O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 28-dekabrda 3003-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/14-son qarori (ro‘yxat raqami 3003, 2018-yil 1-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 18-son, 372-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-dekabr,
39/20-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/20-son
qaroriga
ILOVA
qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 18-bandning ikkinchi xatboshisidagi “(inkassatsiya xizmatining kechki tashrifidan so‘ng kassaga kirim qilingan naqd pullar o‘rnatilgan limitga kiritilmaydi)” degan so‘zlar “(bank kassasiga kirim qilish uchun topshirilgandan so‘ng kassaga kirim qilingan naqd pullar o‘rnatilgan limitga kiritilmaydi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 28-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/3003-1/2391-son)