Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
05.04.2022
17.12.2021
15.02.2019
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sug‘urta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3824-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari (keyingi o‘rinlarda markazlar deb ataladi) tomonidan bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qo‘yilsinki, markazlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari a’zosi hisoblanadigan, davlat xaridlari uchun paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining taklifiga ko‘ra moliyaviy resurslari cheklangan va buxgalteriya hisobiga ega bo‘lmagan, a’zolik badallarini o‘z vaqtida to‘laydigan, yer va suv resurslaridan samarali foydalanuvchi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga shartnomaga muvofiq bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatishlari mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan fermer xo‘jaliklariga, shuningdek, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchi boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pullik konsalting xizmatlari ko‘rsatadi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 15-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
131-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil fevraldagi 131-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari — (keyingi o‘rinlarda markazlar deb ataladi) tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzurida tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarida bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatuvchi muassasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bepul konsalting xizmatlari — to‘lov undirilmagan holda ushbu Nizomga muvofiq fermer xo‘jaliklariga markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalter — oliy iqtisodiy ma’lumotga yoki buxgalteriya hisobi yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan hamda markazlarning shtat jadvalida turadigan jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq va statistika hisobotlari bo‘yicha maslahatchi — oliy iqtisodiy ma’lumotga yoki auditorlik faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan hamda markazlarning shtat jadvalida turadigan jismoniy shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha agronom — oliy ma’lumotli agronom yoki agronom mutaxassisligi bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan yoki maxsus o‘quv kurslarini tamomlagan hamda markazlarning shtat jadvalida turadigan jismoniy shaxs.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi PQ-54-son qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 07/21/54/1169-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bepul konsalting xizmatlari tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari a’zosi hisoblanadigan, davlat xaridlari uchun paxta xomashyosi va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga markazlar tomonidan ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazlar tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining taklifiga ko‘ra moliyaviy resurslari cheklangan va buxgalteriya hisobiga ega bo‘lmagan, a’zolik badallarini o‘z vaqtida to‘laydigan, yer va suv resurslaridan samarali foydalanuvchi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga shartnomaga muvofiq bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markazlar ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilmagan fermer xo‘jaliklariga, shuningdek, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchi boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pullik konsalting xizmatlari ko‘rsatadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Konsalting xizmatlari ko‘rsatish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun ustuvorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatning mustaqilligi va maxfiyligi hamda shartnomaviy majburiyatlarga rioya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Markazlar faoliyatini tashkil etish va ular tomonidan ko‘rsatiladigan konsalting xizmatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markazlar tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan muassasa shaklida tashkil etiladi. Markaz direktori egallab turgan lavozimiga ko‘ra tuman kengashi raisi o‘rinbosari hisoblanadi, lavozimiga hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining buyrug‘i bilan tayinlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi PQ-54-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 07/21/54/1169-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Markazlar quyidagi konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning ish haqi va majburiy ajratmalarni hisoblash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy mablag‘larni, tovar-moddiy boyliklarni, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mavsumi yakunlari bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlarni xatlovdan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq organlari bilan birga taqqoslashlarni amalga oshirish va ularning o‘z vaqtida to‘lanishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq va moliyaviy hamda statistika hisobotlarini tuzish va ularni tegishli organlarga taqdim qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromadlar va xarajatlarni tahlil qilish, tijorat banklaridan kredit olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va kelgusi yil uchun biznes reja tuzish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zolik badallari hisoblanishi va to‘lanishini tashkillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agronom tomonidan aholiga o‘z xonadonlaridagi tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha, shuningdek fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha maslahatlar berish, sifatli urug‘ va ko‘chatlar bilan ta’minlash, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishida amaliy yordam berish.
