15.12.2018 yildagi 1024-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.12.2018 yildagi 1024-son
Date of entry into force
17.12.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, “Sudlar to‘g‘risida”, “Prokuratura to‘g‘risida” hamda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 15-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1024-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1024-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish (keyingi o‘rinlarda majburiy keltirish deb ataladi) bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Majburiy keltirish uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning majburiy keltirish to‘g‘risidagi qarori hamda jinoyat, ma’muriy yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ajrimi asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Majburiy keltirish gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohning jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual harakatlarda yoki sud majlisida ishtirok etishini ta’minlash uchun, basharti ular uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortganligi aniqlangan taqdirda, qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 313-moddasiga muvofiq sud muhokamasida ishtirok etishi shart bo‘lgan yoki sudga kelishi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan shart deb topilgan, tegishli tarzda xabardor qilingan shaxs sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa yoxud kelmaganligi sabablarini ma’lum qilmasa, sud tomonidan unga nisbatan majburiy keltirish to‘g‘risida ajrim chiqarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 144-moddasiga muvofiq majburiy keltirish voyaga yetmaganlarga, homilador ayollarga, kasalligi, yoshi yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra sud majlisiga kela olmaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat ishlari bo‘yicha voyaga yetmagan shaxslarni majburiy keltirish ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar orqali amalga oshiriladi Ichki ishlar organi xodimi majburiy keltirishni amalga oshirayotganida keltirilishi lozim bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsning ota-onasini yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) bilan tanishtirib, bu haqda imzo chektiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchini oldindan chaqiruvsiz majburiy keltirish ular surishtiruv, dastlabki tergov va suddan yashirinib yurgan yoki aniq yashash joyi bo‘lmagan taqdirda qo‘llanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlanuvchining sudga kelmaganligi sababini oldindan aniqlamasdan turib, majburiy keltirishga alohida hollarda, ishni ko‘rish sudlanuvchi bo‘lmaganligi sababli keyinga qoldirilayotgan va bunda uning turgan joyi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmagan taqdirda ham yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ni ijro etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi ushbu qaror yoki ajrimda ko‘rsatilgan muddatda ijro etilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) ish yuritiladigan joydagi yoki majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxsning yashash joyi, turgan joyi, ish, xizmat yoxud o‘qish joyidagi hududiy ichki ishlar organiga ijro uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 263-moddasiga muvofiq majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)da majburiy keltirilishi kerak bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning protsessual mavqeyi, yashash yoki ish joyi, majburiy keltirish uchun asoslar, shaxsni qayerga va qachon olib kelish kerakligi, majburiy keltirish kimga topshirilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 144-moddasiga muvofiq majburiy keltirish to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajrimning chiqarilgan vaqti va joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning nomi, sudyaning familiyasi, ismi va otasining ismi, sud majlisining kotibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etuvchi shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinadigan masalaning mohiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonun hujjatlariga havolalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy keltirish to‘g‘risidagi ajrimda ushbu bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari shaxs majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan sana, vaqt va joy, shuningdek majburiy keltirish qaysi hududiy ichki ishlar organiga topshirilganligi ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) unda ushbu Nizomning 7 yoki 8-bandlarida ko‘rsatilgan talablardan biri mavjud bo‘lmagan taqdirda, majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) ijroga qabul qilinmasdan, kamchiliklarni bartaraf etish uchun yo‘llanma xat bilan qaror (ajrim) chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga darhol yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) kelib tushgan kunning o‘zida ichki ishlar organining kotibiyatida yuritilgan maxsus jurnalda ro‘yxatga olinishi va ichki ishlar organi boshlig‘i, u bo‘lmaganda uning vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxs tomonidan ijro etish uchun profilaktika (katta) inspektori yoki jinoyat qidiruv xodimiga topshirilishi va ijrosi nazorat qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ning ijrosini ta’minlash maqsadida boshqa tuman yoki viloyatga borib kelish zarurati tug‘ilganda biriktirilgan hududni tashlab ketish lozim bo‘lgan holatlarda profilaktika (katta) inspektorlariga qaror (ajrim)ni ijro etish uchun topshirilishi qat’iyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ichki ishlar organi xodimi majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxsni majburiy