Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 21.01.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3125
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 21-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3125]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi PQ-3995-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 30-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-02/13-70-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri D. QOʻChQOROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 30-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
155-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2018-yil 30-noyabrdagi 01-02/13-70 va 155-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi PQ-3995-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutiga (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) oʻqishga qabul qilingan fuqarolar (bundan buyon matnda kursant deb yuritiladi) bilan davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Institutni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan buyon matnda davlat budjeti deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (bundan buyon matnda DBQ deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan tamomlagan va majburiy xizmat oʻtash uchun davlat bojxona xizmati organlariga, shuningdek DBQ tomonidan boshqa davlat idoralariga yuborilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kursant oʻqishni tamomlagandan keyin besh kalendar yil mobaynida davlat bojxona xizmati organlarida, shuningdek DBQ tomonidan boshqa davlat idoralariga yuborilganda majburiy xizmat oʻtashga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kursant oʻqishga qabul qilinishi bilan DBQ oʻrtasida oʻqishni tamomlagandan keyin besh kalendar yil mobaynida davlat bojxona xizmati organlarida, shuningdek boshqa davlat idoralarida majburiy xizmat oʻtalishi haqida shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Institutga oʻqishga kirishidan oldin (dastlabki tanlov davrida) nomzodlar va ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar nomzod Institutga oʻqishga qabul qilingandan soʻng davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqida shartnoma imzolashi, shartnoma shartlarini bajarishi, shuningdek, kursantlar safidan chiqarilsa yoki oʻqishni tamomlagandan soʻng besh yil ichida xizmatdan boʻshatilsa, shartnomani muddatdan ilgari bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, oʻqish davrida unga sarflangan barcha budjet mablagʻlarini qoplashi boʻyicha moddiy javobgarlik toʻgʻrisida yozma ravishda ogohlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, DBQning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari hamda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida tuziladigan ishchi guruhlar tomonidan nomzod va uning ota-onasi (farzandlikka oluvchi, vasiysi) yozma ravishda ogohlantiriladi va ulardan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tilxat olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Shartnoma tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻqish tamomlagandan keyin besh kalendar yil mobaynida davlat bojxona xizmati organlarida, shuningdek boshqa davlat idoralarida majburiy xizmatni oʻtashi haqida, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda DBQ nomidan Institut hamda kursantlar va ularning ota-onasi (farzandlikka oluvchi, vasiyi) oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kursantlar kursantlar safidan chiqarilib oʻqishga qayta tiklangan taqdirda yoki xodim majburiy xizmat oʻtash davrida xizmatga qayta tiklanganda, shartnoma qayta tuzilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shartnoma ikki nusxada davlat tili yoki rus tilida tuziladi. Shartnomani tuzish tomonlarning imzolashlari orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kursant shartnoma tuzishni rad qilgan taqdirda, mazkur holat boʻyicha bojxona organi masʼul xodimi tomonidan shartnoma tuzishni rad etish sabablari, kursant oʻqishga kirganligini tasdiqlovchi hujjatning raqami va sanasi koʻrsatilgan holda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma tuzishni rad etgan kursant kursantlar safidan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tuzilgan shartnomaning bir nusxasi kursantga beriladi, ikkinchi nusxasi kursantning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oʻqitishga sarflangan mablagʻlarni qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻqish uchun sarflangan mablagʻlar bir oʻquv yili uchun, kalendar yil hisobida kursantlar safidan chiqarilgan (xizmatdan boʻshatilgan) sanada amalda boʻlgan eng kam oylik ish haqining 100 barobari miqdorida undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoplanishi lozim boʻlgan mablagʻlar har qanday manfaatdor shaxs tomonidan toʻlab berilishi mumkin. Bunda mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qoplanishi lozim boʻlgan mablagʻlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi xodimning soʻnggi ish joyidagi kadrlar tuzilmasiga taqdim qilinadi va shaxsiy yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Belgilangan muddatda qoplanmagan mablagʻlar sud orqali undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qoplanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni toʻlagan xodim xizmatga tiklangan yoki qayta qabul qilingan taqdirda undan undirilgan pul mablagʻlari toʻliq qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qoʻyidagi hollarda kursantga sarflangan mablagʻlar qoplanmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kursant (xodim) vafot etishi, bedarak yoʻqolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan davlat bojxona xizmati organlari shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarilgan kunidan boshlab;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kursant (xodim) davlat bojxona xizmati organlaridan harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida yoki tashkiliy-shtat oʻzgarishlari sababli boʻshatilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kursant (xodim)ning ota-onasi, aka-ukalari yoki opa-singillaridan biri nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi boʻlib, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T I L X A T
Men, Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutiga oʻqishga kirishga nomzod _____________________________________________________________________________________________
(F.I.O.)
