11.02.2019 yildagi PQ-4185-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 11.02.2019 yildagi PQ-4185-son
Date of entry into force
12.02.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi yillarda mamlakatda ijtimoiy yetimlikning oldini olish, aholi va yoshlar orasida sogʻlom oila qurishga masʼuliyat bilan yondashishni targʻib qilish, oilaviy qadriyatlarga maʼnaviy-axloqiy munosabatni shakllantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrilgan chora-tadbirlar tarbiya muassasalari va ularda tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sonini sezilarli ravishda kamaytirishga yordam berdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, bolalarni joylashtirishning oilaviy hamda boshqa muqobil shakllarini keng joriy etish, ayniqsa ularni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish (patronat), shuningdek bolalarni mustaqil hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish talab etilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy yetimlikni yanada kamaytirish, yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularning jadal ijtimoiy moslashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratish, tarbiya muassasalarining ish faoliyatini yaxshilash, shuningdek, jismonan sogʻlom va maʼnaviy yetuk avlodni tarbiyalashda oilaning rolini mustahkamlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-martdan “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarining rahbar xodimlari va tarbiyachilari, shuningdek, barcha turdagi xalq taʼlimi muassasalari tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkasini 1,5 barobarga oshirish va uni umumtaʼlim maktablarining tegishlicha rahbar va pedagogik xodimlari bazaviy tarif stavkasining 75 foizi darajasida belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-oktabrdan “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari rahbar xodimlari va oliy maʼlumotli tarbiyachilari hamda barcha turdagi xalq taʼlimi muassasalarining oliy maʼlumotli tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumtaʼlim maktablarining tegishli rahbar va pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish, bunda ayrim fanlar chuqur oʻrgatiladigan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tarbiyachilari uchun koʻzda tutilgan ustamani bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarining (koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) tarbiyachilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda toʻlanadigan ustama haqi lavozim maoshining 75 foizi miqdorida toʻlanadi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar uylari, nogironligi boʻlgan bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” markazlari hamda sil kasalligiga qarshi bolalar sanatoriysi tarbiyachilariga tegishli toifadagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorlari qoʻllaniladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylariga 1 ta psixolog shtat birligi, tarbiyalanuvchilari soni 200 nafardan ortiq boʻlgan “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylariga 2 ta psixolog shtat birliklarini kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil davomida “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan zamonaviy kompyuter sinflarini ochish, tarbiyalanuvchilarni zamonaviy kompyuter dasturlash koʻnikmalariga oʻqitishni tashkil qilish va axborot texnologiyalari sohasida yosh mutaxassislar tayyorlanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda oila institutini mustahkamlash, ijtimoiy yetimlikning oldini olish, shuningdek, “Mehribonlik” uylarini bosqichma-bosqich kam komplektli bolalar shaharchalariga hamda ijtimoiy muassasalarning boshqa muqobil shakllariga oʻtkazish maqsadida 2019-yil 1-iyunga qadar muddatda 2019 — 2023-yillarda “Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish dasturini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilayotgan (patronat) vasiy va homiylikka nomzodlarni, farzandlikka olayotganlar va oilaviy bolalar uylarining tarbiyalovchi ota-onalarini tanlash va kuzatib borish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Xalq taʼlimi vazirligi va boshqa davlat organlarining “Ishonch telefonlari” orqali yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga yordam koʻrsatish tizimini tashkil qilsin, shuningdek, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida zarur aloqa vositalari bilan jihozlangan alohida xonalar ajratilishini, “Ishonch telefonlari” uzluksiz ishlashini hamda ulardan tarbiyalanuvchilarning erkin foydalanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy vasiylik va homiylikning turli shakllarini yaratishga koʻmaklashsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-iyunga qadar “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylarining hududlari va xonalarini videokuzatuv kameralari bilan jihozlanishini taʼminlasin, videoyozuvlar maxsus arxivda kamida bir oy davomida saqlanishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylaridagi videokuzatuv kameralarining texnik sozligi va uzluksiz ishlashini, keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida arxivlashtirishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vasiylik va homiylik organlari, “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylari hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun boshqa tarbiya muassasalari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notariuslar, Davlat xizmatlari markazlari, FHDY va ichki ishlar organlari, davlat tibbiyot va boshqa muassasalar orqali yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirishda;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-martdagi PF-6184-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni himoya qilish maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilishda davlat boji va boshqa toʻlovlardan ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda xarajatlar smetasini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining sohaga ixtisoslashtirilgan muassasalarida tibbiyot tizimi pedagogik xodimlarining malakasini oshirish uchun mablagʻlarni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, asosiy ishidan ajralgan holda pedagog xodimlarning malakasini oshirish kurslariga yuborilgan tinglovchilarga oʻqish davrida asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shahar (tuman) hokimlari:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joyga muhtoj sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga oʻz vaqtida turar joylar ajratilishini qonun hujjatlariga muvofiq taʼminlash uchun shaxsiy javobgar ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turar joylar ajratilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tijorat banklariga yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga, shu jumladan ular toifasiga kiradigan 18 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan shaxslarga yosh oilalar uchun nazarda tutilgan shartlarda, koʻp kvartirali uylardan kvartira sotib olish maqsadida ipoteka kreditlari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining dastlabki badali Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning maishiy va turar joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida, shaharlar va qishloq joylarida arzon koʻp kvartirali uylarni qurish parametrlarini shakllantirishda, 2020-yildan boshlab uy-joyga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga ipoteka krediti berish asosida sotish uchun uylar qurilishini nazarda tutsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda bir oy muddatda tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ishga joylashtirilishi ustidan tizimli monitoring mexanizmini oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishda tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilarini dasturlash koʻnikmalariga oʻrgatish hamda axborot texnologiyalari sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlash maqsadida ularning Internet tarmogʻiga ulanishi va kompyuterlar bilan jihozlanishini, bunda 10-11-sinf oʻquvchilariga “axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” yoʻnalishida yetakchi tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashi uchun sharoitlar yaratilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron oʻquv, shu jumladan kompyuter dasturlash va axborot texnologiyalar sohasidagi materiallardan foydalanish maqsadida “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarining “ZiyoNET” taʼlim tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2019-yil 1-aprelga qadar yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ularning tutingan ota-onalari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga doimiy propiska qilinishini taʼminlash boʻyicha takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda koʻzda tutilgan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratsin, shuningdek, har yili Davlat budjeti parametrlarida ushbu koʻrsatilgan maqsadlar uchun mablagʻni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 11-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4185-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoʻl xaritasi”

