1-ILOVA
ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddatlari |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. Milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish | ||||
|
1. |
O‘zbekiston Respublikasining yadro xavfsizligi sohasidagi quyidagi xalqaro konvensiyalarga qo‘shilishi yoki ularning qoidalarini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilish: Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi; Yadro avariyasi to‘g‘risida tezkor xabar berish to‘g‘risidagi konvensiyasi; Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi konvensiya; Yadro avariyalari yoki radiatsiya avariya holatlarida yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi konvensiya. |
Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash |
2019-yil noyabr 2019-yil noyabr 2020-yil 2020-yil |
Energetika vazirligi (Sultanov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), |
|
2. |
Atom energiyasidan xalqaro shartnomalarga muvofiq tinchlik maqsadida foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni qabul qilish. |
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish |
2020-yil mart |
Energetika vazirligi (Sultanov), |
|
3. |
AESni loyihalashtirish, qurish va undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan standartlar, idoraviy normalar, reglamentlar, yo‘riqnomalar, nizomlarni qabul qilish (implementatsiya qilish, moslashtirish, ishlab chiqish). |
Vakolatli davlat organlari tomonidan normativ hujjatlarni qabul qilish |
loyihani amalga oshirish davrida |
Energetika vazirligi (Sultanov), Davlat geologiya qo‘mitasi (Islamov), |
|
4. |
AESdan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi manfaatlariga daxl qilish mumkin bo‘lgan qo‘shni davlatlar bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish. |
Muzokaralar o‘tkazish |
2019 — 2021-yillar |
Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Energetika vazirligi (Sultanov), Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
|
5. |
Manfaatdor davlatlar, nufuzli xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali yadro obyektlarini ekspluatatsiya qilish xavfsizligi manfaatlari yo‘lida maslahatlashuvlar o‘tkazilishini ta’minlash. |
Yadro obyektlari xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va amaliy |
2019 — 2030-yillar |
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov), Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
6. |
AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotni tashkil qilish va rivojlantirish, shu jumladan uning tashkiliy tuzilishi jihatidan tayyorligi, malakali kadrlar bilan to‘ldirilishi, zarur normativlar va tartib-taomillarning mavjudligi, uzoq muddat moliyaviy barqarorligini ta’minlash. |
1. Normativ-huquqiy hujjatni kiritish 2. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot faoliyatini tashkil etish 3. AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotni rivojlantirish |
2019-yil fevral 2019-yil noyabr 2021 — 2028-yillar |
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), |
|
7. |
AESni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning yadro xavfsizligi, maydonlar va pudratchilarni tanlash, loyiha yechimlari, qurilish sifati, keyinchalik foydalanish, moliyaviy ta’minlash, AESni qurish hamda undan foydalanishning boshqa muhim jihatlari, shu jumladan zarar uchun mas’uliyatini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjatni kiritish |
2019-yil iyul |
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), |
|
8. |
Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish milliy organini uzoq muddatli rivojlantirish va unga atom energetikasi xavfsizligini tartibga solish sohasida maxsus vakolatlar, shu jumladan xavfsizlikni tartibga soluvchi barcha davlat organlarning atom energetikasi xavfsizligi masalalarini muvofiqlashtirish funksiyalarini berish. |
Normativ-huquqiy hujjatni kiritish |
2019-yil iyun |
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov), |
|
9. |
Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga solish organlari o‘z vazifalarini zarur tarzda bajarishi uchun yetarlicha moliyaviy resurslardan uzoq muddat foydalanilishini ta’minlash. |
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasini saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur moliyaviy mablag‘lar ajratilishini ta’minlash |
har yili noyabrda |
Moliya vazirligi (Xaydarov), |
|
10. |
Atom energiyasidan foydalanish va xavfsizlik ekspertizasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash jarayonini takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjatni kiritish |
2019-yil iyul |
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov), |
|
11. |
Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish va rivojlantirish. |
Kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash |
2019-yil avgust |
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
12. |
Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy sektorni rivojlantirish. |
Ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlash milliy sektorini rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritish |
2019-yil dekabr |
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Bekenov), Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
13. |
Toshkent shahrida va dastlabki AES quriladigan maydon joylashgan hududda Rossiya Federatsiyasi yordamida atom sohasidagi axborot markazlarini ochish. |
1. Toshkent shahrida axborot markazini tashkil etish 2. AES quriladigan maydon hududida axborot markazini tashkil etish |
2019-yil avgust 2025-yil dekabr |
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), |
|
14. |
O‘quv seminarlari, xorijdagi atom energetikasi obyektlariga matbuot-turlarini tashkil etish orqali ommaviy axborot vositalari vakillari, shu jumladan jurnalistlar va jamoatchilik fikrini o‘rganuvchilarning bilimini oshirish. |
O‘quv seminarlar, xorijdagi atom energetikasi obyektlariga matbuot-turlarini tashkil etish |
rejaga muvofiq |
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), |
|
15. |
O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini ommalashtirish va mamlakat aholisini zamonaviy yadro-energetika texnologiyalari, ularning xavfsizligi va ekologik tozaligi to‘g‘risida xabardor qilish sohasida tizimli ishlarni tashkil etish. |
Teleko‘rsatuvlar, matbuotda materiallar e’lon qilishni tashkil etish, ilmiy-ommabop filmlar yaratish va ularni namoyish qilish |