oʻqishga qabul qilinsam davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqida shartnoma imzolash, shartnoma shartlarini bajarish, shuningdek kursantlar safidan chiqar�lsam yoki oʻqishni tamomlaganimdan soʻng besh yil ichida xizmatdan boʻshatilsam, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsam yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsam, oʻqish davrida menga sarflangan barcha mablagʻlarni qoplash boʻyicha moddiy javobgarligim toʻgʻrisida ogohlantirildim.
_______________________
_______________________
(imzo)
________ (F.I.O.)
20_____ yil “_____” ______________
Biz, Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutiga oʻqishga kirishga nomzodning ota-onasi (farzandlikka oluvchi va vasiyi), farzandimiz ___________________________________________________ ________________________________________ oʻqishga qabul qilinsa Davlat bojxona xizmati organlarida
(F.I.O.)
majburiy xizmatni oʻtash haqida shartnoma imzolash, shartnoma shartlarini bajarish, shuningdek kursantlar safidan chiqarilsa yoki oʻqishni tamomlaganimdan soʻng besh yil ichida xizmatdan boʻshatilsa, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, oʻqish davrida unga sarflangan barcha mablagʻlarni qoplash boʻyicha moddiy javobgarligimiz toʻgʻrisida ogohlantirildik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona xizmati organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqida ShARTNOMA
20___ yil “___” ______________
__________-son
_______________________ shahri
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (bundan buyon matnda DBQ deb yuritiladi) nomidan _____________________________________________________________________________________________
(lavozimi va F.I.O.)
bir tomondan DBQning Bojxona institutiga (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) oʻqishga qabul qilingan _______________________________________________________________________________
(F.I.O. tugʻilgan yili, oy va kuni)
(bundan buyon matnda kursant deb yuritiladi) ikkinchi tomondan ____________________________________ _____________________________________________________________________________________________
(asos boʻluvchi hujjat)
asosida quyidagilar toʻgʻrisida ushbu shartnomani tuzdilar:
1. Shartnoma predmeti
1.1. Institutda 20_____ — 20_____ oʻqish va oʻqishni tamomlagandan keyin besh kalendar yil mobaynida Davlat bojxona xizmati organlarida, shuningdek boshqa davlat idoralarida majburiy xizmatni oʻtash toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
2. Shartnoma taraflari
2.1. DBQ — oʻz vakolatlari doirasida bojxona siyosati oʻtkazilishini, bojxona ishlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini, bojxona organlari tizimining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlovchi davlat boshqaruvi organi. 2.2. Institut — bojxona organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim hamda ilmiy-metodik muassasa. 2.3. Kursant — amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan talablar asosida Institutning bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga qabul qilingan fuqaro.
