Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
23.11.2022
05.04.2022
01.03.2022 01
29.12.2019
28.12.2019
18.01.2019
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2022
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.04.00 Oʻrmondan va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish / 11.06.04.01 Umumiy qoidalar. Daraxt va butazorlarni kesish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli “Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2022-yil 23-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tizimlashtirish va ulardan foydalanish uchun ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2019-yil 1-martgacha davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish boʻyicha metodik qoʻllanmani ishlab chiqsin va amalga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyungacha davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxtlar xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 17-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-yanvardagi 43-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, butash, kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish hamda daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom talablari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarning tomorqa yer uchastkalarida oʻsadigan daraxtlar va butalarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pitomnik va plantatsiyalarda yetishtiriladigan daraxtlar, nihollar va butalarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulki boʻlgan va ular tomonidan qurilish materiali hamda hosil olish maqsadida ekilgan daraxtlar va butalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daraxtlarni ekish — nihollar yoki qalamchalarni ekish yoki koʻp yillik daraxtlarni bir joydan boshqa joyga koʻchirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
butalarni ekish — sunʼiy (madaniy) sharoitda yetishtirilgan butasimon oʻsimliklar koʻchatlarini ekish yoki ularni bir joydan ikkinchi joyga koʻchirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
parvarish qilish — daraxtlar va butalarni sugʻorish, oziqlantirish, butash, oqlash, shuningdek, turli zararkunanda va kasalliklar taʼsirida zararlangan yoki kasalliklarga chalingan daraxtlar va butalarga yoxud bunday holatlarning oldini olish maqsadida agrotexnika qoidalariga rioya etgan holda kimyoviy ishlov berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
butash — daraxtlar va butalarning oʻsish darajasiga shikast yetkazmasdan, agrotexnika qoidalariga rioya etgan holda shakl berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daraxtlar va butalarni kesish — binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilishda qurilish maydonidagi yoki texnika va moslamalarning ishlashiga, infratuzilmalarni joylashtirishga xalaqit beradigan daraxtlar va butalarni tag qismidan kesib olib tashlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya maqsadida kesish — tabiiy omillar yoki oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklari taʼsirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan hamda insonning hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan, shoxlari betartib oʻsishi natijasida qoʻshilib ketgan yoki singan, avariya holatidagi daraxtlar va butalarni tag qismidan, tanasining bir qismini (asosiy tanadan ajralib chiqqan qismi) yoki ularning shoxlarini kesib olib tashlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish — daraxtlarni muhofaza qilish maqsadida ularning soni, turi, yoshi, tanasining diametri, geografik joylashuvi va boshqa parametrlari boʻyicha hisobga olish hamda reyestrini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompensatsiyaviy ekish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kesilgan (yoʻq qilingan) daraxtlar oʻrniga majburiy ravishda manzarali va boshqa daraxtlar koʻchatlarini ekish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Daraxtlar va butalarning quyidagi toifalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraxtlar va butazorlar, shuningdek, koʻkalamzorlashtirish uchun ekilgan oʻsimliklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻllar va avtomobil yoʻllarining, tabiiy va sunʼiy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek, boshqa daraxtlar va butazorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomorqa yer uchastkalaridagi va bogʻ uchastkalaridagi daraxtlar va butazorlar oʻrmon fondiga kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yuridik shaxslar tomonidan oʻzlariga tegishli yoki biriktirilgan hududlardagi daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, butash, kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish va daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish ishlari olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish va daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish va daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish ustidan jamoat nazorati fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish va parvarish qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Daraxtlar va butalarni ekish ularning turlari, iqlim sharoitiga moslanuvchanligiga, yer osti suvlarining yaqinligi, erning shoʻrlanish darajasi, sugʻorish tizimi mavjudligi hamda ularning funksional vazifalariga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ekish uchun joy tanlashda daraxtlar va butalarning bioekologik xususiyatlari, tuproqning unumdorligi, qurgʻoqchilikka chidamliligi, shuningdek, quyoshli va soya joylarga moslashuvchanligi eʼtiborga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish va parvarish qilish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Daraxtlar va butalarni ekish uchun joy tanlash va ularni ekish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar va boshqa aholi punktlarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlariga biriktirilgan yoʻl va koʻchalar boʻylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlarga tegishli hududlarda — ushbu tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻllar va umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy va sunʼiy suv oqimlari, suv havzalari hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda suv xoʻjaligi organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaligi yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari;

zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

10. Ekish ishlari bahor va kuz oylarida ob-havo sharoiti, daraxtlar va butalarning tutuvchanligi, shuningdek, har bir daraxt va butaning turlariga mos keladigan ekishning agrotexnika qoidalariga rioya etgan holda olib boriladi. Yilning boshqa fasllarida ham ehtiyojdan kelib chiqib, daraxtlar va butalarni ekish mumkin, ularni koʻchirish ishlari yil davomida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Daraxtlar va butalarni sugʻorish va oziqlantirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar va tumanlar markazlaridagi koʻchalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqda tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki koʻchalar, mahallalar hududlari hamda koʻp qavatli uylar oraligʻi va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — oʻzlariga biriktirilgan hududlar boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan binodan koʻchagacha boʻlgan oraliqda tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tashkilotlari;

temir yoʻllar boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari;

daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar boʻylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va suv xoʻjaligi organlari;

fermer xoʻjaliklari yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — mazkur yer egalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Daraxtlar va butalarni butash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar va tumanlar markazlaridagi koʻchalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa aholi punktlarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻllar boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar boʻylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va suv xoʻjaligi organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaligi yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxira yerlarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Butashdan hosil boʻladigan shox-shabbalarni olib chiqib ketish ushbu ishlarni bajargan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Turli zararkunanda va kasalliklar taʼsirida zararlangan yoki kasalliklarga chalingan daraxtlar va butalarga kimyoviy ishlov berish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar va boshqa aholi punktlarida hamda zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan hududlarda esa ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish statistik hisobotlarni tuzishda foydalanish uchun maʼlumotlar olish, koʻkalamzorlashtirishni rivojlantirish, yangi obyektlarni qurish va mavjud obyektlarda rekonstruksiya ishlarini rejalashtirish, shaharlar va boshqa aholi punktlarida landshaft-arxitektura obyektlarini qayta tiklash, rekonstruksiya qilish va foydalanish, ularning saqlanishi va holati uchun javobgar shaxslarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xatlov natijasida daraxtlarning soni, turi, holati, yoshi, tanasining diametri, geografik joylashuvi va boshqa parametrlari hisobga olinib, ularning reyestrlari shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xatlov har besh yilda bir marta, bahor oylarida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxema asosida oʻtkaziladi. Uni oʻtkazish uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatli organlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Xatlovni oʻtkazish uchun har bir hududda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qabul qilinadi. Ushbu qarorlarda xatlovni oʻtkazish boʻyicha Ishchi guruh tarkibi, xatlovlarni oʻtkazish vaqti va natijalarini taqdim etish muddatlari belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh tarkibi mahalliy davlat hokimiyati, Davlat ekologiya qoʻmitasi, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri, uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish organlari vakillari hamda oʻzlariga tegishli yoki biriktirilgan hududlarda xatlov oʻtkazishga masʼul boʻlgan tashkilotlar vakillaridan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ishchi guruh tomonidan shaharlar, tumanlar va boshqa aholi punktlari, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari hamda tabiiy va sunʼiy suv havzalarining xaritalari yoki sxemalari asosida xatlov oʻtkaziladigan uchastkalar va ularga masʼullar belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh faoliyati Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Xatlov ishlari aholi yashash punktlarida, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari, tabiiy va sunʼiy suv havzalari boʻylarida, fermer xoʻjaliklari yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda, zaxira yerlarda hamda tashkilotlar hududlarida olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Xatlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xatlov oʻtkazishga masʼul shaxslar tomonidan joyiga chiqqan holda daraxtlarni hisobga olish va ularni jurnalda qayd etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayd etilgan maʼlumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish, ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan Daraxtlar xatlovini roʻyxatga olish daftariga (keyingi oʻrinlarda Roʻyxatga olish daftari deb ataladi) kiritish hamda elektron bazani shakllantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Xatlov ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish boʻyicha metodik qoʻllanma asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Yangi (joriy yilda) ekilgan daraxtlar esa ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan subyektlar tomonidan Roʻyxatga olish kitobiga kiritib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Xatlov oʻtkazishda yuz yoshdan oshgan daraxtlar aniqlanganda, ularni tabiat yodgorliklari sifatida muhofazaga olish uchun Roʻyxatga olish daftari boʻyicha alohida reyestr yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu daraxtlarni tabiat yodgorligi deb eʼlon qilish Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tabiat yodgorligi deb eʼlon qilingan daraxtlarni tashqi taʼsirlardan himoya qilish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari yer egalari bilan birgalikda ushbu daraxtlarning atrofi tanasidan bir metrdan kam boʻlmagan masofada va balandligi bir metr yigirma santimetr boʻlgan metall panjara bilan oʻralishini taʼminlashlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, ushbu daraxtlarni koʻrishga kelgan tashrif buyuruvchilar uchun maʼlumot sifatida davlat tilida, rus va ingliz tillarida daraxtning nomi, uning yoshi, xatlov raqami, joylashgan manzili yozilgan yorliq daraxtga osib qoʻyilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar va tumanlar markazlaridagi koʻchalarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalar hududlari hamda koʻp qavatli uylar oraligʻi va atrofi, shu jumladan, koʻchalarda, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — oʻzlariga biriktirilgan hududlar boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlarga tegishli boʻlgan hududlarda — yer egalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻllar boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar boʻylarida — biriktirilganligi boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati hamda suv xoʻjaligi organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklari yerlarida va boshqa qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda — yer egalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan subyektlar tomonidan taqdim etilgan xatlov natijalari tegishli Ishchi guruh tomonidan umumlashtiriladi va uning elektron maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur maʼlumotlar Ishchi guruh tomonidan 20 kundan kechiktirmasdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha bazani shakllantirish uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi organlariga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz navbatida taqdim etilgan maʼlumotlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tomonidan respublikada yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekologiya qoʻmitasi respublika boʻyicha yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va oʻzining veb-saytida joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Yagona elektron maʼlumotlar bazasiga oʻzgartirishlar faqat keyingi xatlov natijalari, Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari xulosasiga binoan sanitariya maqsadida yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatnomasiga muvofiq qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilishi bilan bogʻliq holda, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan daraxtlarni noqonuniy kesish hamda yangi ekilgan daraxtlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Yagona elektron maʼlumotlar bazasidan kelajakda qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun daraxtzorlar mavjud uchastkalarda loyihalashtirish, davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish va boshqa ishlarni olib borish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bepul foydalanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxtlar va butalarni kesish yoki sanitariya maqsadida kesish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Daraxtlar va butalarni sanitariya maqsadida kesish ular tabiiy omillar yoki oʻsimliklar zararkunandalari va kasalliklari taʼsirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan hamda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga tahdid solayotgan, shoxlari betartib oʻsishi natijasida qoʻshilib ketgan yoki singan, shuningdek, avariya holatida boʻlgan hollarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Sanitariya maqsadida daraxtlar va butalarning shoxlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quriyotgan yoki qurib qolgan;