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi PQ-54-sonli qaroriga asosan yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 07/21/54/1169-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Markazlarning huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Markazlar konsalting xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsalting xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar va boshqa ma’lumotlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsalting xizmatlari ko‘rsatilayotgan fermer xo‘jaligi rahbari va boshqa xodimlarini chaqirishga, ulardan qonunchilik hujjatlari, ustav faoliyati, ta’sis hujjatlarining buzilishi holati yuzasidan og‘zaki va yozma tushuntirishlar talab qilish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hujjat va boshqa ma’lumotlarni davlat organlaridan olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma shartlari fermer xo‘jaligi tomonidan buzilgan taqdirda konsalting xizmatlari ko‘rsatishni bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazlar konsalting xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Konsalting xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish va uni bekor qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Markazlar tomonidan bepul konsalting xizmatlarini ko‘rsatish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Konsalting xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish uchun fermer xo‘jaliklari o‘z xohishiga ko‘ra markazlarga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi konsalting xizmatlaridan foydalanish ehtiyoji to‘g‘risida buyurtma (keyingi o‘rinlarda fermer xo‘jaligining buyurtmasi deb ataladi) taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Fermer xo‘jaligining buyurtmasi markazlar tomonidan uch kun mobaynida ko‘rib chiqiladi. Buyurtmani ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha markazlar fermer xo‘jaliklariga bepul yoki pullik konsalting xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzishni taklif qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu Nizomning 3-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan fermer xo‘jaliklari bilan ikki kun mobaynida bepul konsalting xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Markazlar fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatiladigan bepul konsalting xizmatlari hisobini yuritadi. Har oyda markaz va fermer xo‘jaligi o‘rtasida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ko‘rsatilgan bepul konsalting xizmatlari to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ko‘rsatilgan bepul konsalting xizmatlari to‘g‘risidagi dalolatnoma Markazlar tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay tegishli tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Fermer xo‘jaliklari tomonidan tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga a’zolik badallari o‘z muddatida to‘lanmagan taqdirda mazkur shartnoma bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz tomonidan bepul konsalting xizmatlari to‘liq ko‘rsatilmagan yoki tegishlicha bo‘lmagan sifatdagi xizmatlar ko‘rsatilganda yoxud xizmat ko‘rsatishning muddatlari buzilgan hollarda Markaz xodimlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘riladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda Markazlar tomonidan ushbu Nizomga rioya qilinishi ustidan nazoratni o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazining nomi
BUYURTMA
(Bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatishga shartnoma tuzish yuzasidan)
(Fermer xo‘jaligi nomi) fermer xo‘jaligi quyidagi bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatishga shartnoma tuzishni so‘raydi:
buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini ta’minlash; xodimlarning ish haqi va majburiy ajratmalarni hisoblash; asosiy mablag‘larni, tovar-moddiy boyliklarni, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mavsumi yakunlari bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlarni xatlovdan o‘tkazish; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq organlari bilan birga taqqoslashlarni amalga oshirish va ularning o‘z vaqtida to‘lanishini tashkil etish; soliq va moliyaviy hamda statistika hisobotlarini tuzish va ularni tegishli organlarga taqdim qilish; daromadlar va xarajatlarni tahlil qilish va navbatdagi yil uchun biznes-reja tuzishda amaliy yordam ko‘rsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bepul ko‘rsatilgan konsalting xizmatlari to‘g‘risida dalolatnoma
(bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatishga “___”________ yildagi __ son shartnoma bo‘yicha)
Ustav asosida ish yurituvchi (buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritish markazining nomi) nomidan direktor (familiyasi, ismi, otasining ismi), bundan buyon Markaz deb yuritiladi, bir tomondan, hamda Ustav asosida ish yurituvchi (fermer xo‘jaligi nomi) boshlig‘i (familiyasi, ismi, otasining ismi), bundan buyon Fermer xo‘jaligi deb yuritiladi, ikkinchi tomondan, ushbu dalolatnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
1. Markaz tomonidan fermer xo‘jaligining (kun, oy, yil) dan (kun, oy, yil) gacha davrdagi faoliyati bo‘yicha quyidagi konsalting xizmatlari ko‘rsatildi:
buxgalteriya hisoboti tuzildi; ishchi xodimlarning ish haqi va undan budjetga majburiy ajratmalar hisoblab chiqildi va to‘landi; xo‘jalikning asosiy mablag‘lari, tovar-moddiy boyliklari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mavsumi yakunlari bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari xatlovdan o‘tkazildi; soliq va moliyaviy hamda statistika hisobotlari tuzildi va ular tegishli organlarga taqdim qilindi; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha taqqoslashlar amalga oshirildi va to‘lanishi o‘z vaqtida ta’minlandi; daromadlar va xarajatlar tahlil qilindi va kelgusi yil uchun biznes-reja tuzishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
2. Ko‘rsatilgan konsalting xizmatlari yil “____” ____________dagi ____-son Bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi bilan belgilangan shartlarga muvofiq keladi, o‘z muddatida bajarildi, lozim darajada rasmiylashtirildi va Fermer xo‘jaligi tomonidan to‘liq qabul qilindi. Ko‘rsatilgan konsalting xizmatlari sifati va hajmi yuzasidan fermer xo‘jaligining hamda tegishli organlarning Markazga e’tirozlari mavjud emas.
3. Ushbu dalolatnoma yil “____”___________dagi ____-son Bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi shartlariga muvofiq ikki nusxada tuzildi.
Taraflarning imzolari, manzillari va rekvizitlari
Buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritish markazi __________________________ __________________________ Direktorning F.I.Sh. (imzo)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 09/19/131/2618-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2021-y., 07/21/54/1169-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)