3. Taraflarning huquq va majburiyatlari
3.1. Kursantning huquqlari: a) qonun hujjatlarida belgilangan huquq va erkinliklardan davlat bojxona xizmati organlari xodimlari uchun belgilangan cheklovlar va taqiqlarni hisobga olgan holda foydalanish; b) boshliqlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan oʻziga nisbatan adolatli munosabatda boʻlishlari hamda shaʼni va qadr-qimmatining hurmat qilinishi; v) Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda dav�at hisobidan pul va moddiy taʼminlanish; g) Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan taʼlim standartlariga muvofiq taʼlim olish; d) hayoti va sogʻligini himoyalash; e) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda xizmat oʻtash haqida shartnoma tuzish va uni bekor qilish; j) xavfsizlik texnikasi va gigiyena talablariga mos keladigan xizmat sharoitlariga ega boʻlish; z) davlat tomonidan sugʻurtalanish; i) xizmat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan yuzaga kelgan tortishuvlarni tomonlar kelishuvi yoki sud tartibida hal qilish; k) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa kafolatlar va kompensatsiyalarni olish. 3.2. Kursantning majburiyatlari: a) kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, jamiyat va davlatning xavfsizligini, konstitutsiyaviy tuzumni himoyachisi — ofitser sifatida xizmat olib borish uchun zarur boʻlgan bilim hamda koʻnikmalarni sidqidildan va qunt bilan egallash; b) oʻqish davri mobaynida kursant (xodim) sifatida xizmat olib borish, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, DBQ va Institut boshligʻining ichki idoraviy hujjatlari bilan belgilangan umummajburiy, funksional va maxsus majburiyatlarni vijdonan ado etish; v) oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida taqsimot boʻyicha oʻzi yuborilgan DBQ va boshqa davlat idorasi bilan ofitserlar tarkibi lavozimlarida xizmatni oʻtash; g) oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida davlat bojxona xizmati organlarida, shuningdek DBQ tomonidan boshqa davlat idoralariga yuborilganda majburiy uzluksiz xizmatni oʻtash; d) kursantlar safidan chiqarilganda (xizmatdan boʻshatilganda) ota-onasi (farzandlikka oluvchi, vasiy)ga xabar qilish; e) shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun oʻqitishga sarflangan xarajatlar boʻyicha Nizomda belgilangan muddatda va miqdordagi mablagʻlarni toʻlash; j) oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili ichida boʻshaganda oʻqish uchun sarflangan mablagʻlarni qoplash. 3.3. DBQning huquqlari: a) xizmat oʻtash tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda kursant (xodim)ni qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim huquq va erkinliklaridan cheklash; b) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida kursant bilan shartnoma tuzish va uni bekor qilish; v) kursant (xodim) bilan yuzaga kelgan nizolarni taraflar kelishuvi yoki sud tartibida hal qilish; g) kursant (xodim)ni Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, jamiyat va davlatning xavfsizligini, konstitutsiyaviy tuzumni himoyalash hamda jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmat-jangovar vazifalarni bajarishga yuborish; d) oliy taʼlim muassasasini tamomlaganidan keyin xodimni davlat bojxona xizmati organlari va Qurolli Kuchlari manfaatlaridan kelib chiqqan holda taqsimot boʻyicha respublikaning har qanday mintaqasiga xizmatni oʻtash uchun yuborish. 3.4. DBQning majburiyatlari: a) Institutga oʻqishga qabul qilinadigan nomzodni taʼlim olishi va kelgusida xizmatni oʻtashi shartlari bilan tanishtirish; b) nomzodni xizmatni oʻtashning zararli va xavfli sharoitlari, kasbiy kasallikka duchor boʻlishi mumkinligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan baʼzi huquq va erkinliklarining cheklanishi haqida ogohlantirish; v) mazkur shartnomani tuzgan kursant (xodim) va uning oila aʼzolari huquqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminlash; g) kursant (xodim)ni majburiy sugʻurta qilishni taʼminlash; d) kursant (xodim)ni belgilangan pul va moddiy taʼminot bilan taʼminlash; e) kursantga taʼlim standartlari boʻyicha bilim va koʻnikmalar berilishini kafolatlash; j) kursantga tegishli taʼlim olish va yashash sharoitlarini yaratish; z) kursant (xodim)ga xizmat majburiyatlarini bajarishda sogʻligiga yetkazilgan zararning qoplanishini taʼminlash; i) Institutda yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari hamda bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli topshirib oʻqishni tamomlagan kursantga ofitser unvoni berilganidan keyin, ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda xizmatni oʻtash imkoniyatini berish.
��
4. Taraflarning javobgarligi
4.1. Taraflar zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart. 4.2. Kursant (xodim) tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda mazkur shartnomaning ilovasiga muvofiq kafil (kursantning ota-onasi (farzandlikka oluvchi va vasiy))dan Nizomda belgilangan muddatda va miqdorda kursantni oʻqitishga sarflangan xarajatlar toʻla yoki qisman undiriladi. 4.3. Taraflar oʻrtasidagi nizo qonunchilikda belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi. 4.4. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan taraflarning javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
5. Shartnomani bekor qilish tartibi
5.1. Kursant Institutdan shartnoma amal qilish muddati tugashidan avval kursantlar safidan chetlashtirilganida; 5.2. Kursant (xodim) vafot etishi, bedarak yoʻqolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan davlat bojxona xizmati o�ganlari shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarilishi kunidan boshlab; 5.3. Kursant (xodim) davlat bojxona xizmati organlaridan harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida yoki tashkiliy-shtat oʻzgarishlari sababli boʻshatilganda; 5.4. Kursant (xodim)ning ota-onasi, aka-ukalari yoki opa-singillaridan biri nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi boʻlib, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan taqdirda; 5.5. Mazkur shartnomaning amal qilish muddati tugaganida.
