1-ILOVA
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
5-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddati |
Masʼul |
|
I. Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasida | ||||
|
1. |
Soʻz erkinligi va OAV faoliyati boʻyicha xalqaro reytinglarda mamlakatning mavqeyini yaxshilashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi va “Yoʻl xaritasi”ni tayyorlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va “Yoʻl xaritasi” |
2019-yil |
Agentlik, |
|
2. |
Respublika hududlarida davlatga qarashli boʻlgan bosma OAVning holati va rivojlanish istiqbollarini oʻrganish. |
Axborot-tahliliy maʼlumotnoma |
2019-yil |
Agentlik, |
|
3. |
OAV mustaqilligi sohasidagi kafolatlar va xalqaro standartlarning soʻzsiz amalga oshirilishini taʼminlashga masʼul boʻlgan Media-ombudsman lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil |
Agentlik |
|
4. |
“Mualliflik va turdosh huquqlar” toʻgʻrisidagi Qonun loyihasini yangi tahrirda hamda mualliflik va turdosh huquqlar, davlat standartlari, texnik reglamentlar va sanitariya meʼyorlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni koʻzda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
Qonun loyihasi |
2019-yil |
Adliya vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Agentlik |
|
5. |
Jurnalist maqomini oshirish, media jamiyatda oʻzini oʻzi boshqarishning mexanizmlarini shakllantirish hamda jurnalistning umum eʼtirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil |
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Agentlik |
|
6. |
Sud organlari bilan respublika jurnalistlari oʻrtasida izchil hamkorlikni oʻrnatish, ularning sud majlislaridagi ishtirokini taʼminlash, ochiq sud materiallarini yoritishda mamlakat OAVdan foydalanishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil |
Agentlik, Oliy sud, Adliya vazirligi |
|
7. |
OAV huquqlarini taʼminlash va jurnalistlarning oʻz kasbiy faoliyatiga doir majburiyatlariga rioya etishiga oid qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini taftish qilish, Oʻzbekiston Respublikasining “Teleradioeshittirishlar toʻgʻrisida”gi va “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihalarini yangi tahrirda ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2019-yil |
Agentlik, Oliy Majlis palatalari Adliya vazirligi |
|
8. |
Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish. |
Kasb etikasi kodeksi |
2019-yil |
Agentlik, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi |
|
9. |
Davriy nashrlarning jozibadorligini oshirish, media-menejmentning zamonaviy usullarini, AKT-imkoniyatlarini hamda samarali marketing ishlanmalarini joriy etish orqali ularning moliyaviy holatini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2019-yil |
Agentlik |
|
10. |
OAV, tele- va kabel studiyalar, ommabop internet-media, fuqarolik jurnalistikasi (blogerlar) faoliyatidagi muammolarni oʻrganishga bagʻishlangan turkum uchrashuvlar va “davra suhbatlari” oʻtkazish. |
Chora-tadbirlar majmui |
tizimli ravishda |
Agentlik |
|
II. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini taʼminlashda matbuot | ||||
|
11. |
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari matbuot-xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirish, shu jumladan davlat tuzilmalari rahbarlarining mass-media bilan izchil hamkorligini amaliyotga joriy etishni koʻzda tutuvchi ularning oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish mexanizmini shakllantirish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2019-yil |
Agentlik |
|
12. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi dasturni ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlash: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari matbuot xizmatlarining jamoatchilik va OAV bilan samarali hamkorlik qilishiga toʻsqinlik qiladigan asosiy muammolarni muhokama qilish maqsadida OAV vakillari va blogerlar ishtirokida turkum “aqliy hujumlar” va seminarlar oʻtkazish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari matbuot xizmatlari faoliyati ochiqligini taʼminlashda ularning holati va faoliyat samaradorligini yanada oshirish istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek huquqiy va amaliy takliflarni ishlab chiqishga qaratilgan konferensiyalar tashkil etish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari, matbuot xizmatlari xodimlari faoliyati ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish; matbuot xizmatlari xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, OAV bilan hamkorligini yaxshilash, shu jumladan aloqalar oʻrnatishda mobil texnologiyalardan keng foydalangan holda turkum seminar va treninglar oʻtkazish; keng jamoatchilikni amalga oshirilgan ishlarning natijalari, davlat tuzilmalari faoliyatining mohiyati va istiqboldagi rejalari bilan tanishtirish maqsadida davlat organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan OAV uchun tizimli ravishda press-konferensiyalar tashkil etish hamda ularga OAV bilan samarali hamkorlik oʻrnatishda koʻmaklashish. |
Kompleks chora-tadbirlar dasturi |
2019-yil |
Agentlik |
|
13. |
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini ochiqligini taʼminlashda matbuot xizmatlarining ish samaradorligini yanada oshirish, jurnalistlar, blogerlarning bilimi va kasbiy malakasini oshirish, shuningdek Agentlikka yuklangan boshqa vazifalarni amalga oshirish maqsadida diplomatik korpus, xorijiy va xalqaro tuzilmalar bilan samarali hamkorlikni oʻrnatish. |
Chora-tadbirlar majmui |
2019-2020-yillar davomida |
Agentlik, Tashqi ishlar vazirligi |
|
III. Axborot-kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida | ||||
|
14. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, shu jumladan axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikni tatbiq qilish, xususiy va raqamli (virtual) kutubxonalar tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha Konsepsiya va Dasturni tasdiqlashni nazarda tutuvchi qarori loyihasini tayyorlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2019-yil |
Agentlik |
|
15. |
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida elektron va audio kitoblarni yaratish, shuningdek kitob fondini toʻldirish uchun xorijiy adabiyotning eng sara namunalarini davlat tiliga va oʻzbek adabiyoti asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish boʻyicha Media-markaz tashkil etish. |
Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar |
2019-yil |
Agentlik |
|
16. |
Respublika umumtaʼlim muassasalarida “Milliy umumtaʼlim elektron kutubxonasi” loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
Qoʻshma chora-tadbirlar dasturi |
2019-2020-yillar davomida |
Agentlik, Xalq taʼlimi vazirligi, manfaatdor idoralar |
|
17. |
Har yili respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi tomonidan mahalla fuqarolari yigʻinlarining kitob fondini toʻldirish boʻyicha adabiyotlar roʻyxatini tayyorlash. |
Qoʻshma chora-tadbirlar dasturi |
2019-yil 15-fevraldan boshlab, har yili |
Agentlik, Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi |
|
18. |
Har yili Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda umumtaʼlim maktablari kutubxonalari uchun zarur badiiy adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish va ularni Agentlik korxonalarida tayyorlash boʻyicha buyurtmalarni joylashtirish. |
Qoʻshma chora-tadbirlar dasturi |
2019-yil 15-fevraldan boshlab, har yili |
Agentlik, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
|
19. |
Kitobxonlik targʻibotini oshirish, nashriyotlar xodimlarining faoliyatini ragʻbatlantirish, xalqaro kitob koʻrgazmalarida nodavlat nashriyotlarning ishtirokini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yil |
Agentlik |
|
IV. Nashriyot-matbaa faoliyatini rivojlantirish sohasida | ||||
|
20. |
OAV va matbaa korxonalarini roʻyxatdan oʻtkazish, noshirlik faoliyatini litsenziyalash boʻyicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilovchi yangilangan tartiblarni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil |
Agentlik |
|
21. |
Nashriyot-matbaa korxonalarining uskunalarini belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2019-yilning I yarim yilligi |
Agentlik |
|
22. |