betartib oʻsishi natijasida hovli, koʻcha va boshqa jamoat joylarining koʻrinishini buzib turgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasallangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli infratuzilmalar faoliyatiga xalaqit berayotgan;

shuningdek shamol, qor yoki boshqa tabiiy jarayonlar taʼsirida sinishi natijasida odamlarning hayoti va sogʻligʻiga hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan holatlarda kesiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Sanitariya maqsadida daraxtlar va butalar tanasining bir qismi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quriyotgan yoki qurib qolgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shakli xunuk oʻsishi natijasida hovli, koʻcha va boshqa jamoat joylarining koʻrinishini buzib turgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasallikka chalingan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli infratuzilmalar faoliyatiga xalaqit berayotgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shoxlari kasallik tarqatuvchi hayvonlar va hasharotlarning manbaiga aylangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shuningdek shamol, qor yoki boshqa tabiiy jarayonlar taʼsirida sinishi yoki sinish ehtimoli natijasida odamlarning hayoti va sogʻligʻiga hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan holatlarda kesiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Sanitariya maqsadida daraxtlar va butalarni tag qismidan kesish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quriyotgan yoki qurib qolgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dekorativ xususiyatini yoʻqotish natijasida hovli, koʻcha va boshqa jamoat joylarining koʻrinishini buzib turgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasallikka chalingan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli infratuzilmalarga xalaqit berayotgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasallik tarqatuvchi hayvonlar va hasharotlarning manbaiga aylangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi yashash joylari, jamoat binolari va bolalar oʻyin maydonchalari uchun insolatsiya (quyosh nuri tushishi) boʻyicha koʻrsatilgan sanitariya talablariga mos kelmaydigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzidan turli allergiya chaqiruvchilarni tarqatadigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish normalari va qoidalari talablariga toʻgʻri kelmaydigan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shuningdek odamlarning hayoti va sogʻligʻiga hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan holatlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Sanitariya maqsadida daraxtlar va butalarning shoxlari, tanasining bir qismini va tag qismidan kesish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar va tumanlar markazidagi koʻchalarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalar hududlari hamda koʻp qavatli uylar oraligʻi va atrofi, shu jumladan, koʻchalar va boshqa aholi punktlarida — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, shuningdek, fuqarolarning murojaatiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻylarida — Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻllar boʻylarida — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkilotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar boʻylarida — tegishliligi boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati va suv xoʻjaligi organlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklari yerlarida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlarda — yer egalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Daraxtlar va butalarni sanitariya maqsadida tanasining bir qismini va (yoki) tag qismidan (qurigan va kasallangan daraxtlarni) kesish Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarining xulosasi asosida toʻlovlarsiz amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daraxtlar va butalarning shoxlarini sanitariya maqsadida kesish yoki butashga xulosa talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Daraxtlar va butalarni kesishga binolar, inshootlar, kommunakatsiyalar va boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga, shuningdek, muhandislik tadqiqot ishlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan holatlarda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda kesilishi koʻrsatilgan daraxtlar va butalarni Davlat ekologiya qoʻmitasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari boshqa joyga koʻchirish masalasini koʻrib chiqadi. Agar koʻchirishning imkoni boʻlmasa Davlat ekologiya qoʻmitasi organlari xulosasi asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Daraxtlar va butalarni kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish uchun xulosa va ruxsatnomalar olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulki boʻlgan va ular tomonidan yogʻoch-taxta va hosil olish uchun ekilgan daraxtlar va butalarni, shu jumladan, ipak qurtini boqish maqsadida tut daraxti shoxlarini kesishga Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarining xulosasi talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Daraxtlar va butalarni kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish ishlari mahalliy davlat hokimiyati organlarining Obodonlashtirish boshqarmalari yoki ushbu turdagi xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan toʻlov evaziga amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim hamda kasb-hunar taʼlimi muassasalarida daraxtlar va butalarni kesish yoki sanitariya maqsadida kesish ishlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bepul amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Daraxtlar va butalarni kesish yoki sanitariya maqsadida tagidan kesish ishlari ularning erdan unib chiqqan tanalarini yer bilan bir tekis qilib kesish yoʻli bilan amalga oshirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Daraxtlar va butalarni yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan kesish ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan toʻlovlar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesishdan hosil boʻlgan shox-shabba va boshqa hosilalarni tashish va olib chiqib ketish ushbu ishlarni amalga oshirgan masʼullar tomonidan bajariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Davlat budjeti, xorijiy va xalqaro tashkilotlar kreditlari va grantlari yoki xalqaro moliya institutlarining investitsiyalari hisobiga moliyalashtirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari, farmoyishlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun kesiladigan daraxtlar va butalar istisno tariqasida, belgilangan toʻlovlardan ozod etilgan holda Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarining xulosalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida kesiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Daraxtlarni kesishdan manfaatdor boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari daraxtlarni kuzgi yoki bahorgi ekish davrida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tavsiya etilgan hududlarda har bir kesilgan daraxt oʻrniga oʻn tup daraxt ekib berish majburiyatini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daraxtlarning amalda ekilganligi Davlat ekologiya qoʻmitasi, daraxtlarni kesishdan manfaatdor boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari, shuningdek biriktirilgan hududlar boʻyicha ushbu Nizomning 11-bandida keltirilgan subyektlar tomonidan imzolangan dalolatnoma bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekilgan daraxtlarning hisobini yuritish Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Daraxtlar va butalarni Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarining xulosalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari ruxsatnomalarisiz kesish noqonuniy kesish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnomalar berish va noqonuniy kesishdan tushadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Ekologiya, atrofmuhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasining hisobvaragʻiga tushadi va uning 26 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tut daraxtlarini gʻayriqonuniy ravishda kesganlik, shikastlantirganlik yoki yoʻq qilganlik uchun undirilgan jarimalar Ekologiya, atrofmuhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi. Bunda, undirilgan jarimalarning 50 foizi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasining hisobvaragʻiga, 26 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga hamda viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻlar, qonunbuzarlik sodir etilgan hududda maqsadli ravishda yangi tut koʻchatlarini ekishga yoʻnaltiriladi. Ushbu mablagʻlarni boshqa maqsadlarga, shu jumladan, qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltirish taqiqlanadi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-dekabrdagi 1044-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2019-y., 09/19/1044/4240-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish, tagi bilan qoʻporib olish yoki ularni qurib qolish darajasigacha shikastlantirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ularni noqonuniy kesish yoki tagi bilan qoʻporib olish holatlari sodir etilganda, kesilgan yoki qoʻporib olingan daraxtlar va butalar tanasi qonunbuzarlardan olib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Etkazilgan zararni undirish ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan bitta daraxt va butani kesish uchun berilgan ruxsatnoma qiymati miqdorining bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsentlari:
(49-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kam qimmatli daraxtlar turi uchun 5 baravarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli yogʻochbop daraxtlar uchun 10 baravarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100 yoshdan oshgan daraxtlar uchun esa 20 baravarga koʻpaytirish bilan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish va parvarish qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Xatlov har 5 yilda bir marta oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daraxtlarni xatlovdan oʻtkazishni roʻyxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daftari (titul varagʻi)

Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlardagi daraxtlarni xatlovdan oʻtkazishni roʻyxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jadvali (roʻyxatga olish daftari uchun)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xatlov oʻtkazilgan joy (viloyat, tuman, massiv, mahalla, qishloq fuqarolar yigʻini, trassa, razyezd, xoʻjalik, kontur va boshqalar)
Xatlov oʻtkazilgan uy-joy shirkati, guzar, koʻchalar, trassalar va razyezdlar oraliqlari, konturlar qismi va boshqalar
Xatlovga olingan daraxtlar biriktirilgan obyektlar (chorraha, bekat, uy, bino, piketajlar oraligʻi va boshqalar)
Daraxtning turi (nomlanishi)
Daraxtning xatlovda roʻyxatga olingan raqami
Daraxt tanasining diametri (1,3 metr balandlikdagi), sm
Daraxtning taxminan yoshi, yil
1
2
3
4
5
6
7
8
9
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish, kesish hamda daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni kesganlik uchun toʻlov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
miqdorlari

Kesishga ruxsat berilgan daraxtlarning 1,3 m balandlikdagi tanasining diametri, sm (daraxtlarni noqonuniy kesishda daraxt tanasining yer bilan tutashgan joyidagi diametri olinadi)*
Bitta daraxtni kesish uchun berilgan ruxsatnoma qiymati miqdori
(belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)
kam qimmatli daraxtlar turi uchun: aylanta, akatsiya, yapon soforasi, terak va boshqalar**
qimmatli (yogʻochbop) daraxtlar: yongʻoq, pista, bodom, qaragʻay, barcha turdagi archalar, sharq biotasi, eman, chinor, shumtol, oqqayin, kashtan, lola daraxti, magnoli, forzitsiya va tut va boshqalar**
4 sm gacha
0,2
0,4
4,1 — 8
0,3
0,6
8,1 — 12
0,4
1,0
12,1 — 16
0,6
1,3
16,1 — 20
1,0
1,8
20,1 — 24
1,5
2,5
24,1 — 28
1,8
3,5
28,1 — 32
2,3
4,5
32,1 — 36
3,3
5,5
36,1 — 40
4,4
6,5
40,1 — 44
5,2
8,0
44,1 — 48
6,2
9,5
48,1 — 52
7,2
10,5
52,1 — 56
8,2
11,5
56,1 — 60
9,2
13,5
60,1 — 64
10,5
14,5
64 santimetrdan ortiq diametrning har bir santimetri uchun toʻlov 0,5 koeffitsiyent miqdorida oshadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.

1. Butalarning diametri ildiz boʻgʻzidan oʻlchanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kam qimmatli va qimmatli yogʻochbop daraxtlarning umumiy roʻyxati Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan holda Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 09/19/43/2498-son, 28.12.2019-y., 09/19/1044/4240-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)