rejaga muvofiq |
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), |
|
16. |
Yadro va radiatsiyaviy xavfsizlik bilan bog‘liq sohalarda talab etiladigan bilimlar va tajriba hamda zarur xodimlar soni majmuini aniqlash. |
Normativ-huquqiy hujjatni kiritish |
2019-yil noyabr |
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), |
|
17. |
Yadro-energetika dasturida ishtirok etadigan barcha tashkilotlar ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lgan mutaxassislarni jalb qilish, o‘qitish va saqlash strategiyasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. |
Normativ-huquqiy hujjatni kiritish |
2019-yil avgust |
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), |
|
18. |
AES va yadro infratuzilmasi uchun xodimlarni tayyorlash dasturlarini, shu jumladan mutaxassislarni xorijiy davlatlarda stajirovkadan o‘tkazish dasturlarini ishlab chiqish. |
1. Mutaxassislarni qabul qilishning maqsadli jadvalini tasdiqlash. 2. Jadval asosida xodimlarni tayyorlash dasturlarini va ularni stajirovkadan o‘tkazish rejalarini ishlab chiqish |
2019-yil sentabr har yili |
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov) |
|
II. Birinchi AESni qurishning asosiy bosqichlari | ||||
|
19. |
AESni joylashtirish uchun maydonni tanlash va litsenziyalash (2019-2020-yillar). |
1. Normativ-huquqiy hujjatni kiritish 2. Atrof-muhitga ta’sirni baholash, maydonni tanlash sifatini ta’minlash dasturlari va xavfsizlikni asoslash hisobotini belgilangan tartibda taqdim etish asosida |
2019-yil oktabr 2020-yil noyabr |
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), Davlat ekologiya qo‘mitasi (Kuchkarov), |
|
20. |
AES va uning tashqi infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish (2020 — 2022-yillar). |
Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish |
2021-yil |
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), Qurilish vazirligi (To‘xtayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
21. |
AESni qurish va ishga tushirish (2022 — 2030-yillar). |
1. AES qurilishiga Rossiya Federatsiyasining kreditini jalb etish to‘g‘risida Hukumatlararo bitimni tayyorlash. 2. AES qurilishiga YERS shartnomasi doirasida Buyurtmachining majburiyatlarini moliyalashtirishning uzoq muddatli (10 yilga) rejasini tasdiqlash. 3. AES qurilishiga xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organining litsenziyasini olish. 4. AES qurilishi 5. Davlat qabul komissiyasi dalolatnomasini tasdiqlash |
2019-yil dekabr 2019-yil noyabr 2021-yil dekabr 2022-yildan boshlab energiya bloklari loyiha quvvatiga chiqqandan keyin |
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov), Moliya vazirligi (Xaydarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Bekenov), Tashqi ishlar vazirligi (Asadov), Qurilish vazirligi (To‘xtayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
III. Atrof tabiiy muhit muhofazasini va radiatsiya himoyasini ta’minlash | ||||
|
22. |
Milliy yadro-energetika dasturining rivojlantirilishi munosabati bilan atrof-muhit muhofazasi va radiatsiya himoyasi sohasidagi tadbirlarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. |
Milliy yadro-energetika dasturini amalga oshirish davomida atrof-muhit muhofazasi va radiatsiya himoyasi sohasida |
belgilangan tartibda |
Davlat ekologiya qo‘mitasi (Kuchkarov), |
|
IV. Xavfsiz va iqtisodiy samarali yadro issiqligi siklini tashkil etish | ||||
|
23. |
Ishlatib bo‘lingan yadro yoqilg‘isini qayta ishlash uchun chiqarish yoki ishlatib bo‘lingan yadro yoqilg‘isini qimmatbaho energetik material sifatida uzoq vaqt saqlashni tashkil qilish. |
Radioaktiv chiqindilar, ishlatib bo‘lingan yoqilg‘i bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi va AESni ekspluatatsiyadan chiqarish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash va kiritish |
2019-yil noyabr |
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), |
|
24. |
Ishlatib bo‘lingan yadro yoqilg‘isi bilan ishlash. |
Ishlatib bo‘lingan yadro yoqilg‘isi bilan ishlashni tartibga soluvchi normalar va qoidalarni, shuningdek xavfsizlik bo‘yicha qo‘llanmalarni ishlab chiqish va qabul qilish |
2020 — 2028-yillar |
Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), Davlat ekologiya qo‘mitasi (Kuchkarov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (Gulyamov), FVV (Xudaybergenov), IIV (Bobojonov) |
|
V. Atom energetikasini uzoq muddatli rivojlantirishni ta’minlash | ||||
|
25. |
Atom ilm-fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish. |
Atom ilm-fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish |
har yili |
Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Madjidov), |
|
26. |
Iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlari uchun noenergetik yadro texnologiyalarini, shu jumladan materialshunoslikni (yadro va termoyadro reaktorlar, mikroelektronika, aviatsiya va kosmik texnika uchun yangi materiallar olish), yadro tibbiyotini (tashxis qo‘yish va davolash uchun radiofarm preparatlar ishlab chiqarish, neytron-tutuvchi va proton terapiya, pozitron-emission tomografiyani rivojlantirish), yadro tahlili va radiokimyo hamda Respublika uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirish. |
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun noenergetik yadro texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish |
2019-yil noyabr |
Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev), Energetika vazirligi (Mirzamaxmudov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Gulyamov), |
|
|
VI. Chora-tadbirlarning amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish | |||
|
27. |
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “O‘zatom” agentligining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Bosh vazir va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida hisobot berishini ta’minlash. |
1. Konsepsiya amalga oshirilishi to‘g‘risida “O‘zatom” agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga tezkor 2. Konsepsiyaning amalga oshirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga hisobot berish. 3. Yadro-energetika dasturini rivojlantirishning strategik va dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berish. |
har haftada keyingi oyning har chorakda, keyingi oyning |
Energetika vazirligi (Sultanov), “O‘zatom” agentligi (Mirzamaxmudov), |