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbasi

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga oʻtkazish, shuningdek quyidagilarni nazarda tutgan potensial ota-onalarni erta aniqlash tartibini takomillashtirish:

mazkur toifadagi bolalarning ijtimoiy moslashuvi va ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish uchun tegishli sharoitlar yaratish;

toʻliq davlat taʼminotiga olinadigan bolalarning toifalarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil

1-aprelga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov), Oliy sud (K.Kamilov), Davlat soliq qoʻmitasi (B. Musayev), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (V. Alimova), manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan, 3 yoshga toʻlmagan bolalarini Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish orqali voyaga yetmaganlarning huquqlarini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil

1-oktabrga qadar

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Bosh prokuratura (S. Saidkarimov)

3.

Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun davlat tarbiya muassasalariga ajratiladigan homiylik mablagʻlaridan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Idoraviy hujjat

2019-yil

1-sentabrga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)

4.

“Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari, “Muruvvat” uylari va bolalar uylari xodimlari uchun odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2019-yil

1-avgustga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov)

5.

“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil

1-aprelga qadar

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev),

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev)

6.

Bolalar uylarida boʻlgan bolalarni tarbiyalash sohasida davlat talablarini joriy etish masalasini oʻrganish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2019-yil

1-iyunga qadar

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev),

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

7.

Tutingan ota-onalar, vasiylar va homiylar tomonidan ularga bolalarni parvarish qilish boʻyicha yuklangan vazifalarning bajarilishi ustidan nazorat qilish mexanizmini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil

1-iyunga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (S. Saidkarimov), Oliy sud (K. Kamilov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (V. Alimova)

8.

Ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil

1-avgustga qadar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (V. Alimova)

II. Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun bolalar tarbiya muassasalarida tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish

9.

Tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy moslashuvi va kasb-hunarni muvaffaqiyatli tanlashi, ularda ijtimoiy va hayotiy koʻnikmalarni hosil qilish maqsadida “Mehribonlik” uylarida, zarur moddiy-texnik baza bilan taʼminlagan holda, oʻquv kurslarini (“Uy-roʻzgʻor akademiyasi”) tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Mahalliy budjet mablagʻlari

2019-yil

davomida

Xalq tʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

10.

