04.01.2019 yildagi PQ-4091-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 04.01.2019 yildagi PQ-4091-son
Date of entry into force
04.01.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining dasturlari boʻyicha kadrlarni oʻqitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarining yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2019-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi dasturlariga muvofiq kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarmaning Vasiylik Kengashiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻzda tutilgan limitlar doirasida Jamgʻarma stipendiyalari yoʻnalishlari boʻyicha oʻrnatilgan tartibda qoʻshimcha tanlovlarni eʼlon qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida vazirlik va idoralar xodimlari kasbiy faoliyatining zarurati hamda oʻziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda, Jamgʻarma stipendiyalariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olish yoʻnalishlariga oʻzgartirishlar kiritishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tan olingan tashkilotlar reytingiga koʻra jahondagi eng yaxshi 300 talik yoki tanlangan fan yoʻnalishi boʻyicha eng yaxshi 100 talik roʻyxatiga kirgan xorijiy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlarning bakalavriati, magistraturasi yoki doktoranturasiga mustaqil tarzda kirgan va taʼlim olayotgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga Jamgʻarma stipendiyalarini ajratish boʻyicha qarorlar qabul qilishga;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma xarajatlari parametrlarida xorijiy hamda mahalliy taʼlim va ilmiy muassasalari bilan birgalikda tashkil etiladigan taʼlim va tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni koʻzda tutishga ruxsat berilsin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlik va idoralar ikki hafta muddatda 2019-yil uchun ajratilgan oʻrinlardan kelib chiqib, xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishning ustuvor yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha asoslangan takliflarni Jamgʻarmaga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma Vasiylik kengashi ikki oy muddatda Bir nomzodga ajratiladigan Jamgʻarma stipendiyasining chegaraviy oʻlchami va moliyalashtirish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-sentabrdagi PF-5545-son Farmonida koʻzda tutilgan manbalar bilan bir qatorda Jamgʻarmaning xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish qismi boʻyicha xarajatlarini moliyalashtirishning qoʻshimcha manbasi etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yilda Jamgʻarma dasturlari boʻyicha xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishni moliyalashtirish uchun 3 mln AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning asoslangan talabnomalari boʻyicha xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish xarajatlarini moliyalashtirishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan investitsion bitimlarga investorlarning investitsiyalari obyekti boʻlgan tashkilotlar uchun xorijda kadrlarni (mutaxassislarni), shu jumladan Jamgʻarmaning taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish yoʻli bilan tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishni moliyalashtirish boʻyicha majburiyatlari kiritilishini amaliyotga tatbiq etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Jamgʻarma dasturlari doirasida xorijda kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarining uzoq muddatli grant mablagʻlarini jalb etish masalasini ishlab chiqsin va natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflarni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamgʻarma xorijda taʼlim oladigan stipendiatlarning dastlabki miqdorini aniqlab, kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha aniq takliflarni bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan birgalikda Jamgʻarmaga quyidagi masalalar yuzasidan koʻmak berilishini taʼminlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar davlat tuzilmalari va nodavlat tashkilotlari bilan aloqa oʻrnatish hamda ularni kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika mutaxassislarini xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa tashkilotlarda tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hamkorlar izlash hamda Jamgʻarma stipendiatlarini oʻqitish uchun xorijiy mamlakatlar yetakchi universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik toʻgʻrisida tegishli bitimlarni tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yilda kamida ikki marta Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari ishtirokida Jamgʻarma dasturlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishni tashkillashtirish masalalarini muhokama qilish uchun video-selektor yigʻilishini oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Jamgʻarmaga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni amalga oshirishga yetakchi xorijiy ekspertlar, shu jumladan chet elda yashaydigan vatandoshlarni jalb etish hamda ularning salohiyatidan foydalanish masalalarini ishlab chiqish uchun iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari boʻyicha talab etiladigan mutaxassisliklar roʻyxatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari tegishli vazirliklar va idoralarning markaziy apparatlari va tarkibiy boʻlinmalarida ishlagan, hozirda chet elga chiqib ketgan yuqori malakali mutaxassislar roʻyxatini kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga Jamgʻarma tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jamgʻarma manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 4-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4091-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-yanvardagi PQ-4091-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2019-yilga moʻljallangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish
shakli

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Jamgʻarma stipendiyalariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olishni tashkil etish va uni oʻtkazish

1.

Ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari, shu jumladan mamlakat hududlarining kadrlarni xorijda oʻqitishga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish va buyurtmalar portfelini shakllantirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil 1-fevralga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Mutaxassisliklarni koʻrsatgan holda Jamgʻarma stipendiyalarini ajratish yoʻnalishlari boʻyicha kvotalarni tasdiqlash va saralash tanloviga hujjatlar qabuli boshlanganligi toʻgʻrisida eʼlon berish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 15-fevralga qadar

Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi (A. Abduxakimov)

3.

Stipendiatlarni xorijiy tillar, xalqaro protokol va etiket boʻyicha dastlabki tayyorlashni tashkil etish.

Idoralararo hujjat

2019-yil 15-fevralga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Davlat boshqaruvi akademiyasi (R. Qosimov)

4.

Stipendiyalarni ajratish yoʻnalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻrinlarni hisobga olgan holda Jamgʻarma stipendiyalariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olishni oʻtkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil fevral-mart

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov),
Davlat boshqaruvi akademiyasi (R. Qosimov)

5.

Jamgʻarmaning stipendiyalari gʻoliblari haqidagi maʼlumotlarni vazirliklar va idoralar kesimida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil mart

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev),
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov),
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov)

6.

“Blokcheyn” texnologiyasi boʻyicha stipendiyali dasturlarning hamkor-ishtirokchilari bilan birgalikda Jamgʻarmaning innovatsion intranetini (lokal muloqot tizimi) ishlab chiqish va joriy etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 1-sentabrga

qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

7.

Xorijda taʼlim olgan mutaxassislar toʻgʻrisidagi axborotlardan ochiq foydalanishni taʼminlash maqsadida Jamgʻarmaning stipendiyali dasturlari bitiruvchilarining elektron reyestrini ishlab chiqish.

Elektron

reyestr

2019-yil 1-oktabrga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

8.

Elektron va bosma ommaviy axborot vositalari orqali Jamgʻarmaning maqsad va vazifalari, Jamgʻarma yordamida xorijda tahsil olishning imkoniyatlari haqida jamoatchilik va tashkilotlarga keng tushuntirishlar berish boʻyicha ishlarni tashkil qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil 1-oktabrga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev),
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov)

II. Xorijda yashaydigan katta tajriba va ilgʻor bilimga ega boʻlgan vatandoshlar bilan doimiy muloqot oʻrnatish

9.

Yetakchi xorijiy ekspertlar, shu jumladan, xorijda yashaydigan vatandoshlarni jalb qilish maqsadida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari kesimida mamlakatimizda katta ehtiyoj sezilayotgan mutaxassisliklar roʻyxatini shakllantirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil 1-fevralga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Xorijdagi vatandoshlarimiz toʻgʻrisida elektron katalog (reyestrni) yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan katta ilmiy va amaliy tajribaga ega boʻlgan vatandoshlar, olimlar, ekspertlar, tadbirkorlar, yuqori malakali mutaxassislar toʻgʻrisida maʼlumotlarni Jamgʻarmaga taqdim etish.

Idoralararo
ishchi guruhi

2019-yil 1-martga qadar

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

11.

Xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va normalariga, oʻzi istiqomat qilinayotgan mamlakat qonunchiligi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijdagi vatandoshlarimizning huquq va erkinliklarini amalga oshirishda koʻmaklashish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Tashqi ishlar vazirining buyrugʻi

2019-yil 1-mayga qadar

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

12.

Xorijda yashaydigan vatandoshlarga mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazish, vatandoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida ularni xabardor qilish maqsadida xorijda yashaydigan vatandoshlar bilan doimiy muloqot qilish uchun virtual makon yaratish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 1-iyunga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

13.

