilmagan mablag‘lar (shu jumladan, nashriyotlar, va bosmaxonalar, shuningdek darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yetkazib berishni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki belgilangan muddatlarda bajarilmaganligi uchun jarima va penyalarni qo‘llashdan olingan mablag‘lar) ni sarflash taqiqlanadi va mazkur mablag‘lar Jamg‘armaga qaytarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida ochilgan Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari bo‘yicha tegishli shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Jamg‘arma mablag‘laridan faqat quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rnatilgan tartibda shakllantirilgan va tasdiqlangan istiqbol kvotalariga asosan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Jamg‘arma aylanma mablag‘lari hisobidan nashr va qayta nashr etiladigan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni xarid qilish va yetkazib berishni moliyalashtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
darsliklarni chop etish bo‘yicha tasdiqlangan kvotalarga ega bo‘lgan nashriyotlar va bosmaxonalarga darsliklarni chakana savdo tarmog‘i orqali sotilishini qo‘llab quvvatlash, ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirishga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan kam bo‘lmagan foizda maqsadli ssudalar ajratishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
darslik va o‘quv-metodik majmualarni chop etish jarayoniga tayyorlash va ekspertiza qilish ishlarini moliyalashtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan smeta xarajatlariga muvofiq darsliklarni yaratish, chop ettirish, yetkazish hamda darsliklar bilan ta’minlash tizimini uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq Direksiyani saqlash xarajatlarini qoplashga foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari kutubxona jamg‘armalari uchun darslik va o‘quv-metodik majmualarni ekspertiza qilish, xarid qilish va yetkazib berish xarajatlarini qoplashga mablag‘lar ajratadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi sinf o‘quvchilari uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning o‘quvchilari uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilar uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara asosida berish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘qituvchilar uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ta’lim muassasalariga yetkazilgan darsliklar va o‘quv-metodik majmualar bilan o‘quvchilar va o‘qituvchilarni ta’minlash vazifasi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Darsliklar va o‘quv majmualarini xarid qilish bo‘yicha tasdiqlangan kvotalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim fanlaridan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni xarid qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarigacha yetkazib berish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun umumta’lim fanlaridan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni xarid qilish va yetkazib berish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha xarajatlarni Jamg‘arma tomonidan moliyalashtirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. O‘rta maxsus ta’lim muassasalari va nodavlat umumta’lim maktablarining o‘quvchilarini qonun hujjatlariga muvofiq umumta’lim fanlaridan darsliklar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqaruv organlari bilan tuzilgan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Xarid qilishning tasdiqlangan istiqbol kvotalaridagi darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni chop etuvchi nashriyotlar va bosmaxonalarga chakana savdo tarmog‘i orqali sotiladigan darsliklarni nashr etishga ularning aylanma mablag‘lari yetishmay qolgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining taklifiga ko‘ra jamg‘arma mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda ssudalar ajratilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Darsliklar va o‘quv-metodik majmualar bo‘yicha hisob va hisobot hamda Jamg‘armaga ijara to‘lovlari tushumlarining nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Darsliklar va o‘quv-metodik majmualar harakati, ularning ijara to‘lovlari va boshqa tushumlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi va hisoboti tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari tomonidan olib boriladi. Bunda Jamg‘armaga taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi bo‘yicha javobgarlik ushbu tashkilotlar rahbari va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Moliya vazirligi hududiy g‘aznachilik bo‘linmalari Direksiyaning hududiy vakillari talabnomalariga asosan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari yoki tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining mos g‘azna hisobvaraqlaridan ko‘chirmalar taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Direksiyaning hududiy vakillari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududdagi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bo‘yicha ijara tizimining yuritilishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara to‘lovlari tushumlari bo‘yicha monitoring olib boradi, hisobotlarni yig‘adi hamda xalq ta’limi hududiy organlari bilan hamkorlikda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limi muassasalarining umumta’lim fanlaridan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarga buyurtmalarini umumlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijara tizimi masalalari bo‘yicha tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda g‘aznachilik bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, ulardan hududlar va umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari kesimida ijara to‘lovlari tushumlari bo‘yicha aniq hisobotlarni muntazam olib turadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z faoliyati yuzasidan Direksiyaga doimiy ravishda hisobot berib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, hududiy xalq ta’limi boshqarmalari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, Direksiyaning hududiy vakillari har yarim yilda bir marotaba tegishli hududlar bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualar harakati hamda saqlanishi to‘g‘risida umumlashtirilgan hisobotlarni, hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmasdan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Direksiyaga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ijara to‘lovlarining to‘liq va to‘g‘ri hisoblanishi hamda undirilishi bo‘yicha javobgarlik umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ijara to‘lovlari tijorat banklari orqali naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda (bank plastik kartochkalari orqali va pul o‘tkazish yo‘li bilan) to‘lanadi. Bunda to‘lovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqaruv organlari hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalari rahbarlari darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning o‘z vaqtida va talab darajasida yetkazilishi bo‘yicha nazorat olib boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari tomonidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning saqlanishi va foydalanilishini hamda ijara to‘lovlari bo‘yicha dastlabki hisob-kitob hujjatlarining yuritilishini nazorat qilish va ijara to‘lovlari undirilishini ta’minlash tegishli hududiy xalq ta’limi va moliya organlari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda Direksiyaning hududiy vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Ijara tizimi uchun nashr etilgan darsliklardan foydalanish muddatidan qat’iy nazar, bepul foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Jamg‘armaning mol-mulki va moliyaviy mablag‘lari, hisob va hisobot hamda nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Jamg‘arma mablag‘larining kelib tushishi va undan foydalanilishining buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek, hisobotlarni tuzish Direksiya tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Jamg‘armaning mol-mulki asosiy fondlar, asbob-uskunalar, aylanma mablag‘lar va mablag‘ bilan ta’minlashning barcha manbalari hisobiga sotib olingan boshqa moddiy boyliklardan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Jamg‘arma mol-mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan homiylik xayriyalari sifatida o‘tkazilgan mablag‘lar hisobidan sotib olingan mulklar Jamg‘armaning shaxsiy mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Jamg‘arma o‘ziga tegishli mol-mulkka oid majburiyatlari bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Jamg‘armada o‘tkazilgan auditorlik xulosalari va hisobotlari Direksiya tomonidan Vasiylik kengashi muhokamasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Jamg‘arma mablag‘laridan asosli va maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Jamg‘armani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi to‘g‘risida nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining daromad va xarajatlarini tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Umumta’lim fanlaridan zarur darsliklar va o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlanganligi bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari kutubxona jamg‘armalarini inventarizatsiyadan o‘tkazadi
kelgusi yil uchun joriy yilning
15-iyunigacha
2-bosqich
Xalq ta’limi vazirligi
Inventarizatsiya natijalarini tahlil qilgan holda keyingi kalendar yili uchun umumta’lim fanlaridan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarga bo‘lgan ehtiyojning prognoz ko‘rsatkichlarini chakana savdo tarmog‘i orqali, kutubxona jamg‘armasi hisobidan bepul va ijara asosida ta’minlanish kesimida Direksiyaga taqdim etadi.
har yili
20-iyunga qadar
3-bosqich
Direksiya
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining istiqbol parametrlarini ishlab chiqadi, Vasiylik kengashi bilan kelishadi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
har yili 1-iyulga qadar keyingi kalendar yil uchun
4-bosqich
Vasiylik kengashi
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining prognoz parametrlari keyingi yil uchun tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari tasdiqlangandan so‘ng bir oy muddatda
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2019-y., 09/19/155/2651-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)