Agentlik tizimida mavjud obyektlar va jihozlarni toʻliq inventarizatsiya qilish, natijalari boʻyicha davlat korxonalarini xususiylashtirish, davlat-xususiy sheriklik shakllarini joriy etish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan respublika nashriyot-matbaa faoliyatini kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish. |
Tashkiliy tadbirlar va Kompleks chora-tadbirlar dasturi |
2019-yilning I yarim yilligi |
Agentlik, |
|
23. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan respublika taʼlim tizimi uchun har yili talabalik guvohnomasi, (shu jumladan plastik) reyting daftarchalari, sinf jurnallari, oʻzlashtirish tabellari, attestatlar va boshqa bosma mahsulotlarini Agentlik korxonalarida tayyorlash va ishlab chiqarish uchun buyurtmalarni joylashtirish. |
Qoʻshma shartnomalar |
2019-yil 15-fevraldan boshlab, har yili |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Agentlik |
|
24. |
Nashriyot-matbaa uylarining texnologik uskunalarini modernizatsiya qilish, kitob-kanselyariya mahsulotlarini ishlab chiqarish va tarqatish tizimining samaradorligi va shaffofligini taʼminlovchi ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. |
Chora-tadbirlar majmui |
2020-yil |
Agentlik |
|
25. |
Respublika nashriyot-matbaa korxonalari tomonidan nashr etilgan mahsulotlarning majburiy bepul nusxalarini tarqatish tartibini qayta koʻrib chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil |
Agentlik, Adliya vazirligi |
|
26. |
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining mualliflar bilan ishlash, idoralar bilan kelishish, zarur boʻlgan ekspert xulosalarini olish va keyingi oʻquv yiliga moʻljallangan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarning yakuniy matnlarini tasdiqlash hamda 1-mayga qadar original maketlarini yaratish va nashr etish uchun Agentlikning nashriyot-matbaa korxonalariga taqdim etish tartibini ishlab chiqish va joriy etish. |
Idoraviy hujjat |
2019-yil |
Xalq taʼlimi vazirligi, Agentlik |
|
27. |
Matbaa tarmogʻining muammolarini oʻrganish va uning raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2019-yil 1-oktabrgacha |
Agentlik |
|
28. |
“Oʻqituvchi” brendi ostida koʻchma kitob doʻkonlari loyihasini amalga oshirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-2020 yy. davomida |
Agentlik |
|
29. |
Maktab darsliklari, oʻquv qoʻllanmalar va daftar mahsulotlarini bezatish va nashr qilish boʻyicha standartlar, texnik reglamentlar va sanitariya meʼyorlarini matbaa sohasidagi eng soʻnggi yutuqlar hamda xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini inobatga olib qayta koʻrib chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil |
Agentlik |
|
30. |
Oʻzbekiston nashriyot-matbaa bozori ishtirokchilari tomonidan kitob-daftar, boshqa matbaa va kanselyariya mahsulotlarini ishlab chiqarishda oʻrnatilgan sifat standartlariga rioya qilinishi boʻyicha tizimli nazoratni taʼminlash. |
Chora-tadbirlar majmui |
doimiy |
Agentlik, |
|
V. Agentlik faoliyatining samaradorligini oshirish sohasida | ||||
|
31. |
Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2019-yil |
Agentlik, |
|
32. |
Kelgusida kadrlar salohiyatini mustahkamlash va ularning kasbiy malakasini oshirish maqsadida Agentlik xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish. |
Chora-tadbirlar majmui |
2019-yil |
Agentlik |
6-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirning nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro etish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
Korxonaning moddiy-texnik holatini yaxshilash | ||||
|
1. |
Bosmaxona binosini mukammal taʼmirlash va uning hududini obodonlashtirish. |
1. Bosmaxona ikki qavatli binosining old qismi (fasadi)ni taʼmirlash. 2. Barcha xonalarni taʼmirlash. 3. Deraza romlarini almashtirish. 4. Asosiy kirish darvozalarini yangilash. 5. Korxona hududini koʻkalamzorlashtirish. 6. Kanalizatsiya tizimini taʼmirlash. 7. Butun binoni va ishlab chiqarish sexlarini isitish tarmogʻi bilan taʼminlash. |
2019-yil davomida, bosqichma-bosqich |
Agentlik |
|
2. |
Ishlab chiqarish texnoparkini modernizatsiyalash, moddiy va maʼnaviy eskirgan uskunalarni almashtirish. |