Xorijda yashaydigan vatandoshlar bilan birgalikda mamlakatni rivojlantirish va modernizatsiya qilishning dolzarb mavzular boʻyicha, shu jumladan masofadan turib anjumanlar, seminarlar va “davra suhbatlari” tashkil qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimiy asosda

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

14.

Vatandoshlarni, ular tarkibidan boy tajriba va oʻzining faoliyati sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishganlarni taklif qilib, xorijda yashaydigan vatandoshlarning xalqaro forumini oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil 15-iyunga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar, Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov)

15.

Oʻzbekistonga xorijiy investitsiyalar va ekspertlarni jalb qilishni jadallashtirish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan vatandoshlar, xorijiy tadbirkorlar va ekspert-tahlilchilar doiralari ishtirokida xalqaro konferensiya oʻtkazish (Germaniya).

Vazirlar Mahkamasining

qarori

2019-yil 25-oktabrga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

III. Jamgʻarmaning stipendiyalarini olish uchun kadrlarni oʻqitish boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga koʻmaklashish

16.

Jamgʻarmaning stipendiyalariga nomzodlarni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha maxsus dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoralararo hujjat

2019-yil 1-martga qadar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Davlat boshqaruvi akademiyasi (R. Qosimov)

17.

Jamgʻarmaning stipendiyalariga nomzodlarni xorijiy tillarga (ingliz, nemis, fransuz tillari va boshqalar) oʻqitish boʻyicha maxsus dasturlar asosida maqsadli kurslarni tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 1-apreldan boshlab (doimiy asosda)

Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

18.

Respublika hududlaridagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari huzurida maʼlumotlarni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni izlash va xorijiy tillarga oʻqitishga koʻmaklashish markazlarini shakllantirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 15-aprelga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Yoshlar ittifoqi (Q. Quronboyev)

19.

Oliy taʼlim muassasalariga xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma taʼlim va ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarni shakllantirishda koʻmaklashish.

Chora-tadbirlar rejasi

Doimiy asosda

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

20.

Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi haqida mahalliy hamda xorijiy ekspertlarning, shu jumladan vatandoshlarning tahliliy materiallari aks etgan jurnal nashr etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil 1-sentabrga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi (A. Burxonov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov),
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

IV. Jamgʻarma faoliyatining samaradorligini oshirish

21.

Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir, nazariy va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan Jamgʻarmani toʻldirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil 1-martga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov)

22.

Stipendiatlar, vatandoshlar va yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirokida masofaviy videokonferensiyalar, internet-forumlar va telekoʻpriklarni oʻtkazish uchun Jamgʻarmaning videokonferensiya aloqasi studiyasini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil 1-sentabrga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

23.

Jamgʻarmaning faoliyati hamda uning dasturlari boʻyicha xorijda tahsil olish imkoniyatlari haqidagi maʼlumotlarni iqtidorli va istiqbolli yoshlar orasida, ayniqsa respublika hududlarida keng targʻib qilish choralarini koʻrish, shuningdek, ularga saralash tanlovlarida ishtirok etish uchun amaliy yordam koʻrsatish.

Amaliy
chora-tadbirlar rejasi

2019-yil 1-martdan boshlab (doimiy asosda)

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev),
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov),
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (K. Allamjonov)

24.

Vatandoshlar boʻyicha, yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa muhim maʼlumotlar yuzasidan elektron maʼlumotlar bazalari uchun platforma yaratish orqali Jamgʻarmaning saytini takomillashtirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil 1-martga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

25.

Jamgʻarma stipendiyasining bir nomzodga chegaraviy oʻlchami va uni moliyalashtirish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vasiylik kengashining qarori

2019-yil 1-martga qadar

Jamgʻarma (A. Bekmurodov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi PF-6168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2019-y., 07/19/4091/2416-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 12.02.2021-y., 06/21/6168/0111-son)