A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti oʻquv dasturlarini takomillashtirish orqali tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil

davomida

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining sohaga ixtisoslashtirilgan muassasalarida sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari pedagog xodimlarining malakasini oshirishni tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

12.

Quyidagilar:

tutingan ota-onalarni tayyorlash;

oʻquv-tarbiyaviy, maʼnaviy-axloqiy ishlar hamda tarbiyalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun muassasalarda kompleks diagnostika, profilaktika, korreksion faoliyat, ijtimoiy pedagogika va psixologiya yoʻnalishida uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish.

Uslubiy qoʻllanmalar

2019-yil

1-avgustga qadar

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kodirov), Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (V. Alimova)

13.

“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari rahbarlari va pedagog xodimlarining malakasini oshirish.

Grafik asosida

Doimiy ravishda

Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov)

14.

“Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari rahbarlari va pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil

31-dekabrga qadar

Taʼlim sifatini nazorat qilish

davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev),

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov)

15.

“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari uchun sogʻlomlashtirish oromgohlari va shahar tashqarisidagi uylarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Davlat budjeti mablagʻlari

2020 — 2023-yillar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

III. Jamiyatda ijtimoiy yetimlikni profilaktika qilish va oldini olish

16.

Quyidagilarni nazarda tutgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

bolalari “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalariga vaqtincha joylashtirilgan kam taʼminlangan, koʻp bolali oilalar, shuningdek yolgʻiz ota-onalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;

ogʻir hayotiy vaziyatga (xavf-xatar guruhiga) tushib qolgan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy-moddiy, ruhiy-pedagogik, axborot va huquqiy yordam koʻrsatish, ishga joylashtirish hamda imtiyozli kreditlar olishda va boshqa muammolarini hal etishda koʻmaklashish orqali ijtimoiy yetimlikni profilaktika qilish va oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar;

yangi tugʻilgan chaqaloqdan voz kechish, oilaviy notinchlik va bolalarni ota-onalaridan ajratishni profilaktika qilish, oilani lozim darajada ijtimoiy-huquqiy va ruhiy-pedagogik qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash hamda ota-onalik huquqidan mahrum etish holatlari sonini kamaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019–2020-yillar

davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), “Mahalla” jamgʻarmasi (Sh. Javlonov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova),

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (V. Alimova), manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Oʻsib kelayotgan yosh avlodni milliy anʼanalar va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda oila, mahalla va taʼlim muassasalari rolini oshirish, ijtimoiy reklamalar, roliklar, maxsus telekoʻrsatuvlar va maqolalarni namoyish qilish va ilgari surish, shuningdek yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalash va joylashtirish, shu jumladan ularni oilaga joylashtirish mexanizmlari, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda xalqimizning koʻp asrlik oilaviy qadriyatlari toʻgʻrisida targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

Ijtimoiy reklama va roliklar, tele- va radio eshittirishlar, maqolalar

Doimiy ravishda

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), MTRK (A. Xodjayev),

OʻzA (A. Kuchimov), “Mahalla” jamgʻarmasi (Sh. Javlonov),
Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva), “Oila” markazi (D. Tashmuxamedova), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (A. Kodirov)

IV. Boshqa yoʻnalishlar

18.

Tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan (uy-joyga muhtoj boʻlganlar sifatida hisobda turganlar) bolalarning uy-joy bilan taʼminlanganligini oʻrganish, ularni uy-joy bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil

1-iyulga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

19.

Tarbiya muassasalarini tamomlagan yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ish bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi (K. Kuranbayev), Xotin-qizlar qoʻmitasi (T. Narbayeva)

20.

Oliy maʼlumotli ijtimoiy xodimlarning mehnatiga haq toʻlash darajasini, shu jumladan mehnatiga haq toʻlash tarif razryadini qayta koʻrib chiqish orqali oshirish masalasini oʻrganish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2019-yil

1-aprelga qadar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Sh. Kudbiyev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Madjidov)

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2019-y., 07/19/4185/2601-son; 14.10.2020-y., 07/20/4860/1383-son; 09.03.2021-y., 06/21/6184/0192-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)