1. 650 mm li, buklovchi va tikuvchi Braillo 650 SF mexanizmiga ega Brayl usulida chop etish uskunasi. 2. A4+ shaklida fotosuratlarni boʻrtma nuqtalar koʻrinishida qogʻozga koʻchiruvchi TactilPad by MDA rusumidagi doska-printer. 3. A3+ hajmdagi, SXC-460 rusumli ip bilan tikish mashinasi. 4. A3+ hajmdagi, qoplama koreshok balandligi I-65 mm. boʻlgan termokley bilan yelimlovchi mashina. 5. JBT 50/3D Perfect Book Binding uskunasi. 6. A3+ hajmli rizograf. 7. 470 mm hajmli, DC 470 rangli printer. 8. POLAR 92X rusumli bir pichoqli qogʻoz kesish mashinasi. |
2019-yil davomida, bosqichma-bosqich |
Agentlik |
|
3. |
Korxonani moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalarini oʻrganish. |
1. Korxona faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish. 2. Korxona faoliyatini moliyalashtirish manbalarini yanada kengaytirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. |
2019-yil davomida, bosqichma-bosqich |
Agentlik |
|
Ishchilarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va munosib ish sharoitlarini yaratish | ||||
|
4. |
Korxona ishchilarini ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash. |
1. Korxona ishchilariga toʻlanayotgan oylik maoshlari hajmini qayta koʻrib chiqish. 2. Korxonaning faol ishchi-xodimlari faoliyatini moddiy ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqish va joriy etish. |
2019-yil davomida, bosqichma-bosqich |
Agentlik |
|
5. |
Avtotransport vositalari uchun texnopark tashkil etish. |
1. Yuklarni ortish va tushirish uchun avtokara sotib olish. 2. Korxona ishchilari uchun mikroavtobus (navbatchi avtotransport) sotib olish. |
2019-yil davomida, bosqichma-bosqich |
Agentlik |
|
6. |
Korxona ishchilarining malakasini oshirish. |
1. Xorijiy ekspertlar ishtirokida oʻtkaziladigan oʻquv seminarlari, shuningdek chet davlatlarga uyushtiriladigan tanishuv safarlarining jadvalini ishlab chiqish. 2. Seminarlar va safarlarning dasturini ishlab chiqish. 3. Budjetni shakllantirish va moliyaviy mablagʻlarni izlab topish. 4. Natijalar asosida korxonaning boshqa ishchilari uchun oʻquv seminarlari oʻtkazish. |
2019-yil davomida, bosqichma-bosqich |
Agentlik, Tashqi ishlar vazirligi |
|
Koʻrish qobiliyati cheklangan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash | ||||
|
7. |
Koʻrish qobiliyati cheklangan bolalar maktab-internatlari uchun darsliklarni tayyorlash va chop etish. |
1. Darsliklarni tayyorlash boʻyicha ishchi guruhlarni shakllantirish va masʼullarni tayinlash. 2. Loyiha budjetini shakllantirish, shu jumladan unda xorijiy grantlar va homiylik koʻmaklarini jalb etishni koʻzda tutish. 3. Yangi avlod darsliklarini tayyorlash va ularni bosqichma-bosqich chop etish. 4. Chop etilgan darsliklarning maktab-internatlarda tatbiq etilishini taʼminlash. |
2020-yil davomida, bosqichma-bosqich |
Xalq taʼlimi vazirligi, Agentlik |
|
8. |
Quyidagi audiokitoblardan iborat onlayn kutubxonani tashkil etish: “Sharq ertaklari”, Sharq xalqlari shoir va yozuvchilari tomonidan yozilgan bolalar badiiy adabiyoti, sharq xalqlari ertaklari, dostonlar, rivoyatlar, qissalar va hikoyalardan iborat asarlar; “Maʼrifiy adabiyotlar”, kitobxonlar uchun oson va tushunarli tilda bitilgan oʻquv materiallaridan iborat kitoblar; “Oʻzbek adabiyoti durdonalari”, A. Navoiy, A. Qodiriy, Choʻlpon, Jomiy va oʻzbek xalqining boshqa buyuk adib va shoirlarining asarlaridan iborat kitoblar. |
1. Loyihalarni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ishchi guruhlarni shakllantirish. 2. Har bir audiokitoblar katalogiga kiritiladigan kitoblar roʻyxatini ishlab chiqish. 3. Loyiha budjetini shakllantirish va bunda xorijiy grantlar va homiylik koʻmagini koʻzda tutish. 4. Onlayn kutubxonalar katalogi boʻyicha maxsus mobil ilovalarni ishlab chiqish va ularni monetizatsiya qilish imkoniyatlarini oʻrganish. 5. Audiokitoblarni tayyorlash va ularni Internet tarmogʻiga joylashtirish. 6. OAV va keng jamoatchilikni jalb etgan holda audiokitoblarning taqdimotlarini oʻtkazish. |
2020-yil davomida, bosqichma-bosqich |
Agentlik |
|
9. |
Koʻrish qobiliyatida turli darajadagi cheklanishlar boʻlgan kishilarning hayotidagi qiziqarli hikoyalardan iborat “Oʻzgacha odamlar” nomli toʻplamni tayyorlash va nashr etish. |
