30.01.2019 yildagi 67-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.01.2019 yildagi 67-son
Date of entry into force
31.01.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uylarni boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, koʻp kvartirali uylarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar boʻyicha hisob-kitob ishlarini yuritishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019-yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 12-dekabrdagi 400-son qaroriga muvofiq Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarida majburiy badallarning hisob-kitobini yuritish va axborot-maslahat olish imkonini beradigan billing tizimi — “Obod uy” elektron dasturi (keyingi oʻrinlarda “Obod uy” elektron dasturi deb ataladi) ishlab chiqilganligi va Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida namunaviy tarzda joriy etilib, sinovdan muvaffaqiyatli oʻtganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obod uy” elektron dasturini respublikaning barcha shahar va tumanlariga keng joriy etish maqsadida ushbu dastur va uning barcha dasturiy taʼminot bazasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasi hamda “Smart technologies group” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga bepul topshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimiga “Obod uy” elektron dasturini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Obod uy” elektron dasturidan foydalanishning qulayliklari va afzalliklarini doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 30-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-yanvardagi 67-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimiga “Obod uy” elektron dasturini joriy etish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli va mexanizmi

Bajarish muddati

Masʼul bajaruvchi

I. Elektron dasturni joriy etish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar

1.

“Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari va ularning filiallariga “Obod uy” elektron dasturini joriy etish.

1. “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari va ularning filiallari�a belgilangan tartibda “Obod uy” elektron dasturining login va parollarini taqdim etish.

2019-yil 1-may

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. “Obod uy” elektron dasturining uzluksiz ravishda samarali ishlashi uchun uni texnik tomondan qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.

Doimiy ravishda

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev)

2.

Respublikadagi mavjud xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar boʻyicha barcha koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni “Obod uy” elektron dasturi bilan qamrab olish.

Koʻp kvartirali uylarni kvartiralar boʻyicha xatlov�an oʻtkazish orqali maʼlumotlar bazasini shakllantirish, ularni “Obod uy” elektron dasturi tizimiga kiritish.

2019-yil 1-may

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

“Obod uy” elektron dasturi koʻchmas mulk kadastrining billing tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlash hamda toʻlovlarni Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi orqali onlayn tarzda amalga oshirish.

Bosh kelishuv va texnik loyihaga asosan tadbirlarni amalga oshirish.

2019-yil 1-aprel

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Markaziy bank (Nurmuratov), “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi (Abdullayev)

4.

“Obod uy” elektron dasturida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlarga tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlari maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatish mexanizmini yaratish.

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan tijorat banklaridan olingan kreditlarning sarflanishini doimiy ravishda “Obod uy” elektron dasturiga kiritib borish va shu orqali kreditlar xususiy uy-joy mulkdorlari tomonidan sarflanishini nazorat qilish.

Doimiy ravishda

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Markaziy bank (Nurmuratov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Koʻp kvartirali uylarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar boʻyicha hisob-kitob ishlarini yuritishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash.

1. Xususiy uy-joy m�lkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan umumiy yigʻilishlar toʻgʻrisidagi va boshqa eʼlonlar, yigʻilish bayonnomalari, hisobotlar va yillik xarajatlar smetalarini “Obod uy” elektron dasturi orqali aholiga yetkazish maqsadida qoʻshimcha dasturiy taʼminotni yaratish;

2019-yil 1-iyun

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev)

2. “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari va ularning filiallari tomonidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan umumiy yigʻilishlar toʻgʻrisidagi va boshqa eʼlonlar, yigʻilish bayonnomalari, hisobotlar va yillik xarajatlar smetalari “Obod uy” elektron dasturiga kiritib borilishini taʼminlash.

Doimiy ravishda

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar egalari tomonidan toʻlanayotgan majburiy badallar boʻyicha debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Obod uy” elektron dasturi orqali xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlarning buxgalteriya hisobini yurituvchi dasturiy taʼminotda avtomatik tarzda qabul qilish.

“Obod uy” elektron dasturini xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan yuritiladigan buxgalteriya hisobini yurituvchi dasturiy taʼminotga integratsiya qilish.

2019-yil 1-aprel

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev)

7.

“Obod uy” elektron dasturida koʻp kvartirali uylarni joriy va kapital taʼmirlash hamda ularning atrof hududlarida quriladigan qoʻshimcha qurilishlar (bolalar maydonchalari, ayvonli tandirxonalar va shu kabilar) toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar olish tizimini ishlab chiqish.

“Obod uy” elektron dasturiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan koʻp kvartirali uylarni joriy va kapital taʼmirlash hamda ularning atrofidagi hududlarda quriladigan qoʻshimcha qurilishlar (bolalar maydonchalari, ayvonli tandirxonalar va shu kabilar) toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar kiritib borilishini taʼminlash.

Doimiy ravishda

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Obod uy” elektron dasturining mobil ilovasini yaratish.

“Obod uy” elektron dasturining mobil ilovasini yaratish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish.

2019-yil 1-aprel

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev)

9.

“Obod uy” elektron dasturining axborot xavfsizligini taʼminlash hamda qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish orqali ushbu dasturning ishlash samaradorligini yanada oshirish.

Axborot xavfsizligini taʼminlash hamda qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish uchun tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish.

Doimiy ravishda

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev)

II. “Obod uy” elektron dasturidan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish

10.

“Obod uy” elektron dasturidan foydalanish boʻyicha “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari va ularning filiallari xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish.

“Kommunal oʻquv” oʻquv-uslubiy markazi davlat unitar korxonasida “Obod uy” elektron dasturidan foydalanish boʻyicha “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari va ularning filiallari xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish.

Jadval asosida

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev)

11.

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi tashkilotlar xodimlari uchun “Obod uy” elektron dasturidan foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlari oʻtkazish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi tomonidan joylarda “Obod uy” elektron dasturidan foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlari tashkil etish.

Yillik rejaga muvofiq

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev)

12.

“Obod uy” elektron dasturini aholi orasida targʻibot qilish ishlarini olib borish.

“Obod uy” elektron dasturining qulaylik va afzalliklari hamda undan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini taʼminlash.

Doimiy ravishda

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Koʻchimov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari va ularning filiallari faoliyatini yanada rivojlantirish

13.

“Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari va ularning filiallari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Respublikadagi barcha “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari va ularning filiallarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish hamda xatlov natijalariga koʻra:

2019-yil 1-may

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

“Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari tashkil qilinmagan shahar va tumanlarda, zarur hollarda, tumanlararo “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalari filiallarini tashkil qilish;

2019-yil 15-may

tashkil qilinadigan va faoliyat yuritayotgan “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalarini tegishli ravishda faoliyat koʻrsatish uchun bino yoki xonalar bilan taʼminlash choralarini koʻrish;

2019-yil 20-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shahar va tuman hokimliklari

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatishni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga “Yagona hisob-kitob markazi” davlat unitar korxonalarini zarur kompyuter jamlanmalari va aloqa vositalari bilan taʼminlash.

2019-yil 1-iyun

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2019-y., 09/19/67/2550-son)