Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
16.08.2023
29.12.2019
17.12.2018
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.16.00.00 Shaxsiy tarkibni tarbiyalash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar;
2.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 4-avgustdagi PQ-3898-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qoʻshgan harbiy xizmatchilar va fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Bosh prokuraturasining buyurtmalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomacining belgilangan tartibda tayyorlanishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Bosh prokuraturasining budjetdan tashqari mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri A.A. Azizov, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi I.B. Abdullayev va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni B.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 15-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1020-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1020-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga munosib hissa qoʻshgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar taqdirlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlar har yili 1-dekabrga qadar tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Bosh prokuraturasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, shuningdek, tegishli vazirlik, idora va boshqa respublika tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, har yili 10-dekabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda Respublika idoralararo komissiyasi deb ataladi) taqdim etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan nomzodlar boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar belgilangan tartibda oʻrganib chiqiladi va nomzodlar yuzasidan xulosalar har yili 3-yanvarga qadar tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Bosh prokuraturasiga yuboriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Harbiy xizmatchi va fuqarolarni koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari qabul qilinadi. Koʻkrak nishonining guvohnomasi tegishlicha har bir vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan imzolanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Koʻkrak nishoni har yili 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” bayrami arafasida tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Bosh prokuraturasining gazeta va jurnallari hamda respublikaning boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Bosh prokuraturasining budjetdan tashqari mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlanadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Xizmat burchini oʻtash vaqtida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va fuqarolar ham koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishlari mumkin. Bu holatda koʻkrak nishoni va pul mukofoti ularning oila aʼzolariga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, shuningdek, tegishli vazirlik, idora va boshqa respublika tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlarni koʻrib chiqish.
har yili 1-dekabrga qadar
2-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, shuningdek, tegishli vazirlik, idora va boshqa respublika tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga taklif etilayotgan nomzodlarning roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi PQ-898-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasiga taqdim etish.
har yili 10-dekabrga qadar
3-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi PQ-898-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi
Nomzodlar boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda oʻrganib chiqish va nomzodlar yuzasidan xulosalarni tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Bosh prokuraturasiga yuborish.
har yili 3-yanvarga qad�r
4-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari “Maʼnaviy- maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi buyrugʻini qabul qilish va koʻkrak nishonini tantanali vaziyatda topshirish.
har yili 14-yanvarga qadar
(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1020-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishonining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishonining (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining old tomonida sakkiz qirrali yulduzga kitob orqali taralayotgan nur tasvirlangan, yaʼni maʼnaviyat nurlarining Qurolli Kuchlarga taralayotgan foni aks ettirilgan. Kitobning pastki qismida harflarining balandligi 1,3 millimetr boʻlgan “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI” soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan oq rangdagi emal doira ichida “MAʻNAVIY-MAʻRIFIY ISHLAR AʻLOCHISI” soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismi markazida faxr-iftixor va sharaf maʼnolarini ifoda etuvchi dafna yaproqlari tasvirlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida olti qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan “Harbiy xizmatchilar va yoshlarning tarbiyasiga qoʻshgan munosib hissasi uchun” soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni shoyi lenta bilan qoplangan besh qirrali qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shoyi lentaning eni 24 millimetr. Matoning oʻrtasidan eni 4 millimetrli koʻk rang yoʻl oʻtgan. Uning ikki yonidan eni 1 millimetrli oq yoʻllar joy olgan. Oq yoʻllarning yonidan eni 2 millimetrli koʻk rang yoʻllar va eni 5 millimetrli yashil rang yoʻllar oʻtgan. Matoning chekkalaridan eni 2 millimetrli koʻk rang yoʻllar oʻtgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadagʻichning boʻyi 48 millimetr, eni 45 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1020-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, tashqi burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq yashil rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 20 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3,5 millimetrli 5 satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Qurolli Kuchlarining” uchinchi satrda “Maʻnaviy-maʻrifiy”, toʻrtinchi satrda “ishlar aʻlochisi” va beshinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar toʻq yashil rangda aks ettirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och yashil rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), tepa qismidan 8 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Qurolli Kuchlari” va uning pastki qismida koʻkrak nishonining rangli tasviri aks ettirilgan. Koʻkrak nishonining pastki qismidan 8 millimetr yuqorida, markazda, oraligʻi 3 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Maʻnaviy-maʻrifiy”, ikkinchi satrda “ishlar aʻlochisi”, uchinchi satrda “koʻkrak nishoni” soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“GUVOHNOMA” soʻzidan 7 millimetr pastda taqdirlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pastki chiziqdan 10 millimetr quyida, markazda, oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “mudofaa vazirining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 6 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ yil. “__” ________dagi”, ikkinchi satrda “__-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 5 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi catrda “Maʻnaviy-maʻrifiy”, ikkinchi satrda “ishlar aʻlochisi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi soʻzlardan 8 millimetr pastda, chap tomondan “Vazir” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishonining namunaviy guvohnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eslatma. Koʻkrak nishonining guvohnomasi tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni tomonidan imzolanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1020/2334-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)