1. Toʻplamni tayyorlash boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish va masʼullarni tayinlash. 2. Toʻplamda muvaffaqiyatli hayoti toʻgʻrisida maʼlumot beriladigan mashhur siyosatchilar, madaniyat, sanʼat arboblari va boshqalarning roʻyxatini tayyorlash. 3. Loyihaning budjetini shakllantirish, shu jumladan xorijiy grantlar va homiylik koʻmaklarini jalb etish. 4. Toʻplamni tayyorlash va nashr etish, OAV va keng jamoatchilikni jalb etgan holda uning taqdimotini oʻtkazish. |
2020-yil davomida, bosqichma- bosqich |
Agentlik |
|
10. |
Koʻzi ojiz va koʻrish qobiliyatida nuqsoni bor kishilar uchun “Bir jamoa” nomli koʻp tarmoqli internet-maydonchasini tashkil etish va unda tizimli ravishda yurtimizda koʻrish imkoniyati cheklangan kishilar ishtirokida tashkil etilayotgan madaniy, maʼrifiy va sportga oid tadbirlarni yoritib borish, shuningdek oftalmologiya sohasidagi tibbiy va texnik yangiliklar, kashfiyot va ishlanmalar haqidagi materiallarni, tiflopedagoglar va psixologlar bilan boʻlgan suhbatlarni keng yoritib borish. |
1. Loyihani amalga oshirish boʻyicha ijodiy va texnik jamoani shakllantirish. 2. Internet-maydonchaning tuzilmasini va mazmunini ishlab chiqish. 3. Loyihaning sinov versiyasini internet tarmogʻiga joylashtirish va uni aprobatsiya(sinov)dan oʻtkazish. 4. Internet-maydonchaning kelgusidagi faoliyatini izchil yoʻlga qoʻyish. 5. OAV va keng jamoatchilikni jalb etgan holda taqdimot oʻtkazish. |
2020-yil davomida, bosqichma-bosqich |
Agentlik, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
11. |
Koʻzi ojizlar uchun muzeylarga sayohat uyushtirish metodikasi yaratilishiga koʻmaklashish. |
1. Ekskursiyalar dasturini ishlab chiqishga masʼul boʻlgan ishchi guruhni shakllantirish. 2. Maxsus tiflografik tasvirlarni tayyorlash: interyer tarhlari, muzey eksponatlari boʻyicha brayl alifbosida tayyorlangan qisqacha sharhlar, shuningdek boshqa maxsus koʻrsatmali qurollar (mulyajlar, maketlar, boʻrtma globuslar, xaritalar va rasmlar), buyumlarning 3D-printer vositasida tayyorlangan hajmli nusxalari, brayl uslubida chop etilgan rasmlar, UF-printerida yaratilgan tasviriy sanʼat asarlarining boʻrtma yuzaga ega modellari. 3. Xonalar ichida mustaqil harakatlanishi uchun xonalar poliga maxsus taktil qoplamalar va yoʻnaltiruvchi tutqichlar oʻrnatilishi, audiogidlar va ekspozitsiyaga yoʻnaltiruvchi tovushlar bilan taʼminlash, sayohat matnida va tarqatma materiallarda brayl uslubida chop etilgan tiflosharhlar, muzeyning va zallarning taktil tarhlari boʻlishi lozim. 4. OAV va keng jamoatchilikni jalb etgan holda taqdimot oʻtkazish. |
2020-yil davomida, bosqichma-bosqich |
Agentlik, Madaniyat vazirligi |
|
12. |
Koʻrish qobiliyatida nuqsoni boʻlgan shaxslar uchun maxsus geografik xaritalarni ishlab chiqish va chop etish. |
1. Xaritalarni ishlab chiqishga masʼul boʻlgan ishchi guruhni shakllantirish. 2. Geografik xaritalarning maketlarini tayyorlash. 3. Zarur uskunalarni sotib olish. 4. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi yuzasidan OAV va keng jamoatchilikni jalb etgan holda taqdimot oʻtkazish. |
2020-yil davomida, bosqichma-bosqich |
Agentlik |
7-ILOVA
|
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori, ishchi guruh rahbari | |
|
I.G. Nikonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi |
|
R.R. Mirzayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi |
|
U.I. Axmatov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi |
|
N.Sh. Sharipov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi |
|
A.A. Nazirov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori |
|
S.X. Bekenov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
A.X. Abdualiyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari |
|
A.U. Akkulov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.b. |
|
Z.T. Zoxidov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari |
|
O.R. Isakov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqarma boshligʻi, vazir maslahatchisi |
|
D.B. Bayzakova |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Toshkent xalqaro arbitraj markazi direktori |