6. Yakuniy qoidalar
6.1. Mazkur shartnoma bilan tartibga solinmagan masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 6.2. Ushbu shartnoma 20____ yil “_____” _________________ gacha amal qiladi. 6.3. Shartnoma tomonlarning har biri uchun ikki nusxada tuzildi va ular bir xil yuridik kuchga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 __ yil “___” ________ dagi ______ son shartnomaga ILOVA
KAFILLIK ShARTNOMASI
“____” ______________ 20____ yil
_________-son
Toshkent shahri
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti kursanti _________________ ________________________________________________________________________________________ ning
(F.I.O)
ota-onasi (farzandlikka oluvchi va vasiy) (kelgusida “Kafil” deb yuritiladi) nomidan _______________ ________________________________________________________________________________ bir tomondan,
(F.I.O)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (bundan buyon matnda DBQ deb yuritiladi) nomidan _____________________________________________________________________________________________
(lavozimi va F.I.O)
ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:
1. Shartnomaning mohiyati
1.1. Ushbu shartnomaga muvofiq “Kafil”, kursant (xodim) va Davlat bojxona qoʻmitasi oʻrtasida 20__ yil “____” _____________ da tuzilgan _____________ -sonli shartnoma majburiyatlari kursant (xodim) tomonidan shartnomada belgilangan muddatlarda va miqdorlarda bajarilmagan yoki toʻliq bajarilmagan taqdirda, uning xarajatlarni qoplash majburiyatlarini toʻlab berishni oʻz zimmasiga oladi.
2. Taraflarning huquq va majburiyatlari
2.1. “Kafil”ning huquqlari: 2.1.1. Kursant kursantlar safidan chiqarilishi (xizmatdan boʻshatilishi) sabablari haqida maʼlumot oladi; 2.1.2. Kursantning huquqlari buzilganligi holatlari boʻyicha yuqori turuvchi idoralarga murojaat qiladi. 2.2. “Kafil”ning majburiyatlari: 2.2.1. Kursant tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagan hollarda uni oʻqitishga sarflangan xarajatlar boʻyicha Nizomda belgilangan muddatda va miqdordagi mablagʻlarni toʻlab beradi. 2.3. DBQning huquqlari: 2.3.1. Kursantga sarflangan xarajatlar boʻyicha oʻz vaqtida qoplanmagan summani “Kafil”dan talab qiladi; 2.4. DBQning majburiyatlari: 2.4.1. Kursantga sarflangan xarajatlarni oʻz vaqtida qoplashni talab qilish; 2.4.2. Kursantga sarflangan xarajatlar oʻz vaqtida qoplanmagan taqdirda sudga murojaat qilish; 2.4.3. Zaruriyat tugʻilgan holatlarda hamda “Kafil”ning talabiga koʻra, kursant (xodim) tomonidan qoplangan miqdor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishtiradi.
3. Nizolarni hal qilish tartibi
3.1. Ushbu shartnomani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik normalari asosida hal etiladi.
4. Kafillikning toʻxtatilishi
4.1. Kafillik, ushbu shartnoma boʻyicha belgilangan majburiyatlar toʻliq bajarilganda toʻxtatiladi.
5. Boshqa shartlar
5.1. Ushbu shartnomada koʻzda tutilmagan holatlarda Taraflar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qiladilar. 5.2. Mazkur shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, ikkalasi ham bir xil yuridik kuchga ega va taraflarga bir nusxadan beriladi.
TOMONLARNING YuRIDIK MANZILLARI VA REKVIZITLARI:
Davlat bojxona qoʻmitasi ________________________________ ________________________________ ________________________________ ________________________________ ________________________________ Imzo _____________________ m. oʻ. Bosh buxgalter _________________ Yurist ________________