keltirish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan vaqtda va joyga olib borish choralarini ko‘rishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organi xodimi majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ni ijro etishda shaxsning huquq va qonuniy manfaatlariga amal qilishi, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi hamda majburiy keltirilayotgan shaxsga uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Shaxsni majburiy keltirish soat 06:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 5-bandi birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxs topilgan taqdirda, ichki ishlar organi xodimi unga majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ni tanishtirib, tilxat olishi va mazkur qaror (ajrim)ni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga olib kelishi shart. Bunda qaror (ajrim)ga shaxs topilgan vaqt va joy, uni olib kelib topshirilgan vaqt, shuningdek uning majburiy keltirilishi bilan bog‘liq ariza, shikoyat va iltimoslar haqidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxs o‘qisa yoki ishlasa majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) uning o‘qish yoki ish joyidagi ma’muriyatiga ma’lum qilinadi va ijrosini ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatishi yuzasidan ko‘rsatma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Majburiy keltirishni ijro etish vaqtida qonuniy talablarga qarshilik ko‘rsatilganda ichki ishlar organi xodimi qarshilik ko‘rsatgan shaxsga nisbatan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq jismoniy kuch, maxsus vosita va o‘qotar qurolni qo‘llash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur holda bayonnoma tuziladi va unda huquqbuzarlikning xususiyati, vaqti va joyi hamda shaxsga nisbatan qo‘llanilgan choralar ko‘rsatiladi. Jismoniy kuch va maxsus vosita qo‘llanilganligi haqida ikki kun muddatda, o‘qotar qurol qo‘llanilganligi haqida 24 soatda bildirgi bilan birga bayonnoma ichki ishlar organi boshlig‘iga taqdim etiladi. Bu haqda majburiy keltirish to‘g‘risida qaror (ajrim) chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qo‘llanilganligi oqibatida jismoniy shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga, shuningdek, yuridik shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek o‘qotar qurol qo‘llanilgan barcha holatlar to‘g‘risida prokurorga darhol xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Majburiy keltirilgan shaxs surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga topshirilganda ular tomonidan shaxs qabul qilib olinganligi haqida ma’lumotnoma (bayonnoma) nusxasiga imzo qo‘yib, tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 264-moddasiga muvofiq ichki ishlar organi shaxsning qochib ketganligi, ta’tilda, xizmat safarida ekanligi, og‘ir kasalligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra yo‘qligi oqibatida majburiy keltirishga imkon bo‘lmaganligini aniqlasa, bu haqda ma’lumotnoma tuzadi hamda qarorni yoki ajrimni chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorga yoxud sudga xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu ma’lumotnomada shaxsni majburiy keltirishga imkon bermagan holatlar batafsil yoritilib, majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ni ijro etayotgan xodim, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, xolislar va boshqa ishtirok etgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxs, chaqirilgan joyga og‘ir kasalligi tufayli bora olmasligini ma’lum qilgan taqdirda, uning kasalligi hududiy sog‘liqni caqlash muassasasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan tibbiy ma’lumotnoma shaxsni majburiy keltirishga imkon bo‘lmaganligi munosabati bilan tuzilgan ma’lumotnomaga ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan shaxsni yashash yoki ish joyidan topishning imkoni bo‘lmay, haqiqiy turar joyini aniqlash uchun vaqt talab etiladigan hollarda, majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) chiqargan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya bu haqida 5 kun muddatda xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Majburiy keltirish uchun qilingan protsessual chiqimlarni undirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Majburiy keltirish bilan bog‘liq xarajatlar majburiy keltirilgan shaxsdan sud tartibida davlat foydasiga undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudga chaqirilganda kelmagan protsess ishtirokchisidan — ishning sudda ko‘rilishi yoki tergov harakatlari o‘tkazilishi uning uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasligi oqibatida kechiktirilgan hollarda ham protsessual chiqimlar sud tartibida davlat foydasiga undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qarorni ijro etgan ichki ishlar organi xodimi qilingan xarajatlar haqidagi ma’lumotnomani ikki kun ichida ichki ishlar organlarining moliya bo‘linmalaridan olishi va undirish chorasini ko‘rish uchun surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy keltirish uchun qilingan xarajatlar haqidagi ma’lumotnoma ichki ishlar organlarining moliya bo‘linmalari tomonidan imzolangan va gerbli muhr qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha sud muhokamasiga majburiy keltirilayotgan shaxsning, shu jumladan jinoyat ishlari bo‘yicha jabrlanuvchi yoki guvohning kelib ketish, turar joyni ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash imkoniyatiga ega emasligi to‘g‘risida tasdiqlangan hujjatlar asosida ushbu xarajatlar surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Majburiy keltirish bilan bog‘liq xarajatlar nazoratni olib boruvchi prokuror tomonidan berilgan da’vo arizasi asosida ham undirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1024/2332-son)